Andijon viloyati soliq boshqarmasi
847 subscribers
4.21K photos
1.03K videos
71 files
3.6K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Korrupsiya

Korrupsiyaga qarshi kurash tadbirlari - jamoatchilik e’tiborida

“9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” oldidan o‘tkazilayotgan aksilkorrupsiya oyligi doirasida Andijon viloyati Soliq boshqarmasida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.

Batafsil:👆 "Andijon axboroti" informatsion dasturi orqali

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#rasmiy_munosabat

Joriy yilning 1-dekabr kuni Soliq qoʻmitasi Maʼlumotlar bazasida yakka tartibdagi tadbirkorlar foydalanadigan soliq imtiyozlari tashqi manba maʼlumotlari asosida avtomatlashtirildi.

Avtomatlashtirish jarayonida texnik xatolik yuzaga kelib oilaviy xususiy bogʻcha faoliyati bilan shugʻullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan ijtimoiy soliq boʻyicha imtiyoz (oyiga 340 ming soʻm) qoʻllanilmasdan qolgan.

Ayni paytda mazkur texnik xatolik bartaraf etilgan. Tadbirkorlardan yechib olingan ijtimoiy soliq summalari ularning hisobraqamiga qaytarilmoqda.

Holat yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlanib aybdorlarga nisbatan tegishli choralar koʻriladi. Natijasi boʻyicha qoʻshimcha axborot berilishi ma'lum qilinadi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#AOS

📢 Tadbirkorlar, shoshiling, vaqt oz qoldi ❗️

AOSni qatʼiy belgilangan summada to‘lovchi tadbirkorlar 2024-yil 1-yanvardan
AOSni 4% (yoki boshqa soliq stavkalari) to‘lashga o‘tish uchun 2023-yil 18-dekabrgacha soliq organini xabardor qilishlari kerak.

👉Buning uchun soliq toʻlovchi my3.soliq.uzdagi shaxsiy kabinetidan “Aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar uchun qatʼiy belgilangan summadagi soliq stavkasiga oʻtish (rad etish)” boʻlimi orqali rad qilish xabarnomasini yuboradi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2023-yil 7-dekabr

noyabr oyi uchun:


- natura holida toʻlangan daromadlar boʻyicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini va SHJBPHga majburiy badallarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 390-modda 2-qism, 06.10.2005-yildagi 1515 raqamli nizomning 7-bandi)
_________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️7 декабря 2023 года последний день

за ноябрь:


- уплаты налога на доходы физических лиц и обязательных взносов на ИНПС с доходов, выплаченных в натуральной форме
(ч.2 ст.390 Налогового кодекса, п. 7 Положения, рег. № 1515 от 06.10.2005 г.)

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#rasmiy_munosabat

Soliq organlari tomonidan soliq bazasini kengaytirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish boʻyicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda. Ushbu chora-tadbirlardan biri taksi va yoʻlovchi tashish bozorini tartibga solishdir.

Avval xabar qilinganidek, joriy yilning 1-dekabridan boshlab Yandex Go xizmati Oʻzbekistonda oʻz faoliyatini mahalliylashtirib, soliq rezidentiga aylandi. Shu bilan birga, mazkur servis Soliq axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishi natijasida har bir tashish xizmati uchun fiskal chek shakllantirish imkoniyati yaratildi.

Oʻtgan kunlar davomida (1 – 6-dekabr) 13,5 mlrd soʻmlik 800 483 ta chek shakllantirildi.

Oʻz navbatida, mazkur sohada bir qator yechimini topishi lozim boʻlgan masalalar saqlanib qolmoqda:

birinchidan,
taksi xizmati (Yandex Go va boshqalar) uchun naqd pul orqali toʻlov qilinganda chek berilishi yoʻlga qoʻyilmagan.

Bu borada amaliyotga tatbiq etish uchun bir nechta yechimlar ishlab chiqildi va bozor ishtirokchilariga taklif qilindi, yaqin kunlarda naqd pul orqali toʻlov qilinganida ham chek berilishi taʼminlanadi;

ikkinchidan, qolgan agregatorlarda, xususan – MyTaxi, Uklon va boshqalarda fiskal chek bugungi kungacha shakllantirilmayapti.
Ushbu agregatorlar bilan texnik integratsiyalash ishlari yakunlangan va yaqin kunlarda yoʻlovchilar ushbu xizmatlardan foydalanganda fiskal cheklarni olishni boshlashi kutilmoqda.

Bundan tashqari, respublikaning barcha hududlarida agregatorlar va taksi xizmatlarini fiskallashtirish koʻzda tutilgan;

uchinchidan, bugungi kunga qadar shakllantirilgan 13,5 mlrd soʻmlik 800 483 ta cheklarning 13,4 mlrd soʻmlik 791 100 tasi 232 ta yuridik shaxslar (Yandex Go hamkorlari va taksi kompaniyalari), 163,9 mln soʻmlik 9 383 tasi esa 1 821 nafar oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar hissasiga toʻgʻri keladi.

