ANDIJON KADASTR
1.48K subscribers
7.38K photos
859 videos
6 files
4.88K links
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi
Murojaat uchun:
☎️ 74-224-20-25
@Andijonkadastr_bot

📍 Andijon sh A.Temur shoh ko'chasi 7-uy
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Matbuot_anjumani
#Ochiqlik_siyosati


Xabaringiz bor, bundan bir necha kun muqaddam Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyat boshqarmalari tomonidan yakunlangan 2021-yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Andijon TRK tomonidan tayyorlagan lavhada ayni shu xususida so'z boradi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Diqqat-e'lon🔊

DAVLAT KADASTRLARI PALATASINING
MATBUOT ANJUMANI

🗓 Bugun, 27-iyul kuni soat 15:00 da O‘zbekiston Milliy matbuot markazida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

Mavzu: "Yer hisobini raqamli iqtisodiyotga joriy etish jarayonlari".

💠 Ishtirok etadi: Davlat kadastrlari palatasi raisi va mutasaddilari

💠 Ushbu matbuot anjumaniga barcha ommaviy axborot vositalari xodimlarini, mustaqil jurnalist va blogerlarni taklif qilamiz.

📹 Matbuot anjumani translyatsiyasini UzReport TV telekanali va telekanalning YouTube va Facebookdagi sahifalari orqali JONLI tomosha qilishingiz mumkin bo’ladi.

#DavKadastrPalata #matbuot_anjumani

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
#Matbuot_anjumani #Andijon

Joriy yilning oʼtgan 9 oyi mobaynida viloyatda jami
832 ta holatda 82,5 ga yer maydonlarini oʼzboshimchalik bilan egallab olish holatlari aniqlandi.

Yerqonunbuzilish holatlari yer turlari boʼyicha tahlil etilganida:

Qishloq xoʼjaligiga moʼljallangan yerlarda 437 ta holatda 70,3 gektar,

Aholi punktlari yerlarida 278 ta holatda 7,0 gektar;

Sanoat, transport, aloqa mudofaa va boshqa yerlarida 17 ta holatda 0,59 gektar;

Tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar 5 ta holatda 0,1 gektar;

Oʼrmon fondi yerlarida 1 ta holatda 0,4 gektar;

Suv fondi yerlarida 30 ta holatda 1,77 gektar;

Zaxira yerlarda 64 ta holatda 2,4 gektarni tashkil etdi.

Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi boshlig'i
Fayoziddin Berdiqulov

Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
#Matbuot_anjumani #Andijon

Аniqlangan yerqonunbuzilish holatlarini bartaraf etish va ularga nisbatan choralar koʼrish maqsadida barcha 832 ta yerqonunbuzilishini sodir etgan shaxslarga qonun buzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan yozma koʼrsatmalar yuborildi.

Natijada 538 ta yoki 64,7 foiz (44,4 gektar) noqonuniy qurilmalar ixtiyori bilan bartaraf etildi.

Noqonuniy ravishda qurilgan qurilmalarni buzdirish maqsadida Fuqarolik ishlari boʼyicha Sudlarga 237 ta yoki
jami yerqonunbuzulishini (29,2 gektar)ga daʼvo arizalar kiritildi.

173 ta yoki (22,85 gektar) holatda aniqlangan
yerqonunbuzilish holatlarida jinoyat alomatlari mavjud boʼlganligi sababli huquqiy baho berish uchun Qoʼshma tartib asosida hujjatlar hududiy prokuratura organlariga taqdim etildi.

Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi Yer va kadastr nazorati bo'limi boshlig'i
Sanjarbek Shokarimov

Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
#Matbuot_anjumani #Andijon

2022 yilning 9 oyi davomida yer qonunbuzilish holatlariga yoʼl qoʼygan jami 3 822 nafar fuqarolarga maʼmuriy huquqbuzarlik toʼgʼrisida bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Аniqlangan yuqoridagi huquqbuzarliklarining 2 730 nafariga
7 mlrd. 103 mln. 110 ming soʼm miqdorida jarimalar qoʼllanildi.

Hisobot kuniga qadar qoʼllanilgan ushbu jarimalarning
3 mlrd. 481 mln. 749 ming soʼm yoki 67,8 foizi undirilishi taʼminlandi.

507 nafar huquqbuzarlarga qoʼllanilgan 1 mld. 329 mln.
373 ming soʼm
miqdoridagi muddati oʼtgan jarimalarni majburiy tartibda undirish boʼyicha MIBning xududiy boʼlimlariga yuborildi. Natijada 148 ta yoki 29,2 foiz holatda 298 mln. 917 ming soʼmdan ziyod jarimalar undirilishi taʼminlandi.

Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi boshlig'i
Fayoziddin Berdiqulov

Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
#Matbuot_anjumani #Andijon

Davlat kadastrlari palatasi Аndijon viloyati boshqarmasi tomonidan joriy yilning 9 oyi davomida yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʼlgan 35 ming 374 ta koʼchmas mulk obʼektlariga kadastr pasportlari shakllantirildi va 34 mingdan ziyod koʼchmas mulk obʼektlari boʼyicha vujudga kelgan mulkiy huquqlari Davlat roʼyxatidan oʼtkazilishi taʼminlandi

Shuningdek, yuridik va jismmoniy shaxslarga tegishli boʼlgan koʼchmas mulk obektlari toʼgʼrisidagi yagona elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirish maqsadida oʼtkazilgan xatlov natijalariga koʼra 2022-yil 1-yanvar holatiga 687 ming 711 ta obyektlar toʼgʼrisidagi maʼlumotlar idoralararo integratsiyalashgan “Koʼchmas mulk-3” dasturiga kiritilgan edi. Joriy yilning 1-sentabr holatiga ilgari maʼlumotlar bazasiga kiritilmagan 14 ming 291 ta obyekt aniqlanib jami 702 ming ta koʼchmas mulk obʼektlari toʼgʼrisidagi maʼlumotlar Koʼchmas mulk 3 dasturiga kiritilishi taʼminlandi.

Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
#Matbuot_anjumani

Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan matbuot anjumani tashkil etildi.

Barcha muvaffaqiyatlarga inson qadrini yuksaltirish orqali erishishda eng avvalo xalqni davlatdan rozi qilish maqsadi yotadi. Shu maqsadga ko'ra, kuni kecha Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlar palatasi Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan 2022 yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan navbatdagi matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Batafsil: Andijon Avtoyo'l

Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
#OAV_biz_haqimizda #Matbuot_anjumani

Kadastr agentli hamda Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan 2022-yilning 9 oy davomida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tahlili mavzusida matbuot anjumani boʼlib oʼtdi.

Mazkur lavha shu haqida.

Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
#kadastr_live #matbuot_anjumani

Ayni damda O‘zbekiston Milliy matbuot markazida "Yerlarni hisobga olish va yuritishda kadastr organlarining roli” mavzusidagi matbuot anjumani boshlandi.

Matbuot anjumani tafsilotlari haqida yana batafsil ma'lumot beramiz.

🌐 Telegram     🌐 Instagram      🌐YouTube    🌐  Facebook         🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM