Andijon viloyati soliq boshqarmasi
844 subscribers
4.21K photos
1.02K videos
71 files
3.6K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#Sayyor_qabul

🗒 Aholi murojaatlarini oʻrganish davom etmoqda

Viloyatimizda huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar rahbarlarining aholi vakillari bilan uchrashuvlari belgilangan dastur asosida tizimli ravishda olib borilmoqda. Aholi murojaatlarini tinglash, ularni hal etish va yoʻl-yoʻriqlar koʻrsatish maqsadida tashkil etilgan sayyor qabulning navbatdagisi Marhamat tumanida boʻlib oʻtdi.

🏷Erta tongdan Marhamat tumanida qad rostlagan pavilonlar tashrif buyuruvchilar bilan toʻldi. Mazkur qabul jarayonlarida Soliq boshqarmasi boshligʻi 15 dan ziyod aholi vakillarining murojaatlarini oʻrgandi.

Soliq qarzi, imtiyozlar, moddiy yordam, ishsizlik, oʻzini oʻzi band qilish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash kabi bir qancha masalalar hududiy soha mutasaddilari bilan atroflicha oʻrganib chiqildi.

▪️Moddiy yordam soʻrab murojaat qilgan fuqarolar oʻziga yaqin hududlarda muttasil oylik maoshli ishga jalb etildi.
▪️Soliq qarzi boʻyicha murojaat etganlarga hududdagi soliq inspektori biriktirilib, masalaning oxiriga yetish va hal etish topshirigʻi yuklandi.
▪️Tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish istagida boʻlgan fuqarolarga mazkur jarayonning qonuniy asoslari tushuntirib oʻtildi.
▪️Natijasi oʻrganishni talab etadigan masalalar nazoratga olindi. Eslatib oʻtamiz, mazkur qabul jarayonlari belgilangan tartibda davom etmoqda.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida #sayyor_qabul

📺 Bugun har bir hududda aholi murojaatlarini o'rganish va ularni tizimli ravishda hal etish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi hamda boshqaruv organlari ishtirokida sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

📍 Quyidagi lavha orqali Marhamat tumanida bo'lib o'tgan qabul jarayonlari bilan tanishishingiz mumkin.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
#Sayyor_qabul

🔘 Boʻston tumanida aholi murojaatlari tinglandi

🏷 Andijon viloyatida huquqni muhofaza qiluvchi hamda boshqaruv organlari rahbarlarining aholi vakillari bilan uchrashuvlari belgilangan tartibda oʻtkazib kelinmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Boʻston tumanida tashkil etildi.

☑️ Unda viloyat Soliq boshqarmasi boshligʻi L.Qurbonov ham ishtirok etib, aholi murojaatlarini o'rgandi. Ushbu murojaatlar asosan 12 foizli daromad soligʻini qaytarish (deklaratsiya), ishsizlik, moddiy yordam, soliq imtiyozlari haqida boʻlib, ularning aksariyati mahalliy tashkilot rahbarlari ishtirokida joyida oʻrganildi va hal etildi. Xususan:

▪️4-sektor hududida ishsiz boʻlgan uch nafar fuqaroga motokultivator (yer haydash uskunasi) foydalanish uchun subsidiya asosida berildi.
▪️3 nafar toʻlov-shartnoma pulini ota-onasi yoki turmush oʻrtogʻining ish haqidan toʻlagan fuqarolarga 12 foizli daromad soligʻini 1 kun muddat ichida qaytarilishi nazoratga olindi.
▪️Ish so'rab murojaat qilgan xotin-qizlar qulay sharoitlarda faoliyat yuritishlari uchun mahalliy korxona va tashkilotlarga yo'naltirildi.

🔷Mazkur uchrashuv va tadbirlar tizimli ravishda va belgilangan tartibda davom ettiriladi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul

🔘 Boʻston tumanida aholi murojaatlari tinglandi

🏷 Andijon viloyatida huquqni muhofaza qiluvchi hamda boshqaruv organlari rahbarlarining aholi vakillari bilan uchrashuvlari belgilangan tartibda oʻtkazib kelinmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Boʻston tumanida tashkil etildi.

Batafsil:👆"Axborot 24" informatsion dasturi orqali

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Sayyor_qabul

▪️4-sektor rahbari murojaatlarni
qabul qildi

Bugun Ulug'nor tumanida sektor rahbarlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar ishtirokida sayyor qabul bo'lib o'tdi. Unda 4-sektor rahbari L.Qurbonov ham ishtirok etdi.

✔️Ushbu qabul jarayonlarida 20 ga yaqin aholi murojaatlari o'rganilib, natijasi ijroga qaratildi.

🔻 Xususan, Ulug'nor tumanida istiqomat qiluvchi aholining ish so'rab qilgan murojaatlari asnosida aholi vakillariga 5 ta tikuv mashinasi va 3 dona motokultivator subsidiya asosida berildi.
🔻Shu bilan birga qabul jarayonlarida ko'p uchraydigan masalalar alohida shakllantirilib, mutasaddi xodimlar nazoratiga olindi.
🔻12 foizli daromad solig'ini qaytarishda muammoga duch kelganlarga amaliy ko'mak berildi.
🔻Soliq sohasi bo'yicha muammosi bor fuqarolarga tavsiyalar berilib, ijrosi ijobiy hal etildi.

🔷 Qolaversa, murojaatchilarga bir martalik yechimlar emas, uzoq asqotishi mumkin bo'lgan choralar tavsiya etildi.

🔘 4-sektor rahbari muntazam ravishda aholi vakillari bilan uchrashib, mazkur masalalar ijrosiga alohida ahamiyat qaratib kelmoqda va bu jarayon davom ettiriladi.

Telegram
|Facebook|Instagram|YouTube|
#sayyor_qabul

📣 Andijonda bo'lib o'tgan
sayyor qabullarda qancha murojaatlar o'rganildi?

✔️ 2024-yil yanvar-may oylarida Soliq xizmati organlarining hududiy 4-sektori respublika bo‘yicha o‘tkazilgan 5 693 ta sayyor qabullarda 42 748 ta murojaat yo‘llangan.

Shundan Andijon viloyatida esa
:

▫️O'tkazilgan sayyor qabullar435 ta;
▫️Kelib tushgan murojaatlar - 2274;
▫️Hal etilgan murojaatlar - 82,0 foiz.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
#Sayyor_qabul

🔘 Savollarga javob, murojaatlarga yechim topish mumkin

🔻Bugun Oltinlko’l tumanida viloyat huquqni muhofaza qiluvchi hamda mutasaddi tashkilotlar rahbarlarining sayyor qabuli tashkil etildi. Ushbu qabul jarayonlarida viloyat Soliq boshqarmasi ham ishtirok etib, aholi murojaatlarini o’rgandi.

✔️ 4-sektor rahbari L.Qurbonov bevosita murojaatchilar bilan uchrashib, ular tomonidan ko’tarilgan masalalarni tegishli tashkilot xodimlari bilan o’rganib chiqdi.

Sayyor qabul jarayonlarida eng ko’p to’xtalib o’tilgan murojaatlar – 12 foizli daromad solig’ini qaytarish, o’z o’zini band qilish kabi masalalar bu safar ham dolzarb bo’ldi.

✔️ Ushbu murojaatlarning barchasi joyida o’rganildi va maqbul yechimlar taklif etildi.

🏷 Qolaversa, o’z o’zini band qilmoqchi bo’lgan fuqarolarga 5 dona motokultivator subsidiya asosida taqdim qilindi.

📍Qabul jarayoniga kelganlar savollariga javob, murojaatlariga yechim topishdi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul

▪️Andijon tumanida aholi murojaatlari oʻrganildi

📍Bugun Andijon tumanida viloyat Soliq boshqarmasi boshligʻi ishtirokida aholi murojaatlari oʻrganildi.

🔹Oʻz-oʻzini band qilish
🔹Soliq imtiyozlari
🔹12 foizli daromad soligʻini qaytarish kabi masalalar masʼullar ishtirokida oʻrganib chiqildi va ijroga yoʻnaltirildi.

Xalq bilan muloqot koʻplab masalalarga yechim boʻlishi bilan birga aholining davlat tashkilotlariga boʻlgan ishonchini ham oshirishga xizmat qiladi.

Birgina misol, bugungi qabul jarayonlarida institut oʻqituvchisi farzandining toʻlov-shartnomasi uchun toʻlagan 46 million soʻm pul mablagʻining 12 foizini qaytarish boʻyicha qilgan murojaati tuman inspeksiya boshligʻi nazoratiga olindi hamda 1 kun muddatda hal etish vazifasi topshirildi.

✔️ Albatta, bu oʻz yechimini topgan murojaatlardan biri xolos. Sayyor qabul jarayonlari shu kabi koʻplab murojaatlarga yechim boʻlib kelmoqda.

Telegram
|Facebook|Instagram|YouTube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul

📍Andijon shahrida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi

Bugun Andijon shahrida aholi murojaatlarini o‘rganish va ularga tegishlicha yechim topish maqsadida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi. Ushbu qabul jarayonlarida viloyat Soliq boshqarmasi vakillari ham ishtirok etib, murojaatlarni qabul qildi.

🔻Qizg‘in, qolaversa, o‘ziga xos tarzda o‘tgan qabul jarayonlari odamlar bilan gavjum bo‘ldi. Murojatchilar o‘zlarini qiziqtirgan masala yuzasidan tegishli yechim, ko‘rsatma va tavsiyalarga ega bo‘lishdi.

✔️ Aksariyat murojaatlar joyida hal etildi. Bu kabi targ'ibot tadbirlar davom ettiriladi.

Telegram
|Facebook|Instagram|YouTube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM