ANDIJON KADASTR
1.48K subscribers
7.38K photos
859 videos
6 files
4.89K links
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi
Murojaat uchun:
☎️ 74-224-20-25
@Andijonkadastr_bot

📍 Andijon sh A.Temur shoh ko'chasi 7-uy
Download Telegram
#Konistitutsiya #Qabul_qilingan_kun

🟣 Bugun davlatimiz va jamiyatimiz hayotida eng katta va alohida o‘rin olgan bayramlar qatorida erkin va obod kelajagimizning poydevorini belgilab bergan Konstitutsiyamiz qabul qilingan kunning 31 yilligini nishonlamoqdamiz.

🇺🇿 Mustaqil O‘zbekistonning birinchi Konstitutsiyasini yaratish g‘oyasi ilk bor 1990-yil 20-iyunda bo‘lib o‘tgan mamlakat Oliy Kengashining 2-sessiyasida ilgari surilgan hamda chuqur izlanishlar natijasi o‘laroq O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 1992-yil 8 dekabrda 12-chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 11-sessiyasida qabul qilingan.

📚Konstitutsiya bu – fuqarolar va davlat manfaatlari, haq-huquqlarini qonuniy himoya qiluvchi muhim hujjatdir. Yuksak faxr bilan eʼtirof etish mumkinki, davlatimizda hozirgi kunda har jabhada ro‘y berayotgan faol o‘zgarishlar zamirida konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan meʼyorlar majmui yotadi. Biz erishayotgan yutuqlarga mustaqilligimiz hamda Konstitutsiyamiz mustahkam zamin bo‘lib kelmoqda. Uni qadrlash, ulug‘lash esa barchamiz uchun ham qarz, ham farz.

🫥 Kun munosabati bilan ⭐️Kadastr agentligi hamda🌟 Davlat kadastrlar palatasi Andijon viloyat boshqarmalari jamoasi Respublikamizning Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi bilan barcha yurtdoshlarimizni samimiy qutlaydi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM