Andijon viloyati soliq boshqarmasi
852 subscribers
4.2K photos
1.02K videos
68 files
3.59K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdori
oshiriladi

2024-yil 1-sentabrdan pensiyalar va nafaqalar miqdori 15 %ga oshirilib, quyidagi miqdorlarda baelgilanadi:
▫️pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 428 000 so‘m;
▫️yoshga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 834 000 so‘m;
▫️nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori – oyiga 920 000 so‘m.

2024-yil 1-oktabrdan:

🔹budjet tashkilotlarida ishlovchi tibbiyot xodimlari, shuningdek, maktabgacha, umumtaʼlim, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari va tashkilotlari, “Muruvvat” internat uylari, “Mehribonlik” va Bolalar uylari, bolalar sanatoriyalarida ishlovchi pedagog xodimlarning ish haqi miqdori – 15 %ga;

🔹budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori – 10 foizga oshiriladi;

🔹MHTEKM - mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 1 155 000 so‘m;

🔹BHM - bazaviy hisoblash miqdori – 375 000 so‘m etib belgilanadi.
__________
#новое_в_законодательстве

Заработные платы, пенсии и пособия повышаются

С 1 сентября 2024 года размеры пенсий и пособий на 15% и устанавливаются в следующих размерах:
▫️базовая величина исчисления пенсии – 428 000 сумов в месяц;
▫️минимальный размер пенсии по возрасту – 834 000 сумов в месяц;
▫️минимальный размер пенсии по инвалидности – 920 000 сумов в месяц.

С 1 октября 2024 года:

🔹размер заработной платы медицинских работников, работающих в бюджетных организациях, а также педагогических работников, работающих в дошкольных, общеобразовательных, средних специальных, профессиональных и внешкольных образовательных учреждениях и организациях, домах-интернатах «Мурувват», Детских домов и домов «Мехрибонлик», детских санаториях, повышается на 15%;

🔹размер заработной платы работников бюджетных организаций повышается на 10%;

🔹МРОТ - минимальный размер оплаты труда – 1 155 000 сумов в месяц;

🔹БРВ - базовая расчетная величина – 375 000 сумов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga beriladigan xayriya pulining soliq solinmaydigan miqdori oshiriladi


Prezident fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan Farmonni imzoladi.

Farmon bilan ijtimoiy ahamiyatga molik faoliyatni ommalashtirish maqsadida fuqarolik jamiyati institutlariga quyidagi imtiyozlar berilmoqda:

🔹davlat grantlari va ijtimoiy buyurtma loyihalari doirasida daromad soligʻi va ijtimoiy soliq stavkalari 3 yil muddatga 50 %ga kamaytiriladi;

🔹ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar uchun homiylik tashkilotlari tomonidan beriladigan BHMning 100 baravari (34 mln so‘m)gacha bo‘lgan xayriya mablag‘lariga soliq solinmaydi. Shu vaqtgacha bu miqdor 15 mln so‘mdan oshmasligi lozim edi.
___________
#новое_в_законодательстве

Увеличивается не облагаемая налогом сумма благотворительных средств социально уязвимым лицам

Президент Узбекистана подписал Указ, направленный на совершенствование системы государственной поддержки институтов гражданского общества.

В целях популяризации социально значимых проектов институтам гражданского общества предоставляются следующие льготы:

🔹в рамках проектов государственных грантов и социальных заказов ставки налога на доходы и социального налога снижены на 50 процентов сроком на 3 года;

🔹не облагаются налогом благотворительные средства в размере до 100 БРВ (34 млн сумов) спонсорских организаций для лиц, нуждающихся в социальной защите. До этого времени сумма не должна была превышать 15 млн сумов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Shahar va shaharchalar chegaralarida joylashgan qishloq xoʻjaligi yerlari uchun 2 baravar yer soligʻi hisoblash bekor qilinadi


“Qishloq xoʻjaligi korxonalarini qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori qabul qilindi.
👉 PQ-304-son, 28.08.2024-y.

Qarorga muvofiq,

▫️shaharlar va shaharchalarning maʼmuriy chegaralarida joylashgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari uchun yer soligʻini 2 baravar miqdorida hisoblash tartibi bekor qilinadi;

▫️ushbu huddularda joylashgan qishloq xoʻjaligi yerlariga amaldagi qonunchilikka asosan, yer soligʻi 1 karra hisoblanadi.

📌Mazkur tartib Soliq kodeksiga tegishli oʻzgartirish kiritilgandan soʻng amaliyotga joriy etiladi.
👉 Soliq kodeksi 2- va 75- moddalar
___________
#новое_в_законодательстве

Отменяется расчет земельного налога в двукратном размере за расположенные в границах городов и поселков земли сельскохозяйственного назначения

Принято Постановление Президента "О дополнительных мерах по поддержке сельскохозяйственных предприятий".
👉№ПП-304 от 28.08.2024

Согласно Постановлению:

▫️отменен порядок исчисления в двукратном размере земельного налога по земельным участкам сельскохозяйственного назначения, расположенным в административных границах городов и поселков;

▫️в соответствии с действующим законодательством по этим сельскохозяйственным землям земельный налог будет исчисляться в однократном размере.

📌Данный порядок будет внедрен в практику после внесения соответствующих изменений в Налоговый кодекс.
👉ст.2 и ст.75 НК

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

2024-yil 1-sentabrdan...


👉Yovvoyi hayvonlarni ko‘paytirish joylarini, kichik safari parklar, ov turizmini tashkil qilgan ovchilik xo‘jaliklari 3 yil davomida yuridik shaxslar
▫️mol-mulk va yer soliqlarini belgilangan stavkaga nisbatan 50 %ga kamaytirilgan stavkada,
▫️AOSni 1 % stavkada
to‘laydi.

👉2027-yil 1-sentabrga qadar:

▫️“Hunarmand” uyushmasi a’zolari uchun belgilangan soliq imtiyozlari “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasiga a’zo bo‘lgan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarga ham tatbiq etiladi;

▫️“O‘zbekzargarsanoati” uyushmasiga a’zo bo‘lgan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarining ishlab chiqarishda foydalaniladigan ko‘chmas mulk obyektlari hamda yer uchastkalari mol-mulk solig‘i va yer solig‘idan ozod etiladi.

👉Tadbirkorlik subyektlari tomonidan markirovkalanadigan mahsulotlarni 2D-skanerdan foydalanmasdan sotish holatlari aniqlanganda, ular shaxsiy kabineti orqali bu haqda ogohlantiriladi.

▫️2-marta ana shunday ogohlantirishdan soʻng markirovkalash qoidalarini buzish holati 1 oy ichida qayta takrorlansa, tadbirkorlik subyektlariga nisbatan soliq tekshiruvi tayinlanadi. Bunda huquqbuzarlik sodir etilgan chorakdagi faoliyat qamrab olinadi.

▫️Soliq tekshiruvi yakunlangandan keyin markirovka qoidalarini buzish 1 oy ichida qayta takrorlansa tadbirkorlik subyektlari xabardor qilinmasdan soliq tekshiruvi tayinlanadi. Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bu haqda tekshirish kunida xabardor qilinadi.

👉Isteʼmol va texnik etil spirti xarid qilgan ishlab chiqaruvchilar tomonidan respublika tovar-xomashyo birjasining axborot tizimiga xarid qilish jarayonida joylashtirilgan isteʼmol va texnik etil spirtidan foydalanish maqsadlaridan boshqa maqsadda foydalanilganligi aniqlanganda, oxirgi 12 oyda birja savdolarida xarid qilingan isteʼmol va texnik etil spirti hajmiga hisoblanadigan aksiz soligʻi summasining 2,5 baravari miqdorida soliq organlari tomonidan moliyaviy jarima qoʻllaniladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

2024-yil 1-sentabrdan...


👉Yovvoyi hayvonlarni ko‘paytirish joylarini, kichik safari parklar, ov turizmini tashkil qilgan ovchilik xo‘jaliklari 3 yil davomida yuridik shaxslar
▫️mol-mulk va yer soliqlarini belgilangan stavkaga nisbatan 50 %ga kamaytirilgan stavkada,
▫️AOSni 1 % stavkada
to‘laydi.

👉2027-yil 1-sentabrga qadar:

▫️“Hunarmand” uyushmasi a’zolari uchun belgilangan soliq imtiyozlari “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasiga a’zo bo‘lgan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarga ham tatbiq etiladi;

▫️“O‘zbekzargarsanoati” uyushmasiga a’zo bo‘lgan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarining ishlab chiqarishda foydalaniladigan ko‘chmas mulk obyektlari hamda yer uchastkalari mol-mulk solig‘i va yer solig‘idan ozod etiladi.

👉Tadbirkorlik subyektlari tomonidan markirovkalanadigan mahsulotlarni 2D-skanerdan foydalanmasdan sotish holatlari aniqlanganda, ular shaxsiy kabineti orqali bu haqda ogohlantiriladi.

▫️2-marta ana shunday ogohlantirishdan soʻng markirovkalash qoidalarini buzish holati 1 oy ichida qayta takrorlansa, tadbirkorlik subyektlariga nisbatan soliq tekshiruvi tayinlanadi. Bunda huquqbuzarlik sodir etilgan chorakdagi faoliyat qamrab olinadi.

▫️Soliq tekshiruvi yakunlangandan keyin markirovka qoidalarini buzish 1 oy ichida qayta takrorlansa tadbirkorlik subyektlari xabardor qilinmasdan soliq tekshiruvi tayinlanadi. Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bu haqda tekshirish kunida xabardor qilinadi.

👉Isteʼmol va texnik etil spirti xarid qilgan ishlab chiqaruvchilar tomonidan respublika tovar-xomashyo birjasining axborot tizimiga xarid qilish jarayonida joylashtirilgan isteʼmol va texnik etil spirtidan foydalanish maqsadlaridan boshqa maqsadda foydalanilganligi aniqlanganda, oxirgi 12 oyda birja savdolarida xarid qilingan isteʼmol va texnik etil spirti hajmiga hisoblanadigan aksiz soligʻi summasining 2,5 baravari miqdorida soliq organlari tomonidan moliyaviy jarima qoʻllaniladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Ayrim soliq imtiyozlari bekor qilinmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining soliq va bojxona imtiyozlarini berishni nazarda tutuvchi ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.
👉PF-140-son, 18.09.2024-yil

Unga koʻra, 2025-yil 1-yanvardan boshlab:

🔁 yil davomida berilgan soliq imtiyozlari keyingi yildan kuchga kiradi;
Bugungi kunda soliq toʻlovchilar soliqlar boʻyicha imtiyozlardan tegishli huquqiy asoslar yuzaga kelgan paytdan eʻtiboran ularning butun amal qilish davri mobaynida foydalanish huquqiga ega.
👉Soliq kodeksining 75-moddasi

QQS boʻyicha imtiyozlar bekor qilinadi:
▫️ yoʻlovchilarni yagona tariflar boʻyicha tashish xizmatlarini koʻrsatish aylanmasi uchun;
▫️nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari yagona ishtirokchisi hisoblangan yuridik shaxslar tomonidan realizatsiya qilinadigan tovarlar va xizmatlar uchun;

yangi barpo etilayotgan bogʻlar, tokzorlar va tutzorlar egallagan yerlar uchun yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi boʻyicha imtiyozlar bekor qilinadi. Shu bilan birga, mazkur yer uchastkalariga soliq stavkasi 50 foizga kamaytiriladi;

2018-yil 29-noyabrdagi PF-5587-son Farmon oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilib, eksportchilar va reeksportchilar uchun foyda soligʻi va aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha berilgan imtiyozlar bekor qilindi.

“Hyatt” kompaniyalar guruhi uchun foyda soligʻi boʻyicha imtiyozlar ham bekor qilindi.

2029-yil 1-yanvarga qadar yuridik va jismoniy shaxslarning kripto-aktivlar aylanmasi bilan bogʻliq operatsiyalari, jumladan, norezidentlar tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalar soliq solinadigan obyekt hisoblanmaydi, mazkur operatsiyalar yuzasidan olingan daromadlar esa soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha soliq solinadigan bazaga kiritilmaydi. Ilgari ushbu normaning amal qilish muddati koʻrsatilmagan edi.

Shuningdek, xalqaro moliya institutlari va xorijiy davlat moliya tashkilotlaridan jalb qilingan va jalb qilinadigan davlat tashqi qarzi hisobidan toʻliq yoki qisman amalga oshirilayotgan hamda QQS boʻyicha imtiyozlar qoʻllaniladigan infratuzilma loyihalari roʻyxatiga aniqlashtiruvchi oʻzgarishlar kiritildi.
Xususan, bunday loyihalarga elektr energiyasi, gaz va issiqlik taʻminoti, suv taʻminoti va kanalizatsiya, suv xoʻjaligi, yoʻl-transport infratuzilmasi, aloqa va telekommunikatsiyalar, agrotexnika, sanitariya-tozalash, qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish kabi loyihalar kirishi belgilandi.
Maʻlumot uchun. Bugungi kunga qadar qonun hujjatlarida yuqorida koʻrsatilgan imtiyozlar qoʻllaniladigan infratuzilma loyihalarining aniq roʻyxati belgilanmagan.
👉 Soliq kodeksi 45-qism 483-modda

Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi Qonun loyihasini ishlab chiqish nazarda tutilgan boʻlib, ushbu qonun qabul qilinganidan keyin yuqoridagi normalar qoʻllaniladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Kam taʻminlangan oila а'zosi bo‘lgan xodimlar uchun ijtimoiy soliq stavkasi 1% ni tashkil etadi


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti “Kambagʻallikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish toʻgʻrisida”gi Farmonni imzoladi.
👉23.09.2024-yildagi PF-143-son

Hujjatga koʻra, 2024-yil 1-dekabrdan boshlab Kambag‘al oilalar reestri shakllantiriladi.

2025-yil 1-yanvardan boshlab ushbu reestrga kiritilgan oilalar aʻzosi MHTEKM (mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori)ning* 1,5 baravaridan kam boʻlmagan oylik ish haqi toʻlangan holda ishga joylashsa, unga ijtimoiy soliq uch yil davomida 1 foiz stavkada toʻlanadi. Hozirgi soliq stavkasi 12% ni tashkil qiladi.

*Maʻlumot uchun. Joriy yilning 1-oktabridan boshlab:
MHTEKMning 1 baravari = 1 155 000 soʻm;
MHTEKMning 1,5 baravari = 1 732 500 soʻm.


📌Mazkur tartib Soliq kodeksiga tegishli oʻzgartirish kiritilgandan soʻng amaliyotga joriy etiladi.
👉 Soliq kodeksi 2- va 75- moddalar
_________
#новое_в_законодательстве

Для трудоустроенных граждан из малоимущих семей ставка соцналога составит 1%

Президент Узбекистана подписал Указ "О выведении на новый этап мер по сокращению бедности и повышению благосостояния населения".
👉№УП-143 от 23.09.2024 г.

Согласно документу, с 1 декабря 2024 года будет формироваться Реестр бедных семей.

С 1 января 2025 года если член семьи, включенной в данный реестр, устроился на работу с ежемесячной заработной платой в размере не менее 1,5 МРОТ (минимальный размер оплаты труда)*, то социальный налог за него уплачивается по ставке 1% в течение 3-х лет. Действующая ставка составляет 12%.

*Для информации. С 1 октября этого года:
1 МРОТ = 1 155 000 сумов;
1,5 МРОТ = 1 732 500 сумов.


📌Данный порядок будет внедрен в практику после внесения соответствующих изменений в Налоговый кодекс.
👉ст.2 и ст.75 НК

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

2024-yil 1-oktabrdan...

👉2028-yil 1-yanvarga qadar turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlarga QQSning 20 %ini qaytarish tizimi joriy etiladi.

👉2027-yil 1-oktabrga qadar Fond mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan davlat grantlari va davlat ijtimoiy buyurtmalari loyihalari doirasida to‘lanadigan quyidagi soliq turlari bo‘yicha belgilangan soliq stavkalari 50 foizga kamaytiriladi:

▫️loyihaga mehnat va fuqarolik-huquqiy shartnomalari asosida jalb qilingan mutaxassislarning mehnatga haq to‘lash tarzida olgan daromadlaridan to‘lanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;

▫️nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan mehnatga haq to‘lashga doir xarajatlari bo‘yicha to‘lanadigan ijtimoiy soliq.
______
#nızamshılıqtaǵı_jańalıqlar

2024-jıl 1-oktyabrdan...

👉2028-jıl 1-yanvarǵa shekem turoperatorlıq hám miymanxana xızmetlerin kórsetiwshi isbilermenlerge QQSnıń 20 % in qaytarıw sisteması engiziledi.

👉2027-jıl 1-oktyabrge shekem Fond qarjıları esabınan ámelge asırilatuǵın mámleketlik grantları hám mámleketlik sociallıq buyırtpaları joybarları sheńberinde tólenetuǵın tómendegi salıq túrleri boyınsha belgilengen salıq stavkaları 50 procentke kemeytiledi:

▫️joybarǵa miynet hám puqaralıq -huqıqıy shártnamaları tiykarında tartılǵan qánigelerdiń miynetke haqı tólew formasında alǵan dáramatlarınan tólenetuǵın fizikalıq shaxslardan alınatuǵın dáramat salıǵı;

▫️mámleketlik emes kommerciyalıq shólkemleri, ǵalaba xabar quralları hám puqaralardıń ózin ózi basqarıw uyımları tárepinen miynetke haqı tólewge baylanıslı ǵárejetleri boyınsha tólenetuǵın sociallıq salıq.
__________
#новое_в_законодательстве

С 1 октября 2024 года...

👉До 1 января 2028 года туроператорам и гостиницам внедряется система возврата 20% уплаченного НДС.

👉До 1 октября 2027 года в рамках проектов государственных грантов и социальных заказов, осуществляемых за счет средств Общественного фонда по поддержке институтов гражданского общества при Олий Мажлисе, снижаются на 50% ставки по следующим налогам:

▫️по налогу на доходы физических лиц, уплачиваемому с доходов специалистов, привлеченных к проекту на основе трудового и гражданско-правового договоров, полученных в виде оплаты труда;

▫️по социальному налогу, уплачиваемому негосударственными некоммерческими организациями, СМИ и органами самоуправления граждан по расходам оплаты труда.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Ba'zi texnik jihozlar QQS va aksiz solig'idan ozod etilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
👉O‘RQ-992-son, 05.11.2024-yil

Hujjatga muvofiq:

🔹 Maxsus organ tomonidan olinadigan tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish QQSdan ozod qilinadi
Soliq kodeksining 246-moddasi

🔹shuningdek, ushbu texnik vositalar aksiz solig'iga tortilmaydi.
👉Soliq kodeksining 284-moddasi
________
#новое_в_законодательстве

Некоторые технические средства освобождаются от НДС и акцизного налога

Законом Республики Узбекистан в Налоговый кодекс внесены изменения и дополнения.
👉№ ЗРУ-992 от 05.11.2024 г.

В соответствии с ними:

🔹освобождается от НДС ввоз на территорию Республики Узбекистан технических средств системы оперативно-розыскных мероприятий, приобретаемых специально уполномоченным государственным органом;
ст.246 НК

🔹также эти технические средства не облагаются акцизным налогом.
👉ст.284 НК

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlarga to‘langan solig‘ining bir qismi qaytarib beriladi

Hukumat Qarori (745-son, 07.11.2024 y.) bilan Umumiy ovqatlanish, turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga budjetga to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘ining bir qismini qaytarish tartibi to‘g‘risidagi Vaqtinchalik Nizomi tasdiqlandi.

⚡️ Vaqtinchalik Nizomga ko‘ra, 2024-yil 1-oktabrdan boshlab turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga - budjetga to‘langan soliqning 20 foizi qaytariladi.

🔰2025-yil 1-yanvardan boshlab umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga oylik tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmasining naqd pulsiz qismi:

60 foiz va undan yuqori bo‘lganda — budjetga to‘langan soliqning 40 foizi;
60 foizdan kam bo‘lganda — budjetga to‘langan soliqning 20 foizi qaytariladi.

🗓Tadbirkorlik subyekti soliq hisobotini taqdim etgandan so‘ng, lekin 3 oydan kechiktirmasdan soliqning bir qismini qaytarish uchun murojaat qilishga haqli.

Soliqning bir qismi quyidagi shartlar to‘liq bajarilganda avtomatik ravishda qaytariladi:

🔸hisobot davrida soliq bo‘yicha taqdim etilgan soliq hisobotiga muvofiq hisoblangan soliq budjetga to‘liq to‘langanda;

🔸hisobot davrida umumiy ovqatlanish, turoperatorlik yoki mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha umumiy tovar aylanmasi jami tovar aylanmasining 90 foizidan kam bo‘lmaganda;

🔸hisobvaraq-fakturalarda yoki nazorat-kassa texnikasi cheklarida realizatsiya qilingan tovarlar (xizmatlar) nomenklaturasi hamda faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlariga yoki amalga oshiriladigan turlariga muvofiq bo‘lgan identifikatsiya kodlari aks ettirilgan qismiga nisbatan.

❗️Vaqtinchalik Nizom 2028-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|X|
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Ipakchilik sohasiga soliq imtiyozlari berildi

Soliq kodeksining 483-moddasiga qo‘shimchalar kiritildi.
👉 OʻRQ-1001-son, 15.11.2024 y.

Pillachilikni yanada rivojlantirish, xususan, mahsulot ishlab chiqarish va eksport hajmlarini oshirish, aholi bandligini taʻminlash va daromadlarini koʻpaytirish maqsadida

2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvargacha:

▫️jismoniy shaxslarning uy sharoitida tirik pilla yetishtirishdan (kasanachilik) olingan daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻidan ozod qilinadi;

▫️ pilla yetishtiruvchi yuridik shaxslarning uy sharoitida tirik pilla yetishtiruvchi kasanachilar mehnatiga haq toʻlashga yoʻnaltiriladigan mablagʻlari ijtimoiy soliq toʻlashdan ozod etildi. Bunda boʻshagan mablagʻlar kasanachilarni moddiy ragʻbatlantirishga yoʻnaltirishi shart hisoblanadi;

▫️pilla yetishtirish sohasida ozuqa bazasi sifatida foydalaniladigan tutzorlar bilan band boʻlgan yer uchastkalari uchun yer soligʻi xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 0,1 koeffitsienti qoʻllanilgan holda hisoblanadi.

Maʻlumot uchun. Ilgari jismoniy shaxslarning uy sharoitida tirik pilla yetishtirish (kasanachilik)dan olgan daromadlaridan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi, yuridik shaxslarning esa kasanachilik bilan shugʻullanuvchilarning mehnatiga haq toʻlash xarajatlaridan ijtimoiy soliq toʻlangan.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar
#barqarorlik_reytingi

Barqarorlik reytingi Soliq kodeksiga kiritildi

Yuqori barqarorlik reytingiga ega boʻlgan tadbirkorlik subyektlari uchun ragʻbatlantirishni nazarda tutuvchi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar Soliq kodeksiga kiritildi.
👉 OʻRQ-1000,15.11.2024-yil

👉Yuqori barqarorlik reytingidagi tadbirkorlik subyektlariga soliqlar boʻyicha (bundan QQS mustasno) ortiqcha toʻlangan summa 3 kunlik muddatda qaytariladi;

👉”AAA” toifadagi tadbirkorlik subyektlarida soliq tekshiruvlari oʻtkazilmaydi*
*bundan jinoiy ishlar doirasida oʻtkaziladigan tekshiruvlar mustasno;

👉”AAA” toifadagi tadbirkorlik subyektlariga QQS summasi oʻrnini qoplash tekshiruvlar oʻtkazilmasdan 1 kunlik muddatda amalga oshiriladi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|X|
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Joriy yilda xususiy bog‘cha va maktablar 113,5 mlrd so‘mlik imtiyozlardan foydalandi

Xususiy bog'cha va maktablar uchun soliq imtiyozlari muddati uzaytirildi.

2030-yil 1-yanvargacha:

🔹xususiy bolalar bog'chasi va maktablar barcha soliq va yig'imlardan ozod qilinadi (ijtimoiy soliq bundan mustasno);

🔹xususiy bog'cha va maktablarda faoliyat yuritayotgan xorijiy o'qituvchilar va mutaxassislar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i va ijtimoiy soliqdan ozod qilinadi.

❗️Ushbu tartib Soliq kodeksiga tegishli oʻzgartirishlar kiritilgandan soʻng amaliyotga joriy etiladi.
👉Soliq kodeksi
2- va 75-moddalari

Ma'lumot uchun
: Imtiyoz dastlab 2021-yil 1-yanvargacha
berilgan edi, keyin 2025-yil 1-yanvarga qadar uzaytirildi.

Joriy yilning 9 oyi davomida 679 ta xususiy bog‘cha va maktablar 113,5 mlrd so‘mlik soliq imtiyozlaridan foydalandi.
__________
#новое_в_законодательстве

В этом году частные детсады и школы воспользовались льготами на сумму 113,5 млрд сумов

Продлен срок действия налоговых льгот для частных детских садов и школ.

До 1 января 2030 года:


🔹частные детсады и школы освобождены от всех видов налогов и сборов, кроме социального налога;

🔹зарубежные преподаватели и специалисты, осуществляющие деятельность в частных детских садах и школах, освобождены от налога на доходы физических лиц и социального налога.

❗️Данный порядок будет внедрен в практику после внесения соответствующих изменений в Налоговый кодекс.
👉
ст.2 и ст.75 НК

👉№ ПП-403 от 22.11.2024 г.

Для информации. Льготы сначала были предоставлены до 1 января 2021 года, затем продлены до 1 января 2025 года.

За 9 месяцев текущего года 679 частных детских садов и школ воспользовались налоговыми льготами на сумму 113,5 млрд сумов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Biznes bir huquqbuzarlik uchun ikki marta jazolanmaydi

2025-yil 1-yanvardan boshlab:

Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxsga nisbatan moliyaviy sanksiyalar bekor qilinadi (jarima - bunday faoliyatdan olingan daromadning 10 foizi, lekin 1 million soʻmdan kam boʻlmagan miqdorda).
👉 Soliq kodeksining 219-moddasi 4-qismi

✔️Biroq, maʻmuriy javobgarlik saqlanib qolinadi. Tadbirkorlik faoliyatini davlat roʻyxatidan oʻtmasdan amalga oshirish, huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdori (BHM)ning 5 baravaridan 7 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
👉Maʻmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 176-moddasi

Fiskal belgilarni aks ettirish tartibini buzganlik uchun maʻmuriy javobgarlik bekor qilinadi.

✔️Shu bilan birga, avtomatlashtirilgan hisobga olish oʻlchov vositalari bilan jihozlash yoki soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini taʼminlash va soliq organlariga tegishli axborot berish boʻyicha qonunchilikda belgilangan talablarni yoki tartibni buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlik saqlanib qoladi (mansabdor shaxslarga – BHMning 100 baravari).
👉Maʻmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 175-moddasi 6-qismi

Qonunchilikda majburiy raqamli markirovkalanishi belgilangan tovarlarni (mahsulotlarni) ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar tomonidan identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlik bekor qilinadi.
👉Maʻmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 166-moddasi 4-qismi

✔️Biroq, bunday huquqbuzarlik uchun Soliq kodeksida nazarda tutilgan moliyaviy sanksiyalar oʻz kuchida qoladi - realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning 2 %i miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
👉Soliq kodeksining 227 prim 1-moddasi

Shu bilan birga, xodimlar sonini yashirganlik uchun maʻmuriy javobgarlik bekor qilinadi (BHMning 10 baravari miqdorida jarima).
👉Maʻmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 175-prim 5-moddasi

📃14.11.2024 yildagi PF-184-son

Tadbirkorlar diqqatiga!


Yangi o‘zgarishlar ba’zi me’yorlarni yengillashtirmoqda, ammo qonunlarga rioya qilish muvaffaqiyatli biznes yuritishning muhim omili boʻlib qolaveradi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM