Andijon viloyati soliq boshqarmasi
851 subscribers
4.2K photos
1.02K videos
67 files
3.59K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#raqamlashtirish #soliq_tushumlari

Joriy yilning I choragi davomida soliq tushumlari 37,8 trln so’mdan ortdi

👉Qaysi hududlarda soliq tushumlari eng ko'p o'sgan?
__________
#цифровизация #налоговые_поступления

За I квартал этого года налоговые поступления превысили 37,8 трлн сумов

👉В каких регионах самый большой рост поступлений?

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#raqamlashtirish #soliq_tushumlari

Joriy yilning I choragida quyidagi sohalar bo‘yicha TOP-20 yirik soliq to‘lovchilar:

👉 ishlab chiqarish
👉 qurilish
👉 savdo
👉 umumiy ovqatlanish
👉 xizmat ko‘rsatish
________
#цифровизация #налоговые_поступления

ТОП-20 крупных налогоплательщиков в I квартале этого года в сфере:

👉 производства
👉 строительства
👉 торговли
👉 общественного питания
👉 обслуживания

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#raqamlashtirish #soliq_tushumlari

Qonuniy faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar soni keskin ko‘paygan

2023-yil 14-iyun kuni Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Iqtisodiyot va moliya vaziri Sherzod Kudbiev Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining 2022-yildagi hamda 2023-yilning I-choragidagi ijrosi to‘g‘risida hisobot berdi.

"Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan samarali islohotlar o‘z natijasini bermoqda. Tadbirkorlar uchun qulay muhit va keng imkoniyatlar yaratilayotganligi, ayrim turdagi soliq stavkalari pasaytirilganligi, samarasiz soliq imtiyozlari bekor qilinganligi, tadbirkorlarga soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati berilganligi, tekshiruvlar kamaytirilganligi tadbirkorlik subyektlari uchun qulay imkoniyatlar yaratmoqda.

Hisobot yilining o‘zida 90,2 mingta yangi tadbirkorlik subyekti tashkil etilib, legal faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar soni keskin ko‘paydi. QQS to‘lovchilari 30 mingtaga, foyda solig‘i to‘lovchilari soni 24 mingtaga oshdi. Shuningdek soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish, sohani raqamlashtirish hamda soliq to‘lash madaniyatini oshirish evaziga soliq solish bazasi kengaydi.

Dunyoda yuzaga kelgan murakkab vaziyat, tranzit va logistikadagi muammolar, asosiy iqtisodiy hamkorlarimiz bo‘lgan davlatlarda iqtisodiy o‘sishning pasayishi kabi holatlar O‘zbekiston iqtisodiyotiga, shu jumladan budjet ijrosi jarayoniga, pul-kredit, moliya tizimiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi.

O‘z vaqtida amalga oshirilgan keng ko‘lamli va izchil islohotlar iqtisodiyotning barqaror o‘sish sur’atlarini saqlab qolish imkoniyatini berdi. Xususan, 2022-yil yakunlariga ko‘ra, YAIM hajmi 2021-yilga nisbatan 5,7 %ga, iqtisodiy o‘sishning asosiy drayverlari bo‘lgan xizmatlar va qurilish sohasi mos ravishda 8,5 va 6,6 %ga o‘sdi.

Davlat budjetining xarajatlari birinchi navbatda ijtimoiy sohani rivojlantirish, budjet tashkilotlari va budjetdan mablag‘ oluvchilarning ish haqini va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, shuningdek uy-joy bilan ta’minlash dasturlarini moliyalashtirishga yo‘naltirildi.

Jumladan, 2022-yilda nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 2 371,4 mlrd so‘m yoki 2021-yilga nisbatan qariyb 2 baravar ko‘p budjet subsidiyalari ajratilgan. Natijada o‘tgan yil yakunida nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni 22,8 mingtani tashkil etib, unda qamrab olingan bolalarning soni 746 ming nafarga yoki 2021-yilga nisbatan 22 %ga ortishiga erishilgan.

Shuningdek Davlat budjetidan birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalariga biriktirilgan aholi jon boshiga dori va tibbiy buyumlar uchun ajratilgan mablag‘ miqdori o‘rtacha 3 baravarga oshirilib, 2022-yilda 578,1 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan.

Tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan ishsiz, shu jumladan “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 35,4 ming nafar fuqaroga zarur asbob-uskunalarni, texnologiyalarni xarid qilish uchun 2022-yilda 168 mlrd so‘m subsidiya ajratilgan.

2022-yilda ekologiya va atrof-muhit muhofazasi tadbirlari uchun Davlat budjetidan jami 6,4 trln so‘m yo‘naltirilganligi deputatlar tomonidan ijobiy baholandi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#raqamlashtirish #soliq_tushumlari

Tadbirkorlarga 372 mlrd so‘mdan ortiq soliq qarzini bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati berilgan

Joriy yilda ham yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlari ta’minlanib
, 2023-yilning I choragida yalpi ichki mahsulot hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,5 %ga o‘sgan.

Hisobot davrida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida anomal sovuq va energiya inqirozidan talofat ko‘rgan tadbirkorlik subyektlariga 13 trln so‘mlik kreditlar ajratilgan, 1210 ta tadbirkorning kredit to‘lovi bo‘yicha qarzdorlik muddatlari uzaytirilgan va ularga soliq qarzini bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati berilgan.

Global miqyosdagi siyosiy va iqtisodiy vaziyat bilan bog‘liq keskinliklar kuzatilayotgan bir vaqtda mamlakatimizda Davlat budjeti barqarorligini ta’minlashga erishilmoqda. Davlat budjeti daromadlari hisobot davrida rejaga nisbatan 102,8%ga yoki 1,3 trln so‘mga oshirib bajarildi.

Iqtisodiyotda
soliq yukining pasayganligi evaziga tadbirkorlar faolligining oshishi hamda investitsiyaviy faollikning kuchayishi budjet daromadlari barqarorligini ta’minlashga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.

Davlat budjeti ijtimoiy xarajatlarining 93,4 % ijtimoiy sohani rivojlantirish va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari hissasiga to‘g‘ri kelganligini deputatlar mamlakatimizda ijtimoiy davlat prinsiplariga amal qilinayotganligining namunasi sifatida baholadilar.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#raqamlashtirish
#soliq_tushumlari

Andijonda soliqlarning ixtiyoriy to‘lanish darajasi 96 foizga yetdi


2023-yilda respublika miqyosida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan soliq majburiyatlarining ixtiyoriy bajaralishi 97 %ni tashkil etdi.

Bu borada eng yaxshi ko‘rsatkich yirik soliq to‘lovchilar, Toshkent shahri, Buxoro va Toshkent viloyatlariga tegishli – 98%;

📍Navoiy, Samarqand, Jizzax, Namangan, Qashqadaryo, Surxondaryo, Fargʻona va Xorazm viloyatlari – 97%;

📍Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon va Sirdaryo viloyatlari – 96%.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_tushumlari

Yanvar oyida yirik korxonalar 9 trln so‘mga yaqin soliq to‘ladi

▪️4,6 trln so‘mi davlat ulushi mavjud TOP-10 ta;
▪️716 mlrd so‘mi xususiy sektordagi TOP-10 yirik
soliq to‘lovchilar hisobiga to‘g‘ri keladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#raqamlashtirish #soliq_tushumlari

Qurilish korxonalari 2023-yilda 8 trln so‘mdan ortiq soliq to‘lagan

Shundan 1 trln so‘mdan ortig‘i, ya’ni 12 %i 20 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi. Ularning jami tovar aylanmasi 13,2 trln so‘mdan ziyod, qo‘llagan soliq imtiyozlari miqdori esa 69,3 mlrd so‘m.

👉Batafsil
_________
#цифровизация #налоговые_поступления

Строительные организации уплатили более 8 трлн сумов налогов в 2023 году

Из них свыше 1 трлн сумов, или 12% приходится на 20 налогоплательщиков. Их товарооборот превысил 13,2 трлн сумов, а сумма применённых ими налоговых льгот составила 69,3 млрд сумов.

👉Подробнее

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#raqamlashtirish #soliq_tushumlari

Oʻzbekistonda elektron xizmatlar koʻrsatuvchi xorijiy kompaniyalar tomonidan joriy yilning birinchi choragida 23,6 mlrd soʻm soliq toʻlagan.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#raqamlashtirish #soliq_tushumlari

Soliqlarning ixtiyoriy to‘lanish darajasi

2024-yil II chorakda respublika miqyosida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan soliq majburiyatlarining ixtiyoriy bajaralishi 96 %ni tashkil etdi.

Bu borada eng yaxshi ko‘rsatkich yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha HSIda qayd etildi – 98%;

📍Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Jizzax, Namangan, Surxondaryo va Xorazm viloyatlari hamda Toshkent shahrida – 96%;

📍Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Sirdaryo, Toshkent va Fargʻona
viloyatlarida – 95%.

Soliq turlari kesimida:
🔸yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq – 99%;
🔸aksiz solig‘i – 98%;
🔸QQS 97%;
🔸 foyda solig‘i 96%;
🔸AOS 96%;
🔸JShODS 96%;
🔸mol-mulk solig‘i – 95%;
🔸yer solig‘i95%;
🔸suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq – 92%.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube