Andijon viloyati soliq boshqarmasi
854 subscribers
4.19K photos
1.02K videos
67 files
3.58K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#Korrupsiya
#Paxtaobod_tumani

BIZ KORRUPSIYAGA QARSHIMIZ

Joriy yil 18-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi. Bu esa o‘z navbatida mamlakatimizda tadbirkorlarga qaratilayotgan e’tibor naqadar yuqori ekanligini yorqin namunasi bo‘ldi, desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.

Muloqot davomida davlatimiz rahbari soliq tizimida korrupsion holatlar ko‘p bo‘layotganligini qattiq tanqidga oldi.

Davlat rahbari tomonidan bildirilgan fikrlardan kelib chiqib, bugun Andijon viloyati soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo'limi tomonidan Paxtaobod tumani soliq inspeksiyasi xodimlari o‘rtasida “Soliq organlarini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish” bo'yicha profilaktik suhbat o'tkazildi. Unda korrupsiya oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan holatlar va uning zarari to'g'risida batafsil tushuntirish berildi.

Uchrashuv davomida so'nggi vaqtlarda soliq organi xodimlari tomonidan xizmat vazifasiga kirmaydigan harakatlarni sodir etish holatlari kuzatilayotganligi misol qilinib, ushbu holatlar yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ularni salbiy harakatlariga qonuniy baho berilayotganligi ta'kidlab o'tildi.

Suhbat davomida soha xodimlariga halol va shaffof tarzda faoliyat yuritish kerakligi ta'kidlandi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Korrupsiya
#Paxtaobod_tumani

BIZ KORRUPSIYAGA QARSHIMIZ

Andijon viloyati soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo'limi tomonidan Paxtaobod tumani soliq inspeksiyasi xodimlari o‘rtasida “Soliq organlarini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish” bo'yicha profilaktik suhbat o'tkazildi.

Batafsil:👆"Andijon axboroti" informatsion dasturi orqali

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Korrupsiya
#Asaka_tumani

🔰Soliq sohasida uchrayotgan qonun buzilish holatlarining kelib chiqish sabablari hamda "Korrupsiya taraqqiyot kushandasi" mavzusida targ'ibot tadbiri Asaka tumanida davom ettirildi.

Andijon viloyati soliq bosharmasining Shaxsiy xavfsizlik bo'limi xodimlari korrupsiya oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan holatlar va ularning zarari to'g'risida Asaka tumani soliq inspeksiyasi Shaxsiy tarkib xodimlariga batafsil ma'lumotlar berdi. Suhbat davomida soha xodimlariga halol va shaffof tarzda faoliyat yuritish kerakligi ta'kidlandi.

❗️Eslatib o'tamiz! Korrupsion holatlarga guvoh bo‘linsa, darhol Soliq qo‘mitasing rasmiy [email protected] elektron pochtasiga, Telegramdagi @dsq_anticorrupciya_bot ga, 71-244-98-98 va 1198, shuningdek, viloyat soliq boshqarmasining 74-223-95-23 Ishonch telefoni orqali murojaat qilish mumkin!

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Korrupsiya
#Xojaobod_tumani

Korrupsiyani faqat birgalikda to'xtatamiz

Bugun mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish hukumat siyosatining ustuvor vazifalaridan biriga aylangan. Barcha sohalarda bo‘lgani kabi soliq tizimi xizmatchilarining o‘z vazifalariga mas'uliyat bilan vijdonan yondoshishi, oson va mo'may daromad topish ilinjida qing'ir yo‘llarga kirib qolmasliklarini oldini olish borasida respublikaning barcha ommaviy axborot vositalarida targ'ibot-tashviqot materiallari uzluksiz berib borilmoqda. Joylarda korrupsiyani oldini olish, uning manbalariga qarshi kurashishga bag'ishlangan yig‘ilish, uchrashuv va muloqotlar tashkil etilmoqda.

Xo'jaobod tumani soliq inspeksiyasida ham soha xodimlari ishtirokida yigilish tashkil etildi. Tadbirda so‘z olgan viloyat soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo'limi xodimi tomonidan masalaning ana shu jihatlarini alohida e'tirof etdi.

Soliq organi xodimining xalol bo‘lishi, o‘z kasbiga vijdonan va mas'uliyatli yondoshishi, qing'ir yo‘llar bilan daromad topishga urinmasligi, bu uning tizimda uzoq yillar mehnat qilib muvaffaqqiyatlarni qo‘lga kiritishiga, jamoadoshlari va albatta xalqimiz orasida hurmat va izzat topishiga omil bo‘lishi tilga olindi.

Aksincha, nafsining kuyiga uchib noqonuniy yo‘llar bilan daromad topishga intilish, korrupsiyaga qo‘l urushi qanday ayanchli oqibatlariga olib kelishi mumkinligi hayotiy misollar bilan tushintirib o‘tildi.

Albatta, soliq xodimi xalqning orasidan chiqqan, xalqi uchun vijdonan xizmat qilishga bel bog'lagan insonlar sirasiga kiradi. Shunday ekan, ko‘plab vijdonli insonlar samarali va xalol mehnat qilayotgan ushbu kasbga munosib bo‘lish, yelkasidagi o‘ta mas'uliyatli va ayni damda sharafli vazifani sidqidildan ado etishi har bir soliq xodimidan talab etiladigan eng asosiy mezondir.

Zero, xalollik bor joyda baraka va ishning unumi bo‘ladi.

Andijon viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Korrupsiya
#Izboskan_tumani

Korrupsiya– taraqqiyotga g'ov”

🔰Andijon viloyati Soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi tomonidan Izboskan tumani soliq inspeksiyasi xodimlar bilan davra suhbati tashkil etildi.

‼️Mazkur tadbirda Soliq organlarida kelib chiqayotgan salbiy holatlar yuzasidan to‘liq tushuntirishlar berildi va korrupsiyaga qarshi immunitetni shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’ruza qilindi.

✔️Davra suhbati davomida inspeksiyaning xodimlariga soliq xizmati organlari xodimlarining odob-axloq qoidalari va korrupsiyaga qarshi ichki idoraviy hujjatlariga qat’iy va so‘zsiz rioya qilishga asoslangan xulq-atvor modeli to‘g‘risida ma’lumot taqdim etildi.

✍️Andijon viloyati Soliq boshqarmasi Matbuot xizmati.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Korrupsiya
#Izboskan_tumani

Korrupsiyaga qarshi kurashish targ'ibot tadbirlari davom etmoqda...

Andijon viloyati Soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo'limi xodimlari tomonidan Izboskan tumanida "Korrupsiya - xavfsizlikka taxdid" mavzusida targ'ibot ishlari amalga oshirildi.

Ushbu targ'ibotni oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad, soliq sohasida uchrashi mumkin boʻlgan korrupsion holatlarni oldini olish, korrupsiyaning jamiyatga va shaxslarga keltiradigan zarari toʻgʻrisida maʼlumotlar berishdan iborat.

❗️Eslatib o'tamiz! Korrupsion holatlarga guvoh bo‘linsa, darhol Soliq qo‘mitasing rasmiy [email protected] elektron pochtasiga, Telegramdagi @dsq_anticorrupciya_bot ga, 71-244-98-98 va 1198, shuningdek, viloyat soliq boshqarmasining 74-223-95-22 va 74-223-95-23 Ishonch telefonlari orqali murojaat qilish mumkin!

Murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi!

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Korrupsiya
#Xonobod_shahar
#Marhamat_tumani

Halollik – kasbimizning oltin qoidasiga aylanishi kerak!

Andijon viloyati Soliq boshqarmasining Shaxsiy xavfsizligi bo‘limi korrupsiyaga qarshi navbatdagi targ‘ibot tadbirini Xonobod shahar va Marhamat tumani Soliq inspeksiyalari xodimlari ishtirokida tashkil etdi.

Har bir soliqchi o‘z yelkasida butun soliq organining sha’ni, obro‘sini ko‘tarib yurishi, ayni shuning uchun ham xizmat vazifasida ta’magirlik, poraxo‘rlik kabi illatlardan yiroq bo‘lishiga diqqat, e’tibor qaratildi. “Xizmatga halol munosabatda bo‘lish, zimmasidagi mas’uliyatini majburiyat emas, vijdon ishi deb bajarishgina insonga saodat keltiradi”- dedi tadbir tashkilotchilari.

Korrupsiyaga qo‘l urish xodimning nafaqat jamiyat oldida qadr-qimmatini tushurish, balki o‘z oilasi, qarindosh-urug‘larining yuzini yerga qaratishi, inson taqdirini parokanda qilishi haqida hayotiy misollar keltirilgani targ‘ibot ta’sirchanligini oshirdi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#sorovnoma #korrupsiya

Soliq qoʻmitasi korrupsiya holatlari boʻyicha soʻrovnoma oʻtkazmoqda

Soliq organlari xodimlari o‘rtasida o‘z mansab vakolatini suiiste’mol qilish holatlari qanchalik tez-tez uchrab turishi va bunga nima sabab bo‘layotganini bilish biz uchun muhim.

Bu korrupsiyani bartaraf etish uchun yana qanday choralar ko'rishimiz kerakligini aniqlashga yordam beradi.

👉 So'rovnomada anonim ishtirok etishingiz mumkin - https://soliq.uz/anti-corruption/rating?lang=uz
____________
#опрос #коррупция

Налоговый комитет проводит опрос о проявлениях коррупции

Нам важно знать, как часто среди сотрудников налоговых органов встречаются случаи злоупотребления своим служебным положением и что служит этому причиной.

Это поможет определить, какие дальнейшие шаги нам нужно предпринять для искоренения коррупции.

👉Принять участие в опросе можно анонимно - https://soliq.uz/anti-corruption/rating?lang=ru

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Korrupsiya

Korrupsiyaga qarshi murosasiz bo‘lsakkina, bu illatni jamiyat hayotidan siqib chiqara olamiz. Tashkilotlarda poraxo‘rlikka qarshi kurashilsa, faoliyatida samaradorlik oshadi, sohaning xalq orasida obro‘si ko‘tariladi.

Andijon viloyati Soliq boshqarmasining Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi ham korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar o‘tkazib kelmoqda.

Batafsil: 👆"Andijon axboroti" informatsion dasturi orqali

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Korrupsiya
#Qorgontepa_tumani

Korrupsiyaga qarshi murosasiz bo‘lishga chaqirildi

Qo‘rg‘ontepa tumani Soliq inspeksiyasi xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirida Andijon viloyati Soliq boshqarmasining Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi mutasaddilari ta’magirlik illatining inson taqdirini parokanda qilishi haqida atroflicha so‘z yuritdilar.

Korrupsiyadan tiyilolmaslik nafaqat xodimning o‘z sha’nini tushirishi, balki, butun jamoani obro‘sizlantirishi haqida hayotiy misollar keltirilgani targ‘ibot ta’sirchanligini oshirdi.

Xar bir soliqchi, xizmatga halol munosabatda bo‘lishga, vazifasini manfaatdorliksiz, sidqidildan ado etishga chaqirildi. Soliq to‘lovchilari bilan o‘rnatiladigan munosabatlarda “Halollik vaksinasi” bilan quvvatlanish muhimligiga e’tibor qaratildi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|