Bunda, tashish xizmati oʻzini oʻzi band qilgan haydovchi tomonidan koʻrsatilgan boʻlsada, tashishning barcha summasi taksopark (hamkor) aylanmasida aks etish holatlari Soliq qoʻmitasi tomonidan kuzatilmoqda.

Mazkur yoʻnalishda taksoparklar va oʻzini oʻzi band qilgan haydovchilar oʻrtasida soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetida komissioner va komitentni toʻgʻri belgilash boʻyicha tushuntirish ishlari agregatorlar bilan birgalikda olib borilmoqda.

Shuningdek, ushbu sohada oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida mazkur funksiyani Soliq mobil ilovasiga qoʻshish orqali soddalashtirish boʻyicha ishlar olib borilmoqda.
Maʼlumot uchun: yuridik shaxslar oʻzlarining shaxsiy kabinetida fiskal cheklarni tahrirlash mexanizmidan foydalanishlari mumkin. Shuningdek, Soliq kodeksining 369-moddasi 9-bandiga muvofiq, oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar barcha turdagi soliqlardan ozod qilingan.

Taksi faoliyatidan rasmiy daromad shakllantirish imkoniyatining paydo boʻlganligi oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar uchun alohida bir qator afzalliklarni keltirib chiqaradi. Jumladan, daromad toʻgʻrisidagi maʼlumotlar keyinchalik ularga boshqa iqtisodiy harakatlarda (ipoteka, isteʼmol kreditlari, tovarlarni boʻlib-boʻlib toʻlash va hokazo) imkoniyatlarini kengaytiradi. Bu oʻz navbatida aholining iqtisodiy faolligi oshishiga xizmat qiladi.

Soliq qoʻmitasi taksi xizmatini koʻrsatishda agregatorlar va ularning hamkorlari biznes jarayonlarini monitoring qilib bormoqda va aniq yechimlarni taklif etadi.

Shu bilan birga yoʻlovchi tashish bozorida, turli baholashlarga asosan 500 mingdan 1 mln nafargacha fuqaro toʻliq yoki qisman bandligini, shuningdek, taksilarning kundalik logistika va harakatlanishdagi ahamiyati katta ekanini hisobga olib, mazkur sohadagi munosabatlarni avtomatlashtirish va fiskallashtirish jarayonini bosqichma-bosqich va ehtiyotkorlik bilan amalga oshirish zarur, deb hisoblaymiz.

Bunda, soliq qonunchiligiga rioya etilishi, soliqlarning toʻgʻri hisoblanishi va oʻz vaqtida toʻlanishi ustidan nazorat hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga soliqlarning toʻliq tushishini taʼminlash soliq organlarining asosiy vazifalari boʻlib qoladi.
#soliqchi_komakchi

Soliq qo‘mitasi Raisi andijonlik tadbirkorlar bilan uchrashdi

Davlatimiz rahbarining soliq organlari oldiga qo‘ygan yangicha ishlash talabi soliqchini tadbirkorga ko‘makchiga aylantirdi.

Joriy yilning 6-dekabr kuni Soliq qo‘mitasi Raisi Sherzod Kudbiyev 80 nafardan ziyod andijonlik tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Ochiq va konstruktiv muloqotda Sh.Kudbiyev tadbirkorlarning murojaatlarini tinglab, ularda ko‘tarilgan masalalarni hal etilishini shaxsan nazoratiga olishini ta’kidladi.

Shuningdek, QQSning ortiqcha summasini qaytarish, soliq imtiyozi qo‘llanishi, “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi, yer va mol-mulk soliqlari yuzasidan yo‘llangan murojaatlar shu yerning o‘zida ijobiy yechim topdi.

O‘rganish talab etadigan masalalarni qanoatlantirish uchun malakali mutaxassislardan iborat 14 kishilik ishchi guruhi tashkil etildi.

Qo‘mita Raisi tadbirkorlarga faqatgina soliq sohasida emas, balki boshqa muammoli vaziyatlarda ham ko‘mak ko‘rsatish lozim ekanligini qayd etdi.

Shuningdek, soliq organlari vakolat doirasidan tashqari murojaatlar ham vakolatli idoralarga yetkazilishini va ijobiy hal etilishida tegishli choralar ko‘rilishini ma’lum qildi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Ўзбекистон халқига байрам табриги

Праздничное поздравление народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#8_dekabr
#bayram_tabrigi

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASINING 31 YILLIGI MUBORAK BOʻLSIN!

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#8_dekabr #konstitutsiya

Soliqlar mamlakatni har tomonlama ijtimoiy–iqtisodiy taraqqiy etishi uchun sarflanadi. Yaʼni xalq farovonligi, fuqarolar turmush darajasining oshishi uchun ishlatiladi.

Shu sababli har bir fuqaro oʻzi yashab turgan davlatda qonun bilan belgilab qoʻyilgan soliqlarni toʻlashi shart. Bu uning davlat oldidagi fuqarolik burchi, mamlakat rivoji uchun qoʻshgan hissasidir.

Konstitutsiyamizning 63-moddasida ham “Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va yigʻimlarni toʻlashi shart.
Soliq va yigʻimlar adolatli boʻlishi hamda fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirishiga toʻsqinlik qilmasligi kerak”
,
- deya belgilab qoʻyilgan

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#8_dekabr #konstitutsiya

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi muborak boʻlsin!


Aziz vatandoshlar, Sizlarni va butun xalqimizni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligi bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Barchangizga oʻzimning chuqur hurmatim va ezgu tilaklarimni izhor etaman.
Istiqlolning dastlabki yillarida murakkab bir sharoitda qabul qilingan Konstitutsiyamiz bergan huquq va imkoniyatlar tufayli oʻtgan davrda koʻplab soha va tarmoqlarda yutuqlarni qoʻlga kiritdik.

Joriy yilda Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasining mazmuni va mantigʻi, xalqimiz bildirgan talab, istak va takliflar asosida yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz qabul qilindi.

Bosh Qomusimizda davlat suverenitetini yanada mustahkamlash, ochiq va adolatli jamiyatni barpo etishga qaratilgan xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan prinsip va normalariga asoslangan moddalar oʻz aksini topdi.

Bir soʻz bilan aytganda Bosh qonunimiz chinakam xalq Qomusi, chinakam xalq Konstitutsiyasi boʻldi.

Inson huquq va erkinliklarining qonuniy kafolati boʻlgan, biz uchun ozod va obod hayot qurish yoʻlini ochib bergan Konstitutsiyamiz bilan har qancha faxrlansak arziydi.

Ishonchim komilki, Konstitutsiyamiz bergan huquq va erkinliklarga tayangan holda barchamiz bir tanu bir jon boʻlib jonajon Oʻzbekistonimiz rivoji yoʻlida oʻz oldimizga qoʻygan yuksak marralarga albatta erishamiz.

Hurmatli yurtdoshlar, Sizlarni bugungi qutlugʻ ayyom bilan yana bir bor samimiy tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, xonadonlaringizga fayz-u baraka tilayman. Xalqimiz tinch, yurtimiz farovon boʻlsin!

Sherzod Kudbiyev,
Soliq qoʻmitasi Raisi


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#Rasmiy_munosabat

Andijon viloyati Soliq boshqarmasi ijtimoiy tarmoqda murojaatchi nomidan e'lon qilingan xabar yuzasidan quyidagilarni ma'lum qiladi:

Murojaatda keltirilishicha, Jalolova Minavarxon soliq majburiyatini bajargan bo'lsada, soliq bazasida qarzdorlik bartaraf etilmaganidan norozi bo'lgan.

O'rganishlar davomida aniqlandiki, murojaatchi yer va mol-mulk solig'idan bo'lgan qarzdorlikni naqd pul shaklida amalga oshirgan zahotiyoq,  soliq inspektori to'lovni  elektron tizim orqali qayd qilinadigan sayt aparati orqali kirim qilgan va ayolning qo'liga to'lovni amalga oshirgani haqidagi qog'ozni bergan.

Biroq, o'rganishlar natijasida murojaatchining nomida ikkita kadastr raqami orqali ro'yhatga olingan obyekt chiqib keldi. Ayol esa nomida faqat bitta obyekt borligi, ikkinchisi unga tegishli emasligi, qanday qilib nomiga birikib qolganidan hayron ekanligini ma'lum qildi.

Murojaatchi nomiga kadastr raqami orqali obyekt ro'yhatga olinishiga soliq idoralari aloqador emas va ularda bunday vakolat yo'q.

To'lanishi kerak bo'lgan yer va mol-mulk solig'i tabiiyki, murojaatchining kadastr raqami orqali fuqaro nomida bo'lgan ikki obyektga nisbatan hisoblangan. Murojaatchi to'lagan soliq summasi bitta obyektning qarzdorligini yopgan, ikkinchisi esa ayolni qarzdor sifatida ko'rsatgan.

Hozirgi holatga ko'ra, murojaatchi nomiga uning xabarisiz kadastr raqami bilan biriktirilgan ikkinchi  obyekt avvalgi asl egasiga qaytarib o'tkazilgan. Jalolova Minavarxon esa, qarzdorlikdan xalos bo'lgan.

Murojaatchining 2023-yil oxiriga qadar yer va mol-mulk solig'idan qarzdorligi mavjud emasligini ma'lum qilamiz.

Shu o'rinda murojaatchilardan masalani oxiriga yetmasdan avval, soliq idorasiga aloqador bo'lmagan
muammoda ularni ayblamasliklarini, soliqchiga asossiz ravishda tuxmat qilmasliklarini so'rab qolamiz!

Andijon viloyati Soliq boshqarmasi matbuot xizmati

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|