Andijon viloyati soliq boshqarmasi
852 subscribers
4.2K photos
1.02K videos
67 files
3.59K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#imtiyoz #JShODS

Kontrakt to‘lovidan 12% daromad solig‘ini qaytarib olishda nimalarga e'tibor berish kerak?


Kontrakt toʻlovidan 12 % daromad soligʻini qaytarib olish uchun birinchi navbatda imtiyozdan foydalanuvchi “my3.soliq.uz” saytidan jami yillik daromadlar to‘g‘risida deklaratsiya yuborish kerak.

Deklaratsiya yuborilganda, uning shaxsiy kartochkasida ortiqcha toʻlov shakllanadi va shundan soʻng ushbu ortiqcha toʻlovni qaytarish toʻgʻrisida bank plastik kartasi rekvizitlarini koʻrsatgan holda ariza taqdim etishi lozim.

Ariza 5 kun muddatda koʻrib chiqiladi. Taqdim etilgan hujjatlarda kamchiliklar boʻlmasa ortiqcha toʻlov summasi ariza topshirilgan kundan etiboran 15 kun ichida qaytarib beriladi.

Ma'lumot uchun: professional va oliy ta‘lim tashkilotlariga jismoniy shaxslar o‘zi va farzandlarining, shuningdek 26 yoshga to‘lmagan turmush o‘rtog‘ining ta‘lim olishi uchun yo‘naltirgan ish haqi va boshqa daromadlari soliqqa tortilmaydi.

Mazkur imtiyoz o‘qish uchun tijorat banklari tomonidan ajratilgan ta’lim kreditlarini (foizlari bilan) qoplashga nisbatan ham qo‘llaniladi.

👉Soliq kodeksi 378-modda


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#JShODS #barqarorlik_reytingi

Eksportchi tadbirkorlar bilan boʻlib oʻtayotgan uchrashuvda Soliq qoʻmitasi Raisi Sherzod Kudbiyev barqarorlik reytingida ish haqi hisoblashga oid mezon boʻyicha ball hisoblanishi yuzasidan berilgan savolga javob berdi.

Ushbu mezon roʻyxatdan oʻtgan joy boʻyicha oʻrtacha oylik ish haqini inobatga olishini bunda inson omili ishtirok etmasligini taʼkidladi.

Shuningdek, xodimlarga ish haqi hisoblashda ayrim qurilish korxonalarida 50 mingtagacha ish o‘rni qo‘shib yozilganini qayd etdi.

Iyun oyi uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha qayta hisobotlar moderatsiyadan o‘tkazilishi ma’lum qildi.

Xodimlar sonining noto‘g‘ri ko‘rsatilishi barqarorlik reytingi, shaffof qurilish tizimlari va QQS salbiy farq summasini qaytarishga salbiy ta'sir qilishini tushuntirdi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#JSHODS #soliq_hisoboti

Daromad va ijtimoiy soliq
hisobotini toʻldirish tartiblari o‘zgarmagan

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi va ijtimoiy soliq hisob-kitobini
toʻldirish va joʻnatishda xatolik chiqayotganligi soliq to‘lovchi (agent)lar tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda.

Soliq hisob-kitobini
toʻldirish va yuborishda xatoliklar kelib chiqmasligini oldini olish maqsadida quyidagilarga amal qilish tavsiya etiladi.

Ushbu soliq hisobotini toʻldirish tartibi soliq.uz saytida joylashtirilgan qoʻllanmada batafsil (misollar bilan) ko‘rsatib berilgan.

Xususan;
▪️Hisob-kitob yuridik shaxslar tomonidan yil boshidan oʻsib boruvchi yakun bilan soʻmda toʻldirilishi;
▪️Har bir jismoniy shaxs kesimida hisoblangan mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi toʻgʻrisida maʼlumotida (4-ilova) 11-12-ustunlarda xodimlarga hisoblangan ish haqi tarzidagi daromadlar toʻliq koʻrsatilishi;
▫️11-ustunning jami summasi hisob-kitobning 011-satridagi, 12-ustunning jami summasi hisob-kitobning 0110-satridagi summaga teng boʻlishi shartligi;
▫️13-14-ustunlarda hisoblangan daromad soligʻi summasi SHJBPHga majburiy hisoblangan badallar summasini oʻz ichiga olgan holda aks ettirilishi va boshqa talablar keltirilgan.

❗️Yuqoridagilarga asosan, mazkur soliq hisobotini toʻldirishda qoʻllanmadan foydalaning va mavzuga oid yangiliklarni soliq organlarining rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida kuzatib boring.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#JShODS #YTT

2024-yil 15-avgust - avgust oyi uchun yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan qat'iy belgilangan miqdordagi daromad solig‘i to‘lashning oxirgi kuni.

👉 O‘zbekistonda 291,3 ming nafar yakka tartibdagi tadbirkor faoliyat yuritmoqda
____________
#НДФЛ #индивидуальный_предприниматель

15 августа 2024 года - последний день уплаты индивидуальными предпринимателями налога на доходы в фиксированном размере за август.

👉 В Узбекистане осуществляют деятельность 291,3 тысяч индивидуальных предпринимателей

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#JShODS #YTT

2024-yil 16-sentabr - sentabr oyi uchun yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan qat'iy belgilangan miqdordagi daromad solig‘i to‘lashning oxirgi kuni.

👉 O‘zbekistonda 294,4 ming nafar yakka tartibdagi tadbirkor faoliyat yuritmoqda
____________
#НДФЛ #индивидуальный_предприниматель

16 сентября 2024 года - последний день уплаты индивидуальными предпринимателями налога на доходы в фиксированном размере за сентябрь.

👉 В Узбекистане осуществляют деятельность 294,4 тысяч индивидуальных предпринимателей

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#JShODS
#YTT

2024-yil 15-oktabr - oktabr oyi uchun yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan qat'iy belgilangan miqdordagi daromad solig‘i to‘lashning oxirgi kuni.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|X|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yashirin_iqtisodiyot #JShODS

Biron tashkilot yoki korxonaga ishga kirganingizda
🤝 Siz bilan qonuniy mehnat shartnomasi tuzmasdan,
📨 ish haqingizni konvert usulida berishyaptimi?

"Menga oyligimni bersa boʻldi, nima farqi bor" deb oʻylaysizmi?

⚠️Shoshilmang, xato qilib qoʻymang!

Bu nafaqat soliqlarni toʻlamaslik, balki Sizga belgilangan ish staji yozilmasligi va boshqa bir qator ijtimoiy xizmatlardan foydalana olmasligingizga sabab boʻlishi mumkin.

✔️ Eslatma! Soliq mobil ilovasida ish joyi, oylik ish haqi to‘g‘risidagi ma'lumotlarni ko‘rishingiz mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
#JSHODS

"Maryam soliqlar haqida bilib oladi" audiokitobining yangi qismini tinglang!

Uchinchi qismda Maryam jismoniy shaxslarning daromad solig‘i bilan tanishadi 💼💰

Bu soliq ish haqi va boshqa daromadlardan ushlab qolinadi.

Maryam nima uchun biz bu soliqni to‘lashimiz, yig‘ilgan mablag‘lar qayerga ketishi va ular maktablar, kasalxonalar va boshqa muhim ijtimoiy sohalarni moliyalashtirishga qanday yordam berishi haqida bilib oladi.

Audiokitobni butun oila bilan tinglang va farzandlaringizga har bir kishi o‘z hissasini qo‘shsa, bu atrofimizdagi hayotni yaxshilashga yordam berishini tushuntiring.

🎧1-qism mol-mulk va yer solig'i haqida
🎧
2-qism QQS haqida

Kitob muallifi: Irodaxon Abbosxonova, Soliq qo‘mitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zosi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#JShODS #YTT

2024-yil 16-dekabr
- dekabr oyi uchun yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan qat'iy belgilangan miqdordagi daromad solig‘i to‘lashning oxirgi kuni.

👉 O‘zbekistonda 293 ming nafar yakka tartibdagi tadbirkor faoliyat yuritmoqda

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|X|