#soliq_bilimdonlari
Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi hamda Shahrixon tumani 3-umumta’lim maktabi hamkoriligida “Soliq bilim - bolalarga” shiori ostida 3 ta yo’nalish bo’yicha jumladan,
🔘 Soliqlar nimalarga to’lanadi va nimalarga sarflanadi?;
🔘 Soliq kodeksi haqida nimalarni bilasiz?;
🔘 Tadbirkorlarni soliqqa tortish
yo’nalishlari bo’yicha insholar tanlovi o’tkazildi.
Bundan tashqari maktabda “Yosh tadbirkorlar” jamoasi o’rtasida “Zakovat” intelektual o’yini tashkil etildi. O’yin qiziqarli, baxs-munozaraga boy tarzda davom etdi hamda “Yosh tadbirkorlar” jamoasi g’oliblikni qo’lga kiritdi.
Tanlovda g’olib bo’lgan o’quvchilar viloyat davlat soliq boshqarmasi faxriy yorlig’i hamda qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandilar.
Tanlovni o’tkazishdan asosiy maqsad, yosh avlodni tarbiyalash va ularni mustaqil hayotga tayyorlash borasida iqtisodiy savodxonligini oshirishdan iborat.
Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi Matbuot xizmati
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|