Andijon viloyati soliq boshqarmasi
844 subscribers
4.21K photos
1.02K videos
71 files
3.6K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#alkogol #tamaki

Alkogol va tamaki mahsulotlari bozorini tartibga solish choralari kuchaytiriladi

Alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda realizatsiya qilish sohasida samarali nazorat tizimini joriy etish, ularning noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyish, biznesni yuritish uchun sogʻlom raqobat muhitini rivojlantirish, isteʻmolchilar huquqlarini himoya qilish maqsadida Prezident farmoni imzolandi.
👉 PF-84 03.06.2024

Farmonga muvofiq,

🔹Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi tashkil etiladi.

2024-yil 1-oktabrdan:

🔹isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarishda qoʻshimcha litsenziya talablari joriy etiladi;

🔹yashirin ishlab chiqarish va aksiz markasiz, raqamli markirovkasiz yoki sifatsiz alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish holatlar aniqlanganda ishlab chiqarish uskunalari davlat foydasiga oʻtkaziladi;

🔹qalbaki aksiz markali, aksiz markasiz, markirovkalanmagan, qalbaki markirovkali alkogol va tamaki mahsulotlari nazorat qiluvchi organlar tomonidan muomaladan olinadi va ushbu mahsulotlar bilan savdo qilish huquqini beruvchi litsenziya (ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat) belgilangan tartibda bekor qilinadi.

🔹isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari ulgurji realizatsiyasiga oid shartnomalar soliq organlarida majburiy hisobga qoʻyiladi.

Shu bilan birga Farmonda:

▪️2024-yil 1-iyuldan, respublika tovar-xomashyo birjasida isteʼmol etil spirti alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar uchun katta va kichik lotlar orqali sotiladi. Bunda, respublika tovar-xomashyo birjasi etil spirti xaridlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni mahsulot miqdori va xarid maqsadi kesimida Soliq qoʻmitasiga taqdim etib boradi.

2024-yil 1-sentabrdan:

▪️isteʼmol va texnik etil spirti xarid qilgan ishlab chiqaruvchilar tomonidan respublika tovar-xomashyo birjasining axborot tizimiga xarid qilish jarayonida joylashtirilgan isteʼmol va texnik etil spirtidan foydalanish maqsadlaridan boshqa maqsadda foydalanilganligi aniqlanganda, oxirgi 12 oyda birja savdolarida xarid qilingan isteʼmol va texnik etil spirti hajmiga hisoblanadigan aksiz soligʻi summasining 2,5 baravari miqdorida soliq organlari tomonidan moliyaviy jarima qoʻllaniladi;

▪️tamaki mahsulotlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilish boʻyicha yangi talablar joriy etiladi;

▪️alkogolli mahsulotlarning ulgurji savdosi uchun minimal sotish narxlari joriy etiladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads