Andijon viloyat Veterinatiya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi
126 subscribers
1.02K photos
31 videos
162 links
Андижон вилояти Ветеринария ва чорвачиликни ривожлантириш бошқармасининг расмий телеграм канали
Download Telegram
Siyosiy-maʼrifiy soat darslari oʻtkazildi

🔰Andijon viloyati veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi xodimlari uchun 08.11.2024-yil kungi  navbatdagi siyosiy-maʼrifiy soat darslari oʻtkazildi.

Siyosiy-maʼrifiy soat davomida

❇️Respublikamizda sodir bo‘layotgan siyosiy-ijtimoiy oʻzgarishlar;
❇️Davlat rahbarining xalqaro va yurtimiz siyosiy hayotida olib borayotgan ishariga doir maʼlumotlar;
❇️Davlat fuqarolik xizmatchilarining muomala odoblari borasida huquqiy va milliy qadriyatlarimizga doir normalar bilan tanishtirildi.

🟦 |web-site | 🟩 | Facebook | 🟨 | Telegram |
Andijon viloyatida profilaktik tadbirlar davom etmoqda

Andijon viloyati IIB JXX JTSB Karantin tadbirlarini ta’minlash guruhi xodimlari va Andijon viloyati veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi mutaxassislari bilan hamkorlikda Andijon viloyati hududidagi "Dexqon bozorlar"da aholiga sifatsiz oziq-ovqat mahsulotlarini sotilishini oldini olish maqsadida profilaktik tadbirlar hamda targ‘ibot tashviqot ishlari olib borilmoqda.

🟦 |web-site | 🟩 | Facebook | 🟨 | Telegram |
Asaka tumanida kuzgi mavsumiy emlash tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi

🟦 |web-site | 🟩 | Facebook | 🟨 | Telegram |
Asaka tumanida kuzgi mavsumiy emlash tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi

Tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi mutaxassislari tomonidan tumandagi Malakali Sotvoldi chorvachilik fermer xo‘jaligida “Hayvonlarning xavfli yuqumli kasalliklari va unga qarshi o‘tkazilayotgan kuzgi-mavsumiy emlash tadbirlari” mavzusida seminar o‘tkazildi.

Seminar jarayonida tuman veterinariya xizmati mutaxassislari tomonidan aholi xonadonlarida hamda chorvachilik fermer xo‘jaliklarida epizootik barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha hayvonlarning yuqumli kasalliklariga qarshi olib borilayotgan tadbirlar ko‘rgazmali ravishda namoyish qilindi.

Seminar ishtirokchilari Malakali Sotvoldi fermer xo‘jaligida hayvonlarning yuqumli kasalliklariga qarshi olib borilayotgan epizootik tadbirlar, tuman hududiga chetdan turli yuqumli kasalliklarning kirib kelishini oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirildi.

Seminarda tuman veterinariya xizmati xodimlari, sanitariya epidemiologik osoyishtalik markazi xodimlari, viloyat IIB karantin tadbirlarini ta’minlash saf bo‘linmasi xodimlari, mahalla faollari, fuqarolar hamda fermer xo‘jaliklari mas’ul xodimlari ishtirok etdilar.
Ulug‘nor tumanida hayvonlarni yuqumli kasalliklardan muhofaza qilish, epizootik tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi

🟦 |web-site | 🟩 | Facebook | 🟨 | Telegram |
Ulug‘nor tumanida hayvonlarni yuqumli kasalliklardan muhofaza qilish, epizootik tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi

Tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi mutaxassislari tomonidan tumandagi "Otabek yerlari" chorvachilik fermer xo‘jaligida hamda Oqtom mahalla fuqarolar yig‘inida “Hayvonlarni yuqumli kasalliklardan muhofaza qilish, epizootik tadbirlarni tashkil etish” mavzusida seminar o‘tkazildi.

Seminarda tuman veterinariya xizmati mutaxassislari tomonidan tuman hududida epizootik barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha hayvonlarning yuqumli kasalliklariga qarshi olib borilayotgan tadbirlar ko‘rgazmali ravishda namoyish qilindi.

Seminar ishtirokchilari ushbu aholi xonadonlarida hamda fermer xo‘jaligida hayvonlarni yuqumli kasalliklarga qarshi olib borilgan emlash ishlari, ferma hududiga chetdan turli yuqumli kasalliklarni kirib kelishini oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda boshqa veterinariya tadbirlari bilan tanishtirildi.

Seminarda tuman veterinariya xizmati xodimlari, viloyat IIB karantin tadbirlarini ta’minlash saf bo‘linmasi xodimlari, sanitariya epidemiologik osoyishtalik markazi xodimlari hamda fermer xo‘jaliklari mas’ul xodimlari ishtirok etdilar.
Andijon tumanida o‘quv amaliy seminar bo‘lib o‘tdi

Andijon tuman veterianriya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi tomonidan "Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti" qoshidagi "Axborot maslaxat markazi davlat unitar ko‘rxonasiga qarashli yordamchi chorvachilik xo‘jaligi"da amaliy seminar bo‘lib o‘tkazildi.

Seminar jarayonida tuman veterinariya xizmati mutaxassislari tomonidan aholi xonadonlarida hamda chorvachilik fermer xo‘jaliklarida epizootik barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha hayvonlarning yuqumli kasalliklariga qarshi olib borilayotgan tadbirlar ko‘rgazmali ravishda namoyish qilindi.

🟦 |web-site | 🟩 | Facebook | 🟨 | Telegram |