Andijon viloyati soliq boshqarmasi
846 subscribers
4.21K photos
1.02K videos
71 files
3.6K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#YTT

Yakka tartibdagi tadbirkorlar yollangan xodimlarning soliq qarzlarini shaxsiy kabineti orqali toʻlashlari mumkin

Buning uchun YTT “my3.soliq.uz” saytidan “Soliq majburiyatlari” bo‘limida “Yollanma xodimlarning soliqlarini to‘lash” xizmatini tanlashi kerak.

Ochilgan oynada YTT bilan mehnat munosabatida bo‘lib ro'yxatdan o'tgan yollanma xodimlar avtomatik ravishda aks etadi va soliq qarzining mavjudligi yoki yo'qligi to'g'risida ma'lumot ko‘rsatiladi.

Shu bilan birga, faqat soliq qarzi mavjud yollanma xodimlar yoki barcha xodimlarni tanlashingiz mumkin:
▪️"Qarzdorligi mavjud xodimlar" - joriy davr holatiga;
▪️"Barcha xodimlar" - umumiy miqdor.

Bitta yollanma xodim qarzini to'lash uchun "To'lov summasi" qatorida to'lanishi kerak bo'lgan miqdorni ko'rsatish hamda "To‘lash" tugmasini bosish va to'lovni elektron raqamli imzo orqali tasdiqlash kerak.

Shuningdek, bir vaqtning o'zida barcha yollanma xodimlarning soliq qarzi va hisoblangan soliqlarni to'lash mumkin. Buning uchun "To'lov summasi" qatorida to'lanishi kerak bo'lgan miqdor kiritilib, shu oynaning yuqori o‘ng qismida "Hammasini to‘lash" tugmasini bosish va to'lovni elektron raqamli imzo orqali tasdiqlash kerak.

Istalgan vaqtda amalga oshirilgan to‘lovlar yuzasidan "To‘lovlar reestri" bo‘limiga kirgan holda to‘lov topshiriqnomalar holatini kuzatish, topshiriqnomani yuklab olish imkoniyati mavjud.

Agar yollanma xodimlarni soliq qarzi bo'lmasa, ekranda "To‘lov summasi" qatorida summa shakllanmaydi va "To‘lash" yozuvi paydo bo'lmaydi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#antikorrupsiya

Manfaatlar toʻqnashuvi va korrupsiyaga qarshi birga kurashamiz!


Soliq qo‘mitasi tomonidan soliq organlaridagi manfaatlar toʻqnashuvi va korrupsiya holatlari boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri xabardor qilish mumkin boʻlgan bir necha aloqa kanallari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Soliq xizmati organlarining aloqa kanallari:
▫️Telegram – @dsq_anticorrupciya_bot;
▫️Elektron pochta – [email protected]
▫️Soliq organlarining “Ishonch telefonlari";
▫️Shaxsiy xavfsizlik tuzilmalari telefon raqamlari;
▫️Soliq toʻlovchilarning shaxsiy kabineti;
▫️“Elektron soliq xizmatlari” portali;

❗️Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

📌 Eslatma: Murojaatlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik, xuddi shuningdek tuhmat va haqoratdan iborat murojaat berganlik belgilangan tartibda javobgarlikka sabab boʻladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mahallabay

📊 Samaradorlik ko'rsatkichi yuqori bo'lgan Top-100 talikka kirgan soliq inspektori


✔️Izboskanlik soliq inspektori Farrux Ashurboyev ham bugun ana shu ro'yxatdan joy olganlar safida.

Batafsil:👆 "Andijon axboroti" informatsion dasturi orqali

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|X|
#soliq_taqvimi

🗓 15-sentabr dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli, soliq qonunchiligiga ko‘ra ushbu sanada taqdim etilishi, to‘lanishi belgilangan hisobotlarni taqdim etish va soliqlarni toʻlashning oxirgi muddati 16-sentabrga ko‘chiriladi.

📌Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi 1-ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.
👉
Soliq kodeksi 5-modda
👉
Soliq kodeksi 86-modda

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|X|
#ozini_ozi_band_qilish

🔴 Nima uchun ba'zi taksi xizmatlari uchun cheklarga keshbek beriladi, ba'zilariga esa rad etiladi?

🔵 O'zini o'zi band qilgan shaxslar tomonidan berilgan cheklarga keshbek hisoblanmaydi.
👉PQ-5252 04.10.2021y.

Demak, agar siz foydalangan taksi haydovchisi o'zini o'zi band qilgan shaxs sifatida ro'yxatdan o'tgan bo'lsa, keshbek hisoblash avtomatik ravishda rad etiladi,
Agar xizmat yuridik shaxs tomonidan ko'rsatilgan bo'lsa, keshbek hisoblanadi.
______________
#самозанятость

🔴 Почему по одним чекам за услуги такси кешбэк дают, а по некоторым отказывают?

🔵 Кешбэк не начисляется по чекам, выданным самозанятыми лицами.
👉ПП-5252 от 04.10.2021г.

Следовательно, если водитель такси, услугами которого вы воспользовались, оформлен в качестве самозанятого лица - в начислении кешбэка будет отказано автоматически.
В случае, когда услуги оказаны юридическим лицом, кешбэк будет начислен.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Mobil_ilova
#Barqarorlik_reytingi

✔️"Soliq" mobil ilovasi orqali barqarorlik reytingini aniqlash imkoniyati yaratildi

🔹Endilikda siz yuritayotgan korxona qanday toifada va barqarorlik reytingi qay darajada ekanligini "Soliq" mobil ilovasi orqali aniqlashingiz mumkin.

🔻Buning uchun dastlab, “Soliq” mobil ilovasiga kirib, “Barqarorlik reytingi” bo‘limiga o‘tiladi. Bo‘lim ichida korxonaning STIR raqamini kiritgan holda to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.

Batafsil videoqo‘llanmada tanishishingiz mumkin.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|X|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_soligi #yer_soligi

Mol-mulk va yer soliqlarini Soliq mobil ilovasida to‘lash mumkin

Jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini 15- aprel va 15-oktabrgacha teng ulushlarda to‘laydi.

Soliq to‘lovlarini uydan chiqmasdanSoliq mobil ilovasida amalga oshirish mumkin.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|X|
Call-markaz javob beradi

2024-yil avgust oyida
Soliq qo'mitasi Call-markaziga Andijon viloyatidan 5 158 ta murojaat kelib tushgan.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|X|
#Imtiyozlar

Jismoniy shaxslar quyosh panellarini o‘rnatganligi uchun mol-mulk va yer solig‘idan ozod qilingan

Jismoniy shaxslar 3 yil muddatga turar joy obyektlari boʻyicha mol-mulk va yer soligʻidan ozod qilinadilar, agarda:

▪️umumiy quvvati 100 kVtgacha boʻlgan qayta tiklanadigan energiya manbalarini oʻrnatganda;

▪️Bunda imtiyoz miqdori mol-mulk soligʻi bo‘yicha 2 BHM dan
yer soligʻi bo‘yicha 1 BHM dan oshmasligi kerak.

👉16.02.2023-yildagi № PQ-57

Imtiyozlardan foydalanish uchun hududiy soliq organlariga qayta tiklanadigan energiya manbalarini oʻrnatish va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi guvohnomani taqdim etish kerak.

Hozirda ushbu oʻzgartirishlar Soliq kodeksiga kiritilish bosqichida.

2024-yilda 242 nafar fuqaro 233,4 million soʻmlik imtiyozlardan foydalangan.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#renessans_minbari

Ayni daqiqalarda "Renessans" telekanalida "Renessans minbari" ko‘rsatuvining Prezidentimizning tadbirkorlar bilan ochiq muloqot doirasida belgilangan topshiriqlari ijrosiga bag‘ishlangan navbatdagi soni jonli efirga uzatilmoqda.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#Stol_tennisi

🏓 Andijonda stol tennisi bo‘yicha "O‘zbekiston kubogi" musobaqasi bo‘lib o‘tdi

✔️Ushbu musobaqada 21 yoshgacha bo‘lgan sport ustalari ishtirok etgan bo‘lsa, ular o‘zaro jamoalar o‘rtasidagi bahslarda bellashdilar.

✔️O‘g‘il bolalardan iborat 13 jamoa bahslarida:

🥇1-o‘rin - Farg‘ona jamoasi
🥈2-o‘rin - Samarqand jamoasi
🥉3-o‘rin - Buxoro va Toshent viloyati
jamoatlariga nasib etdi.

✔️Qiz bolalardan iborat 12 jamoa bahslarida esa:

🥇 1-o‘rin - Toshket viloyati jamoasi
🥈2-o‘rin - Toshkent shahar jamoasi
🥉3-o‘rin - Andijon va Namangan viloyati
jamoalari ega chiqishdi.

🏆 Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar diplom, medal va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|X|
#tashqi_savdo #eksport #import

Asbob uskunalar importida debitor qarzdorlik boʻyicha oʻzgartirish qonunchilikka kiritildi


Tashqi savdo operatsiyalari amalga oshirilishi monitoringini olib borish va nazorat qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga o‘zgartirish kiritildi. Asbob-uskunalarni va (yoki) butlovchi qismlarni importini amalga oshirishda 180 kunlik muddat oʻtgan boʻlib, ularni yetkazib berish boʻyicha shartnomada belgilangan muddatlar oʻtmagan boʻlsa, qarzdorlik muddati oʻtgan deb hisoblanmaydi.

👉VMQ-551-son, 07.09.2024y.

Endilikda asbob-uskunalarni va (yoki) butlovchi qismlarni importini amalga oshirishda shartnomada belgilangan muddatlar oʻtkazib yuborilmagan taqdirda, xoʻjalik yurituvchi subyektlar bank va eksport operatsiyalarini xech qanday cheklovlarsiz amalga oshiradilar.

Avval bunday qarzdorliklar uchun moliyaviy jarimalar qoʻllanilmagan, lekin qarzdorlik muddati oʻtgan deb hisoblangan va xoʻjalik yurituvchi subyektlarda qayd etilgan operatsiyalarini amalga oshirishda qiyinchiliklar yuzaga kelgan.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_hisoboti

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i hisoboti to‘g‘ri to‘ldirilishi kerak


Hisobot shaklining hisob-kitobdagi koʻrsatkichlari ilovalardagi raqamlar yigʻindilaridan shakllantiriladi.

Shu sababdan, jami ish haqi va mehnatga haq toʻlash bilan bogʻliq boʻlmagan daromadlar summasi hisob-kitobda va ilovalardagi xodimlar kesimida koʻrsatilgan daromadlar yigʻindisiga teng boʻlishi lozim, aks holda xatolik kelib chiqadi (Ushbu qiymat ilova qilingan faylning 1-varaq 13-ustuni, 2-varaq 8-ustunlari va 4-varaq 9-ustuni yigʻindisiga teng emas!).

Shuningdek, imtiyozlarni inobatga olgan holda hisoblangan daromad soligʻi summasi ham hisob-kitob bilan ilovalardagi xodimlar kesimida hisoblangan summa yigʻindisiga teng boʻlishi lozim.

Amaliyotda hisob-kitob taqdim etilganida hisoblangan daromad soligʻi summasi va xodimlar kesimida hisoblangan daromad soligʻining yigʻindisida farqlar aniqlanmoqda.

Mazkur tushunmovchiliklarni oldini olish maqsadida quyidagi mantiqiy shart kiritilmoqda. Xususan,

🔹hisob-kitobning 4-ilovasi 13-ustuni yigʻindisi, 5-ilova 8-ustuni yigʻindisi va 7-ilova 9-ustuni yigʻindisi Hisob-kitobning 061-satri 7-ustuni, 070-satri 7-ustuni va 090-satri 7 va 8-ustunlari yigʻindisiga teng boʻlishi kerak.

Buning uchun,
4-ilovaning 13-ustuni,
5-ilovaning 8-ustuni,
7-ilovaning 9-ustuni
dagi oʻsib boruvchi jami hisoblangan daromad soligʻi summasini har bir xodim uchun qoʻllanilgan imtiyoz summasini hisobga olgan holda koʻrsatilishi kerak.

Bunda, 4-ilovaning 13-ustunida oʻsib boruvchi tarzida hisoblangan daromad soligʻi summasi shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻiga majburiy hisoblangan badallar summasini oʻz ichiga olgan holda aks ettiriladi.

Soliq hisobining registrlarida jismoniy shaxslarning soliq davrida olgan daromadlari, ularga toʻlov manbaida qoʻllanilgan soliq imtiyozlari, hisoblab chiqarilgan va ushlab qolingan soliqlar hisobini toʻgʻri kiritish va yuritish Soliq agentlari zimmasiga yuklatilgan.

❗️Joriy yilning avgust oyi uchun JShODS va ijtimoiy soliq bo‘yicha hisobotni taqdim etishning oxirgi kuni – 16 sentabr.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM