Andijon viloyati soliq boshqarmasi
852 subscribers
4.2K photos
1.02K videos
68 files
3.59K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

2024-yil 1-iyuldan
...

🔹barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlar uchun tovar-transport yuk xatlarini elektron shaklda rasmiylashtirish, saqlash va ularning hisobini yuritish tizimi joriy etiladi;

🔹issiqxonaga ixtisoslashgan yer maydoni 25 sotixdan koʻp boʻlgan tadbirkorlarga ishchilarining mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlari boʻyicha toʻlangan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini qaytarib berish tartibi to‘xtatiladi.
___________
#новое_в_законодательстве

С 1 июля 2024 года
...

🔹для всех хозяйствующих субъектов внедряется система оформления, хранения и учета товарно-транспортных накладных в электронном виде;

🔹порядок возврата налога на доходы физических лиц по доходам в форме оплаты труда своих работников, уплаченных субъектами предпринимательства, специализированными на теплицах, имеющими земельные площади более 25 соток прекращается.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#raqamlashtirish #imtiyoz

Andijonda soliq to‘lovchilar 154 mlrd so‘mdan ortiq soliq imtiyozlaridan foydalandi

2024-yilning yanvar-may oylarida respublikada 122 862 ta tashkilot 10,6 trln so‘m miqdorda soliq imtiyozlaridan foydalangan.

Shu bilan birga:
▫️2 561 ta korxona moliyaviy xizmatlar bo‘yicha 7,9 trln so‘mdan ortiq QQSsiz operatsiyalar amalga oshirgan;
▫️5 958 ta korxona 13 trln so‘m miqdorida QQS "nol" stavkasini qo‘llagan.

Andijon viloyatida esa, 7184 ta holatda 154,8 mlrd so'm soliq imtiyozlaridan foydalanilgan.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#TTY

Biz yuk tashish uchun lizinga olingan transport vositasidan foydalanamiz. Bunday holda, elektron tovar-transport yuk xatini qanday rasmiylashtirish kerak?

Buning uchun elektron tovar-transport yuk xati rasmiylashtirish jarayonida "Transport turi" bo'limidagi "Avtomobil" tugmasi tanlanadi va "Boshqa avtomobil egalari" qatorlariga lizinga berilgan transport vositasi egasining JShShIRi yoki STIR kiritiladi. Shundan so'ng, barcha kerakli ma'lumotlar avtomatik ravishda ko'rsatiladi.
___________
#ТТН

Мы используем для перевозки груза автомобиль, приобретенный в лизинг. Как в этом случае оформить электронную товарно-транспортную накладную?

Для этого при заполнении электронной товарно-транспортной накладной в разделе "Вид транспорта" укажите "Автомобиль" и в строке "Другие владельцы автомобиля" введите ИНН или ПИНФЛ владельца, который предоставил вам его в лизинг. После этого все необходимые сведения отобразятся автоматически.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#TTY #savol_javob

Mahsulotlarimizni hamkorlarga temir yo‘l orqali yetkazib beramiz. Buning uchun elektron TTY rasmiylashtirish shartmi?

2024-yil 1-iyuldan barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar tovar-transport yuk xatlarini (TTY) elektron shaklda rasmiylashtirishi lozim.

Tadbirkorlar yuk tashishni nafaqat avtotransport vositasi, balki temir yo‘l orqali amalga oshirganda ham tovar-transport yuk xatini elektron shaklda rasmiylashtirishi lozim. Elektron TTY tizimida bunday imkoniyat yaratilgan.

Soliq qoʻmitasi barcha xoʻjalik subyektlarini yuklarni avtotransport vositalari yoki temir yo‘l orqali tashishda "Elektron tovar-transport yuk xati tizimi"dan foydalanishga chaqiradi.

Yuk tashish ishtirokchilari takliflaridan kelib chiqib, tizim optimallashtirib boriladi.

Maqsad – xoʻjalik yurituvchi subyektlarda koʻnikmalarni shakllantirish hamda tizimdan foydalanish boʻyicha qulayliklarni birgalikda yaratish.
______________
#ТТН #вопрос_ответ

Мы доставляем партнерам нашу продукцию по железной дороге. Нужно ли для этого оформлять электронный ТТН?

С 1 июля 2024 года всем хозяйствующим субъектам следует оформлять товарно-транспортные накладные (ТТН) в электронном виде.

Предпринимателям следует оформлять товарно-транспортные накладные в электронном виде при осуществлении перевозок не только автомобильным, но и железнодорожным транспортом. В системе электронных ТТН такая возможность предусмотрена.

Налоговый комитет призывает все хозяйствующие субъекты использовать "Систему электронных товарно-транспортных накладных" при перевозке грузов автотранспортом или железнодорожными путями.

Система подлежит дальнейшей оптимизации на основе предложений участников перевозок.

Цель – формирование у хозяйствующих субъектов навыков и совместное создание удобств при использовании системы.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#Mahallabay

🔹2024-yilning iyun oyida “Mahallabay” ishlash tizimi bo‘yicha viloyatimizdagi 909 ta mahallada 345 nafar soliq inspektori bevosita faoliyat olib bordi.

Joriy yilning iyun oyida “Mahallalarda soliq organlari faoliyati” axborot tizimida baholash natijalariga ko‘ra, viloyatda soliq inspektorlarining samaradorlik ko‘rsatkichi (KPI) 80.3 ballni tashkil etdi.

📈Mahallalarga biriktirilgan inspektorlarning ko‘rsatkichlari:

▫️reytingi 100 ball bo'lgan inspektorlar – 2 nafar;
▫️reytingi 97 balldan yuqori inspektorlar – 6 nafar;
▫️reytingi 95 balldan yuqori inspektorlar – 6 nafar;
▫️reytingi 90 dan yuqori bo‘lgan inspektorlar – 34 nafar;
▫️reytingi 75 dan 90 ballgacha bo‘lgan inspektorlar – 219 nafar.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#hamkorlik

Soliq qo‘mitasi mutaxassislari Anqarada xalqaro tajribalarni o‘rganmoqda

Anqara shahrida “Noqonuniy iqtisodiyotga qarshi kurash, soliq amaliyotidagi mavjud o‘zgarishlar va raqamli texnologiyalar” mavzusidagi seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda.

Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) tomonidan tashkillashtirilgan mazkur tadbirda Soliq qo‘mitasi markaziy apparati va hududiy soliq organlaridan rahbar va mutaxassis xodimlar ishtirok etyapti.

2024-yil 1-iyuldan 5-iyulgacha davom etishi rejalashtirilgan seminarning dastlabki kunida ishtirokchilar Anqara soliq boshqarmasi va inpeksiyasida ish jarayoni bilan tanishib, o‘zaro tajriba almashishdi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#QQS #mutaxassis_sharhi

Tovarlar import qilinganda to‘langan QQS summasini hisobga olish

Soliq organlari axborot tizimlari Bojxona organlari maʼlumotlari bilan integratsiya qilingan bo‘lib, tovarlar import qilinganda to‘langan QQS summasi avtomatik ravishda hisobga olinadi.

Soliq to‘lovchi haqiqatda olib kirilgan (import) tovar (xizmat)lar uchun budjetga to‘langan QQS summasini hisobga olish huquqiga ega.
👉 Soliq kodeksi 266-modda

Bunda, tovarlar importi uchun kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘langan QQS summasi to‘lov amalga oshirilgan davr bo‘yicha avtomatik ravishda hisob (zachet)ga olinadi.

Import qilingan tovarlar uchun QQSni kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash keyingi yilda amalga oshirilsa, soliq summasi my3.soliq.uz portali orqali hisobga olinadi.

QQS hisobotini to‘ldirish va unda avtomatik shakllanadigan ko‘rsatkichlar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar mutaxassis sharhida...

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#uchrashuv

Ayni daqiqalarda Prezidentimizning tadbirkorlar bilan Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida turizm (aviyakompaniya, turoperator, turfirma, mehmonxona, gid va boshqa) va transport sohasidagi mavjud muammolar va ularning yechimi bo‘yicha takliflarni shakllantirish maqsadida uchrashuv o‘tkazilmoqda.

Unda Soliq qo’mitasi raisi Sh.Kudbiyev, Savdo-sanoat palatasi raisi D.Vaxabov, biznes-ombudsman D.Qosimov, Transport vaziri o’rinbosari J.Choriyev, Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Jamoatchilik kengashi a'zolari hamda boshqa tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirok etmoqda.

Uchrashuv YouTube platformasi orqali tog'ridan-to'g'ri efirga uzatilmoqda.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads