Andijon viloyati soliq boshqarmasi
866 subscribers
4.26K photos
1.04K videos
73 files
3.66K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#litsenziya #savol_javob

Litsenziyalanishi lozim boʻlgan faoliyat bilan litsenziyasiz shugʻullanish qanday javobgarlik keltirib chiqaradi?

Litsenziya — jismoniy yoki yuridik shaxsga beriladigan, litsenziya talablari va shartlariga majburiy ravishda rioya etilgan taqdirda faoliyatning litsenziyalanadigan turini yoki uning kichik turini amalga oshirish huquqini beruvchi hujjat.

O‘zbekistonda amalga oshirilishi uchun 👉 litsenziya olish talab qilinadigan faoliyat turlari.

Litsenziyalanishi lozim boʻlgan faoliyat bilan litsenziyasiz shugʻullanganlik uchun quyidagi javobgarlik choralari qoʻllaniladi.

🔹Maʼmuriy javobgarlik:
▫️fuqarolarga – BHMning 15 baravaridan 20 baravarigacha;
▫️mansabdor shaxslarga – 20 baravaridan 25 baravarigacha jarima.
MJtK 165-modda 4-qism

🔹Jinoiy javobgarlik:
▫️Jismoniy shaxslarga –
- BHMning 55 baravaridan 100 baravarigacha miqdorida jarima;
- 5 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish;
- 480 soatgacha majburiy jamoat ishlari;
- 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari.
Jinoyat kodeksi 190-modda 5-6 qismlar

🔹Moliyaviy jarima:
▫️Yuridik shaxslarga – BHMning 200 baravaridan 300 baravarigacha jarima.
O‘RQ-701-son 4-ilova 14.07.2021

Ma'lumot uchun❗️Yuridik shaxsga nisbatan moliyaviy jarimani qo'llanishi ushbu huquqbuzarlik fakti bo'yicha uning mansabdor shaxslarini ma'muriy yoki jinoiy javobgarlikdan ozod etmaydi.
Soliq kodeksi 212-modda 4-band

📌 BHM 1 baravari - 330 000 so‘m

👉Batafsil

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads