Andijon viloyati soliq boshqarmasi
841 subscribers
4.22K photos
1.03K videos
72 files
3.61K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#QQS

QQS to‘lovchilar soni yil sayin ortib bormoqda

1-sentabr holatiga, O‘zbekistonda 162 mingdan ortiq qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) to‘lovchilar mavjud.

3 yil ichida ularning soni ikki barobar, 2016-yildan buyon esa deyarli 20 barobar oshdi.

Mutaxassislar bu o‘sishni, birinchi navbatda, soliq yukini adolatli taqsimlash va kamaytirish bilan izohlamoqda.

Eslatib oʻtamiz❗️QQS stavkasi 2019-yil 1-oktabrdan boshlab 20 foizdan 15 foizga tushirilgan edi.

Davlatimiz rahbari 22-avgust kuni tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda 2023-yil 1-yanvardan QQS stavkasi 12 foizga tushirilishini ma’lum qildi.

2022-yilda 19,6 ming soliq to‘lovchi QQS to‘lashga o‘tdi:
🔹ularning yarmidan ko'pi - ixtiyoriy ravishda;
🔹soliq majburiyati vujudga kelgan paytdan boshlab 9,4 ming soliq toʻlovchi avtomatik tarzda QQS toʻlovchi sifatida roʻyxatga olindi.
👉QQS to‘lovchi sifatida maxsus ro‘yxatga olish uchun ariza berish va ko‘rib chiqish tartibi

2022-yilda QQS toʻlovchilar eng koʻp roʻyxatga olingan TOP-5 ta hudud:

🔸Toshkent shahri - 5,3 ming;
🔸Toshkent viloyati - 1,9 ming;
🔸Samarqand viloyati - 1,7 ming;
🔸Farg'ona viloyati - 1,5 ming;
🔸Buxoro viloyati - 1,3 ming.

Avvalroq, 7 oy davomida to‘langan 9,2 trillion so‘m QQS summasi tadbirkorlarga qoplab berilgani haqida xabar qilingan edi.
👉QQS qanday qaytariladi?

Тelegram | Facebook | Youtube | Instagram
#QQS #EHF

QQS hisoboti: avtomatlashtirishning navbatdagi bosqichi

Soliq to‘lovchilar tomonidan import qilingan tovar (xizmat)lar hamda O‘zbekiston bojxona hududida tovarlarni qayta ishlash bo‘yicha xizmatlar uchun bir tomonlama EHF shakllantirish talab qilinmaydi.

Soliq to'lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida Soliq kodeksining 266-moddasiga asosan to‘langan soliq summalarini hisobga olish avtomatlashtirildi.

Xususan:
▫️Tovar (xizmat)lar chet ellik shaxslar tomonidan realizatsiya qilinganda soliq agentlari tomonidan to‘langan va hisoblangan QQS summalaridan kelib chiqib uni avtomat tarzda 🔁 hisobga olish;
▫️O‘zbekiston bojxona hududida tovarlarni qayta ishlash bo‘yicha xizmatlar summasini soliq hisobotlarida avtomat tarzda aks ettirish✔️imkoni yaratildi.

🆕Yuqoridagilardan kelib chiqib, soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetida QQS bo‘yicha soliq hisobotining elektron shakli yangilandi (paket kodi 10006_35).

Eslatib o‘tamiz, 2022-yil 11-sentabrdan import qilingan tovar (xizmat)lar hamda O‘zbekiston bojxona hududida tovarlarni qayta ishlash bo‘yicha xizmatlar uchun bir tomonlama EHF shakllantirish imkoniyati cheklanishi haqida maʼlumot berilgan edi.

👉QQS hisobotini to'ldirish bo'yicha qo'llanma
👉QQS to‘lovchisiga o‘tgan tadbirkorlik subyektlariga eslatma
👉QQS hisobotida onlayn-NKM orqali tushgan tushum summasi avtomat shakllanadi
👉Onlayn-NKM yoki virtual kassa cheklari asosida beriladigan imtiyozlar ma'lumotlari qanday yangilanadi?

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️ 2022-yil 20-sentabr

avgust oyi uchun:

- QQS hisobotini taqdim etish va soliqni to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 273-moddasi 1- va 2-qismlari);

- agar avgust oyida dividendlar va foizlar hisoblangan bo‘lsa, dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi bo‘yicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 345-moddasi 5-qismi);

- norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari bo‘yicha soliq hisobotini soliq agenti tomonidan taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 355-moddasi 1-qismi);

- yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 454-moddasi 3- va 4-qismlari);

- soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan kamroqni tashkil etadigan, aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchilar bo‘lmagan yuridik shaxslar, shuningdek, aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchilar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yillik soliq summasining 1/4 miqdorida to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 448-moddasi 3-qismi);

sentabr oyi uchun:

- soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan ko‘proqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (bundan aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchilar mustasno) yillik soliq
summasining 1/12 qismi miqdorida to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 448-moddasi 3-qismi).
___________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️20 сентября 2022 года последний день

за август:

- представления отчетности и уплаты НДС
(ч.1 и 2 ст.273 Налогового кодекса);

- представления отчетности по сумме налога с дивидендов
и процентов, если в августе были начислены дивиденды и
проценты
(ч.5 ст.345 Налогового кодекса);

- представления налоговыми агентами отчетности по суммам налога с доходов нерезидентов
(ч.1 ст.355 Налогового кодекса);

- представления отчетности и уплаты налога за пользование недрами
(ч.3 и 4 ст.454 Налогового кодекса);

- уплаты авансовых платежей по налогу за пользование водными ресурсами юридическими лицами, не являющихся плательщиками налога с оборота, у которых сумма налога за налоговый период составляет менее 200-кратного размера БРВ, а также плательщиками налога с оборота и индивидуальными предпринимателями в размере 1/4 части годовой суммы налога
(ч.3 ст.448 Налогового кодекса);

за сентябрь:

- уплаты авансовых платежей по налогу за пользование водными ресурсами юридическими лицами (за исключением плательщиков налога с оборота), у которых сумма налога за налоговый период составляет более 200-кратного размера БРВ в размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.3 ст.448 Налогового кодекса).

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#imtiyoz
#QQS #foyda

- Korxonamiz stomatologiya xizmatlarini ko'rsatadi. Biz uchun umumbelgilangan soliqlar bo'yicha qanday imtiyozlar berilgan

- Stomatologik xizmatlar, shu jumladan tish protezlash bo'yicha xizmatlar QQSdan ozod qilingan.
👉Soliq kodeksi 243-modda 1-band 11-qism

Stomatologik xizmatlar, shu jumladan tish protezlarini o‘rnatish xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar ijtimoiy sohada faoliyatni amalga oshiruvchi soliq to‘lovchilar toifasiga kiradi.
👉Soliq kodeksi 59-modda
Bunday toifadagi soliq to'lovchilar uchun foyda solig'i stavkasi 0% miqdorida belgilanadi.
👉Soliq kodeksi 337-modda

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#QQS
#soliq_hisoboti

Qo'shilgan qiymat solig'i hisob-kitobi shaklida "Kerakli katakka “1” belgisi qo‘yiladi" yozuvi mavjud.

Qanday hollarda 1 raqami ko‘rsatiladi?

🔹O'zaro hisob-kitob qilish uchun hisobga olinadigan QQS summasini aniqlash usulini tanlashda (mutanosib/alohida-alohida).
🔹Soliq toʻlovchi QQSni tezkor tartibda qaytarish toʻgʻrisida xabar qilsa.
🔹Qaytariladigan QQS summasi nol stavkali QQS qoʻllash natijasida shakllangan boʻlsa.
🔹Qaytariladigan QQS summasi belgilangan stavka qoʻllanilishi natijasida shakllangan boʻlsa.

Hisobot shaklida xatolik to‘g‘risidagi xabar nimani anglatadi va uni qanday tuzatish mumkin?

Xato -
hisobga olish uchun qabul qilingan QQS miqdorini aniqlash (mutanosib/alohida-alohida) usulini tanlash kerak.
Xato* - qoplanishi lozim bo‘lgan salbiy farq summasi noldan kichik bo‘lmasligi lozim.
Xato** - qoplanishi lozim bo‘lgan salbiy farq summasi shaxsiy hisobvaraqadagi ortiqcha to‘lovdan ko‘p bo‘lishi mumkin emas.
Xato*** - QQS salbiy summasini kelgusi to‘lovlar uchun hisobga olish talab etilsa, arizaning tezlashtirilgan tartibini tanlash mumkin emas.
Xato**** - salbiy farq summasining hosil bo‘lish sababidan birini tanlang. QQS qoplash so‘ralgan davr ketma-ketligi xato.

Eslatma ❗️Soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetida QQS bo‘yicha soliq hisobotining elektron shakli yangilandi (paket kodi 10006_35).

👉 QQS hisobotini to'ldirish bo'yicha qo'llanma
__________
#НДС
#налоговая_отчетность

В форме Расчета налога на добавленную стоимость есть примечание "Нужную ячейку отметить цифрой 1".

В каких случаях в ячейке необходимо указывать цифру 1?

🔹При выборе метода определения суммы НДС, принимаемой к зачету (пропорциональный, раздельный).
🔹Если налогоплательщик уведомляет о возмещении НДС в ускоренном порядке.
🔹Если сумма возмещения НДС образовалась в результате применения нулевой ставки НДС.
🔹Если сумма возмещения НДС образовалась в результате применения установленной ставки.

О чем говорят сообщения об ошибках в форме отчетности и как их исправить?

Ошибка
- необходимо выбрать метод определения (пропорциональный, раздельный) суммы НДС, принимаемой к зачёту.
Ошибка* - сумма, подлежащая возмещению, не должна быть меньше нуля.
Ошибка** - сумма, подлежащая возмещению, не должна быть больше суммы переплаты карточки лицевого счета.
Ошибка*** - если требуется засчитать отрицательную сумму НДС в счет предстоящих платежей, выбор ускоренного порядка подачи заявления невозможен.
Ошибка**** - необходимо выбрать одну из причин возникновения суммы отрицательной разницы. Неправильно указан период возмещения НДС.

Напоминаем❗️В персональном кабинете налогоплательщика обновлена электронная форма налоговой отчетности по НДС (код пакета 10006_35).

👉Инструкция по заполнению расчета НДС

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#mol_mulk_va_yer_soligi

15-oktabr – jismoniy shaxslar uchun mol-mulk va yer solig‘ini to‘lashning oxirgi kuni

❗️
Soliq kodeksining 423- va 440- moddalariga muvofiq, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer solig‘ini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim.

🔹Mol-mulk va yer solig‘ini Soliq mobil ilovasi orqali, shuningdek soliq organi yoki bank bo‘limlariga borgan holda to‘lash mumkin.

📱Soliq mobil ilovasi orqali to‘lovni amalga oshirishda:

🔸 ilovadan "Soliqlarni to‘lash" bo‘limi tanlanadi;
🔸 ochilgan oynaga soliq to‘lovchi jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (
JShShIR) kiritiladi;
🔸 jami qarzdorlik va joriy yil uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar shakllanadi;
🔸"Davom etish" tugmasi bosilganda ilovaga biriktirilgan bank kartasidan belgilangan soliq summasi yechiladi.

Jismoniy shaxslar my.soliq.uz dagi shaxsiy kabinetga ERI orqali kirib "JShlarning solishtirma dalolatnomalari" bo‘limidan hisoblangan, to‘langan va mavjud soliq qarzdorligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olishi mumkin.

⚡️soliq.uz saytidan o‘z hududingizdagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun belgilangan soliq stavkalarini oson aniqlang.

👉Kimlar mol-mulk solig‘idan imtiyozga ega?

👉Kimlar yer solig‘ini to‘lashdan ozod qilingan?

👉Jismoniy shaxslar qaysi mol-mulk va yerlari uchun soliq to‘laydi?

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#mobil_ilova

Jismoniy shaxslar soliqlarni “Soliq” ilovasi orqali toʻlashlari mumkin

Buning uchun jismoniy shaxs “Soliq” mobil ilovasida muvaffaqiyatli ro‘yxatdan o‘tgan va Face ID orqali avtorizatsiya qilinganidan so‘ng “To‘lov xizmatlari” oynasida “Soliqlarni to‘lash” bo‘limini tanlashi kerak.

Ochilgan oynada "JShShIR" qatorida foydalanuvchi tomonidan ilovada ro'yxatdan o'tish paytida kiritilgan JShShIR va uning soliq qarzi mavjudligi yoki yo'qligi to'g'risida ma'lumot avtomatik ravishda aks etadi.

🔴Agar jismoniy shaxsning soliq qarzi boʻlsa, u holda ushbu oynada soliq toʻlovchiga tegishli boʻlgan barcha obyektlar va yer uchastkalari, shuningdek deklaratsiyalangan daromadlar boʻyicha soliqlar va penyalar turlari boʻyicha barcha mavjud qarzlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.

✔️Shu bilan birga, ushbu qarzlarni qaysi davr uchun ko'rsatishni tanlash mumkin: joriy davr bo'yicha yoki butun yil uchun.

Agar soliq to'lovchining bir nechta obyekti bo‘lsa, xuddi shu oynada avtomatik ravishda manzil, kadastr raqami va ularning har biri uchun qarzi miqdori ko'rsatiladi. Shuningdek, alohida davrni belgilab ushbu davr uchun hisoblangan qarzdorlik to'g'risidagi ma'lumotni olish mumkin:

"Joriy" - joriy davr holatiga;
"Yillik" - bu yil uchun umumiy miqdor.

Bitta obyekt (yoki toifa) bo‘yicha qarzlarni to'lash uchun "Qisman" tugmasi bosiladi. Bunda bir yoki bir nechta soliqlarni (penyalarni) tanlash va keyin to'lovni amalga oshirish mumkin.

Bir vaqtning o'zida barcha soliqlar bo'yicha qarzlarni to'lash imkoniyati ham mavjud. Buning uchun asosiy oynaning pastki qismida "Davom etish" tugmasini bosish va to'lovni davom ettirish kerak.

Qarzni to'lash uchun "To'lanadigan summa" qatorida to'lanishi kerak bo'lgan summa ko'rsatilishi kerak. To'lovni mobil ilovaga biriktirilgan bank kartasi yordamida amalga oshirish mumkin.

Boshqa jismoniy shaxsning solig‘ini to'lash uchun uning JShShIRi kiritiladi. Bunda tizim ushbu shaxs tomonidan to'lanishi kerak bo'lgan soliqlar ro'yxati aks etadi. Shu bilan birga, foydalanuvchilar xavfsizligi maqsadida ular haqidagi ma'lumotlar (manzil, kadastr raqami va boshqalar) ko'rsatilmaydi.

Ma’lumot uchun❗️ Soliq to'lovchilarning to'langan soliq summalari va soliq qarzlari to'g'risidagi ma'lumotlar soliq siri hisoblanmaydi.
👉Soliq kodeksi 29-modda

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#soliqchi_komakchi

To‘lov topshiriqnomalarini elektron ravishda ijrosiz chaqirtirib olish bo‘yicha videoqo‘llanma

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#markirovka

Alkogol mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxonalarda aniqlangan qonun buzilish holatlari

Davlat soliq xizmati organlari tomonidan joriy yilning sentabr oyida alkogol mahsulotlarini realizatsiya qiluvchi korxonalarda o‘tkazilgan soliq nazorati tadbirlari natijasida:

🔻“A” korxonada
9 308 dona 4 654 litr 224,3 mln so‘mlik qalbaki aksiz markali, 98 dona 72 litr 2,1 mln so‘mlik raqamli markirovkalanmagan eski namunadagi aksiz markali alkogol mahsulotlari;

🔻“B” korxonada
445 dona 223 litr 7,7 mln so‘mlik raqamli markirovkalanmagan alkogol mahsulotlari borligi aniqlandi.

Eslatib o‘tamiz❗️Vazirlar Mahkamasining 31.12.2020-yildagi
833-son qaroriga muvofiq, ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimi joriy etilgan.

🚫Unga ko‘ra:
2022-yil 1-yanvardan -
tamaki va alkogol mahsulotlari;
2022-yil 1-aprelidan - pivo va pivo mahsulotlari;
2022-yil 1-dekabridan - alyumin idishdagi alkogol mahsulotlarini majburiy raqamli markirovkasiz sotish taqiqlanadi.
👉VMQ-737-son 5-band 20.11.2020-yil

Ushbu mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi, import qiluvchi va sotuvchi subyektlar tomonidan identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash qoidalari buzilganda – ular tomonidan tovarlarni (mahsulotlarni) realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushum miqdorida jarima solinishi belgilangan.
👉Soliq kodeksi 271-modda

Mazkur javobgarlik choralari 2022-yil 11-iyundan kuchga kirgan.

“Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi”
tamoyili asosida alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi va sotuvchi tadbirkorlik subyektlariga raqamli markirovka qoidalariga rioya etish yuzasidan ogohlantirish xati hamda tushuntirishlar berildi.

Ammo, ayrim tadbirkorlik subyektlari faoliyatida qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘yilayotgani kuzatilmoqda. Aniqlangan holatlar bo‘yicha hujjatlar tegishli chora ko‘rilishi yuzasidan huquqni muxofaza qilivchi organlarga yuborildi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#rasmiy_munosabat

📢Hurmatli soliq to'lovchilar❗️

Telegram ijtimoiy tarmog‘ida “Soliq keshbek / Soliq hamkor” nomli soxta guruh tashkil etilib, ushbu guruh Davlat soliq qo‘mitasi matbuot kotibi nomidan ochilgan DSQ pressa soxta akkaunti orqali boshqarilmoqda.

Davlat soliq qo‘mitasining verifikatsiyadan o‘tgan (rasmiy maqomga ega) rasmiy sahifasida matbuot kotibining haqiqiy akkaunti @DSQ_Pressa nomi bilan qayd etilgan.

Boshqa barcha telegram akkauntlari soxta. Jumladan, @DSQ_Admin akkaunti ham DSQ matbuot xizmatiga aloqador emas.

"Soliq hamkor" va keshbekka oid savollarga javob olish uchun rasmiy telegram guruhi ushbu havolada 👉Soliq Keshbek/Soliq hamkor.

Hurmatli ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari va kanal adminlari ❗️ Akkauntlarning nomlanishiga alohida e’tibor qaratishingizni so‘raymiz.

Shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish maqsadida telefon raqamingiz, bank kartangiz raqami va boshqa shaxsiy ma'lumotlaringizni hech kimga oshkor qilmang.

Hurmatli yurtdoshlar! Ogoh bo‘ling: yolg‘on va noto‘g‘ri ma’lumotlarga ishonib qolmang!

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqda “Andijon viloyati soliqchilarini majburiy 1 oyga paxta terimiga jo‘natishmoqda” mavzusida tarqalgan xabar bo‘yicha Andijon viloyat davlat soliq boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi:

Andijon viloyati davlat soliq xizmati organlari xodimlari umuman paxta yig‘im-terimiga jalb qilinmagan. Hamma xodimlar o‘z ish joyida ish faoliyatini olib bormoqda.

Shuningdek, mana shunday ruhdagi xabarlarni tarqatayotgan ayrim saytlarni yurituvchi bloger-jurnalistlar, axborot tarqatishda xolislik va shaffoflik prinsiplariga amal qilinsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#MXIK
#onlayn_NKM

O‘zbekistonning qaysi viloyatlarida aholi ko‘proq kitob sotib oladi?

📚 Aholi tomonidan onlayn nazorat kassa texnikasi orqali 2022-yil yanvar-avgust oylarida 111,7 mlrd so‘mlik kitob sotib olingan.

📖 Ushbu davr mobaynida 5 708 ta kitob savdosi bilan shug‘ullanuvchi subyektning 15,3 ming savdo shoxobchalari orqali 980,6 ming marta kitob mahsulotlari realizatsiya qilingan.

📊 Eng ko‘p kitob xarid qilingan hududlar:

1️⃣ Toshkent shahri – 58,9 mlrd so‘m
2️⃣
Andijon viloyati – 14,8 mlrd so‘m
3️⃣ Toshkent viloyati 12,5 mlrd so‘m
4️⃣
Navoiy viloyati – 6,8 mlrd so‘m
5️⃣
Samarqand viloyati – 4,1 mlrd so‘m

🔍
Tahlilda kitob mahsulotlari MXIK kategoriyasi qamrab olindi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|