Andijon shahar hokimligi matbuot xizmati
9.38K subscribers
30.6K photos
2.03K videos
14 files
8.72K links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Milliylik – millatga xos boʻlgan urf-odatlar, anʼanalar, madaniyat va qadriyatlar yigʻindisi.

U insonning oʻz millatiga boʻlgan hurmati, uning tarixini, madaniyatini asrash va rivojlantirishga intilishidir.

Chet davlatlarda yashayotgan xamyurtlarimiz milliy doʻppi chellenjida ishtirok etishdi.

Andijon shahar hokimligi matbuot xizmati
Telegram I Instagram I Facebook
Tibbiyot xodimlarining milliy liboslarda bemorlarni qabul qilishi – bu nafaqat estetik goʻzallik, balki milliy qadriyatlarni asrash va ularni tibbiyot sohasida ham targʻib qilishning yaxshi usuli boʻlishi mumkin.

Andijon shahar 6-oilaviy poliklinika xodimlari milliy liboslarda bemorlarni koʻrikdan oʻtkazdi.

Andijon shahar hokimligi matbuot xizmati
Telegram I Instagram I Facebook
Qayta tiklanadigan energiya – kelajak kafolati! 🌿

Bugungi kunda anʼanaviy yoqilgʻi manbalari tabiatga jiddiy ziyon yetkazmoqda. Biz kelajakni asrash uchun qayta tiklanadigan energiya manbaalaridan foydalanishga oʻtishimiz kerak!

Nega qayta tiklanadigan energiya muhim?
Havo va atrof-muhitni toza saqlaydi.
Issiqlik uyi effekti va iqlim oʻzgarishini kamaytiradi.
Yillar davomida tugamaydigan resurslardan foydalanishni taʼminlaydi.
Elektr energiyasi xarajatlarini pasaytiradi.

Qaysi manbalardan foydalanish mumkin?
☀️ Quyosh energiyasi – isitish va elektr ishlab chiqarishda samarali.
💨 Shamol energiyasi – elektr stansiyalari uchun ishonchli manba.
💧 Gidroenergiya – suv resurslari orqali energiya ishlab chiqarish.
🌱 Biogaz va biomassa – organik chiqindilardan elektr energiyasi olish.

Barchamiz harakat qilsak, tabiatni asrab qolamiz!
Yashil energiyaga oʻting, tabiatni muhofaza qiling!

#YashilEnergiya

Andijon shahar hokimligi matbuot xizmati
Telegram I Instagram I Facebook
Bugun Andijon shahar hokimi G’ofurjon Abdurahmonov boshchiligida muhim yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda mahalla raislari, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.

Yig‘ilish davomida jinoyatchilikning oldini olish, migratsiyadan qaytgan fuqarolar bilan ishlash, yoshlar va ayollar bandligini ta’minlash, subsidiya asosida ajratilgan tikuv mashinalarni monitoring tizimini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, ishsizlikni kamaytirish va fuqarolarni doimiy ish bilan ta’minlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Hokim mas’ullarga belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Andijon shahar hokimligi matbuot xizmati
Telegram I Instagram I Facebook
📌 Andijon shahrining markaziy “Boburshoh” koʻchasi, bozorlar va savdo markazlari joylashgan hududlarida Ishchi guruh tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida” hamda “Reklama toʻgʻrisidagi Qonunlariga zid ravishda yoritilgan, tartibsiz hamda noqonuniy oʻrnatilgan, tegishli hujjatlarga ega boʻlmagan tashqi reklama vositalari va axborot matnlari tartibga keltirilmoqda.

Mazkur Qonun va tegishli qarorlarga xilof ravishda boʻlgan reklama vositalari olib tashlanib, qonun buzarliklar bartaraf etilmoqda.

☑️ Ushbu izchil ishlar viloyat boʻylab barcha shahar va tumanlarda amalga oshirilmoqda.

📝 Eslatib oʻtamiz!
“Reklama toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 47-moddasiga asosan, reklama toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik - bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida jarima solinishiga sabab boʻladi.

Andijon shahar hokimligi matbuot xizmati
Telegram I Instagram I Facebook
МУНОСАБАТ

Ижтимоий тармоқларда шаҳримиздаги Андижоним савдо маркази худудида ноқонуний автотураргоҳ ташкил этилганлиги билан боғлиқ мурожаат кузатилди.

Мурожаат тегишли тартибда ўрганиб чиқилди ва қуйидагилар маълум қилинади.

Андижон шаҳар солиқ инспекциясининг 10.02.2025 йилдаги 00248-хс сонли буйругига асосан Андижон шаҳар Бобур шох кўчасида жойлашган "Андижоним" савдо мажмуаси ёнидаги автотураргохда 10.02.2025 йил куни сайёр солиқ текшируви ўтказилди.

Текширишда 1990 йилда Андижон шахрида тугилган фукаро Йулдашбоев
Ахрорбек Собиржон угли хеч кандай хужжатларсиз автотранспорт воситаларига турар жой ташкил килиб, ноконуний фалият кўрсатаётганлиги, кунлик хизматдан тушган 285.000 сум накд пуллар борлиги аникланиб, холислар иштирокида далолатнома расмийлаштирилган.

Фуқарога нисбатан маъмурий жарима қўллаш юзасидан текшириш материаллари хозирда кўриб чиқилмоқда.

Андижон шаҳар ҳокимлиги матбуот хизмати
Telegram I Instagram I Facebook