Andijon viloyati soliq boshqarmasi
841 subscribers
4.22K photos
1.03K videos
72 files
3.61K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#30_yil_va_30_yosh

Andijon viloyat davlat soliq boshqarmasida O‘zbekiston Resublikasi Davlat soliq qo‘mitasining tashabbusi bilan davlatimiz konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligiga bag‘ishlab ishlab chiqilgan «30 yil va 30 yosh uchrashuvi» loyihasining Andijon viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyat davlat soliq boshqarmasi rahbariyati, boshqarma hamda hududiy inspeksiyalarda 30 yildan buyon samarali mehnat qilayotgan faxriylar hamda endigina 30 yoshni qarshi olayotgan yosh xodimlardan tashkil topgan jamoalar ishtirok etdilar.

Tadbir avvalida so‘z olganlar loyihaning asosiy maqsadi faxriylarning hayotiy malakasini yoshlarning kreativ fikrlari bilan uyg‘unlashtirish orqali shakllanadigan innovatsion yondashuv negizida soliq xizmati samaradorligini kuchaytirish, globallashuv davrida “Ustoz-shogird” an’analaridan oqilona foydalanish va ularni sifat jihatdan yangi ko‘rinishda saqlab qolishdan iborat ekanligini ta’kidladilar.

Shundan so‘ng, jamoalar belgilangan shartlar bo‘yicha o‘z chiqishlarini namoyish etdilar. Tanlov so‘ngida tadbirda faol ishtirok etgan jamolar orasidan g‘oliblar aniqlanib, ularga tashkilotchilarning tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#hamkorlik

Ayni damda Davlat soliq qoʻmitasi raisi Sherzod Kudbiyevning Soliq maqsadlarida shaffoflik va axborot almashinuvi boʻyicha Global forum Kotibiyati rahbari Zayda Manatta bilan uchrashuvi boʻlib oʻtmoqda.

O‘zbekiston joriy yilning may oyida Global forumga qo‘shilgan edi. Global forum Kotibiyati bir necha yillar davomida yangi a‘zo bo‘lgan mamlakatlarga texnik yordam ko'rsatib keladi.

Bugungi uchrashuv doirasida soliq sohasida axborot almashinuvining xalqaro standartlarini joriy etish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi muhokama qilinmoqda.
_______
#сотрудничество

В эти минуты проходит встреча председателя Государственного налогового комитета Шерзода Кудбиева с главой Секретариата Глобального форума по прозрачности и обмену информации для целей налогообложения Зайдой Манатта.

Узбекистан присоединился к Глобальному форуму в мае этого года. На протяжении нескольких лет Секретариат Глобального форума будет оказывать техническую поддержку новым странам-участницам.

В рамках сегодняшней встречи обсуждается план практических мероприятий по внедрению международных стандартов обмена информацией в сфере налогообложения.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#Matbuotda
#Andijonnoma

Xalqqa xizmat darajasi yanada oshirildi

Batafsil:👆 “Andijonnoma” gazetasida

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#hamkorlik

XVJ soliq ma'muriyatchiligi raqamli transformatsiyasini davom ettirshni tavsiya etdi

Ron van Roden
boshchiligidagi Xalqaro valyuta jamg‘armasi missiyasi joriy yilning 7-15 noyabr kunlari O‘zbekistonga tashrifi yakunlari bo‘yicha xulosasi e’lon qilindi.

Tavsiyalardan biri – davlat xizmatlarini, jumladan, soliq ma’muriyatchiligini raqamlashtirishni kengaytirishdir.

Qayd etilishicha, "bu nafaqat korxonalar ishini soddalashtiradi, balki korrupsiyaviy holatlarni ham qisqartirshga yordam beradi. Xususan, yirik qurilish va infratuzilmaviy loyihalarda manfaatlar toʻqnashuvini kamaytirishni koʻzda tutuvchi benefitsiarlikka oid talablarni kuchaytirish orqali boshqaruv tizimini takomillashtirish mumkin.

DSQ va XVJ hamkorligi

Seminarlar:
👉Foydali qazilmalarni qazib olish: fiskal vositalar sanoat rivojiga qanday ta'sir etadi
👉Qurilish sohasida uchrayotgan soliq to'lashdan bo'yin tovlash holatlari
👉Soliq madaniyati asoslari, soliqqa tortish va QQS ma'murchiligining o‘ziga xos xususiyatlari

Uchrashuvlar:
👉Rita de la Feria: O'zbekiston soliq tizimining 3 yil davomidagi jiddiy yuksalishi va evolyutsiyasi
👉O‘zbekistonda QQS ma'murchiligi bahosi
👉Soliq tushumlari o‘sishiga raqamlashtirishning ta’siri

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#imtiyoz

Talabalar uchun soliq imtiyozlari

❗️Quyidagilarga soliq solinmaydi:

🔹O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtib Oʻzbekistondagi oliy oʻquv yurtlari hududida pulli oʻquv kurslari, sport to‘garaklari yoki boshqa taʼlim xizmatlarini tashkil etgan talabalar daromadlariga;
📄Soliq kodeksi 369-modda 9-band
👉O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida qanday ro‘yxatdan o‘tiladi?

🔹Talabalarning ta’lim olishi uchun O‘zbekistoning professional va oliy ta’lim tashkilotlari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha pulli-kontrakt asosida o‘tkaziladigan mablag‘larga;
📄Soliq kodeksi 369-modda 12-band
👉Imtiyozdan qanday foydalaniladi?

🔹Soliq to‘lovchilarning uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olingan daromadlariga
📄Soliq kodeksi 378-modda 19.1-band
👉Talabalar bilan tuzilgan ijara shartnomalari qanday hisobga qo‘yiladi?
__________
#льготы

Налоговые льготы для студентов

❗️Не облагаются налогом:

🔹доходы студентов, которые регистрируются в качестве самозанятых лиц и организовывают на территории вузов Узбекистана платные учебные курсы, спортивные кружки или оказывают другие образовательные услуги;
📄п.9 ст.369 НК
👉Как зарегистрироваться в качестве самозанятого?

🔹оплата за обучение студентов на платно-контрактной основе в профессиональных и высших образовательных организациях Узбекистана;
📄п.12 ст.369 НК
👉Как воспользоваться льготой?

🔹доходы налогоплательщика, полученные от сдачи жилых домов студентам в аренду.
📄п.19-1 ст.378 НК
👉Как зарегистрировать договор аренды со студентом?

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#e_ijara

- Men talabaman, uylanganman, oilam bilan Toshkentda ijaraga uy olmoqchiman. Bu holatda men ijaraga olgan kvartiraning egasi soliq to'laydimi

- Agar soliq to'lovchi talabaga uy-joyni ijaraga bersa, bu holatda ijaraga beruvchining ushbu ijara to‘lovidan olingan daromadiga soliq solinmaydi.
Soliq kodeksi 378-modda 19-1 band

Ijaraga beruvchi masofadan turib talaba bilan tuzilgan shartnomani soliq organlarida “E-ijara” xizmatida ro‘yxatdan o‘tkazishi shart.

Buni ijara.soliq.uz sayti yoki Soliq mobil ilovasida amalga oshirish mumkin.

Talaba JShShIRni kiritishda barcha kerakli ma'lumotlar avtomatik ravishda hosil bo'ladi. Siz ijaraga oluvchi talaba sifatida shartnomani SMS kod yoki Face ID bilan tasdiqlashingiz mumkin.

Tasdiqlangandan so'ng, shartnoma soliq organlarida ro'yxatga olinadi.

Uy egasi ushbu daromadi bo'yicha soliq to'lamaydi.
__________
#e_ijara

- Я студент, женат и вместе со своей семьей планирую снять жилье в Ташкенте. Будет ли владелец арендованной мною квартиры уплачивать налог в этом случае

- Если налогоплательщик сдает жилье в аренду студенту, то доходы, которые он при этом получает, не облагаются налогом.
👉п.19-1 ст.378 НК

Арендодатель должен дистанционно зарегистрировать заключенный со студентом договор в налоговых органах в сервисе “E-ijara”.

Сделать это можно на сайте ijara.soliq.uz или в мобильном приложении Soliq.

При вводе ПИНФЛ студента все необходимые сведения формируются автоматически. Вы, как арендатор-студент, можете подтвердить договор с помощью SMS-кода или путем Face ID.

После подтверждения договор будет поставлен на учет в налоговых органах.

Владелец квартиры с этих доходов налог не уплачивает.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Sherzod Kudbiyev talabalarni bayram bilan tabrikladi
__________
Шерзод Кудбиев поздравил студентов с праздником

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bayroq_kuni

18-NOYABR - O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BAYROG‘I QABUL QILINGAN KUN

Davlat bayrog‘i O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 18-noyabrdagi 407-XII-sonli «O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi qonuni bilan tasdiqlangan.

Davlat ramzlari har bir mamlakatning suvereniteti va mustaqilligini ifodalovchi muqaddas timsollardir. O‘zbekistonning davlat ramzlari xalqimizning shon-sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o‘zida mujassam etib, shu yurtda yashovchi har bir fuqaroga g‘urur, faxr va iftixor bag‘ishlaydi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Savol_javob
#Deklaratsiya

- 2021-yil aprel oyida Andijon shahridagi ko‘p qavatli turar joylardan 3 xonali kvartira sotib olgandim. Oilaviy zaruriyat tufayli shu yilning dekabr oyida ushbu kvartirani sotishga majbur bo‘ldim. 2022-yilda esa soliq idorasidan 6 mln so‘m miqdorida deklaratsiya solig‘idan qarzingiz bor degan xabarnoma keldi. O‘zim uchun sotib olgan shaxsiy kvartiramni sotganim uchun ham soliq to‘lashim kerakmi? Ushbu savolimga batafsil tushuntirish berilishini so‘rayman

- Jismoniy shaxslar - soliq to‘lovchilarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan mol-mulkni sotishdan olinadigan daromadlarga soliq solinmaydi. Lekin, bundan o‘ttiz olti kalendar oydan kam muddatda soliq to‘lovchining mulkida bo‘lgan turar joylarni sotishdan olingan daromadlar mustasno hisoblanib, mazkur turar joylarni sotishdan olingan daromadlardan belgilangan tartibda 12 foizli stavka asosida jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliq hisoblanib to‘lanishi kerak.
👉Soliq kodeksi 378-modda

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#30_yil_va_30_yosh

Andijon viloyat davlat soliq boshqarmasida O‘zbekiston Resublikasi Davlat soliq qo‘mitasining tashabbusi bilan davlatimiz konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligiga bag‘ishlab ishlab chiqilgan «30 yil va 30 yosh uchrashuvi» loyihasining Andijon viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#30_yil_va_30_yosh

Andijon viloyat davlat soliq boshqarmasida O‘zbekiston Resublikasi Davlat soliq qo‘mitasining tashabbusi bilan davlatimiz konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligiga bag‘ishlab ishlab chiqilgan «30 yil va 30 yosh uchrashuvi» loyihasining Andijon viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil:👆"Andijon axboroti" informatsion dasturi orqali

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|