Andijon viloyati soliq boshqarmasi
882 subscribers
4.98K photos
1.19K videos
83 files
4.18K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#rasmiy_munosabat

“Potrebitel.Uz” guruhida xaridlar uchun 1% keshbek tasdiqlanishiga oid savollar ko‘tarilmoqda.

Shu munosabat bilan, Soliq qo‘mitasi quyidagilarni eslatib o‘tadi.

Soliq mobil ilovasida cheklarni ro‘yxatdan o‘tkazgandan so‘ng, keshbek keyingi oyning 25-sanasidan keyin tasdiqlanadi.

2024-yil 1-yanvardan xarid summasidan 1% keshbek olishda oylik xarid summasiga chegaraviy miqdor (BHMning 60 baravarigacha) oʻrnatildi. Bu har oyda 22,5 mln so‘mgacha xarid summasidan keshbek 225 000 so‘mgacha tasdiqlanadi.

Agar siz tovar yoki xizmat sotib olgan tadbirkorlar soliq hisobotini taqdim etmagan bo‘lsa, yoki unda kamchiliklar mavjud bo‘lsa yoxud ularning soliq qarzdorligi to‘lanmagan bo‘lsa, keshbek faqat shu kamchiliklar bartaraf etilganidan keyin tasdiqlanadi.

Masalan, dekabr oyi uchun aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha hisobot (yillik hisobot), shuningdek, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq bo‘yicha hisobot 15-fevraldan kechiktirmay taqdim etilishi kerak. Shu bois, baʼzi hollarda keshbek hali "tasdiqlanish jarayonida" bo‘lishi mumkin.

Keshbek quyidagi hollarda hisoblanmaydi:

▫️agar chek berilganiga 10 kundan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa;
▫️O'zini o'zi band qilgan shaxslar xizmat ko‘rsatganda;
▫️avtomobil, havo va temir yo‘l chiptalarini sotib olishda, shuningdek, aloqa va kommunal xizmatlar to‘lov cheklari uchun;
▫️jismoniy shaxslar shubhali xaridorlar reestriga kiritilgan bo‘lsa.

Shubhali xaridorlar – keshbekka ega bo‘lish uchun boshqa fuqarolar tomonidan amalga oshirilgan xarid cheklarini egasining ruxsatisiz ro‘yxatdan o‘tkazgan shaxslar.

Agar xaridlar uchun to‘lov marketpleyslar yoki elektron to‘lov tashkilotlari orqali amalga oshirilsa va bu paytda foydalanuvchining telefon raqami Soliq mobil ilovasidagi raqam bilan mos kelsa, keshbek avtomatik tarzda hisoblanadi.

Onlayn taksi agregatorlari orqali, asosan, o‘zini o‘zi band qilganlar faoliyat yuritadi. Yuqorida taʼkidlanganidek, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar cheklari uchun keshbek hisoblanmaydi.

Tasdiqlangan keshbekni bank kartasiga o‘tkazish uchun Face IDdan o‘tish kerak.

Ilova muntazam ravishda takomillashtirilmoqda va uning yangi versiyalarini yangilab borish muhim.

Soliq mobil ilovasini faqat rasmiy platformalardan yuklab oling:

📱 Play Market
📱 App Store

Agar ilovaga oid savollar tug‘ilsa, Telegram-bot orqali murojaat qilish mumkin:

👉 https://t.iss.one/soliq_mobililova_murojaatlar_bot

Soliq mobil ilovasidagi "Xabar yuborish" bo‘limi va soliq.uz sayti orqali soliq organlari bilan qayta aloqa tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatining Asaka tumani soliq inspeksiyasi boshlig'i vazifasini bajaruvchisi inspeksiya xodimini haqorat qilganligi haqida xabar tarqaldi.

Mazkur holat nazoratga olinib, xizmat tekshiruvi tayinlangan, natijasi boʻyicha tegishli chora ko'rilishi ma'lum qilinadi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#Rasmiy_munosabat

Ayrim ijtimoiy tarmoqda Andijon viloyati Jalaquduq tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro 2024-yil uchun soliqlarni to‘lagan bo‘lsa-da, 2025-yilda yana soliqlar paydo bo‘lganligi va ushbu masalaga oydinlik kiritish haqida e'lon qilingan xabar yuzasidan quyidagilar ma'lum qilinadi.


✔️Jalaquduq tumani soliq inspeksiyasi mas'ul xodimlari murojaatchi bilan o‘tkazgan suhbat natijasida uning eski yillar uchun soliq qarzdorligi bartaraf bo‘lganligi, ayni paytdagi qarzdorlik 2025-yil uchun hisoblangan yer va mol-mulk solig‘i ekanligi tushuntirib o‘tildi.

🔻Eslatma! Hurmatli viloyatimiz soliq to‘lovchilari. Agar sizda ham soliq sohasi bo‘yicha savol, murojaat yoki biror e’tiroz paydo bo‘lsa, soliq boshqarmasi
matbuot xizmatiga murojaat yo'llashingiz so'raladi. Murojaatingiz mutaxassislar tomonidan atroflicha o'rganilib, ijrosi nazoratga olinadi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|X|
#Rasmiy_munosabat

Andijon viloyati soliq boshqarmasi ijtimoiy tarmoqda e’lon qilingan xabar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:

Murojaatda fuqaro farzandining ta'lim olishi uchun yo‘naltirgan mablag‘i bo'yicha 12 % daromad solig‘ini qaytarib olishi Jalaquduq tumani soliq inspeksiyasi tomonidan kechiktirilayotganligini bildirgan.

Murojaatchi joriy yil 16-yanvar kuni "Soliq servis" DUK (davlat unitar korxonasi bo'lib, soliq inspeksiyasi tasarrufiga kirmaydi)ning pulli xizmatlaridan foydalangan holda deklaratsiya yuborgan. Unda ilova fayllari to'liq taqdim etilmaganligi sababli ariza rad etilgan. Ushbu kamchiliklar bartaraf etilib, qayta deklaratsiya taqdim etilgan hamda ariza qabul qilinib, tuman g'aznachilik bo'limiga yuborilgan.

📌Eslatib o'tamiz, "Kontrakt" to'loviga yo'naltirilgan 12 % daromad solig'i va shu kabi boshqa xizmatlardan "Soliq" mobil ilovasi orqali mustaqil ravishda, bepul foydalanishingiz mumkin.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|X|
#Rasmiy_munosabat

🏷 Andijon viloyati soliq boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.

✔️Murojaatda aytilishicha, xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari soliq hisobotlarini o‘z vaqtida soliq xizmati organlariga taqdim etmaganligi sababli, unga nisbatan ushbu soliqqa oid huquqbuzarlik uchun ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risida avtomatik ravishda elektron qarorlar shakllanib, jarimalar qo‘llanilgan.


🔘 Subyekt rahbari tomonidan qarorlar yuzasidan sudga shikoyat qilinishi bo‘yicha o‘tkazib yuborilgan muddatni uzrli deb topib, shikoyat qilish muddatini tiklash bo‘yicha soliq organiga murojaat yo‘llagan. 

O‘rganishlar natijasida ma’lum bo‘ldiki, jamiyat rahbariga nisbatan soliq hisobotlarini o‘z vaqtida taqdim etmaslik va soliqlarni to‘lash uchun xizmat ko‘rsatuvchi bankka to‘lov topshiriqnomasini o‘z vaqtida taqdim etmaganlik uchun ma’muriy javobgarlik qo‘llanilgan.

📍Qonunchilikka asosan, ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risida qarorlarni kam ahamiyatliligi sababli bekor qilish yoki jarima summasini  yengilrog‘iga almashtirish Jinoyat ishlari bo‘yicha sud organlari vakolatiga o‘tkazilgan. Shunga ko‘ra, ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi qaror yuzasidan o‘tkazib yuborilgan muddatni uzrli deb topib, shikoyat arizasini ish yurituviga qabul qilish masalasi yuzasidan ham Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarga murojaat etish lozimligi murojaatchiga tushuntirib o‘tilgan.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|X|
#Rasmiy_munosabat

🏷 Andijon viloyati soliq boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan xabar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.

🔻Murojaatchi soliq inspeksiyasining yordamchi texnik xodimi fuqarolardan soliq to‘lovlarini qabul qilayotganligi, bunday vakolat ularga berilmaganligini bildirib o‘tgan.


☑️ Bugungi kunda mahallalarga biriktirilgan har bir soliq inspektorida aqlli soliq yig‘ish qurilmasi ("SAYT" terminali) mavjud bo‘lib, soliq to‘lovchilarning pullari shu apparat orqali qabul qilinadi hamda to‘lov o‘sha zahotiyoq bazada shakllanadi.

🔘 Murojaatda keltirilgan holat o‘rganilganda soliq inspektorlari o‘zlariga biriktirilgan hududda bo‘lgan vaqtda ma’muriy binoga kelgan soliq to‘lovchilarni ishlab chiqarish va yordamchi xodimlar tarkibida xizmat qiluvchi soliq bo‘yicha inspektor N.K.Qobilov qabul qilgan. Inspektor fuqarolar tomonidan to‘langan mablag‘larni "SAYT" terminali orqali budjetga yo‘naltirgan.

🔹Ma’lumki, "SAYT" terminali plastik karta orqali to‘lovlarni amalga oshirishga mo‘ljallangan. Shu bois naqd pul orqali to‘lov qilmoqchi bo‘lgan fuqarolarning to‘lovlarini qabul qilish uchun inspektorning karta raqamiga depozitga olingan mablag‘lar tushirib berilgan. Ya’ni, inspektor naqd pulni qabul qilib oladi hamda plastik karta orqali uni budjetga yo‘naltiradi. Buning uchun soliq to‘lovchilardan hech qanday ortiqcha mablag‘ undirilmaydi.

📌 Shuni eslatib o‘tish lozimki, soliq to‘lovlarini uydan chiqmasdan yoki soliq idoralariga bormasdan, “Soliq” mobil ilovasi orqali ham amalga oshirishingiz mumkin.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|X|
#Rasmiy_munosabat

🏷 Andijon viloyati soliq boshqarmasi Asaka tuman soliq inspeksiyasi rahbariga nisbatan tayinlangan xizmat tekshiruvi bo'yicha quyidagilarni ma'lum qiladi.

Tekshiruv natijalariga ko'ra, inspeksiya rahbarining qo'l ostidagi xodimga nisbatan qilgan qo'pol muomalasi atroflicha o'rganilib, qonuniy tartibda chora ko'rildi.

🔻To'plangan hujjatlar va ma'lumotlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|X|
#Rasmiy_munosabat

Andijon viloyati soliq boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabar yuzasidan quyidagilarni ma'lum qiladi:

Xabarda ta'kidlanishicha, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirib kelayotganlar bozor hududidan tashqarida faoliyat yuritib kelayotgan savdogarlar ularning faoliyatiga salbiy ta'sir ko'rsatayotgani, qolaversa, bozor hududida faoliyat yuritishda muammolarga duch kelayotganliklari ta'kidlab o'tilgan.


Murojaat yuzasidan Paxtaobod tuman soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan o'rganish o'tkazildi. Natijada dehqon bozori atrofi va yo'l chetlarida savdo qilayotgan tadbirkorlar bilan profilaktik suhbatlar o'tkazildi. Ularga o'z faoliyatlarini belgilangan hududda amalga oshirish yuzasidan rasmiy ogohlantirish xatlari berildi.

Agar belgilangan muddatlarda savdo rastalarida faoliyatni amalga oshirmagan tadbirkorlarga nisbatan qat'iy choralar ko'rilishi aytib o'tildi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|X|
#Rasmiy_munosabat

Andijon viloyati soliq boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabar yuzasidan quyidagilarni ma'lum qiladi.

Murojaatda "kontrakt" to'lovidan daromad solig'ini qaytarish uchun ariza topshirish evaziga to'lov olingani, 8 kundirki, arizasiga javob kelmagani qayd etilgan.


O'rganishlar natijasida ma'lum bo'ldiki, arizani ko'rib chiqish muddati 15 kun bo'lib, mana shu davr ichida murojaatchiga xabar yuboriladi. Qolaversa, ushbu ariza ilova fayllari to'liq taqdim etilmaganligi, pul mablag'lari imtiyoz oluvchi tomonidan to'lanmaganligi sababli rad etilgan.

Bundan tashqari, ko'pchilik arizani "Soliq servis" DUK (davlat unitar korxonasi bo'lib, soliq inspeksiyasi tasarrufiga kirmaydi)ning pulli xizmatlaridan foydalangan holda yubormoqda.

📌Eslatib o'tamiz, "Kontrakt" to'loviga yo'naltirilgan 12 % daromad solig'i va shu kabi boshqa xizmatlardan "Soliq" mobil ilovasi orqali mustaqil ravishda, bepul foydalanishingiz mumkin.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|X|
#Rasmiy_munosabat

Andijon viloyati soliq boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabar yuzasidan quyidagilarni ma'lum qiladi:

Xabarda ta'kidlanishicha, Shahrixon tumanida joylashgan dorixonalarning birida iste'molchilar huquqlari buzilayotganligi hamda chek bermaslik holatlari kuzatilgan.


Ushbu murojaatga ko'ra, tumanda joylashgan "Asmedical" dorixonasida sayyor soliq tekshiruvi o'tkazildi.

Ma'lum bo'lishicha, tekshiruv davomida dorixona faoliyatida onlayn nazorat kassa mashinalaridan foydalanmayotganligi hamda majburiy markirovkalash qoidalari buzilganligi aniqlandi.

Natijada belgilangan tartibda moliyaviy jarimalar qo'llanildi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|X|