Andijon viloyati soliq boshqarmasi
854 subscribers
4.19K photos
1.02K videos
67 files
3.58K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#Rasmiy_munosabat

Andijon viloyati Soliq boshqarmasi murojaatchi nomidan ijtimoiy tarmoqda e’lon qilingan xabar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:

Ijtimoiy tarmoqlar orqali fuqaro tomonidan nomiga mol-mulk va yer solig‘i noto‘g‘ri kelayotganligi yuzasidan Oltinko‘l tumani soliq inspeksiyasi hamda kadastr tashkilotlariga e’tirozli murojaat yo‘llangan.

Ushbu murojaat viloyat soliq boshqarmasi mas’ul xodimlari ishtirokida o‘rganilganda, haqiqatdan ham fuqaro O.G‘oziyevning nomida bo‘lgan ko‘chmas mulk 2021-yil 26-yanvar kuni fuqaro Z.Abdullayevga notarial tartibda oldi-sotdi shartnomasi asosida rasmiylashtirgan.

Yuqoridagilarga ko‘ra, fuqaro O.G‘oziyev nomida bo‘lgan va ayni paytda oldi-sotdi shartnomasi orqali fuqaro Z.Abdullayev nomiga o‘tkazilgan ko‘chmas mulk Kadastr agentligi tomonidan o‘zgartirishlar kiritilib, ko‘chmas mulkning ayni paytdagi egasi nomiga yer va mol-mulk solig‘i to‘lovchisi sifatida ma’lumotlar bazasida shakllantirilishi ta’minlandi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabar yuzasidan Andijon viloyati soliq boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.

Fuqaro D.Usmonovning murojaati Soliq boshqarmasining mas'ullari tomonidan o'rganib chiqildi hamda taqdim etilgan ma’lumotlarni inobatga olgan holda fuqaro murojaati ijobiy hal etildi. Natijada, fuqaroga nisbatan “XAMID” xususiy korxonasi rahbari sifatida O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 175-moddasi 2-qismi bilan elektron shakllangan “Ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risida” gi qaror bekor qilinganligini ma’lum qilamiz.

Andijon viloyati Soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Rasmiy_munosabat

Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahrida noqonuniy spirtli ichimliklar do'koni ochilishiga mahalliy aholi tomonidan norozilik bildirilayotgani yuzasidan xabarlar tarqaldi.

Ushbu holat Andijon viloyati soliq boshqarmasi tomonidan nazoratga olindi.

Masala o'rganib chiqilib, qo'shimcha ma'lumot taqdim etiladi.

Andijon viloyati Soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Baliqchi tumanida faoliyat yuritayotgan mahalla fuqarolar yig‘ini raisining murojaati muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Xabaringiz bor, davlatimiz rahbarining tegishli qaroriga muvofiq, soliqlarni undirish ko‘rsatkichi past bo‘lgan tumanlarda “Mahalla budjeti” tizimini joriy etish va bu orqali mahallalarning moliyaviy imkoniyatlarini yanada kengaytirish ko‘zda tutilgan edi.

Mazkur tumanlarda soliq bo‘yicha undirilgan mablag‘larning 10 foizi tuman budjetlari orqali mahalla jamg‘armasiga o‘tkaziladi. Mazkur mablag‘lar fuqarolar yig‘ini kengashi tomonidan boshqariladi.

Bundan tashqari, Prezidentimizning tegishli farmoniga muvofiq, “Mahalla yettiligi” jamoasi tashkil etilgan bo‘lib, uning tarkibiga soliq inspektori lavozimi ham biriktirilgan. Mazkur qonunda har bir xodimning o‘z vazifasi aniq ko‘rsatib o‘tilgan. Unga ko‘ra:

Soliq inspektori – tadbirkorlarga soliq xizmatlarini ko‘rsatish, soliq bazasini kengaytirish, soliqlarni undirish va mahalla byudjetining daromadini shakllantirishga mas’ul etib belgilangan.

Mahalla raisi esa, ana shu yettilikning umumiy boshqaruviga mas’ul bo‘lib, har bir xodimning vazifalarini taqsimlab, ulardan belgilangan vazifalarni talab darajasida bajarilishini nazorat qilishi lozim.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Rasmiy_munosabat

Ma’lumki, iste’molchi savdo do‘konlarida xaridni amalga oshirgach, ularga QR-kodli kassa cheki berilishi shart. Onlayn nazorat kassadan foydalanmasdan savdoni amalga oshirish va chek berishdan bosh tortish qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishga sabab bo‘ladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahrida joylashgan “Malochka” savdo do‘konida xarid uchun chek berilmayotganligi bo‘yicha iste’molchining murojaati e’lon qilindi.

Mazkur masala bo‘yicha shuni ma’lum qilamizki, yakka tartibdagi tadbirkor Soyibjonov Shoxruhbekka tegishli bo‘lgan Andijon shahar Mashrab ko‘chasida joylashgan ushbu savdo shaxobchasida inspeksiyaning tegishli buyrug‘i asosida sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazildi. Natijada yo‘l qo‘yilgan qonun buzilish holatlari o‘rganilib, Soliq kodeksining 221-moddasiga asosan moliyaviy jarima qo‘llanilganligini ma'lum qilamiz.

Qolaversa, mazkur tadbirkorlik subyektida faoliyatni tashkil qilishda iste’molchilarga chek berish va savdoni onlayn kassa nazoratidan o‘tkazish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

Andijon viloyati Soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#rasmiy_munosabat

Soliq qoʻmitasi har bir Soliq toʻlovchining fikr va mulohazalarini hurmat qiladi!

So‘nggi vaqtlarda amaliyotda ishlab turgan normalarga bir necha yengillik va oʻzgartirishlar kiritilganini buning dalili deyish mumkin.

Soliq qoʻmitasi
bundan keyin ham Soliq toʻlovchilarga xizmat koʻrsatishni oʻzining muhim vazifasi deb hisoblaydi.

“Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish toʻgʻrisida”gi qaror loyihasi Hukumatga kiritilishidan oldin amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda regulation.gov.uz portali orqali jamoatchilik fikr-mulohozasini oʻrganish va takliflarini olish uchun keng jamoatchilik muhokamasidan oʻtkaziladi.

Jamoatchilik muhokamalari (tadbirkorlar, fuqarolik jamiyati institutlari, olimlar, ekspertlar va mutaxassislarning maslahatlari hamda tavsiyalari) asosida loyiha toʻliq qayta koʻrib chiqiladi va tadbirkorlik faoliyatiga salbiy taʼsir etuvchi tartib-taomillar va talablar bartaraf etilgandan soʻng loyiha Hukumatga koʻrib chiqish uchun kiritiladi.
————-
#официальная_информация

Налоговый комитет уважает мнение и позицию каждого налогоплательщика!

Тому свидетельством служит ряд послаблений и изменений, внедренных в действующие нормы в последнее время.

Клиентоориентированность во взаимодействии с налогоплательщиками считаем своей наиболее значимой задачей.

Прежде чем проект постановления "О реализации комплексных мер по борьбе с теневой экономикой" будет внесен в Правительство, состоится его широкое общественное обсуждение через портал regulation.gov.uz в порядке, установленном действующим законодательством, для изучения общественного мнения и получения предложений.

На основе этих общественных обсуждений (советов и рекомендаций предпринимателей, институтов гражданского общества, ученых, экспертов и специалистов) проект будет полностью пересмотрен и после внесения правок в нормы и требования, оказывающие негативное влияние на предпринимательскую деятельность, проект будет представлен на рассмотрение Правительства.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon tumanida o’qituvchilar soliq to’lashga undalgani borasidagi murojaat e’lon qilindi. Ushbu murojaat bo’yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz.


Andijon tumanida yashovchi fuqarolarning jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soliqlaridan qarzdorligi  joriy yilning 1 iyun kuni holatiga 30 milliard so'mni tashkil etmoqda.

Ushbu qarzdorlikni o'z vaqtida davlat byudjetiga undirish maqsadida Andijon tuman soliq inspeksiyasida ishchi guruh tuzilib, o'zining ish faoliyatini olib bormoqda.

Inspeksiyada tuzilgan ishchi guruh tomonidan Andijon tumanida faoliyat ko'rsatayotgan korxona, tashkilot va muassasalarda ishlovchi ishchi-xodimlarning  jismoniy shaxslardan undiriladigan mol-mulk va yer soliqlaridan muddati o'tgan qarzdorliklarini o'z vaqtida davlat byudjetiga to'lash yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, murojaatda ko'rsatilgan, soliq qarzdorligi mavjud bo'lmagan jismoniy shaxslardan qo'shimcha soliq to'lovlarini undirilishiga yo'l qo'yilmaydi. Agarda shunday holatga duch kelsangiz, har bir mahallaga biriktirilgan soliq inspektoriga yoki Andijon tumani soliq inspeksiyasida tuzilgan ishchi guruh shtabiga murojaat qilishingiz mumkin.

Eslatib o’tamiz: Siz to'lagan soliqlar hisobiga “mahalla byudjeti” shakllanadi. Tushgan mablag'lar yashab turgan hududingiz obodonligi, mahallangiz farovonligi, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo'llab-quvvatlashga sarflanadi.

Telegram
|Facebook|Instagram|YouTube|
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabar yuzasidan Andijon viloyati Soliq boshqarmasi quyidagilarni ma'lum qiladi:


Soliq organlarining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi inson omilisiz, soliq organlari bazasida mavjud maʼlumotlar asosida shakllanadi va ushbu tizimda qayd etilgan ma'muriy huquqbuzarliklar uchun jarima solish to'g'risidagi qaror maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsning ishtirokisiz chiqariladi, qaror elektron shaklda rasmiylashtirilib, soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetiga hamda fuqaroning yashash manziliga yuborilishi belgilangan.

Oʻrganishlar natijasida maʼlum boʻldiki, soliq organlarining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali “Zangori olov Samarqand” MCHJsiga nisbatan “Soliq hisobotlarini oʻz vaqtida taqdim etmaslik” va “Soliqlarni toʻlash uchun xizmat koʻrsatuvchi bankka toʻlov topshiriqnomasini oʻz vaqtida taqdim etmaslik” kabi huquqbuzarliklar qayd etilgan. Bu kabi huquqbuzarliklar ma'muriy javobgarlikka tortilishi alohida belgilab qo'yilgan.

Belgilangan soliqlar va yig‘imlarni o‘z vaqtida hamda to‘liq hajmda hisoblab chiqarish va to‘lash Soliq kodeksining 22-moddasiga asosan soliq to‘lovchilarning majburiyati ekanligi sababli "Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida"gi kodeksda javobgarlik masalasini hal etilishidan oldin huquqbuzar ogohlantirilishi to‘g‘risida norma belgilanmagan.

Bundan tashqari, ushbu korxona boshqa birovning nomiga oʻtkazilganligi boʻyicha maʼlumotlar soliq xizmati organlarining ma’lumotlar bazasida shakllanmagan.

Telegram
|Facebook|Instagram|YouTube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

Davlat soliq xizmati organlari Qashqadaryo viloyatida joylashgan maktablardan birida bo‘lgan holatni noo‘rin xatti-harakat deb hisoblaydi va keskin qoralaydi.

Kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan xodimlarga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi.
____________
#официальная_информация

Органы государственной налоговой службы считают недопустимой и резко осуждают ситуацию, сложившуюся в одной из школ Кашкадарьинской области.

По данному факту назначена служебная проверка.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

Soliq qo‘mitasi Raisi nomidan
Telegram orqali feyk xabarlar yuborilmoqda!

Sherzod Kudbiyev barchani ogohlikka va firibgarlarga ishonmaslikka chaqirdi❗️
__________
#официальная_информация

В Telegram от имени председателя Налогового комитета рассылаются фейковые сообщения.

Шерзод Кудбиев призвал быть бдительными и не доверять злоумышленникам❗️

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM