ANDIJON KADASTR
1.48K subscribers
7.38K photos
860 videos
6 files
4.89K links
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi
Murojaat uchun:
☎️ 74-224-20-25
@Andijonkadastr_bot

📍 Andijon sh A.Temur shoh ko'chasi 7-uy
Download Telegram
#yer_nazorat_loyihasi

Andijon tumani Xoja MFY, A.Cho‘lpon massivida faoliyat ko'rsatayotgan "Navro‘zbek hosiliga baraka" fermer xo‘jaligi ixtiyoriga tegishli chigit ekilgan yer maydoniga qurilgan noqonuniy qurilmalarni tumandagi sektor raxbarlari, viloyat IIB boshlig‘i boshchiligidagi ishchi gurux hamda tuman yer resurslari va davlat kadastri bo‘lim boshlig‘i ishtirokida buzib bartaraf etish ishlari olib borildi.

Ushbu noqonuniy qurilmalar tojik millatiga mansub mahalliy aholi tomonidan xar qancha ogoxlantirilishiga qaramasdan davom etayotgan bo‘lib, tuman ishchi guruxi tomonidan bartaraf etish imkoni bo‘lmaganligi sababli, viloyat ishchi guruxiga xabar berilganligi natijasida, noqonuniy qurilmalarni buzish chorasi ko'rilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarga obuna bo'ling👇
Web sayt | Telegram | Facebook| Twitter | Instagram
#Qaror #yer_nazorat_loyihasi #1097

Yerni o‘zboshimchalik bilan egallash holati bo‘yicha ma’lumot bering.

Аvval xabar berganimizdek Davlat yer va kadastr nazoratini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

🇺🇿 Nizomga asosan jamoatchilik nazorati subyektlari maxsus vakolatli davlat organiga yerga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida fotosuratlar, videoyozuvlarni ilova qilgan holda axborot tizimi orqali arizalar va shikoyatlar bilan murojaat qilishi mumkin etib belgilandi.

👥 Jamoatchilik nazorati subyektlari tomonidan maxsus vakolatli davlat organiga taqdim qilingan yerga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi videoyozuvlarda sodir etilgan huquqbuzarlik holati, huquqbuzar shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar aniq aks ettirilishi hamda quyidagi talablarga mos bo‘lishi kerak:

💠 Videofaylning namoyish etish imkoniyati 720x480 pikseldan kam bo‘lmasligi;

💠
Videoyozuv davomiyligi 30 sekunddan kam bo‘lmasligi va 10 daqiqadan oshmasligi;

💠 Videoyozuv ma’lumotlarida sana va vaqt ko‘rsatilishi.

☑️ Huquqbuzarlik holati aks ettirilgan videoyozuvlarga har qanday tarzda o‘zgartirishlar kiritish taqiqlanadi. O‘zgartirish kiritilgan videoyozuvlar ko‘rib chiqilmaydi, hajmini qisqartirish maqsadida videoyozuvning bevosita huquqbuzarlik holati aks ettirilgan qismini kesib olish bundan mustasno.

📹 Huquqbuzarlik holati aks ettirilgan videoyozuvlarni axborot tizimi orqali yuborishda quyidagilar to‘liq ko‘rsatilishi lozim:

Fuqaroning ismi, familiyasi, otasining ismi, doimiy yashash manzili, yuridik shaxsning nomi, joylashgan yeri (pochta manzili), bank hisobvarag‘i (videoyozuv yuridik shaxs vakili nomidan to‘ldirilganda);
uyali telefon raqami yoki bank plastik kartasi raqami va elektron manzili;

Huquqbuzarlik sodir etilgan joy, sana va vaqt.

📲 Axborot tizimiga kelib tushgan huquqbuzarlik holatlari qayd etilgan videoyozuvlar maxsus vakolatli davlat organi tomonidan uch ish kuni mobaynida ko‘rib chiqiladi.

🔖 Huquqbuzarlik mavjud bo‘lgan taqdirda o‘n ish kuni mobaynida davlat yer nazorati tadbiri o‘tkaziladi va natijasi bo‘yicha murojaatni yuborgan shaxsga bir ish kunida elektron tarzda javob yuboriladi.
#yer_nazorat_loyihasi #Andijon #Ma_muriy_amaliyot

Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan yerqonunbuzilish holatlari bo'yicha ko'rilgan choralar tuman va shaharlar kesimida quyidagi infografikada tanishishingiz mumkin.


Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
#yer_nazorat_loyihasi #Andijon_kadastr

Quyidagi infografika orqali o'zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlariga qurilgan noqonuniy qurilmalar to'g'risida bilib olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok