Andijon viloyati soliq boshqarmasi
846 subscribers
4.21K photos
1.03K videos
71 files
3.6K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#Bilimlar_kuni

🔔 4-sektor rahbari "Bilimlar kuni"da ishtirok etdi

Mamlakatimizda mutasaddi idora va tashkilot rahbarlarining maktablarda oʻtkaziladigan "Soʻnggi qoʻngʻiroq" va "Bilimlar kuni"da ishtirok etishi va oʻquvchilarga dil izhorlarini bildirib oʻtishi yaxshi anʼanaga aylanib ulgurdi.

🔻Andijon viloyati soliq boshqarmasi boshligʻi L.Qurbonov ham Andijon tumanida joylashgan 42-maktabda boʻlib, "Birinchi qoʻngʻiroq" tadbirida ishtirok etdi.

🇺🇿Oʻzbekiston Respublikasi madhiyasi jarangi bilan boshlangan bugungi tadbir boshqarma boshligʻining oʻquvchilarga bildirib oʻtgan yaxshi tilaklari bilan davom ettirildi.

🔹L.Qurbonov yigʻilganlarni boshlanayotgan oʻquv yili bilan qutlab, bu yil yangidan yangi yutuqlarga boy boʻlishini, kelgusida yurtimiz taraqqiyotiga hissa qoʻshadigan yetuk kadrlar boʻlib yetishishlarini bildirib oʻtdi.

✔️Shu bilan birga maktab maʼmuriyatiga eng sara asarlardan iborat 100 dan ortiq kitoblar jamlanmasini ham hadya qildi.

▫️Oʻquvchilar ijrosida kuy-qoʻshiq va raqslardan iborat badiiy kecha ham yigʻilganlarda ajoyib taassurot qoldirdi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|X|
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2024-yil 5-sentabr

avgust oyi uchun:


- banklar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlariga amalga oshirilgan toʻlovlar (dividendlar va foizlar toʻlovidan tashqari) boʻyicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini budjetga oʻtkazishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 355-modda 2-qism).

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|X|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bilimlar_kuni

🔔 4-sektor rahbari "Bilimlar kuni"da ishtirok etdi

Batafsil:👆 "Andijon axboroti" informatsion dasturi orqali

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|X|
#lekin_bu_fakt

Yarim millionlik gʻisht va elektron hujjatlardagi boshqa xatoliklar


Soliq organlari soliq toʻlovchilar tomonidan yuborilgan elektron hisobvaraq-fakturalar (EHF) va onlayn nazorat-kassa mashinasi cheklarini doimiy ravishda tahlil qilib boradi. Tahlillarga koʻra, EHFni rasmiylashtirishda va fiskal cheklarda yoʻl qoʻyilgan xatoliklar tovarlar uchun asossiz narxlarning shakllanishiga olib kelishi mumkin.

Buni quyidagi misollarda koʻrish mumkin.

Joriy yilning yanvar oyida bir korxona boshqasiga yogʻoch sotgan. EHFni shakllantirishda sotuvchi 1 kubometr yogʻoch narxini 13,4 mlrd soʻm koʻrsatgan. Natijada, kichkinagina shkaf oʻlchamidagi yogʻoch narxi ancha qimmatga aylangan.

Yana bir korxona 1000 dona gʻishtni sotib, 600 million soʻmlik EHF rasmiylashtirgan. Koʻrinib turibdiki, eʼtiborsizlik sabab 1 dona gʻisht uchun 600 ming soʻm, yaʼni bozordagi real narxidan bir necha barobar qimmat narx kelib chiqqan.

Oʻlchov birliklari yoki tovarlar miqdorini notoʻgʻri koʻrsatish maʼlum salbiy oqibatlarga olib keladi, jumladan:
▫️sotilgan tovarlar narxining haqiqiy holati buzilishi;
▫️tovarlar harakatini nazorat qilish qiyinlashishi;
▫️soliq hisobotlarini topshirishda savollar koʻpayishi.

Xatoliklarga yoʻl qoʻymaslik uchun soliq toʻlovchilarga mahsulot va xizmatlarning identifikatsiya kodlarini va ularga berilgan oʻlchov birliklarini diqqat bilan va aniq koʻrsatish tavsiya etiladi.
__________
#интересно_но_факт

Кирпич за полмиллиона и другие ошибки в электронных документах


Налоговые органы анализируют электронные счета-фактуры (ЭСФ) и чеки онлайн-ККТ, оформляемые налогоплательщиками. Ошибки, которые допускаются в ЭСФ и фискальных чеках, приводят к формированию необоснованных цен на товары.

Вот пара примеров.

В январе этого года одна фирма продала другой древесину. Формируя ЭСФ, налогоплательщик указал, что продает 1 кубометр древесины за 13,4 млрд сумов. Получается, что древесина размером с небольшой шкаф обошлась в солидную сумму.

Другая компания оформила через ЭСФ продажу 1000 кирпичей за 600 млн сумов. Выходит, 1 кирпич стоит 600 тысяч сумов, что в разы выше реальной стоимости на рынке.

Неправильное указание единиц измерения или количества товара влечет за собой определенные последствия:
▫️искажается реальная картина стоимости продаваемых товаров;
▫️затрудняется контроль за движением товаров;
▫️могут возникнуть вопросы при сдаче налоговой отчетности.

Чтобы избежать недочетов, налогоплательщикам рекомендуется внимательно и достоверно указывать идентификационные коды продукции и услуг и закрепленные за ними единицы измерения.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soliq_hisoboti

Soliq hisobotlarini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanmalar

▪️QQS
▪️AOS
▪️Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi va ijtimoiy soliq
▪️Aksiz soligʻi

Boshqa qoʻllanmalar soliq.uz saytining "Soliq hisoboti shakllari" boʻlimiga joylashtirilgan.
_________
#налоговая_отчетность

Инструкции по заполнению налоговой отчетности

▪️НДС
▪️Налог с оборота
▪️Налог на доходы физических лиц и социальный налог
▪️Акцизный налог

Другие инструкции размещены на сайте soliq.uz в разделе "Формы налоговой отчетности".
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#MXIK

Kerakli MXIKni qanday topish va uni "Tanlanganlar"ga qo'shish mumkin?

Tovarlarni sotishda yoki xizmatlar ko'rsatishda to'g'ri identifikatsiya kodlarini (MXIK) ishlatish kerak.

Kerakli MXIKni topish va uni "Tanlanganlar"ga qo'shish tasnif.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinet orqali amalga oshirish mumkin.

☝🏻Batafsil videoda

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2024-yil 9-sentabr

sentabr oyi uchun:

- alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 460-modda 5-qism).

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|X|
#alkogol #yigim

Alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imni to‘lash tartibi

Alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘im alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish boshlanganligi to‘g‘risida xabarnoma yuborilgan kundan e’tiboran to‘lanadi.

❗️Bildirishnoma elektron litsenziyalash tizimi license.gov.uz orqali yuboriladi.

Bunda xabarnoma:
▫️joriy oyning 20-sanasiga qadar yuborilganda yig‘im ushbu oy uchun to‘liq hajmda,
▫️joriy oyning 20-sanasidan keyin yuborilganda keyingi oyning 1-sanasidan boshlab hisoblab chiqariladi.

Agar alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish, shu jumladan, umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan realizatsiya qilish bir nechta statsionar savdo va (yoki) umumiy ovqatlanish punktlari orqali amalga oshirilsa, alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imlar belgilangan stavkalar doirasida statsionar savdo va (yoki) umumiy ovqatlanish punktlarining soniga, shuningdek, ularning har biri joylashgan hudud o‘lchamlariga mutanosib ravishda hisoblab chiqariladi hamda undiriladi.

👉
2024-yil uchun alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘im stavkalari

Alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish faoliyati to‘xtatib turilganda yoki tugatilganda yig‘imni hisoblab chiqarish keyingi oyning 1-sanasidan to‘xtatib turiladi.

👉Soliq kodeksi 460-modda

To‘xtatib turilgan yoki tugatilgan faoliyat tiklanganda tadbirkorlik subyekti ruxsatnoma olish uchun yangi xabarnoma yuborishi lozim.
__________
#алкоголь #cбор

Порядок уплаты сбора за право реализации алкогольной продукции

Сбор за право реализации алкогольной продукции уплачивается с момента направления уведомления о начале реализации алкогольной продукции.

❗️Подать уведомление необходимо через систему электронного лицензирования license.gov.uz

При направлении уведомления:
▫️до 20 числа текущего месяца сбор исчисляется в полном объеме за данный месяц,
▫️после 20 числа текущего месяцас 1 числа следующего месяца.

В случае если реализация алкогольной продукции осуществляется через несколько пунктов стационарной торговли и (или) общественного питания, сборы за право реализации алкогольной продукции исчисляются и взимаются в пределах установленных ставок пропорционально количеству стационарных пунктов торговли и (или) общественного питания, а также размерам территории расположения каждого из них.

👉Ставки сбора за право реализации алкогольной продукции на 2024 год

При приостановлении или прекращении деятельности по розничной торговле алкогольной продукцией исчисление сбора приостанавливается с 1 числа следующего месяца.

👉ст.460 НК

При возобновлении приостановленной или прекращенной деятельности субъект предпринимательства должен направить новое уведомление для получения разрешения.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#alkogol #yigim

2024-yil uchun alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imlarning cheklangan stavkalari
__________
#алкоголь #cбор

Предельные ставки сборов за право реализации алкогольной продукции на 2024 год

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#eʼlon
#stol_tennisi

Qadrli sport ixlosmandlari!

Sizlarni Joriy yilning 9-14 sentabr kunlari stol tennisi bo‘yicha Andijonda bo‘lib o‘tadigan “O‘zbekiston kubogi” musobaqasida faol ishtirok etishga chorlab qolamiz.

Ushbu musobaqada 21 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il va qiz bolalalardan iborat professional sport ustalari ishtirok etadi.

G‘olib va sovrindorlar O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligi, Soliq qo'mitasi hamda O'zbekiston stol tennisi federatsiyasining medal, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishadi.

Mazkur musobaqaning ochilish marosimi joriy yilning 10-sentabr kuni soat 15:00 da Andijon shahridagi Suv sporti turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi (Sobiq Yanbol binosi)da bo’lib o’tadi. Mo‘ljal: Aloqa uyi ro‘parasi.

Barchangizni ushbu sport kechasida kutib qolamiz.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|X|
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2024-yil 10-sentabr

avgust oyi uchun:


- natura holida toʻlangan daromadlar boʻyicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini va SHJBPHga majburiy badallarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 390-modda 2-qism, 06.10.2005-yildagi 1515 raqamli nizom 7-band);

- aksiz soligʻi hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 292-modda 1-qism, 293-modda 1-qism);

sentabr oyi uchun:


- AOS toʻlovchilar hisoblanmaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida joriy toʻlovlarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 417-modda 6-qism);

- AOS toʻlovchi boʻlmagan soliq toʻlovchilar tomonidan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yer soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 432-modda 1-qism).

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|X|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#e_ijara

Talabalar bilan uy-joy ijara shartnomasini soliq organlarida hisobga qo‘yish lozim

Agar talabalar uy-joylarni ijaraga olsalar, ijaraga beruvchi jismoniy shaxs tomonidan ijara shartnomasi soliq organlarida hisobga qo‘yilishi lozim.

Buni ijara.soliq.uz saytida yoki Soliq mobil ilovasida amalga oshirish mumkin.

Ijara shartnomalarini ro'yxatdan o'tkazishda talabalardan elektron raqamli imzo talab qilinmaydi. Batafsil ma'lumot video qo'llanmada.

Talabalarga uy-joyni ijaraga beruvchi mulk egalari bu daromadlardan soliq to'lamaydi.
👉Soliq kodeksining 378-moddasi 19 prim.1 bandi

Shartnomani ro'yxatdan o'tkazish har ikki tomonning huquqlarini himoya qiladi va ijara munosabatlarining shaffofligini ta'minlaydi.
______
#e_ijara

Договор аренды жилья студентами нужно регистрировать в налоговых органах

Если студенты снимают жилье, то их арендодатель должен зарегистрировать договор аренды в налоговых органах.

Сделать это можно как на сайте ijara.soliq.uz, так и в мобильном приложении Soliq.

У студентов не требуется электронная цифровая подпись при постановке на учет договоров аренды. Подробнее в видеоинструкции.

Владельцы жилья, которые сдают его в аренду студентам, не платят налог с этих доходов.
👉п.19 прим.1 ст.378 НК

Регистрация договора защищает права обеих сторон и обеспечивает прозрачность арендных отношений.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#Mahallabay

Mahalla yangi imkoniyatlar o‘chog‘iga aylanib bormoqda

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan hududlarda “Mahallabay” ishlash tizimi tashkil etilgan edi. Bugungi kunda bu tizimning samarali ekanligini natijalar isbotlab turibdi.

Birgina misol, “Mahalla yettiligi”ning tashkil etilganligi va unga biriktirilgan xodimlarning har biri mahalla hududida funksional vazifalarni bajarib kelayotganligi, oilalar turmush tarzining yaxshilanishi, tinchlik va farovonlik, ijtimoiy himoyaning kafolatlanganligi, xotin-qizlarning jamiyat faoliyatidagi o‘rnining mustahkamlanishi, soliq bazasining kengayishi kabi bir qator ijobiy tendensiyalar tomon borayotganligi so‘zimizning isboti bo‘la oladi.

👉Batafsil o'qing

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|X|
#Stol_tennisi

Andijonda stol tennisi bo‘yicha "O‘zbekiston kubogi" musobaqasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Bugun Andijon viloyatida stol tennisi bo‘yicha "O‘zbekiston kubogi" musobaqasiga start berildi. Ushbu musobaqada barcha viloyatlardan professional sport ustalari tashrif buyurgan bo‘lib, ular o‘zaro g‘oliblik uchun kurash olib borishadi.

Ochilish marosimida Andijon viloyat soliq boshqarmasi rahbariyati ham ishtirok etib, yig‘ilganlarga musobaqalarda omad tilab tilab, iliq fikrlarni bildirib o‘tishdi.

Eslatib o‘tamiz, musobaqalar 14-sentabrga qadar davom etadi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|X|
#hamkorlik

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida dori vositalarining markirovka kodlarini o‘zaro tan olish tizimi joriy etilmoqda

Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi Mixail Mishustin boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif davomida tibbiy maqsadlarda foydalaniladigan dori vositalarining markirovkalash kodlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni almashish boʻyicha oʻzaro axborot hamkorligi toʻgʻrisida bitim imzolandi.

Bitimning asosiy maqsadi - ikki davlatda dori vositalarining markirovkasini oʻzaro tan olish tizimini amaliyotga tatbiq etish uchun huquqiy asos yaratish va ikki davlat hududida markirovkalangan dori vositalarining muomalasi boʻyicha maʼlumotlar almashinuvi mexanizmini joriy etishdan iborat.

10-sentabr kuni Soliq qoʻmitasi raisi Sherzod Kudbiyev Rossiya Federal soliq xizmati rahbari Daniil Yegorov bilan uchrashdi.

Sh.Kudbiyev Soliq qoʻmitasining avtomatlashtirilgan axborot tizimlari bilan tanishtirdi va u yoki bu faoliyat boʻyicha vizual tahliliy hisobotlarni shakllantirish imkonini beruvchi maʼlumotlarni yigʻish va vizualizatsiya qilishning zamonaviy vositalarini (dashbordlar) joriy etish boʻyicha tajribasi bilan oʻrtoqlashdi.

Yakunda tomonlar hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.

👉 Batafsil
___________
#сотрудничество

Между Узбекистаном и Россией внедряется система взаимного признания кодов маркировки лекарств


В ходе визита делегации под руководством Председателя Правительства Российской Федерации Михаила Мишустина в Узбекистан подписано Соглашение об информационном взаимодействии в целях передачи сведений о кодах маркировки лекарственных препаратов для медицинского применения.

Основная цель соглашения - создать юридическую основу для внедрения системы взаимного признания маркировки лекарственных средств двух стран и внедрить механизм обмена данными об обороте лекарственных средств, маркированных на территории обоих государств.

10 сентября председатель Налогового комитета Шерзод Кудбиев провел встречу с руководителем Федеральной налоговой службы России Даниилом Егоровым.

Ш.Кудбиев представил автоматизированные информационные системы Налогового комитета и поделился опытом внедрения современных инструментов для сбора и визуализации данных (дашбордов), которые позволяют сформировать наглядную аналитическую отчетность по той или иной деятельности.

В заключение стороны обсудили вопросы дальнейшего сотрудничества.

👉Подробнее

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_hisoboti

Soliq agentlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi va ijtimoiy soliq hisob-kitobini toʻgʻri toʻldirishlari kerak!


Hisobot shaklining hisob-kitobdagi koʻrsatkichlari ilovalardagi raqamlar yigʻindilaridan shakllantiriladi.

Shu sababdan, jami ish haqi va mehnatga haq toʻlash bilan bogʻliq boʻlmagan daromadlar summasi hisob-kitobda va ilovalardagi xodimlar kesimida koʻrsatilgan daromadlar yigʻindisiga teng boʻlishi lozim, aks holda xatolik kelib chiqadi (Ushbu qiymat ilova qilingan faylning 1-varaq 13-ustuni, 2-varaq 8-ustunlari va 4-varaq 9-ustuni yigʻindisiga teng emas!).

Shuningdek, imtiyozlarni inobatga olgan holda hisoblangan daromad soligʻi summasi ham hisob-kitob bilan ilovalardagi xodimlar kesimida hisoblangan summa yigʻindisiga teng boʻlishi lozim.

Amaliyotda hisob-kitob taqdim etilganida hisoblangan daromad soligʻi summasi va xodimlar kesimida hisoblangan daromad soligʻining yigʻindisida farqlar aniqlanmoqda.

Mazkur tushunmovchiliklarni oldini olish maqsadida quyidagi mantiqiy shart kiritilmoqda. Xususan,

🔹hisob-kitobning 4-ilovasi 13-ustuni yigʻindisi, 5-ilova 8-ustuni yigʻindisi va 7-ilova 9-ustuni yigʻindisi Hisob-kitobning 061-satri 7-ustuni, 070-satri 7-ustuni va 090-satri 7 va 8-ustunlari yigʻindisiga teng boʻlishi kerak.

Buning uchun,
4-ilovaning 13-ustuni,
5-ilovaning 8-ustuni,
7-ilovaning 9-ustuni
dagi oʻsib boruvchi jami hisoblangan daromad soligʻi summasini har bir xodim uchun qoʻllanilgan imtiyoz summasini hisobga olgan holda koʻrsatilishi kerak.

Bunda, 4-ilovaning 13-ustunida oʻsib boruvchi tarzida hisoblangan daromad soligʻi summasi shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻiga majburiy hisoblangan badallar summasini oʻz ichiga olgan holda aks ettiriladi.

Soliq hisobining registrlarida jismoniy shaxslarning soliq davrida olgan daromadlari, ularga toʻlov manbaida qoʻllanilgan soliq imtiyozlari, hisoblab chiqarilgan va ushlab qolingan soliqlar hisobini toʻgʻri kiritish va yuritish Soliq agentlari zimmasiga yuklatilgan.

❗️Joriy yilning avgust oyi uchun JShODS va ijtimoiy soliq bo‘yicha hisobotni taqdim etishning oxirgi kuni – 16 sentabr.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Millat_kozgusi

Xon atlas - o'zbekning milliy g'ururi

🔹Milliy liboslar ham davlat ramzlari singari o‘zligimizni, milliyligimizni ifodalovchi simvollardan biri. U nafaqat milliy libos bo‘lganligi uchun, balki oliy navli ipakdan tayyorlangani uchun ham qadrli va qimmatlidir.

✔️Mamlakatimizda har yili “Xon atlas” festivali keng nishonlab kelinadi. Ayni payda ham hududlarda ushbu festivalning ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Shu munosabat bilan Andijon viloyati soliq boshqarmasining lobar ayollari ham ushbu tashabbusga labbay deb javob bergan holda, milliy liboslarda faoliyat olib borishdi.

🔺Bu kabi loyihalar va tashabbuslar milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash va uning ahamiyatini oshirishga xizmat qiladi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|X|