Andijon shahar hokimligi matbuot xizmati
9.43K subscribers
30.6K photos
2.03K videos
14 files
8.71K links
Download Telegram
Andijon shahrining kriminogen vaziyat og‘ir mahallalarida joriy yilning 6 oyida sodir etilgan jinoyatlar tanqidiy muhokama etildi
—————
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-son qarori ijrosini ta’minlash, jinoyatchilikning oldini olish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash hamda mahallalarda havfsiz muhitni yaratish hamda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida joriy yilning birinchi yarim yilligida Andijon shahrida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.

Xususan, Mustaqillik, Sog‘lom avlod, O‘zbegim hamda G‘ayrat mahallalarida o‘tgan 6 oy mobaynida sodir etilgan jinoyatlar Andijon viloyati prokurori Murodillo Abduhakimov hamda viloyat IIB boshlig‘i Sanjar Djabarovlar raisligida “mahalla yettiligi” a’zolari, mahalliy davlat hokimiyati va faol jamoatchilik vakillari ishtirokida tanqidiy muhokama o‘tkazildi.

Muloqotlar davomida har bir jinoyat holati atroflicha tahlil qilinib, ularning sodir etilishiga sabab bo‘lgan omillar o‘rganildi.

Ko‘plab oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlarni sodir etilishiga imkon yaratib, mahallalarda hamkorlikdagi profilaktik tadbirlarni talab darajasida tashkil etmagan “mahalla yettiligi” vakillari va boshqa mas’ullarning faoliyati keskin tanqid ostiga olindi.

Shuningdek, mahallalarda profilaktik tadbirlarni kuchaytirish, aholi o‘rtasida huquqiy madaniyatni oshirish, yoshlar o‘rtasida targ‘ibot ishlarini faollashtirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi. 

Har bir muhokama yakunlari bo‘yicha jinoyatchilikning kamayishiga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi hamda uning ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

Website | Facebook | Telegram | Instagram | Youtube
Mahalliy hokimliklarning aholini ro‘yxatga olish sohasidagi vakolatlari

Barchamizga ma’lum O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkaziladi. Mazkur tadbirga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida mamlakatimizning barcha hududlarida targ‘ibot va tashviqot ishlari amalga oshirilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining qonunining mazmun va mohiyatini keng jamoratchilikka tushuntirishda shahar va tuman hokimliklarning o‘rni kattadir.

Shahar va tuman hokimliklarning aholini ro‘yxatga olish sohasidagi vakolatlari nimalardan iborat?

Batafsil...

Rasmiy sahifalar👇
Facebook | Telegram | Web sayt
#Live
#DXX_Kubogi

DXX Kubogi final bosqichi oldidan konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

Finalni Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov va futbol yulduzi Odiljon Axmedov tantanali tarzda ochib berishdi.

Andijon shahar hokimligi matbuot xizmati

Telegram I Instagram I Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Янги Ўзбекистонда янгича тарзда яшаб, дунёқарашларимиз, фикрлашимиз, муносабатимиз ҳам янгиланяпти. Янги маррраларни белгилаб, орзу-мақсадларни рўёбга чиқараётганимиз ҳам бунга монанд.

Аввалги қурилган бинолар, барпо қилинган боғларга назар ташласак ўзгариш қилиш кераклиги намоён бўлмоқда. Вилоят ҳокими Шуҳратбек Абдураҳмоновнинг ташаббуси билан Андижон шаҳридаги Алишер Навоий номли маданият ва истироҳат боғининг янгича юз очишига, кўркамлигини оширишга қизғин киришилди.

Вилоят ободонлаштириш бошқармаси ишчилари гулу манзарали кўчатларни саралашмоқда. Осмонга бўйлашган қарағай дарахтлари ости кўкаламайдон қилиниб, сув қувурлари ўтказилмоқда.

Вилоят ҳокими Шуҳратбек Абдураҳмонов боғда амалга оширилаётган ободолаштириш, кўкаламзорлаштириш ишлари билан танишди.

Фаоллар, тадбиркорлар, мутаҳассислар, нуронийларнинг фикр-мулоҳазаларини тинглади. Ушбу масканнинг янгидан юз очиши, янада кўркам бўлиши, юртдошларимиз бу обод масканда маданий хордиқ олиши учун бажариладиган ишлар юзасидан кўрсатма ва топшириқлар берди.

Andijan.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
‼️ 11-SINF BITIRUVCHILARI DIQQATIGA!

✔️ ANDIJON TRANSPORT TEXNIKUMIDA
2025 OʻQUV YILI UCHUN QABULLAR BOSHLANDI.
TEXNIKUMDA KUNDUZGI TA’LIM SHAKLIDA
OʻQISH MUTLAQO BEPUL.

DUAL TA’LIM SHAKLIDA DAVLAT GRANDI XAMDA TOʻLOV KONTRAKT ASOSIDA OʻQITILADI.

OʻQISH MUDDATI 2-YIL.

YOʻNALISHLAR:

1. MASHINASOZLIK TEXNOLOGIYASI
(Kunduzgi va Dual)

2. TRANSPORT LOGISTIKASI
(Kunduzgi va Dual)


3. KOMPYUTER INJINIRING
(Kunduzgi)

4. BUXGALTERIYA XISOBI VA AUDIT.
(Kunduzgi va Dual)

5. AVTOMOBIL YOʻLLARI, KOʻPRIKLAR VA AERODROMLAR QURILISHI
(Kunduzgi va Dual)

6. PAYVANDLASH TEXNOLOGIYASI VA JIXOZLARI
.
(Dual)

TEXNIKUMNI TAMOMLAGAN BITIRUVCHILAR OLIY TA’LIM MUASSASALARIGA IMTIXONSIZ, SUHBAT ASOSIDA 2-KURSDAN QABUL QILINADI.

🏛MANZIL:
ANDIJON SHAHAR
BOBURSHOH KOʻCHA 4-UY

MOʻLJAL:
3-KICH.DAHA GORGAZ
MAKRO SUPERMARKETI YONIDA.
AVVALGI KICHIK VA OʻRTA BIZNES KOLLEJI.


☎️TELEFONLAR:
+998902161001
+998998268775

Andijon shahar hokimligi matbuot xizmati

Telegram I Instagram I Facebook
Xonobod Sizni kutmoqda...

Dunyo sadolari Siz uchun yangraydi...


Andijon shahar hokimligi matbuot xizmati
Telegram I Instagram I Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Munosabat

Nosozlik bartaraf etildi

Andijon shahridagi Hamza Hakimzoda nomli ko‘chada ichimlik suvi isrof bo‘layotganligi haqida murojaat e'lon qilingan edi.

O‘rganish davomida bu ichki tarmoq ekanligi aniqlandi. Amaldagi tartiblarga binoan bunday paytda nosozlik mulk egasi tomonidan bartaraf etilishi lozim. Shunday bo‘lgani holda, "Andijon suv ta'minoti" AJ tomonidan ichimlik suvi isrofgarchiligiga barxam berish maqsadida nosozlik bartaraf etildi.

"Andijon suv ta'minoti" AJ axborot xizmati

😄𝗧𝗲𝗹𝗲𝗴𝗿𝗮𝗺                 |💬𝗙𝗮𝗰𝗲𝗯𝗼𝗼𝗸

🌐𝗜𝗻𝘀𝘁𝗮𝗴𝗿𝗮𝗺                📹𝗬𝗼𝘂𝘁𝘂𝗯𝗲

🌐𝗪𝗲𝗯𝘀𝗶𝘁𝗲                    🗝𝗖𝗮𝗯𝗶𝗻𝗲𝘁

|🤖𝗕𝗼𝘁                             |💬𝗖𝗵𝗮𝘁
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📊 Andijon viloyatining tashqi savdo aylanmasi

🏢 Statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–iyun oylarida Andijon viloyatining tashqi savdo aylanmasi hajmi 1 860,2 mln AQSH dollarini tashkil etdi.

Bu ko‘rsatkich 2024-yilning shu davriga nisbatan 215,4 mln dollarga yoki 10,4 foizga o‘sdi.


➡️ Tashqi savdo tarkibi quyidagicha:

📈 Eksport hajmi – 479,6 mln dollar, bu 2024-yilga nisbatan 93,0 % ga ko‘p.

📊 Import hajmi – 1 380,6 mln dollar, bu esa 11,5 % ga kamaydi.

🌍 Viloyat
tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar:

🇰🇷 Koreya Respublikasi - 26,4 %

🇨🇳 Xitoy – 22,9 %

🇷🇺 Rossiya
13,4 %

🇰🇿 Qozog‘iston – 9,5 %

🇧🇷 Braziliya – 4,3 %

🧭 Umuman olganda, Andijon viloyati joriy yilning dastlabki olti oyida 75 ta davlat bilan savdo aloqalarini amalga oshirdi. Bu viloyat tashqi iqtisodiy aloqalarining kengayib borayotganidan dalolat beradi.

Rasmiy sahifalar👇
Facebook | Telegram | Web sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏆 Andijonda DXX kubogi musobaqalari yakunlandi

🏆 62 mingdan ziyod yigit-qizlarni futbolga oshno qilgan DXX kubogi musobaqalarining Andijon viloyat bosqichi yakunlandi. "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida o'tkazilayotgan ushbu musobaqa nafaqat yangi futbol iqtidorlarini, balki futbol muxlislarini ham kashf etdi.

🏆 Musobaqalarning Andijon viloyat bosqichi bayramona kayfiyat va yuqori atmosferada o'tkazildi. Hayajonli lahzalar, g'oliblik zavqi va mag'lubiyat alamiga 15 mingdan ziyod muxlislar guvoh bo'lishdi.

Final o'yini, taqdirlash marosimi, yulduzlar ishtirokidagi galakonsertning eng yorqin lahzalarini viderolik orqali taqdim etamiz.


Andijon shahar hokimligi matbuot xizmati
Telegram I Instagram I Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM