Andijon viloyati soliq boshqarmasi
832 subscribers
4.23K photos
1.03K videos
72 files
3.63K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#bilasizmi

Jismoniy shaxslardan mol-mulk va yer soliqlari bo'yicha qarzdorlik qanday undiriladi

Agar yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lmagan jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini to‘lash bo‘yicha majburiyatlarini belgilangan muddatda bajarmagan bo‘lsa, soliq organi soliq qarzini undirish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qilishga haqli.

Bunda soliq organi tomonidan sudga ariza jismoniy shaxsning soliq qarzi umumiy summasi 1 mln so‘mdan oshsa beriladi.

Undirish to‘g‘risidagi ariza nusxasi u sudga berilgan kundan kechiktirmay jismoniy shaxsga yuboriladi.

Ish ko‘rib chiqilgandan keyin, qonuniy kuchga kirgan sud qarori
asosida soliq qarzini jismoniy shaxsning mol-mulki hisobidan undirish ushbu quyidagilarga nisbatan ushbu ketma-ketlik bilan amalga oshiriladi:
1) bank hisobvaraqlaridagi pul mablag‘lariga;
2) naqd pul mablag‘lariga;
3) boshqa shaxslarga shartnoma bo‘yicha egalik qilishga, foydalanishga, tasarruf etishga berilgan mol-mulkka, ushbu mol-mulkka doir mulk huquqi ularga o‘tmagan holda, agar soliq majburiyati ijrosini ta’minlash uchun bunday shartnomalar bekor qilingan yoki haqiqiy emas deb topilgan bo‘lsa;
4) boshqa mol-mulkka, bundan qonunchilikka muvofiq belgilanadigan jismoniy shaxsning yoki uning oilasi a’zolarining kundalik shaxsiy foydalanishi uchun mo‘ljallangan mol-mulk mustasno.

Soliq qarzi jismoniy shaxsning pul mablag‘lari ko‘rinishida bo‘lmagan mol-mulki hisobidan undirilganda, soliq qarzi bunday mol-mulk realizatsiya qilingan va undan kelib tushgan summalar hisobidan to‘langan paytdan e’tiboran to‘langan deb hisoblanadi.

👉Soliq kodeksi 125-modda

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️ 2022-yil 23-sentabr

sentabr oyi uchun:

- jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda 5 mlrd so‘mdan oshadigan foyda solig‘i to‘lovchilari har oylik bo‘nak to‘lovlarini to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 340-moddasi 2-qismi).

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Jalaquduq tumanidagi “FERUZAXON BIZNES HAMKORI” MCHJ tomonidan qilingan video murojaat bo‘yicha Andijon viloyat davlat soliq boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi:

Ta’kidlash joizki, keyingi kunlarda ayrim tadbirkorlik subyektlarida onlayn-NKM QR-kodli chekini bermaslik, plastik karta orqali to‘lovni qabul qilishni rad etish yoki hujjatsiz faoliyat yuritish kabi holatlar kuzatilmoqda. Bu esa sog‘lom raqobat muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, byudjetga tushishi lozim bo‘lgan soliqlarni to‘lanmasligiga sabab bo‘lmoqda.

Xususan, Andijon viloyati Jalaquduq tumanida davlat ro‘yhatidan o‘tgan “FERUZAXON BIZNES HAMKORI” MChJga qarashli savdo shahobchasida savdo qoidalari xususan, naqd pulda qilingan savdoga nazorat kassa mashinasi cheki berilmayotganligi to‘g‘risida joriy yil boshidan fuqarolar tomonidan “Soliq hamkor” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali 2 ta murojaat kelib tushgan. Ushbu murojaatlarga asoslanib, tekshiruv natijalari o’z tasdig’ini topdi va jamiyatga qonunda belgilangan tartibda jarimalar qo’llanildi.

Bundan tashqari murojaatchi yo’llagan 500 ming so’m miqdoridagi pullar, jamiyat faoliyat yuritayotgan noturar binoning yer va mol-mulk soliqlari uchun 15-aprel holatiga to’langan va shu joyning o’zida sayt aparatiga tushirilgan.

Davlat soliq xizmati organlari bunga javoban, hurmatli tadbirkorlardan isteʼmolchilar huquqlarini taʼminlashga qaratilgan qonunchilik talablarini bajargan holda o‘z faoliyatlarini shaffof amalga oshirishlarini so‘raydi.

Davlat soliq xizmati organlari “Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili asosida qonuniy ishlayotgan, soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarib kelayotgan intizomli tadbirkorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga, ularning faoliyatidagi muammolarni bartaraf etilishida yordam berishga hamisha tayyor.

Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#kochma_savdo

“K–SAVDO” AAT orqali onlayn-auksionga chiqarilgan xizmat ko‘rsatish shoxobchalari soni 37 021 taga yetdi

📊Hududlar kesimida onlayn-auksionga chiqarilgan xizmat ko‘rsatish shoxobchalari soni:

1️⃣Toshkent viloyati 5 092;
2️⃣Farg‘ona viloyati 4 040;
3️⃣Samarqand viloyati 3 944;
4️⃣Xorazm viloyati 3 470;
5️⃣Qashqadaryo viloyatida 2 898.

Hozirda 7 170 ta tadbirkorlik subyekti “K–SAVDO” AAT orqali ro‘yxatdan o‘tib, o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ydi.

📃Ma'lumot uchun Davlat soliq xizmati organlarining 222 nafar, tegishli vazirlik va idoralarning 1 243 nafar malakali xodimlari
“K–SAVDO” axborot tizimiga biriktirilib, ko‘chma savdo joylarini tanlash, sxemalarini shakllantirish va onlayn-auksion orqali savdoga chiqarish bilan shug‘ullanmoqda.

Eslatib o‘tamiz❗️Ko‘chma savdo obyektlarini sotib olish
"E-auksion" savdo platormasi orqali amalga oshiriladi. Auksion g‘olibi ko‘chma savdo joyining to‘liq narxini to‘laydi. Soliq idoralari tomonidan bir ish kuni mobaynida ko‘chma savdo obyektining ro‘yxatdan o‘tganligini tasdiqlovchi guvohnoma QR-kod bilan rasmiylashtirilgan holda “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali xaridor va operatorga yuboriladi.

Batafsil infografikada👆

📎Ko‘chma savdoni amalga oshirishning majburiy talablari va shartlari

👉Ko‘chma savdoni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiya

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Davlat soliq qo‘mitasining korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axboroti eshitildi

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Ipoteka kreditini to'lash uchun yo‘naltirilgan mablag'lar daromad solig'iga tortilmaydi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Ipoteka kreditidan foydalanishda aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorni imzoladi.

Unga ko‘ra:

🔹2023-yil 1-yanvardan boshlab dastlabki badalning va ipoteka krediti bo‘yicha foizlarning bir qismini qoplash uchun subsidiya berilgan fuqarolarning uy-joylarni sotib olish, qurish yoki rekonstruksiya qilish uchun olingan ipoteka kreditlarini hamda ular bo‘yicha hisoblangan foizlarni to‘lash uchun yo‘naltirilgan ish haqi va boshqa daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga tortilmaydi.

✔️Ushbu imtiyoz qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchilarga bir soliq davrida eng kam ish haqining 80 baravaridan oshmaydigan daromadi bo'yicha qo'llaniladi (ya'ni ipoteka kreditlarini to'lash uchun ajratiladigan daromadlarning umumiy miqdori yiliga 73,6 million so'mdan oshmasligi kerak).
❗️MHTEKM (eng kam ish haqi) = 920 000 so‘m.

🔸2023-yildan boshlab ipoteka krediti hisobiga sotib olingan, qurilgan va rekonstruksiya qilingan mol-mulk unga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan e’tiboran 36 oy ichida begonalashtirilganda, mazkur daromadlar belgilangan tartibda soliqqa tortiladi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Davlat soliq qo‘mitasi “Eng namunali vazirlik va idora”lar qatorida taqdirlandi

Joriy yilning 23-sentabr kuni Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan tashkil etilgan “Eng namunali tuman va shahar” hamda “Eng namunali vazirlik va idora” tanlovlari g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovning “Eng namunali tuman va shahar” yo‘nalishiga 14 ta shahar va tuman, “Eng namunali vazirlik va idora” yo‘nalishiga 21 ta vazirlik va idora qatnashdi.

Davlat soliq qo‘mitasi tanlovda munosib ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni egalladi hamda 10 mln so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Shuningdek, qo‘mita huzuridagi Kadastr agentligi "Eng faol kitobxon vazirlik-idora" nominatsiyasi g‘olibi deb topildi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#keshbek

Keshbek summalari qachon tasdiqlanadi?

Fiskal belgili xarid cheki Soliq mobil ilovasi (Android / iOS / Harmony OS) oqali skaner qilinganda "Chek muvaffaqiyatli ro‘yxatdan o‘tkazildi. Keshbek summasi keyingi oyning 25-sanasidan so'ng to‘lab beriladi" xabar paydo bo'ladi.

Shu bois, avgust oyida ro‘yxatdan o‘tkazilgan cheklar uchun hisoblangan keshbek sentabr oyning 25-sanasidan keyin tasdiqlanadi.

👉VM-255-son qarori 12.05.2022-yil

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#mobil_ilova #keshbek

Keshbek tasdiqlash tartibi

Soliq mobil ilovasining
yangilangan interfeysida (Android / iOS / Harmony OS) ro'yxatga olingan kassa cheklari ma'lumotlari detallashtirilgan.

Mening cheklarim bo‘limida "Umumiy ma'lumotlar" keshbek mablag'larini tasdiqlash tartibi to'g'risidagi "Qo‘shimcha ma'lumotlar" bilan to'ldirilgan.

Bunda keshbekni tasdiqlash uchun quyidagilar inobatga olinadi:

▫️chekning soliq organlari maʼlumotlar bazasida mavjudligi;
▫️chekdagi ma’lumotlarning amaldagi qonunchilikka muvofiqligi;
▫️*tadbirkorlik subyektining holati, ya'ni -
soliq hisoboti taqdim etganligi;
hisobotlardagi kamchiliklar tuzatilganligi;
soliq qarzi to'langanligi.

– keshbek to‘liq tasdiqlansa 🟢 yashil rangda aks etadi.

"Tasdiqlanish jarayonida" holati, ya'ni 🔵 ko‘k rang *tadbirkorlik subyekti holatini tuzatish zarurligini bildiradi. Ular bartaraf etilishi bilan keshbek summasi tasdiqlanadi va uni biriktirilgan bank kartasiga o'tkazish mumkin.

Keshbek qachon tasdiqlanadi
#imtiyoz

Ota-ona (farzandlikka oluvchi)ning nodavlat maktabgacha yoki maktab ta'lim tashkilotida o‘qish uchun har bir farzandiga oyiga 3 mln so‘m doirasidagi xarajatlari soliq solishdan ozod qilinadi.
👉O‘RQ 785-son 26.07.2022-yil

Ushbu imtiyoz qanday ishlaydi?

Nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotiyoki maktabda ta'lim pullik hisoblanadi.

Ota-onaning (farzand asrab oluvchining) har bir bola uchun oyiga 3 mln so‘m miqdoridagi xarajatlari soliqdan ozod etilgan.

Masalan, ota (ona)ga uning ish joyi bo‘yicha har oyda 720 ming so‘m (6 mln so‘mdan 12%) JShODS ushlab qolingan holda 6 mln so‘m ish haqi hisoblanadi.

U buxgalteriyaga o‘z farzandining ta'minoti uchun MTTga har oyda 2,5 mln so‘m o‘tkazish haqida ariza taqdim etadi.

Ushbu 2,5 mln so‘m uchun soliq hisoblanmaydi. Buxgalteriya faqat 3,5 mln so‘m (6 mln so‘m - 2,5 mln so‘m) farqdan soliq ushlab qoladi. Soliq 420 ming so‘mni (3500 x 12%) tashkil qiladi. Ota (ona) soliqdan oyiga 300 ming so‘m tejaydi.

Imtiyoz qanday qo‘llaniladi?


Ota (ona) imtiyozni:
▫️o‘z korxonangizning buxgalteriyasiga mablag‘larni nodavlat maktabgacha yoki maktab ta'lim tashkilotiga o‘tkazish haqida ariza va to‘lovga schyot (shartnoma) taqdim etgan holda ish joyi bo‘yicha;
▫️soliq xizmatiga yil yakunlari bo‘yicha daromadlar to‘g‘risida deklaratsiya va o‘qish uchun to‘lov amalga oshirilganligi to‘g‘risida hujjatlarni taqdim etgan holda qo‘llashi mumkin.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#15_oktabr
#yer_soligi
#mol_mulk_soligi

🗓15-oktabr – jismoniy shaxslar uchun yer va mol-mulk solig‘i to‘lashning oxirgi kuni!

📍Soliqlar – yurtimiz farovonligi🏞, yo‘llarimiz ravonligi🛣, sarhadlarimiz mustahkamligi🚧, aholi salomatligi🏥, farzandlar kelajagi 👫 uchun sarflanadi.

Hurmatli fuqarolar❗️

Siz ham soliqlarni o‘z vaqtida to‘lab, Vatanimiz rivojiga hissa qo‘shing!

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|