Andijon viloyati soliq boshqarmasi
842 subscribers
4.21K photos
1.03K videos
72 files
3.61K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#bilasizmi #imtiyoz #soliq #kontrakt

🧑🏻‍🎓 Kollej, texnikum va oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olish uchun yo‘naltirilgan kontrakt to‘lovi daromad solig‘idan ozod etiladi

🔵 O‘zbekiston soliq kodeksining 378-moddasi 16-bandiga muvofiq professional (kasb-hunar maktablari, kollejlar, texnikumlar) va oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olish (👨‍👩‍👧‍👦 o‘zining, 26 yoshga to‘lmagan farzandlarining yoki erining (xotinining) ta’lim olishi) uchun to‘lov amalga oshirilganda, to‘lov qilingan qismi daromad solig‘idan ozod etiladi.

☝️Soliq organiga 👩🏻‍💻📄deklaratsiya topshirish orqali kontrakt to‘lovida soliq chegirmasidan foydalanish mumkin.

📄 👩🏻‍💻Ta’lim uchun to‘lov quyidagilar hisobidan amalga oshirilganda soliq chegirmasi taqdim etiladi:

👉 o‘z mablag‘lari;
👉 jismoniy shaxsga tijorat banklari tomonidan berilgan ta’lim kreditlari;
👉 yuridik shaxslar tomonidan jismoniy shaxslarga qaytarish sharti bilan berilgan mablag‘lari (ssudalar).
👉 to‘lov oylik ish haqidan emas, mustaqil amalga oshirilganda, soliq organiga jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyani topshirgan holda soliq chegirmasidan foydalanish mumkin (27.05.2010 yil Adliya Vazirligidan 2107-son bilan ro‘yxatga olingan Nizom).

❗️Bunda, soliq chegirmasi OTMda o‘qish uchun haqiqatda amalga oshirilgan xarajatlar summasiga, soliq davri uchun ko‘rsatilgan jismoniy shaxsning jami yillik daromadi miqdorida beriladi.

📄 👩🏻‍💻 Soliq chegirmasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlash uchun quyidagilar taqdim etiladi:

👉 talaba bilan oliy o‘quv yurti o‘rtasida to‘lovli-kontrakt asosida o‘qitish to‘g‘risida tuzilgan shartnoma nusxasi;
👉tijorat banki bilan ta’lim kreditini olish uchun tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi;
👉oliy o‘quv yurtlari hisob raqamiga pul mablag‘larini mustaqil to‘laganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi;
👉pasport nusxasi va ta’lim oluvchining tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi.

Aka-uka, opa-singil, amma-xola, amaki-tog‘a, vasiy va boshqalarning ta’limi uchun to‘lovlarda ushbu imtiyoz qo‘llanilmaydi❗️

👩‍💻Uydan chiqmagan holda soliq deklaratsiyalarini tez va oson topshiring.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|