#Sektorlar_faoliyati
#Taqdirlov
Bugun joylardagi muammolarni o‘rganish va hal etishda sektorlar faoliyatini alohida e'tirof etish joiz.
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan ishlashda, ayollarning murojaat va muammolarini hal etishda o‘zining fidokorona mehnati bilan barchaga namuna ko‘rsatgan mas'ullarni munosib rag‘batlantirish maqsadida O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasida tuzilgan respublika komissiyasi tomonidan tashkil etilgan “Eng yaxshi sektor rahbari” respublika ko‘rik tanlovining Andijon viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Unda Xonobod shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari Qosimova Ziyodaxon Hakimovna faxrli 3 o‘ringa munosib deb topildi.
Qayd etish kerakki, Ziyoda Qosimova o‘zi ayol rahbar bo‘lgani uchun Xonobod shahrida istiqomat qiluvchi ayollarnining turmush sharoitlarini o‘rganish, ularning muammolariga quloq tutib ijobiy hal etishda yuksak natijalarni qo‘lga kiritmoqda.
Andijon viloyat davlat soliq boshqarmasi nomidan hamkasbimizni mukofot bilan samimiy muborakbod etib, kelgusi faolyatida ulkan zafarlar tilaymiz.
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|