ANDIJON KADASTR
1.48K subscribers
7.38K photos
860 videos
6 files
4.89K links
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi
Murojaat uchun:
☎️ 74-224-20-25
@Andijonkadastr_bot

📍 Andijon sh A.Temur shoh ko'chasi 7-uy
Download Telegram
#Xalqaro_hamkorlik #Koreya #Geofazoviy_ma_lumotlarni_standartlashtirish

Ayni damda Davlat kadastrlar palatasida Koreya Yer, infrastruktura va transport vazirligining Rivojlanishga rasmiy yordami (ODA) doirasida amalga oshirilayotgan “O’zbekiston Milliy geografik axborot tizimini joriy etish bo’yicha geofazoviy ma’lumotlarni standartlashtirish ” grant loyihasining ilk hisoboti bo’lib o’tmoqda.

Loyihadan maqsad:

🔹Geofazoviy ma’lumotlar standart infratuzilmasini yaratish;

🔹Geofazoviy ma’lumotlarni standartlashtirishni faollashtirish bo’yicha rejalarni ishlab chiqish;

🔹geofazoviy ma’lumotlar standartlari bilan bog’liq axborot almashinuvi va ta’limi bo’yicha geofazoviy ma’lumotlar standartlari portalini yaratish (tajriba loyihasi)
#kadastr #xalqaro_seminar #koreya

⭐️Kadastr agentligi delegatsiyasi Koreya Respublikasida “Milliy geoaxborot tizimlarini tashkil etish uchun sunʼiy yo‘ldosh tasviridan foydalanish standarti tizimi” loyihasi doirasida malaka oshirib qaytdi.

🔸Kadastr agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari A. Allaberganov boshchiligida Agentlik, 🔹Respublika aerogeodeziya markazi, Geoinnovatsiya markazi mutaxassislaridan iborat delegatsiya 🇰🇷 Koreya Respublikasida ilmiy-amaliy seminar hamda bir qator hamkor tashkilotlar bilan uchrashuvda ishtirok etdi.

➡️Ilmiy-amaliy seminar kun tartibidan:

Kosmik suratlar texnologiyasining joriy holati va ularni tahlil qilish;

Orto-foto va sunʼiy yo‘ldosh tasvirlarini 3D modellashtirish;

Koordinatalarni transformatsiyalash modellari;

Aero va kosmik suratlar, uchuvchisiz uchish apparatlari orqali hududlarni monitoring qilish, jumladan, noqonuniy qurilishlarni aniqlashda foydalanish;

Geografik maʼlumotlarni raqamli maʼlumotlarga aylantirish tizimi kabilar o‘rin oldi.

🗣 Shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari tomonidan “SI IMAGING SERVISES” (SIIS) kompaniyasi prezidenti Kim Mun Gyu bilan sunʼiy yo‘ldosh tasvirlarini tahlil qilish borasida istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish, LX korporatsiyasining Global loyihalar departamenti bosh direktori Li Myong Shik bilan Yer va fazoviy maʼlumotlar bo‘yicha malaka oshirish institutida Kadastr agentligi mutaxassislari uchun uzoq va qisqa muddatli tajriba almashinuv dasturini yo‘lga qo‘yish, Milliy geografik axborot instituti bilan Markaziy Osiyo hududida fazoviy maʼlumotlar siyosati borasida o‘zaro xabardorlikni oshirish maqsadida, Yevroosiyo fazoviy maʼlumotlar infratuzilmasi tashabbusi xalqaro konferensiyasini o‘tkazish yuzasidan muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM