Andijon viloyati soliq boshqarmasi
854 subscribers
4.2K photos
1.02K videos
67 files
3.59K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#mobil_ilova

Soliq mobil ilovasi “Yil brendi – 2022” g‘olibi

Toshkent shahrida 2023-yil 20-may kuni O‘zbekiston Marketing Uyushmasi ekspertlari va hamkorlari hamda iste’molchilarning ochiq ovoz berish natijalariga ko‘ra “2022-Yil brendi” VI mukofoti g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Soliq mobil ilovasi "Yil brendi – 2022" tanlovining IT yo‘nalishida eng ko‘p ovoz to‘plab g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

O‘zining 20 dan ortiq xizmatlarini qulay, tez va oson taqdim etib kelayotgan ilovaga foydalanuvchilar tomonidan 16 530 ovoz berildi.

Shuningdek, ilova ekspertlar ovoziga ko‘ra ham tanlov g‘olibi deb topildi.

Tadbirda Iqtisodiyot va moliya vaziri Sh.Kudbiyevning shaxsan ishtiroki va alohida tabrigi esa kutilmagan sovg‘a bo‘ldi.

Hurmatli Soliq mobil ilovasi foydalanuvchilari, bunday natijalar va yutuqlarga Sizning e’tiboringiz va e’tirofingiz bilan erishildi.

Bizni qo‘llab-quvvatlagan barcha-barchaga minnatdorlik bildiramiz.
G‘alaba hammamizga muborak bo‘lsin!

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2023-yil 22-may

aprel oyi uchun:

- QQS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 273-modda 1-2 qismlar);

- agar aprel oyida dividendlar va foizlar hisoblangan boʻlsa, dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi boʻyicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 345-modda 5-qism);

- norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari boʻyicha soliq hisobotini soliq agenti tomonidan taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 355-modda 1-qism);

- yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 454-modda 3-4 qismlar);

- suv resurslaridan foydalanganlik uchun boʻnak toʻlovlar soliq davrida soliq summasi BHMning 200 baravaridan koʻproqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (AOS toʻlovchilar bundan mustasno) yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 448-modda 3-qism).
__________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️ Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день. В связи с этим 22 мая 2023 года последний день

за апрель:

- представления отчетности и уплаты НДС
(ч.1 и 2 ст.273 Налогового кодекса);

- представления отчетности по сумме налога с дивидендов и процентов, если в апреле были начислены дивиденды и проценты
(ч.5 ст.345 Налогового кодекса);

- представления налоговыми агентами отчетности по суммам налога с доходов нерезидентов
(ч.1 ст.355 Налогового кодекса);

- представления отчетности и уплаты налога за пользование недрами
(ч.3 и 4 ст.454 Налогового кодекса);

- уплаты авансовых платежей по налогу за пользование водными ресурсами юридическими лицами (за исключением плательщиков налога с оборота), у которых сумма налога за налоговый период составляет более 200-кратного размера БРВ в размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.3 ст.448 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Ko’p yillardan beri ko’rilmayotgan(berilmayotgan) yillik ish stajimiz ustamasi va maxsus unvonimiz berilishi” mavzusidagi xabar yuzasidan Andijon viloyati soliq boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi:

Soliq qo‘mitasining tegishli buyrug‘i bilan tasdiqlangan "O'zbekiston Respublikasi soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining lavozim oylik maoshlariga uzoq yillar xizmat qilganlik uchun har oylik ustama haq olish huquqini beradigan ish stajini hisoblab chiqish tartibi to'g'risidagi Nizom"ga asosan komissiyaning qarori bilan har chorakda bir marotaba ko‘rib chiqilib, lavozim oylik maoshlariga ustamalar to’lab kelinadi.

Shuningdek, 2022-yilda Andijon viloyatida 117 nafar soliq xizmati organlari xodimlariga maxsus unvonlar berilganligini ma’lum qilamiz.

Ta'kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” Farmoniga muvofiq, soliq tizimiga kiritilayotgan o‘zgartirishlar yakuni bilan xodimlarga navbatdagi unvonlar berish masalasi ko‘rib chiqilayotganligini ma’lum qilamiz.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Sayyor_qabul
#Qorgontepa_tumani

Aholi va yoshlarimiz uchun imkoniyatlar

Andijon viloyatining 4-sektor hududi hisoblangan Qo‘rg‘ontepa tumanida viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i, viloyat 4-sektor rahbarining fuqarolar va yoshlar bilan sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.

Qabulda tuman hokimi o‘rinbosari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari va boshqa mutasaddilar ishtirok etdi.

Tadbirda 200 nafarga yaqin fuqarolar tashrif buyurib, ular tomonidan jami 72 ta murojaatlar bildirildi. Murojaatlarning 54 tasi yechim topib, nogironlik aravachasi bilan ta’minlash, qo‘shimcha yordam ko‘rsatish va ishga joylashtirish masalalari joyning o‘zida yechimini topdi.

Qolgan 18 ta masala esa rahbariyat vakillari tomonidan qayd etilib, ularni hal etish tartibi belgilangan qonuniy me’zonlar asosida ko‘rib chiqilishi belgilab olindi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|