Andijon viloyati soliq boshqarmasi
840 subscribers
4.22K photos
1.03K videos
72 files
3.62K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️ 2022-yil 15-noyabr

- hisoblangan va amalda toʻlangan daromadlar summalari hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining ushlab qolingan summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek ijtimoiy soliq hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 389-modda 1-qism, 407-modda 4-va 5-qismlar);

- aylanmadan olinadigan soliq toʻlovi boʻyicha soliq hisobotlarini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 470-modda 3-qism).

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Sayyor_qabul
#Jalaquduq_tumani

Sayyor qabullar har bir tumanda tashkil etilmoqda

Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida viloyat 4-sektor tomonidan tashkil etilgan sayyor qabulda viloyat davlat soliq boshqarmasi rahbariyati ishtirok etib, murojaatlari bilan kelgan barcha aholi vakillari bilan bilan yuzma-yuz suhbatlar olib borildi.

Fuqarolar tomonidan qabul davomida ko‘tarilgan masalalar yechimini kutayotgan muammolarga sohalar bo‘yicha viloyat va tuman tashkilotlari mutasaddi rahbarlari ishtirokida ijobiy yechim izlandi.

Moddiy yordamga muxtoj aholi vakillariga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatildi. Qish qirovli kunlar boshlanayotgani bois, asosan yo‘llarning ta’mir talabligi, elektr transformatorlarining nosozligi bo‘yicha qilingan murojaatlar viloyat avtoyo‘l hamda elektr tarmoqlari korxonalari mutasaddilari tomonidan bartaraf etilish qat’iy nazoratga olindi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#markirovka

Alkogol va tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi

Davlat soliq xizmati organlari tomonidan joriy yilning sentabr-oktabr oylarida oʻtkazilgan tekshiruvlar natijasida 1 250,2 mln soʻmlik alkogol va tamaki mahsulotlari noqonuniy savdosining oldi olindi.

Xususan, alkogol mahsulotlarini realizatsiya qiluvchi 137 ta tadbirkorlik subyektida hamda noqonuniy savdo bilan shugʻullanayotgan 350 nafar fuqarolarga nisbatan oʻtkazilgan tekshirishlar natijasida jami 752,6 mln soʻmlik 31 582 dona alkogol mahsulotlari noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi.
Jumladan:
🔹74 ta holatda 14 075 dona 302,1 mln soʻmlik qalbaki aksiz markali;
🔹14 ta holatda 853 dona 25,1 mln soʻmlik aksiz markasiz;
🔹17 ta holatda 999 dona 138,2 mln soʻmlik eski namunadagi aksiz markali;
🔹12 ta holatda 900 dona 21,2 mln soʻmlik raqamli markirovkalanmagan;
🔹14 ta holatda 355 dona 8,8 mln soʻmlik tegishli ruxsat beruvchi hujjatlarsiz;
🔹350 nafar fuqaro tomonidan 14 400 dona 257,2 mln soʻmlik tegishli hujjatlarsiz
alkogol mahsulotlari sotilayotganligi aniqlanib, belgilangan tartibda olib qoʻyildi.

Tamaki mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari va fuqarolarga nisbatan oʻtkazilgan tekshirishlarda jami 497,6 mln soʻmlik 40 267 quti tamaki mahsulotlari noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi.
Jumladan:
🔸15 ta tadbirkorlik subyekti tomonidan aksiz markasiz hamda raqamli markirovkalanmagan 13 934 quti 101,6 mln soʻmlik;
🔸302 nafar fuqaro tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtmasdan 26 333 quti 396 mln soʻmlik
tamaki mahsulotlari sotilayotganligi aniqlanib, belgilangan tartibda olib qoʻyildi.

✔️Mazkur holatlar boʻyicha toʻplangan hujjatlar, belgilangan tartibda tegishli choralar koʻrish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Maʼlumot uchun
▫️Raqamli markirovka qilinishi lozim boʻlgan mahsulotlarni markirovkalash tartibi joriy etilgan sanadan boshlab 12 oy muddat oʻtgandan keyin Oʻzbekiston hududida mazkur mahsulotlarni markirovkasiz sotish taqiqlanadi;
👉VMQ-737 5-band 4-qism 20.11.2020
▫️2022-yil 1-yanvardan — tamaki va alkogol mahsulotlarini identifikatsiya vositalari bilan majburiy raqamli markirovkalash talabi oʻrnatilgan.
👉VMQ-737 1-ilova 20.11.2020

❗️Alkogol mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanuvchi korxonalarda aniqlangan qonun buzilish holatlari

Noqonuniy tamaki mahsulotlari sotganlarga qanday chora ko‘riladi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#fiskal_institut

Rahbar xodimlar uchun o‘quv kursi

📚Joriy yilning 7–11-noyabr kunlari Fiskal institutda hududiy DSB boshliqlari birinchi oʼrinbosarlari uchun o‘quv kursi tashkil etildi. 5 kunlik kurs davomida tinglovchilar ish faoliyatida samaradorlikka erishish va dasturiy mahsulotlardan foydalanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldi.

📝Oʼquv kursida hududiy davlat soliq boshqarmasi boshliqlarining 14 nafar birinchi oʼrinbosarlari ishtirok etdi. Oʼquv mashgʼulotlari Davlat soliq qoʼmitasi mutaxassislari hamda Fiskal institut professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#e_ijara

🔴 Mashinamni yuridik shaxsga ijaraga berganman. Ushbu daromadimdan soliq to‘laymanmi?

🔵 Ha, sizning avtomobil ijarasi bo‘yicha daromadingiz soliqqa tortiladi. Yuridik shaxs sizdan avtomobilni ijaraga olganligi sababli, ushbu daromadga soliq yuridik shaxs tomonidan hisoblab chiqiladi va to‘lanadi.

👉Batafsil
___________
#e_ijara

🔴 Я сдаю свой автомобиль в аренду юридическому лицу. Должен ли я уплачивать налог?

🔵 Да, Ваш доход от сдачи автомобиля в аренду облагается налогом. Так как автомобиль у Вас арендует юрлицо, то налог с этого дохода исчисляет и уплачивает юрлицо.

👉Подробнее

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#e_ijara

Avtomobil ijara shartnomasini Soliq mobil ilovasida qanday ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin?

1. Buning uchun ijaraga beruvchi jismoniy shaxs JShShIRni kiritib, Face ID yordamida shaxsini tasdiqlagan holda avtorizatsiyadan o‘tishi lozim.

2. “Personal xizmatlar” bo‘limidan “Ijaraga berish” ochilgan oynadan esa “Avtotransportni ijaraga berish” tanlanadi.

3. Ijaraga beruvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (FISh, hudud, tuman va manzil) avtomatik ravishda aks etadi. Telefon raqami qo‘lda kiritiladi.

4. "Ijaraga oluvchi to‘g‘risida ma’lumot” bo‘limida:
agar ijaraga oluvchi jismoniy shaxs bo‘lsa, JShShIR ko‘rsatiladi;
agar ijaraga oluvchi yuridik shaxs bo'lsa, STIR ko‘rsatiladi.

Shundan so‘ng, ijaraga oluvchi haqidagi boshqa ma‘lumotlar (FISh, hudud, tuman va manzil) avtomatik ravishda aks etadi. Telefon raqami qo‘lda kiritiladi.

5. Ijaraga beruvchiga tegishli bo‘lgan avtotransport vositasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (model, davlat raqami, rangi, ishlab chiqarilgan yili va ro‘yxatga olingan joyi) ham avtomatik tarzda shakllanadi.

6. Ijara shartnomasining amal qilish muddati va oylik ijara haqi ko‘rsatiladi. Umumiy miqdor avtomatik ravishda hisoblanadi.

7. “Yuborish” tugmasi bosiladi.

Muvaffaqiyatli ro'yxatdan o'tganligi to'g'risida ma’lumot va ijara shartnomasining raqami ekranda paydo bo‘ladi.

Malumot uchun. Soliq maqsadlarida, 2022-yil uchun mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun belgilangan ijara to‘lovining eng kam stavkalari:
🚘 yengil avtomobil - 630 000 so'm;
🚛 mikroavtobuslar, avtobuslar va yuk avtomobillari - 1 250 000 so'm.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter