Andijon viloyati soliq boshqarmasi
838 subscribers
4.22K photos
1.03K videos
72 files
3.62K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_hamkor

2022-yil 1-yanvardan soliq huquqbuzarliklariga qarshi kurashgan iste'molchilar mukofotlanadi

Agar siz:
👉сhek bermaslik;
👉bank kartasi orqali to‘lovni qabul qilishni rad etish;
👉bank kartasi orqali to‘lov amalga oshirilganda mahsulotni qimmat sotish;
👉markirovkalanishi kerak bo‘lgan mahsulotni markirovkasiz sotish va shu kabi soliq huquqbuzarliklariga duch kelsangiz darhol Soliq mobil ilovasining Soliq hamkor bo‘limi orqali murojaat qoldiring.

🔎Yo‘llagan murojaatingiz soliq organlari tomonidan o‘rganilib, o‘z tasdig‘ini topgan taqdirda huquqbuzardan undirilgan jarimaning 20 foizi mukofot sifatida sizga taqdim etiladi.

Hurmatli iste‘molchilar, huquqbuzarlikka qarshi kurashib, yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga, halol tadbirkorlik va yurt rivojiga o‘z hissangizni qo‘shing !

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Keshbek
#Soliq_hamkor

Joriy yil 1-yanvardan boshlab savdo obyektlarida amalga oshirilgan xarid uchun berilgan QR-kodli cheklarni soliq mobil ilovasida skanerlab olish orqali ro’yhatdan o’tkazgan jismoniy shaxslarga umumiy xarid summasining 1%i keshbek sifatida qaytarish tizimi joriy etildi.

Eslatib o'tamiz, soliq mobil ilovasi orqali ro‘yxatdan o‘tkazilgan QR-kodli xarid cheklaridagi xarid summasining 1 foizi ularning bank kartalariga har oy yakuni bilan respublika budjetidan qaytarib berilmoqda.

Xuddi shunday, chek bermaslik holati yuz berganda esa fuqarolar tomonidan Soliq mobil ilovasining soliq hamkor bo‘limi orqali bildirilgan murojaatlarga muvofiq, huquqbuzarlardan undirilgan jarima summasining 20 foizi murojaatchilarga mukofot tariqasida to‘lab beriladi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#soliq_hamkor

Soliq huquqbuzarliklari haqida xabar bergan 15 nafar fuqaroga 9 mln so‘m mukofot berildi

2022-yil 1-yanvardan
soliq huquqbuzarliklari haqida "Soliq" mobil ilovasining "Soliq hamkor" bo‘limi orqali xabar bergan fuqarolarga huquqbuzarlardan undirilgan jarima summasining 20 foizi miqdorida mukofot to‘lanishi belgilangan (PQ-5252-son).

Joriy yil 1-yanvardan 4-fevralga qadar "Soliq hamkor" orqali yo‘llagan murojaatlari o‘z tasdig‘ini topgan fuqarolarga jami 17,5 mln so‘m mukofot tayinlangan bo‘lib, ayni paytda 15 nafar fuqaroga 9 mln so‘m mukofot to‘lab berildi.

Fuqarolar "Soliq hamkor" orqali:

👉сhek bermaslik;
👉bank plastik kartasi orqali to‘lovni qabul qilishni rad etish;
👉bank plastik kartasi orqali to‘lov amalga oshirilganda mahsulotni qimmat sotish;
👉noqonuniy tadbirkorlik faoliyati;
👉markirovkalanishi kerak bo‘lgan mahsulotni markirovkasiz (yoki qalbaki markirovka bilan) sotish va shu kabi soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berishi mumkin.

🔎Yo‘llangan murojaat soliq organlari tomonidan o‘rganilib, o‘z tasdig‘ini topgan taqdirda huquqbuzardan undirilgan jarima summasining 20 foizi mukofot sifatida murojaatchiga taqdim etiladi.

👉"Soliq hamkor" orqali xabar berish bo‘yicha videoqo‘llanma

Hurmatli iste‘molchilar, huquqbuzarlikka qarshi kurashib, yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga, halol tadbirkorlik va yurt rivojiga o‘z hissangizni qo‘shing.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#soliq_hamkor

Soliq hamkor” orqali murojaat qoldirgan fuqarolarning huquqlari buzilishiga yo‘l qo‘yilmaydi

Xabaringiz bor, joriy yil 1-yanvardan boshlab iqtisodiyotda xufiyona aylanmani qisqartirish, shuningdek, ushbu sohada taʼsirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishni taʼminlash maqsadida soliqqa oid huquqbuzarliklar haqida murojaat yuborgan fuqarolarga undirilgan jarimaning 20 foizini mukofot tariqasida berish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi va buning ilk natijalari eʼlon qilindi.

Afsuski, "Soliq hamkor" orqali kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqishda tuman davlat soliq inspeksiyalarining ayrim xodimlari tomonidan murojaatchilarning shaxsini aniqlashga urinishlar, murojaatchilar bilan bog‘langan holda arizani rad etish yoki uni qaytarib olishga undash holatlari uchramoqda.

Davlat soliq qo‘mitasi ushbu jarayonda bunday noqonuniy xatti-harakatlarga keskin kurash olib borib, yashirin iqtisodiyotga qo‘l urayotgan tadbirkorlar va mansab vakolatini suiisteʼmol qilayotgan soliq organlari xodimlariga nisbatan keskin choralarni qo‘llaydi.

Hurmatli yurtdoshlar, sizning huquqbuzarliklar haqidagi murojaatingizdan so‘ng, soliq organi xodimi tomonidan noqonuniy xatti-harakatlar, yaʼni maʼlumotlaringizni ochiqlash yoki murojaatni qaytarib olish talabi qo‘yiladigan bo‘lsa, Davlat soliq qo‘mitasining @dsq_anticorrupciya_bot telegram botiga xabar qilishingizni so‘raymiz!

Unutmang,
soliqqa oid turli huquqbuzarliklar haqida xabar berish orqali bozorda tadbirkorlar uchun teng raqobat sharoitini yaratilishiga, qolaversa insofli tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bilan birga, yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish hamda yurtimiz taraqqiyotiga o‘z hissangizni qo‘shgan bo‘lasiz.

P.S. Kuni kecha DSQ Raisi ayni masala yuzasidan videoselektor yig‘ilishini o‘tkazdi. Unda Toshkent shahrida kuzatilgan yuqoridagi holatlar keskin tanqid qilinib, xizmat vazifalarini bajarishda qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ygan Toshkent shahar DSB hamda Yakkasaroy va Yunusobod tumani DSIning 7 nafar rahbar xodimlariga nisbatan xayfsan intizomiy jazo choralari qo‘llanilib, maxsus unvonlari bir pog‘onaga pasaytirildi, shuningdek 5 nafar xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Keshbek
#Soliq_hamkor

Xarid chekini olgan iste'molchilar daromadga ega bo'ladi.

Batafsil
:👆"Andijon axboroti" informatsion dasturida.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#soliq_hamkor

Huquqbuzarliklar haqidagi har bir murojaat batafsil o‘rganiladi

Davlat soliq qo‘mitasi aholi murojaatlari asosida o‘tkazilayotgan soliq tekshiruvlari bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda bildirilayotgan ayrim munosabatlar yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi.

Soliq mobil ilovasi orqali yo‘llangan murojaatlar asosida nazorat tadbirlari o‘tkazilishidan avval, har bir murojaat batafsil o‘rganib chiqiladi.

Onlayn nazorat-kassa texnikalari orqali chop etilgan har bir chek soliq organlari maʼlumotlar bazasiga avtomatik kelib tushadi, murojaatchining xabari bevosita ushbu subyektga o‘rnatilgan onlayn nazorat-kassa texnikasi maʼlumotlari bilan solishtiriladi.

Bunda avtomatik rejimda ushbu obyektdagi nazorat-kassa texnikasidan chek chop etish davri, summasi, murojaatda ko‘rsatilgan tovar nomenklaturasi, yaʼni har bir detalga alohida eʼtibor qaratiladi.

Murojaatda keltirilgan huquqbuzarlik tasdiqlansa, ushbu huquqbuzarlik uchun qonunchilikda belgilangan miqdorlarda jarima belgilanadi. Jarima tadbirkorlik subyekti tomonidan 10 kunlik muddatda ixtiyoriy ravishda to‘langanda jarima miqdori ikki baravarga kamaytiriladi.

❗️Chek talab qilish faqatgina moddiy rag‘bat uchun, taqdim etish esa jarimadan xalos bo‘lish uchungina amalga oshirilmasligi lozim.

Bu jarayonlarda o‘z haq-huquqlarimiz va majburiyatlarimizni to‘la anglab yetgan holda, ularni o‘z vaqtida ado etishni odatga emas madaniyatga aylantirishimiz lozim.

👉Batafsil:

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_hamkor

Soliq huquqbuzarliklariga qarshi kurashgan iste'molchilar mukofotlanadi

Agar siz:
👉сhek bermaslik;
👉bank kartasi orqali to‘lovni qabul qilishni rad etish;
👉bank kartasi orqali to‘lov amalga oshirilganda mahsulotni qimmat sotish va shu kabi soliq huquqbuzarliklariga duch kelsangiz darhol Soliq mobil ilovasining Soliq hamkor bo‘limi orqali murojaat qoldiring.

🔎Yo‘llagan murojaatingiz soliq organlari tomonidan o‘rganilib, o‘z tasdig‘ini topgan taqdirda huquqbuzardan undirilgan jarimaning 20 foizi mukofot sifatida sizga taqdim etiladi.

❗️Hurmatli iste‘molchilar, huquqbuzarlikka qarshi kurashib, yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga, halol tadbirkorlik va yurt rivojiga o‘z hissangizni qo‘shing!

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#soliq_hamkor

Soliq hamkor: murojaatchilarga 2 mlrd so‘mdan ortiq mukofot to‘lab berildi

Joriy yil 1-yanvardan 19-martga qadar "Soliq hamkor" orqali 6017 nafar fuqaro tomonidan savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalarining buzilishi yuzasidan 22111 ta murojaat kelib tushdi.

Murojaatlarning 13670 tasida tekshiruvlar yakunlanib, 13411 tasida huquqbuzarliklar to‘liq tasdiqlandi hamda 3455 nafar fuqaroga 2 mlrd so‘mdan ortiq mukofot pullari to‘lab berildi.

Murojaatlarning 6773 tasi takroriy kelib tushganligi sababli rad etildi.

🔹645 ta murojaat bo‘yicha soliq tekshiruvlari, 1023 tasida o‘rganishlar o‘tkazilmoqda.

☝️Murojaat o‘z tasdig‘ini topganda huquqbuzarlardan jarima undirilgach, isteʼmolchilarga mukofot to‘lab beriladi.

👉Murojaat kelib tushganda tekshiruv o‘tkazish tartibi

👉Soliq huquqbuzarliklari haqida xabar bergan fuqarolarga 20% miqdorida mukofot to‘lanadi

👉Huquqbuzarliklar haqidagi har bir murojaat batafsil o‘rganiladi

👉Murojaatchilarning huquqlari buzilishiga yo‘l qo‘yilmaydi
______________________
#налоговый_партнер

Налоговый партнер: подавшим обращение выплатили вознаграждение в размере 2 млрд сумов

С 1 января по 19 марта этого года года через сервис "Налоговый партнер" поступило 22 111 обращений о нарушениях правил торговли и обслуживания от 6 017 граждан.

Завершены проверки по 13 670 жалобам. Нарушения полностью подтверждены в 13 411 случаях.
3455 гражданам выплачено вознаграждение в размере свыше 2 млрд сумов.

Было отклонено 6 773 повторных обращения.

☝️Вознаграждение выплачивается, если правонарушение подтверждено и с нарушителя взыскан штраф.

👉
Порядок проведения проверки при поступлении жалобы

👉Известившим налоговые органы о налоговых правонарушениях выплачивается вознаграждение в размере 20% от суммы взысканного штрафа

👉Подробно изучается каждое обращение о правонарушении

👉Не допускается нарушение прав граждан, подавших обращение

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#soliq_hamkor

Xarid cheki berilmaganligi bo‘yicha 10 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan

2023-yil yanvar oyida “Soliq” mobil ilovaning Soliq hamkortizimi orqali soliq huquqbuzarliklari haqida 10 989 ta murojaat kelib tushgan.
Shundan:
🔹10 204 tasi xarid cheki bermaslik;
🔹394 tasi toʻlovni plastik karta orqali qabul qilmaslik;
🔹15 tasi plastik karta uchun xarid summasini oshirish;
🔹376 tasi boshqa turdagi huquqbuzarlik holatlari boʻyicha.

👉Batafsil

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_hamkor

🔴"Soliq hamkor" tizimi orqali soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berganlik uchun mukofot puli qancha muddatda toʻlab beriladi?

✔️"Soliq" mobil ilovasining "Soliq hamkor" tizimi orqali soliq huquqbuzarliklari haqida xabar bergan fuqarolarga huquqbuzarlardan undirilgan jarima summasidan 20% miqdorida mukofot toʻlab beriladi.
👉PQ-5252-son 04.10.2021

✔️ Ragʻbatlantirish – jismoniy shaxs tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar haqiqatga mos boʻlsa va aybdor shaxsga nisbatan soliq organining yoki sudning javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi qarori qonuniy kuchga kirganda amalga oshiriladi.
👉VMQ-255-son 2-ilova 9-band 12.05.2022

📜 Sayyor soliq tekshiruvi natijalari boʻyicha qabul qilingan qaror soliq toʻlovchiga berilgan kundan eʼtiboran bir oy oʻtgach kuchga kiradi.
👉Soliq kodeksi 160-modda

💳Pul mukofoti murojaatchining nomidagi bank plastik kartasiga jarima toʻlangan kundan keyin 3 kundan kechiktirmasdan oʻtkazib beriladi.
👉VMQ-255-son 2-ilova 16-band 12.05.2022

Bunda, bank plastik kartasi faol holatda boʻlishi lozim, aks holda texnik jihatdan mukofot pulini oʻtkazish imkoniyati boʻlmaydi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_hamkor

Endilikda Soliq hamkor orqali noqonuniy alkogol va tamaki mahsulotlari savdosi yuzasidan murojaat yo‘llash mumkin

2023-yil 1-iyundan qalbaki aksiz markali yoki aksiz markasiz, markirovkalanmagan alkogol va tamaki mahsulotlarini sotish,
ruxsati boʻlmagan holda alkogol va tamaki mahsulotini sotish, sifatsiz spirt va alkogol mahsulotini sotish kabi qonun buzilishi holatlari haqida Soliq organiga murojaat yo‘llash tizimi ishga tushdi.

PQ‑110-son 04.04.2023

👉Soliq hamkor orqali kelib tushgan murojaatlar nazorat va boshqa tadbirlarni oʻtkazish uchun asos boʻladi

👉Murojaatlar 10 ish kunida majburiy tartibda koʻrib chiqilib, natijasi boʻyicha murojaat yoʻllagan shaxs xabardor qilinadi

👉Tasdigʻini topgan murojaatlar boʻyicha maʼmuriy huquqbuzarlik uchun jarimaning 20 foizi, jinoyatlar uchun esa BHMining 5 baravarigacha miqdorda ragʻbatlantiriladi.

📲 Shuningdek, Soliq hamkor orqali chek bermaslik, plastik kartaga savdo qilmaslik, mahsulotni plastik kartaga qimmat sotish va noqonuniy tadbirkorlik faoliyati yuzasidan murojaat yo‘llash mumkin.

🎞 Batafsil videolavhada

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM