Andijon viloyati soliq boshqarmasi
852 subscribers
4.2K photos
1.02K videos
68 files
3.59K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mahallabay
#ozini_ozi_band_qilish

Andijonda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar 137 ming nafarga yetdi

Viloyatimizda, 2023-yil 1-noyabr holatiga o‘zini o‘zi band qilganlar 136 822 nafarni tashkil etdi.

Sohalar kesimida:

🔸Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishi bo‘yicha 21 003;
🔸Maishiy xizmatlar bo‘yicha 60 463;
🔸Ijtimoiy yo‘nalish bo‘yicha 16 683;
🔸Sanoat yo‘nalishi bo‘yicha 17 314;
🔸Xalq iste'moli mollari ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha 17 715;
🔸Axborot-kommunikatsiya yo‘nalishi bo‘yicha 3 644 nafar shaxs o‘zini o‘zi band qildi.

Eslatib o'tamiz ❗️O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar soliq to‘lamaydi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida qishloq xoʻjaligi tarmoqlarida hosildorlik, daromad, ish oʻrni va investitsiyalarni koʻpaytirish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi oʻtkazilmoqda.

Unda Davlatimiz rahbari boʻyalgan matoni 50 foizdan kam boʻlmagan qismini ichki bozorga sotgan korxonalar ijtimoiy soliqni 1 foiz stavkada toʻlashini, ularga mol-mulk soligʻini 3 yil davomida boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat berilishini aytib o‘tdi.

Shuningdek, kelgusi yildan boshlab bogʻ va tokzorlarga hosildorligi va tushumiga qarab tabaqalashgan yer soligʻi stavkalari joriy qilinadi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2023-yil 10-noyabr

oktabr oyi uchun:


- aksiz soligʻi hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 292-moddasi 1-qismi, 293-
moddasi 1-qismi);


noyabr oyi uchun:

- aylanmadan soliq toʻlovchilar hisoblanmaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi yillik summasining 1/12 miqdorida joriy toʻlovlarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 417-moddasi 6-qismi);

- aylanmadan soliq toʻlovchi boʻlmagan soliq toʻlovchilar tomonidan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yer soligʻi yillik summasining 1/12 miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 432-moddasi 1-qismi).
__________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️10 ноября 2023 года последний день

за октябрь:


- представления расчета и уплаты акцизного налога
(ч.1 ст.292, ч.1 ст.293 Налогового кодекса);

за ноябрь:

- уплаты авансовых платежей налогоплательщиками, не являющимися плательщиками налога с оборота, по налогу на имущество в размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.6 ст.417 Налогового кодекса);

- уплаты земельного налога за земли несельскохозяйственного назначения налогоплательщиками, не относящимися к плательщикам налога с оборота, в размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.1 ст.432 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#aksiz_soligi

10-noyabr aksiz soligʻi hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
👉 Soliq kodeksi 292-293-moddalari

Soliq qoʻmitasi mutaxassislari tomonidan ushbu soliq hisobotini toʻldirish boʻyicha ishlab chiqilgan uslubiy qoʻllanma soliq.uz saytining "Soliq hisobotlari" sahifasiga joylangan.

💻 Unda aksiz soligʻi hisob-kitobinining:
🔹Advalor stavkalar;
🔹Qatʼiy stavkalar;
🔹Qatʼiy va advalor stavkalardan tashkil topgan aralash stavkalar boʻyicha
toʻldirish tartibi batafsil koʻrsatib berilgan.

Soliq stavkalari hamda tabiiy gaz boʻyicha aksiz soligʻi hisob-kitobi soliq toʻlovchi tomonidan tanlanadi.

🗓 Hisob-kitoblar ushbu soliqni toʻlovchilari tomonidan har oyda oʻsib boruvchi yakunsiz, alohida tartibda va soʻmda toʻldiriladi.

📜 Aksiz soligʻi hisobotini toʻldirish boʻyicha USLUBIY QOʻLLANMA

👉 Alkogol va tamaki maxsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalar

👉
2023-yil uchun aksiz solig‘i stavkalari
__________
#акцизный_налог

10 ноября - последний день представления отчетности и уплаты акцизного налога.
👉ст.292-293 НК

Методическая инструкция по заполнению этой налоговой отчетности, подготовленная специалистами Налогового комитета, размещена на сайте soliq.uz на странице "Формы налоговой отчетности".

💻 В ней даны подробные разъяснения по заполнению в Расчете по акцизному налогу:
🔹Адвалорных ставок;
🔹Фиксированных ставок;
🔹Комбинированных ставок, состоящих из фиксированных и адвалорных ставок.

Налогоплательщик самостоятельно выбирает код пакета расчета акцизного налога по природному газу или исходя из применяемых ставок.

🗓 Расчеты заполняются плательщиками этого налога каждый месяц без нарастающего итога, по отдельности и в сумах.

📜 МЕТОДИЧЕСКАЯ ИНСТРУКЦИЯ по заполнению отчетности по акцизному налогу

👉 Новые акцизные марки на алкоголь и табачную продукцию

👉 Ставки акцизного налога на 2023 год

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#munosabat

Ayni daqiqalarda "O‘zbekiston" telekanalida "Munosabat" ko‘rsatuvining tashqi savdoni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar mavzusiga bag‘ishlangan navbatdagi soni jonli efirga uzatilmoqda.

👉 Jonli efir havolasi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik

Bayramingiz muborak bo‘lsin!


Hurmatli kasaba uyushmalari xodimlari va faollari,
Sizlarni 11-noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni bilan samimiy muborakbod etaman.

Bugungi kunda mamlakatimizda erkin va farovon hayot, demokratik jamiyat qurish yo‘lida olib borilayotgan izchil islohotlar va ularning amaliy natijalarini ta’minlashda kasaba uyushmalarining munosib hissasi bor.

Qayd etish lozimki, so‘nggi yillarda kasaba uyushmalarining mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘rni va ta’siri tobora ortib bormoqda.

Tashkilot xalq ichiga kirib borib odamlarning og‘irini yengil qilish, el-yurt xizmatiga kamarbasta bo‘lishdek ezgulikka yo‘g‘rilgan ustuvor vazifalarini sidqidildan bajarmoqda.

Yangi O‘zbekistonda inson qadri va uning sha’nini ulug‘lashga qaratilgan xalqparvar siyosatning amaliy namoyoni sifatida 11-noyabr O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni etib belgilanishi inson huquq va manfaatlarini taʼminlashga qaratilgan tizimli saʼy-harakatlarning mantiqiy davomi bo‘ldi.

Bu bayram xalqimizni baxtli qilish yo‘lidagi ezgu g‘oyalarni hayotga tatbiq etishingizda Sizlarga ulkan ishtiyoq va ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlaydi.

Sizlarni bugungi kasb bayramingiz bilan yana bir bor chin dildan tabriklayman.

Inson manfaatlarini himoya qilish, uning meʼyoriy asoslarini mustahkamlashdagi ishlaringizga rivoj, oilangizga tinchlik-xotirjamlik va farovonlik tilayman!

Sherzod Kudbiyev,
Soliq qo‘mitasi Raisi


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#Rasmiy_munosabat

Andijon viloyati Soliq boshqarmasi ijtimoiy tarmoqda bog‘dorchilik fermer xo‘jaligi murojaatchisi nomidan e’lon qilingan xabar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:

“Sizga Marhamat tumanidan yozmoqdaman. Bog‘dorchilik fermer xo‘jaliklariga soliqchilar xar bir gektariga qarab summasini chiqarmoqda, aylanmadan olinadigan soliq to‘laysan deb, tazyiq qilmoqda”, - deb xabar yo‘llanadi murojaatda. Aslida, bog‘dorchilik fermer xo‘jaligining nomi, kimligi haqida hech qanday ma’lumot qoldirilmagan. Oydinlik kiritish, o‘rganib chiqishning imkoni bo‘lmagan darajada mavhum yo‘llangan bunday xabarga munosabat yozishga majbur emasdikku-ya, ha, mayli...

Belgilangan qonunchilikka ko‘ra, bog‘dorchilik fermer xo‘jaliklari ham tegishli tartibda soliq turlarini to‘lashga majburdirlar. Yer egasi savdoni naqd shaklda amalga oshirgan taqdirda ham tushumni bank hisob raqami orqali qayd qilib, xar oy hisobot topshirishi kerak. Shunda soliqchilar, fermer daromadiga ko‘ra, aylanmadan olinadigan soliq turini hisoblaydilar. Xabarda, murojaatchining fermer xo‘jaligi nomi keltirilmagani bois, yer egasi bu turdagi hisobotlarni topshirganmi, yo‘qmi?, aniqlashning imkoni yo‘q.

Bordi-yu, bog‘dorchilik fermer xo‘jaliklari hisobotlarni topshirmay, davlatdan real aylanma daromadini yashirayotgan bo‘lsa, u holda soliqlar qonunchilikning boshqa shakllariga ko‘ra undirilishiga to‘g‘ri keladi.

Murojaatchi ko‘chatlarini sovuq urib ketgani va yangidan nihol ekkanligini asoslantirib beruvchi hujjat taqdim eta olsagina, unga qonunchilikka ko‘ra, qo‘llanishi mumkin bo‘lgan soliq imtiyozlari ko‘rib chiqiladi.

Agar, rostdan ham bog‘dorchilik fermer xo‘jalidan naqd pul talab qilingan bo‘lsa, aynan undiruvga kelgan shaxs kimligini aniq va ravshan yozganida masalaga oydinlik kiritishning imkoni bo‘lar edi.

Yuqoridagilarga qo‘shimcha sifatida shuni ma’lum qilamizki, soliqchilar naqd pul shaklida tushumni amalga oshirmaydilar. Soliq organlari xizmat vazifasini maxsus elektron to‘lov uskunalari orqali amalga oshirib kelmoqdalar.

Andijon viloyati Soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mahallabay
#kasaba_uyushmalari_kuni

Yurtimizda xar yili 11-noyabr- “Kasaba uyushmalari kuni” sifatida nishonlanib kelinmoqda.

Andijon viloyati Soliq boshqarmasi ham sohada namunali ish tashkil etgan xodimlarni rag‘batlantirishning noan’anaviy usulini qo‘lladi.

Batafsil: 👆"Andijon axboroti" informatsion dasturi orqali

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#markirovka

Aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon shahar bo‘lim tomonidan Soliq inspeksiyasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro R.A. Mustaqillik MFY hududida joylashgan savdo do‘konida 22 xil turdagi jami 3 111 quti, jami 40 mln 929 ming so’mlik aksiz markasi bo’lmagan tamaki mahsulotlarining sotuvga qo‘yganligi aniqlandi. Ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olindi.

Mazkur holatlar yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan Jinoyat kodeksining 25, 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Rasmiy_munosabat

Andijon viloyati Soliq boshqarmasi ijtimoiy tarmoqda Xonoboddagi dachasi uchun ortiqcha soliq talab qilinayotgani mazmunida murojaatchi nomidan e’lon qilingan xabar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:

Murojaatchi dala hovlisi yoki dachasi Xonobodning aynan qaysi manzilida ekanligini ma’lum qilmagan. Qolaversa, murojaatchi kimligi haqida hech qanday ma’lumot qoldirmagani uchun ham arzini atroflicha o‘rganib chiqishning imkoni bo‘lmadi.

Agar dala hovli egasi ismi-sharifini yozib qoldirganida haqiqatdan ham o‘tgan yil uchun 1.8 millon so‘mlik yer va mol-mulk solig‘ini to‘laganmi, yo‘qmi, bu yil uchun esa nega olti million so‘m soliq talab qilinayotganiga oydinlik kiritishning imkoni bo‘lar edi.

Shu o‘rinda murojaat yo‘llovchi yurtdoshlarimizdan kimligi, noturar binosi joylashgan aniq manzili, YaTT yoki MChJ ning to‘liq nomini yozib qoldirishlarini so‘raymiz. Mavhum va anonim yozilmagan murojaatnigina atroflicha o‘rganib chiqishning imkoni bo‘ladi.

Andijon viloyati Soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#ijtimoiy_soliq

Ijtimoiy soliq miqdorlari

Ijtimoiy soliq quyidagi miqdorlarda to'lanadi:

🔹yakka tartibdagi tadbirkorlar (YTT) oyiga 330 000 so‘m;

🔹savdo majmualari
va bozorlarda faoliyat yurituvchi YTTlarning yollanma xodimlari uchun – oyiga 165 000 so‘m;

🔹boshqa YTTlarning yollanma xodimlari uchun – yiliga 330 000 so'm;

🔹oilaviy tadbirkorlar (yuridik shaxs tashkil etmagan):
▫️YTT sifatida ro‘yxatdan o‘tgan oila a’zosi – oyiga 330 000 so‘m;
▫️oilaning boshqa a’zolari (18 yoshga to‘lmaganlar bundan mustasno) – oyiga 165 000 so‘m;

🔹 o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar 1-dekabrga qadar ixtiyoriy asosdayiliga 330 000 so'm;

👉 Soliq kodeksi 408-modda

❗️Ma'lumot uchun. 2023-yil 1-maydan bazaviy hisoblash miqdori (BHM) oyiga 330 000 so‘mni tashkil etadi.

🔹Yuridik shaxslar xodimlari uchun ijtimoiy soliqni har oyning 15-sanasidan kechiktirmay to‘laydi.
👉 Yuridik shaxslar uchun ijtimoiy soliq stavkalari
__________
#социальный_налог

Размеры социального налога

Соцналог уплачивают:

🔹индивидуальные предприниматели в размере 330 000 сумов в месяц;

🔹за наемных работников индивидуальных предпринимателей, осуществляющих деятельность в торговых комплексах и на рынках - 165 000 сумов в месяц;

🔹за наемных работников других индивидуальных предпринимателей330 000 сумов в год;

🔹семейные предприниматели без образования юрлица:
▫️член семьи, зарегистрированный в качестве индивидуального предпринимателя, — 330 000 сумов в месяц;
▫️другие члены семьи (за исключением не достигших 18 лет)165 000 сумов в месяц;

🔹самозанятые лица на добровольной основе - 330 000 сумов в год до 1 декабря;

👉ст.408 НК

К сведению. С 1 мая 2023 года базовая расчетная величина (БРВ)
составляет 330 000 сумов в месяц.

🔹юрлица уплачивают соцналог за своих сотрудников ежемесячно не позднее 15-го числа.
👉Ставки соцналога для юрлиц

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_NKT

Tadbirkorlarga "Click" va "Payme" ni ishlatishning qonuniy yo‘llari tushuntirildi

Sotuvchi va xaridor o‘rtasida tovar yoki xizmatlar uchun xarid cheki bermasdan P2P o‘tkazmalari
, ya'ni bir jismoniy shaxsning kartasidan boshqa jismoniy shaxsning kartasiga o‘tkazish orqali hisob-kitob qilish noqonuniy hisoblanadi❗️

❗️Tadbirkorlik subyektlari onlayn-NKM va virtual kassalardan foydalanishi hamda mijozlarga QR-kod va fiskal belgili chek taqdim etishlari shart. Bunday cheklar xarid to‘lov terminal orqali yoki naqd pulda amalga oshirilishidan qat'i nazar xaridorga beriladi.
👉 PF-5813-son 06.09.2019

Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda elektron to‘lov tashkiloti (Click, Payme va boshqalar) yoki elektron tijorat platformalari (marketpleys) orqali elektron fiskal chek taqdim qilinadi.
👉 VMQ-943 23.11.2019


Chek berilmaganligi uchun Soliq mobil ilovasining "Soliq hamkor” bo‘limi orqali shikoyat yo‘llash mumkin.

Nazorat-kassa texnikasini qo‘llamasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik, xaridorga chek bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik soliq huquqbuzarligi sanaladi va belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi.
👉Soliq kodeksi 221-modda

🎞 Youtube orqali ko‘rish

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_seminar

Hurmatli soliq to'lovchilar❗️

Soliq qoʻmitasi mutaxassislari ishtirokidagi navbatdagi onlayn seminar-trening

🗓 14-noyabr kuni

“Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i va ijtimoiy soliq: hisobot, soliqni to‘lash va imtiyoz” mavzusida boʻlib oʻtadi.

Jonli efir 👉 YouTube platformasida.

🕙 Boshlanish vaqti – 15:00
___________
#онлайн_семинар

Уважаемые налогоплательщики❗️

Очередной онлайн семинар-тренинг при участии специалистов Налогового комитета состоится

🗓 14 ноября

на тему «Налог на доходы физических лиц и социальный налог: отчетность, уплата налогов и льготы».

Прямой эфир - на платформе 👉 YouTube

🕙 Начало – 15:00

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#korrupsiya

Korrupsiyadan holi sohaning obro‘si yuksaladi

Andijon viloyati Soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari “Korrupsiyaga qarshi kurashish” oyligi doirasida ushbu illatning oldini olish maqsadida Baliqchi va Ulug‘nor tumanlari inspeksiyalari xodimlari ishtirokida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tashkilotchilar sohaning xalq orasidagi obro‘si xodimlarning mansab vakolatini suiste’mol qilmaslikka bog‘liq ekaniga e’tibor qaratdilar. Mehnatga halol munosabatda bo‘lishda xar bir soliqchining mas’uliyati, javobgarligi oshirildi. Aholi va tadbirkorlarning ishonchini qozonish mazkur illatga qarshi mustahkam jamoaviy immunitetni shakllantirishga bog‘liqligi xususida atroflicha so‘z bordi.

Korrupsiya inson va uning oilasi taqdirini parokanda qilishiga oid hayotiy misollar keltirilgani muloqot ta’sirchanligini oshirdi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|