#Xashar
Xashar - elga yarashar
Saranjom sarishtalik, pokizalik bo’lgan joyda ishning unumi, baraka bo’ladi, jamoa orasida mehr-oqibat ortadi. Ozoda maskanda mehnat qilayotgan insonlarning ish salohiyati yuqori bo’lishi tajribada o'z isbotini topgan.
Barcha hududlarda bo’lgani kabi Andijion viloyat davlat soliq boshqarmasi hamda uning hududiy inspeksiyalarida xasharlar tashkil etildi. Unda mehnat jamoalar uyushqoqlik bilan ishtirok etdilar.
Xodimlar o’zlari mehnat qilayotgan maskanning ozoda va pokiza bo’lishi, idora hududida ko’kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlarini yuqori kayfiyatda amalga oshirdilar. Hududlar obodonlashtirildi.
Ramazon shukuhi yurtimiz bo’ylab kezib yurgan ayni kunlarda islom dinining asosiy mezonlaridan biri bo’lgan pokizalik-saranjomlikni targ’ib etish, ramazon hayiti ayyomini obod maskanlarda kutib olishga qaratilgan bu ezgu tadbir asnosida mehnat jamoalari ishlayotgan maskanlar yanada ko’rkam qiyofa kasb etdi. Bu esa o'z navbatida bayram oldidan ishchi xodimlarga o'zgacha ko'tarinki kayfiyat baxsh etdi.
Zero, go'zal maskanlarning yoqimli taassurotlari asnosida qalblar ham go'zallashishi ayni haqiqat. Qalbi go'zal davlat xizmatchisi esa o'z halqiga sidqidildan vijdonan xizmat qiladi.
Andijon viloyati davlat soliq boshqatmasi Matbuot xizmati
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|