Andijon viloyat Veterinatiya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi
125 subscribers
1.02K photos
31 videos
162 links
Андижон вилояти Ветеринария ва чорвачиликни ривожлантириш бошқармасининг расмий телеграм канали
Download Telegram
Andijon tumanida bo‘lib o‘tgan o‘quv amaliy seminardan fotolavhalar

🟦 |web-site | 🟩 | Facebook | 🟨 | Telegram |
Forwarded from VETLEGNEWS
#таҳлил

Андижонда сервис хизмати кўлами ошмоқда

Вилоятда соҳанинг моддий-техник базаси мустаҳкамланиши туфайли пуллик хизмат кўрсатиш кўлами кенгайди.
Мавжуд 67 та ветеринария участкасида 174 нафар мутахассис томонидан чорвачилик мажмуалари ва аҳоли хонадонларидаги чорва ҳайвонларига сервис хизмати кўрсатиш 2022 йилда 1 млрд 515 млн сўм, 2021 йилга нисбатан 264 фоизга кўп, 2023 йилда 4 млрд 190 млн сўм, 2022 йилга нисбатан 104,6 фоизга кўп, 2024 йилнинг 9 ойида 2023 йилнинг мос даврига нисбатан 109,7 фоиз натижа билан 4 млрд 598 млн сўмни ташкил этди.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#NO_COMMENT!

Andijon viloyatida profilaktik tadbirlar davom etmoqda

Andijon viloyati IIB JXX JTSB Karantin tadbirlarini ta’minlash guruhi xodimlari va Andijon viloyati veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi mutaxassislari bilan hamkorlikda Andijon viloyati hududidagi "Dexqon bozorlar"da aholiga sifatsiz oziq-ovqat mahsulotlarini sotilishini oldini olish maqsadida profilaktik tadbirlar hamda targ‘ibot tashviqot ishlari olib borilmoqda.

🟦 |web-site | 🟩 | Facebook | 🟨 | Telegram |
Siyosiy-maʼrifiy soat darslari oʻtkazildi

🔰Andijon viloyati veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi xodimlari uchun 15.11.2024-yil kungi  navbatdagi siyosiy-maʼrifiy soat darslari oʻtkazildi.

Siyosiy-maʼrifiy soat davomida

❇️Respublikamizda sodir bo‘layotgan siyosiy-ijtimoiy oʻzgarishlar;
❇️Davlat rahbarining xalqaro va yurtimiz siyosiy hayotida olib borayotgan ishariga doir maʼlumotlar;
❇️Davlat fuqarolik xizmatchilarining muomala odoblari borasida huquqiy va milliy qadriyatlarimizga doir normalar bilan tanishtirildi.

🟦 |web-site | 🟩 | Facebook | 🟨 | Telegram |
Oltinko‘l tumanida epizootik tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha seminar o‘tkazildi

Oltinko‘l tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi mutaxassislari tomonidan Oltinko‘l veterinariya uchaskastkasi hududidagi Guliston mahalla fuqarolar yig‘ini aholi xonadonlarida hamda Oltinko‘l bo‘rdokchilik fermer xo‘jaligida kuzgi mavsumiy epizootik tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi.

Seminarlarda tuman veterinariya xizmati mutaxassislari tomonidan tuman hududida epizootik barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha hayvonlarning yuqumli kasalliklariga qarshi olib borilayotgan tadbirlar ko‘rgazmali ravishda namoyish qilindi.

Seminar ishtirokchilari ushbu aholi xonadonlarida hamda fermer xo‘jaligida hayvonlarni yuqumli kasalliklarga qarshi olib borilgan emlash ishlari, ferma hududiga chetdan turli yuqumli kasalliklarni kirib kelishini oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda boshqa veterinariya tadbirlari bilan tanishtirildi.

🟦 |web-site | 🟩 | Facebook | 🟨 | Telegram |
Marxamat tumanida seminar tashkil etildi

Tumanning “Shoira” chorvachilik fermer xujaligida “Hayvonlarning yukumli kasalliklariga qarshi o‘tkazilayotgan kuzgi mavsumiy profilaktik tadbirlar” mavzusida tuman bo`limi xodimlari, viloyat IIB karantin tadbirlarini ta’minlash saf bo‘linmasi xodimlari, sanitariya epidemiologik osoyishtalik markazi xodimlari hamda fermer xo‘jaliklari mas’ul xodimlari ishtirokida ko‘rgazmali amaliy seminar o‘tkazildi.

Seminarda tuman veterinariya xizmati mutaxassislari tomonidan fermer xo‘jaliklarida epizootik barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha hayvonlarning yuqumli kasalliklariga qarshi olib borilayotgan tadbirlar ko‘rgazmali ravishda namoyish qilindi.

Ishtirokchilar ushbu fermer xo‘jaligida hayvonlarni yuqumli kasalliklarga qarshi olib borilgan emlash ishlari, ferma hududiga chetdan turli yuqumli kasalliklarni kirib kelishini oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda boshqa veterinariya tadbirlari bilan tanishtirildi.

🟦 |web-site | 🟩 | Facebook | 🟨 | Telegram |