Andijon viloyati soliq boshqarmasi
850 subscribers
4.33K photos
1.07K videos
74 files
3.76K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#Korrupsiya

Korrupsiyaga qarshi kurashish targ'ibot tadbirlari davom etmoqda...

Andijon viloyati soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo'limi xodimlari tomonidan Andijon shahrida "Biz korrupsiyani birgalikda to'xtatamiz" hamda "Korrupsiya - xavfsizlikka taxdid" mavzusida targ'ibot ishlari amalga oshirildi.

Ushbu targ'ibotni oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad, soliq sohasida uchrashi mumkin boʻlgan korrupsion holatlarni oldini olish, korrupsiyaning jamiyatga va shaxslarga keltiradigan zarari toʻgʻrisida maʼlumotlar berishdan iborat.

❗️Eslatib o'tamiz! Korrupsion holatlarga guvoh bo‘linsa, darhol Soliq qo‘mitasing rasmiy [email protected] elektron pochtasiga, Telegramdagi @dsq_anticorrupciya_bot ga, 71-244-98-98 va 1198, shuningdek, viloyat soliq boshqarmasining 74-223-95-22 va 74-223-95-23 Ishonch telefonlari orqali murojaat qilish mumkin!

Murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanadi!

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2024-yil 20-mart

2022-yil uchun:


- nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari toʻgʻrisidagi xabarnoma nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi foydasining ulushi nazorat qiluvchi shaxsda hisobga olinishi kerak boʻlgan soliq davridan keyingi yil uchun taqdim etishning oxirgi kuni;
(Soliq kodeksi 209-modda 3-qism).

fevral oyi uchun:

- QQS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq qodeksi 273-modda 1-2-qismlar);

- agar fevral oyida dividendlar va foizlar hisoblangan boʻlsa, dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi boʻyicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 345-modda 5-qism);

- norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari boʻyicha soliq hisobotini soliq agenti tomonidan taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 355-modda 1-qism);

- yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 454-modda 3-4-qismlar);

- suv resurslaridan foydalanganlik uchun boʻnak toʻlovlar soliq davrida soliq summasi BHMning 200 baravaridan koʻproqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (AOS toʻlovchilar bundan mustasno) yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 448-modda 3-qism).

I chorak uchun:

- AOS toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi yillik summasining ¼ qismi miqdorida boʻnak toʻlovlarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 417-modda 6-qism);

- AOS toʻlovchilar tomonidan yuridik shaxslar yer soligʻi yillik summasining ¼ qismi miqdorida boʻnak toʻlovlarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 432-modda 1-qism);

- suv resurslaridan foydalanganlik uchun boʻnak toʻlovlar soliq davrida soliq summasi BHMning 200 baravaridan kamroqni tashkil etadigan, AOS toʻlovchi boʻlmagan yuridik shaxslar, shuningdek AOS toʻlovchilar va YTTlar tomonidan yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 448-modda 3-qism).

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#tashqi_savdo #QQS

👉Nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari haqidagi xabarnoma qanday taqdim etiladi?

👉QQS hisoboti shaklini to‘ldirish bo‘yicha
qo‘llanma / videoqo‘llanma

👉QQS toʻlovchilar onlayn-NKT cheklarini qanday
tahrirlaydi?
__________
#внешняя_торговля #НДС

👉Как подать уведомление о контролируемых иностранных компаниях?

👉
Инструкция / видеоинструкция по заполнению отчетности по НДС

👉Как плательщикам НДС
корректировать чеки?

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#Korrupsiya

Korrupsiya – rivojlanishimizga to’siq

Bugun, viloyat soliq boshqarmasining Shaxsiy xavfsizlik bo'limi hamda Andijon shahar departamenti bilan hamkorligida Andijon shahar soliq inspeksiyasi shaxsiy tarkibi ishtirokida “Korrupsiya – rivojlanishimizga to‘siq” mavzusida uchrashuv tashkillashtirildi.

❗️Shuni ta'kidlash joizki, soliq xizmati organlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, korrupsiyaviy xatarlarni oldini olish va sohada zamonaviy korrupsiyaga qarshi tizimlarni joriy etish eng dolzarb masalalardan bo'lib, bu borada joylarda yuqoridagi kabi amaliy ishlar olib borilmoqda. Zero, barcha tashkilotlarda ochiqlik asosida ish yuritish oliy maqsadlarimizdan biridir!

Andijon viloyati Soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Rasmiy_munosabat

Andijon viloyati Soliq boshqarmasi ijtimoiy tarmoqda murojaatchi nomidan e'lon qilingan xabar yuzasidan quyidagilarni ma'lum qiladi:

Xabarda keltirilishicha, fuqaro Shahrixon tumani soliq inspeksiyasi xodimlari ustidan anonim tarzda murojaat yo’llagan. Qolaversa, murojaatchi kimligi haqida hech qanday ma’lumot qoldirmagani uchun ham murojaatini atroflicha o‘rganib chiqishning imkoni bo‘lmadi.

Shu o‘rinda murojaat yo‘llovchi yurtdoshlarimizdan o’zlari haqida to‘liq va aniq ma’lumot yozib qoldirishlarini so‘raymiz.

Eslatib o'tamiz, soliq boshqarmasiga ijtimoiy tarmoq orqali tezkor murojaat yo‘llashingiz mumkin. Murojaatingiz rahbariyat tomonidan nazoratga olinib, qisqa fursatlarda javob berilishi ta'minlanadi.

Andijon viloyati Soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|