ANDIJON KADASTR
1.46K subscribers
7.4K photos
866 videos
6 files
4.91K links
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi
Murojaat uchun:
☎️ 74-224-20-25
@Andijonkadastr_bot

📍 Andijon sh A.Temur shoh ko'chasi 7-uy
Download Telegram
#Bilasizmi
#kadastr_raqam
Yer, bino va inshootlarga kadastr raqami berish qanday tartibda amalga oshiriladi?

❗️Javob: Quyidagilar yer uchastkasi, bino, inshoot kadastr raqamining majburiy elementlarini tashkil etadi:

AA : VV : SS : DD : EE : FFFF : GGGG : HHH,

bunda: AA — mintaqaning raqami (kodi)ni bildiruvchi ikki razryadli o‘nli

VV — mintaqa tarkibidagi ma’muriy-hududiy tuzilma (ma’muriy tuman,
viloyat bo‘ysunishidagi shahar)ning raqami (kodi)ni bildiruvchi ikki razryadli o‘nli son;

SS — kadastr zonasi raqami (kodi)ni bildiruvchi ikki razryadli o‘nli son;

DD — kadastr zonasi doirasida kadastr massivi raqami (kodi)ni bildiruvchi ikki razryadli o‘nli son;

ЕЕ — kadastr massivi
doirasida kadastr mavzesi raqami (kodi)ni bildiruvchi ikki razryadli o‘nli son;

FFFF — kadastr mavzesi doirasida yer uchastkasi raqami (kodi)ni bildiruvchi to‘rt razryadli o‘nli son;

GGGG — yer uchastkasi doirasida bino, inshoot raqami (kodi)ni bildiruvchi to‘rt razryadli o‘nli son;

NNN — bino, inshootlar bir qismi raqami (kodi)ni bildiruvchi uch razryadli o‘nli son.