#Antikorrupsiya
▪️Korrupsiyaga yo’l qo’ymang, oqibati ayanchli bo’ladi
✔️Bugun har bir soha kesimida korrupsion jinoyatlarning oldini olish borasida qator amaliy chora-tadbirlar bo’lib o’tmoqda. Xususan, viloyat soliq boshqarmasida ham bu borada tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Mana shunday tadbirlardan biri viloyat soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida Andijon shahri hamda Ulug’nor tumanlarida bo’lib o’tdi.
✅ “Korrupsiya va uning ayanchli oqibatlari” mavzusida bo’lib o’tgan davra suhbatida soliq tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish, unga chek qo‘yish hamda korrupsiyani keltirib chiqarayotgan sabablarni bartaraf etish to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.
🔘 Xususan Soliq organlarida so‘nggi yillarda olib borilayotgan keng islohotlar va soliq tizimining to‘liq raqamlashtirilishi ham korrupsiyaning oldini olishga xizmat qilmoqda.
🏷 Davra suhbati davomida inspeksiya xodimlari Soliq xizmati organlari xodimlarining odob-axloq qoidalari hamda ichki idoraviy hujjatlariga qat’iy va so‘zsiz rioya qilishi to‘g‘risida ogohlantirildi.
Andijon viloyati Soliq boshqarmasi Matbuot xizmati
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|

Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#EHF #QQS
Elektron hisobvaraq-fakturalarni oʻz vaqtida toʻldirish shart
Xoʻjalik subyektlari rasmiylashtirayotgan elektron hisobvaraq-fakturalar (EHF) soliq xizmati organlari tomonidan doimiy ravishda monitoring qilib borilmoqda.
EHF tovarlar joʻnatilgan (topshirilgan) yoki xizmatlar koʻrsatilgan kalendar sanada rasmiylashtirilishi shart.
👉 VMQ-489-son 14.08.2020
EHF quyidagilar uchun kalendar oyning soʻnggi kuni bilan mazkur oy davomida amalga oshirilgan operatsiyalar uchun bir marta taqdim etiladi:
🔸elektr va (yoki) issiqlik energiyasi, suv, gaz, kommunal va aloqa xizmatlari;
🔸temir yoʻlda tashish;
🔸transport-ekspeditorlik xizmatlari;
🔸quvurlar tizimi orqali yuklarni tashishga doir xizmatlar;
🔸tovar (xizmat)lar doimiy (uzluksiz) asosda realizatsiya qilinadigan boshqa hollarda tovarlar yetkazib berilgan (xizmatlar koʻrsatilgan)da.
✅ Bunda, EHF tovar (xizmat)lar realizatsiya qilingan oydan keyingi oyning 10-kuniga qadar, realizatsiya amalga oshirilgan oyning oxirgi sanasi bilan rasmiylashtiriladi.
❗️Agar realizatsiya qilingan mahsulot qiymati o‘zgarsa...
Qonunchilikka muvofiq, realizatsiya qilinayotgan tovarlar qiymati yoki miqdori oʻzgarganda qoʻshimcha yoki tuzatilgan EHF taqdim etish mumkin.
Shuningdek, ilgari taqdim etgan soliq hisobotida hisoblab chiqarilgan soliq summasi oʻzgarganda soliq hisobotiga zarur tuzatishlar kiritilishi va aniqlashtirilgan hisobot taqdim etilishi lozim.
Soliq organlarida mavjud maʼlumotlar tahlil qilinganda ayrim soliq toʻlovchilar tomonidan qoʻshimcha yoki tuzatilgan EHFlar boʻyicha qayta soliq hisobotlari taqdim etilmaganligi natijasida soliq hisoblanmaslik holatlari aniqlanmoqda.
❗️Soliq toʻlovchilarga qonunchilik talablariga rioya qilgan holda soliq hisobotlarini to‘g‘ri yuritish tavsiya etiladi. Aks holda qonunchilik hujjatlariga asosan belgilangan tartibda javobgarlik choralari ko‘rilishini eslatib oʻtamiz.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

#deklaratsiya
Endilikda fuqarolar deklaratsiya asosida hisoblangan daromad solig‘i haqida SMS orqali ma'lumot olmoqda
📝 Soliq to‘lovchilar Soliq kodeksining 393-moddasida ko‘rsatilgan daromadlari to‘g‘risidagi jami yillik deklaratsiyani hisobot yilidan keyingi yilning 1-aprelidan kechiktirmay taqdim etishi va hisoblangan soliq summasini 1-iyunidan kechiktirmay to‘lashi belgilangan.
📩 Bugungi kunda soliq to‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida, ularning uyali telefonlariga deklaratsiya asosida (mol-mulkini ijaraga berishdan, noturar obyektlari va 36 kalendar oydan kam muddatda mulkida bo‘lgan turar joylarni sotishdan hamda yaqin qarindoshi bo‘lmagan shaxslardan hadya tartibida olgan daromadlari) hisoblangan daromad solig‘i to‘g‘risidagi maʼlumotlar SMS ko‘rinishida yuborilmoqda.
🔗 SMS ostida “Batafsil” hamda “To‘lash” yozuvi bor. “Batafsil” yozuvi orqali to‘lov xabarnomasi yuklab olinadi. To‘lov xabarnomasida fuqaroning olgan daromadi, daromad solig‘i qanday hisoblanganligi, soliq stavkasi, hisoblangan soliq summasi, soliq organi masʼul xodimi aloqa raqami va boshqa maʼlumotlar o‘rin olgan.
📲 “To‘lash” yozuvi bosilganda esa “Soliq” mobil ilovasi joylashgan platforma ochiladi. Agar ilova foydalanuvchi qurilmasiga o‘rnatilgan bo‘lsa, ilovaning “Soliqlarni to‘lash” oynasidan to‘lovni tez va oson amalga oshirish mumkin. O‘rnatilmagan bo‘lsa, platforma orqali yuklab olinadi.
📊 Agar soliq to‘lovchining daromad solig‘idan imtiyozi bo‘lsa, “my3.soliq.uz” sayti orqali imtiyozini ko‘rsatgan holda jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyani qayta hisobot shaklida taqdim etishi mumkin.
❗️Eʼtibor bering: SMS Soliq_uz manzilidan (Perfectum abonentlariga 6079 raqamidan) yuborilmoqda. Boshqa manzildan yuborilgan SMSlar soliq organiga tegishli emas.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads

#markirovka
Chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasi tadbirkorlari diqqatiga!
Soliq qoʻmitasining majburiy raqamli markirovkalanishi lozim boʻlgan alkogol mahsulotlarni quyib sotish boʻyicha takliflari bilan quyidagi havola orqali tanishing:
👉 https://soliq.uz/press-services/news/show/horeca-segmentida-markirovkalangan-mahsulotlarni-hisobga-olish
Ushbu takliflar asosida joriy yilning iyul oyida Soliq qo‘mitasi mutaxassislari va bozor ishtirokchilari o‘rtasida uchrashuv tashkil etish rejalashtirilgan.
Unda ishtirok etishni istaganlar #markirovka xeshtegi bilan ishtirokchilar roʻyxati va muhokama qilinadigan mavzularni koʻrsatgan holda Soliq organlari bilan qayta aloqa tizimi –
💻 veb-sayt - https://appeal-bot.soliq.uz/
📲 yoki Soliq mobil ilovasi orqali xabar yuborishlari mumkin.
Uchrashuv o‘tkazish joyi va sanasi qatnashish istagini bildirgan korxonalar va ishtirokchilar sonidan kelib chiqib belgilanadi.
___________
#маркировка
Предпринимателям в сфере розничной торговли и общественного питания!
Просим ознакомиться с предложениями Налогового комитета по реализации в розлив алкогольной продукции, подлежащей обязательной цифровой маркировке, по ссылке:
👉https://soliq.uz/press-services/news/show/uchet-markirovannoy-produktsii-v-segmente-horeca
На основе этих предложений специалисты Налогового комитета в июле текущего года готовы провести встречу с участниками рынка.
Если вы хотите принять в ней участие, отправьте заявку с хэштегом #маркировка через систему обратной связи с налоговыми органами, указав список участников и интересующие темы для обсуждения:
💻 на сайте - https://appeal-bot.soliq.uz/
📲 или в мобильном приложении Soliq
Исходя из количества заинтересованных компаний, а также состава участников будут определены дата и место проведения встречи.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_eshiklar_kuni
Bugun Andijon viloyati Soliq boshqarmasida "Ochiq eshiklar" kuni bo'lib o'tdi
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Bugun Andijon viloyati Soliq boshqarmasida "Ochiq eshiklar" kuni bo'lib o'tdi
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#Ozbekiston_2030
“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi: rivojlanishning aniq maqsadlari va muhim vazifalar ijrosi muhokama qilindi
Soliq qoʻmitasida “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi hamda 2024-yilga moʻljallangan Davlat dasturi muhokamasiga bagʻishlangan seminar tashkil etildi.
Seminar avvalida ishtirokchilariga “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasida rivojlanishning ustuvor yoʻnalishlari va har bir jabhada amalga oshiriladigan dolzarb masalalar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Xususan, amalga oshiriladigan islohotlarda davlat idoralari bilan bir qatorda keng jamoatchilikning faol ishtiroki ham zarur ekanligi qayd etildi.
Batafsil

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM