Andijon viloyati soliq boshqarmasi
855 subscribers
4.19K photos
1.02K videos
66 files
3.58K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Soliqchi_komakchi
#Seminar_trening

Soliq qo'mitasining Yirik soliq to'lovchilari bo'yicha hududlararo soliq inspeksiyasi xodimlari bilan Andijondagi yirik soliq to'lovchilar ishtirokida seminar-trening tashkil etildi.

Uchrashuvda soliq qonunchiligidagi yangiliklar, tadbirkorlarga qo'llaniladigan imtiyozlar va yengilliklar haqida atroflicha ma'lumotlar berildi. E'tiborli jihati, yirik soliq to'lovchilarning ko'plab muammolari joyning o'zida yechildi. Ijrosi vaqt talab etiladigan masalalar tez fursatlarda hamkor tashkilotlar ko'magida hal etiladigan bo'ldi.

Batafsil:👆 "Bu kun" informatsion dasturi orqali

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#avtokameral #soliqchi_komakchi

Soliq hisobotlaridagi tafovut va xatolarni o‘z vaqtida bartaraf etish tekshiruv va jarimalarning oldini oladi

💻Bugungi kunda kameral soliq tekshiruvlari soliq toʻlovchining ishtirokisiz, uning hududiga bormasdan hamda hujjatlarni talab qilmagan holda masofadan oʻtkazilmoqda.

🔎Sentabr oyida oʻtkazilgan kameral soliq tekshiruvlarida
1700 ta subyekt soliq hisobotlaridagi tafovut va xatolarini mustaqil bartaraf etib, qariyb 695 mlrd soʻmlik soliqlarni qoʻshimcha hisoblashga qayta hisobotlarni taqdim etdi. Natijada, ushbu subyektlarda soliq auditi oʻtkazilishi hamda ularga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilishi oldi olindi.

Afsuski berilgan imkoniyat va yengilliklarga qaramasdan yuborilgan talabnomaga javob bermagan korxonalar ham yoʻq emas. Talabnomaga befarq boʻlgan ana shunday 403 ta korxona faoliyatida soliq auditi tayinlanishi haqida ularga xabarnomalar yuborildi.

🎞 Youtube orqali ko‘rish

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#soliqchi_komakchi

Soliq qo‘mitasi Raisi andijonlik tadbirkorlar bilan uchrashdi

Davlatimiz rahbarining soliq organlari oldiga qo‘ygan yangicha ishlash talabi soliqchini tadbirkorga ko‘makchiga aylantirdi.

Joriy yilning 6-dekabr kuni Soliq qo‘mitasi Raisi Sherzod Kudbiyev 80 nafardan ziyod andijonlik tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Ochiq va konstruktiv muloqotda Sh.Kudbiyev tadbirkorlarning murojaatlarini tinglab, ularda ko‘tarilgan masalalarni hal etilishini shaxsan nazoratiga olishini ta’kidladi.

Shuningdek, QQSning ortiqcha summasini qaytarish, soliq imtiyozi qo‘llanishi, “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi, yer va mol-mulk soliqlari yuzasidan yo‘llangan murojaatlar shu yerning o‘zida ijobiy yechim topdi.

O‘rganish talab etadigan masalalarni qanoatlantirish uchun malakali mutaxassislardan iborat 14 kishilik ishchi guruhi tashkil etildi.

Qo‘mita Raisi tadbirkorlarga faqatgina soliq sohasida emas, balki boshqa muammoli vaziyatlarda ham ko‘mak ko‘rsatish lozim ekanligini qayd etdi.

Shuningdek, soliq organlari vakolat doirasidan tashqari murojaatlar ham vakolatli idoralarga yetkazilishini va ijobiy hal etilishida tegishli choralar ko‘rilishini ma’lum qildi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#soliqchi_komakchi

Tadbirkorlarning muammolari o‘rganilmoqda

📍Soliq qo‘mitasining andijonlik tadbirkorlar ishtirokidagi sayyor qabullarining navbatdagisi Andijon shahri,  Xo‘jaobod va Jalaquduq tumanlarida o‘tkazildi.

Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Jahongir Abdiyev tashkilotchiligidagi ochiq muloqotda tadbirkorlarning QQSni qaytarib olish, soliq imtiyozlari qo‘llanishida duch kelayotgan muammoli masalalari tinglandi.

Kelib tushgan murojaatlarning aksariyati joyning o‘zida yechilgan bo‘lsa, muddat talab etiladiganlari Bojxona qo‘mitasi hamkorligida ijroga yo‘naltirildi.

Soliq imtiyozlaridan foydalanish uchun Prezident qaror va farmonlarida ko‘rsatilgan talablarni bajarish, Soliq kodeksida belgilangan me’yorlarga amal qilgan holda, faol tadbirkorlik pozitsiyasini namoyon etish zarurligi eslatib o‘tildi.

Sayyor qabul 200 ga yaqin tadbirkorlar ishtirokida o'tdi.

Ishbilarmon doira vakillari erkin va ochiq ruhda kechgan muloqotni o‘zlari uchun manfaatli bo‘lganligini mamnuniyat bilan ta’kidladilar.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliqchi_komakchi

Soliq qo'mitasi tadbirkorlar ishtirokida sayyor qabul o'tkazdi

Batafsil:👆 "Bu kun" informatsion dasturi orqali

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#soliqchi_komakchi

Soliq xizmatlaridan uydan chiqmagan holda foydalaning

❗️
Jismoniy shaxslar:

👉Soliq mobil ilovasida (Android / iOS):
▫️soliqlarni toʻlash;
▫️ko‘chmas mulk va avtomobil ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish;
▫️soliq qarzi yo'qligi haqida ma'lumotnoma olish;
▫️ish haqi to‘g‘risida ma'lumotnoma olish;
▫️o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtish;

👉 e-imzo.soliq.uz sayti orqali ERI olish;

👉 my3.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinet orqali:
▫️jami yillik daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etish;
▫️ortiqcha to‘langan soliqlarni qaytarishi mumkin.
__________
#солиқчи_кўмакчи

Воспользуйтесь налоговыми услугами не выходя из дома

❗️Физические лица могут:

👉в мобильном приложении Soliq (Android / iOS):
▫️уплатить налоги;
▫️зарегистрировать договор аренды недвижимости, а также автомобиля;
▫️получить справку об отсутствии налоговой задолженности;
▫️получить справку о зарплате;
▫️зарегистрироваться в качестве самозанятого;

👉через сайт e-imzo.soliq.uz получить ЭЦП;

👉через персональный кабинет на сайте my3.soliq.uz:
▫️подать декларацию о совокупном годовом доходе;
▫️вернуть переплату по налогам.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliqchi_komakchi

Xizmatlar sohasini rivojlantirish va uning aholi daromadlariga ta'siri qanday?

"Renessans minbari" ko‘rsatuvining navbatdagi sonida Soliq qo‘mitasi mutaxassislari xizmatlar sohasi uchun berilayotgan soliq imtiyozlari, preferensiyalar va yengilliklar haqida batafsil ma'lumot berdi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soliqchi_komakchi

QQS to‘lovchiga xizmat ko‘rsatish sifatini boshqarish va baholashning ilg‘or mexanizmlari

QQS to'lovchi har bir korxonaga soliq inspektori biriktirildi. Soliq to'lovchiga shaxsiy kabinetida o‘zining inspektori haqidagi aloqa ma'lumotlari ko‘rsatilgan xabarnomalar yuborildi.

Bitta soliq inspektori bir xil faoliyat sohasidagi bir nechta korxona (masalan, qishloq xo'jaligi, sanoat va boshqalar) bilan ishlaydi. Soliq xizmati organining ma’lumotlar bazasida soliq to‘lovchilar to‘g‘risidagi mavjud barcha zarur ma’lumotlarni bir joyda to‘plash, monitoringini yuritish va tezkor tahlil qilish maqsadida soliq inspektorlari uchun avtomatlashtirilgan tizim yaratildi.

Undagi barcha ma'lumotlar alohida toifalarga ajratilgan:
▫️tovar aylanma,
▫️hisobot taqdim etilishi,
▫️soliq turlari kesimida ma'lumotlar,
▫️soliq qarzi,
▫️ortiqcha to'lov,
▫️tekshiruvdan oldingi tahlil natijalari (avtokameral) va h.k.


Soliq inspektorlarining samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) yuqoridagi toifalar bo‘yicha baholanadi.

Bular tadbirkorlar barqarorlik reytingi mezonlariga juda yaqin ko‘rsatkichlardir. Shu boisdan ham ushbu tizim ikki tomon uchun ham manfaatlidir - soliq inspektori soliq to'lovchiga qonun doirasida soliq majburiyatlarini bajarishga yordam beradi, natijada tadbirkorning barqarorlik reytingi yuqorilashi barobarida inspektorning mehnat samaradorligi ham oshib boradi.

Tizim QQS to'lovchilar bilan muhokama qilindi. Soliq to‘lovchilar inspektor bilan bir vaqtda tizimdagi ma’lumotlarni ko‘rish imkonini berish taklifini bildirgan. Yaqin kunlarda ular shaxsiy kabinetida o‘zlariga tegishli ma'lumotlarni ko‘rish imkoniga ega bo‘ladi.

Bu o‘zaro munosabatlarda tushunmovchiliklar kelib chiqishining oldini oladi: soliq to‘lovchilar kamchiliklarini aniq ko‘rib turadi va soliq inspektorlari ularni bartaraf etishda yordam beradi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliqchi_komakchi

Soliqlarni kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lamoqchimisiz? Unda mazkur videoqo‘llanma aynan siz uchun.
__________
#солиқчи_кўмакчи

Хотите получить отсрочку или рассрочку по уплате налога? Воспользуйтесь этой видеоинструкцией.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soliqchi_komakchi

Soliq xizmatlaridan uydan chiqmagan holda foydalaning!

❗️
Jismoniy shaxslar:

👉Soliq mobil ilovasida (Android / iOS):
▫️soliqlarni toʻlash;
▫️ko‘chmas mulk va avtomobil ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish;
▫️soliq qarzi yo'qligi haqida ma'lumotnoma olish;
▫️ish haqi to‘g‘risida ma'lumotnoma olish;
▫️o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtish;
▫️soliq organlariga savol yuborish;

👉 e-imzo.soliq.uz sayti orqali ERI olish;

👉 my3.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinet orqali:
▫️jami yillik daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etish;
▫️ortiqcha to‘langan soliqlarni qaytarishi mumkin.
__________
#солиқчи_кўмакчи

Воспользуйтесь налоговыми услугами не выходя из дома!

❗️Физические лица могут:

👉в мобильном приложении Soliq (Android / iOS):
▫️уплатить налоги;
▫️зарегистрировать договор аренды недвижимости, а также автомобиля;
▫️получить справку об отсутствии налоговой задолженности;
▫️получить справку о зарплате;
▫️зарегистрироваться в качестве самозанятого;
▫️задать вопрос налоговым органам;

👉через сайт e-imzo.soliq.uz получить ЭЦП;

👉через персональный кабинет на сайте my3.soliq.uz:
▫️подать декларацию о совокупном годовом доходе;
▫️вернуть переплату по налогам.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliqchi_komakchi

“DSB maʼmurchiligi” yoxud “korxonabay” ish yuritish samaradorligi


“DSB maʼmurchiligi” axborot tizimi (AT) faoliyati doirasida 182 mingta QQS toʻlovchi korxonaga 902 nafar masʼul xodim biriktirilgan.

Ushbu xodimlarning asosiy vazifasi soliq toʻlovchilarga soliq majburiyatlarining oʻz vaqtida va toʻgʻri bajarilishida koʻmaklashishdan iborat.

Soliq toʻlovchilar faoliyati “DSB maʼmurchiligi” AT orqali 42 ta yoʻnalishda avtomatik tahlil qilinadi.

Bugungi kunda soliq toʻlovchilarning shaxsiy kabinetida ularga biriktirilgan soliq inspektori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek korxona faoliyatiga oid kamchiliklar toʻliq aks ettirilgan boʻlib, kamchiliklarni mustaqil ravishda bartaraf etish imkoniyati yaratilgan.

👉 QQS to‘lovchiga xizmat ko‘rsatish sifatini boshqarish va baholashning ilg‘or mexanizmlari

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Soliqchi_komakchi

🔻
Ayollar har sohada faol

Bugun qaysi sohaga qaramang, u yerda ayollarning faolligini, shijoatini ko‘rib, xursand bo‘lasan kishi. Soliq sohasida ham ana shunday fidokor va kezi kelganda qattiqqo‘l ayol rahbarlarni ko‘rib, beixtiyor iftixor tuyasiz. Ziyoda Qosimova ham ana shunday iqtidorli va samarador rahbarlardan biri.

🔹U 2,5 mingdan ziyod ishchilarning faoliyatini qonuniylashtirib, hududida mavjud soliq tushumni 3 barobarga oshirishga erishdi.

Batafsil: 👆“Andijon axboroti” informatsion dasturi orqali.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliqchi_komakchi

Soliqlarni kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lamoqchimisiz? Unda mazkur videoqo‘llanma aynan siz uchun.
__________
#солиқчи_кўмакчи

Хотите получить отсрочку или рассрочку по уплате налога? Тогда воспользуйтесь этой видеоинструкцией.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soliqchi_komakchi #uchrashuv

Soliq qo‘mitasi rahbariyati Xitoy kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazmoqda

Unda Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari va tarkibiy tuzilmalar rahbarlari, O‘zbekistondagi xitoylik tadbirkorlar uyushmasi raisi, shuningdek, 60 ga yaqin Xitoy kompaniyalari vakillari ishtirok etmoqda.

Muloqot chog‘ida tadbirkorlar soliq sohasida o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib, mutaxassislardan maslahat oladi.
__________
#cолиқчи_кўмакчи #встреча

Руководство Налогового комитета проводит встречу с представителями китайских компаний

В ней принимает участие первый заместитель председателя и руководители структурных подразделений Налогового комитета, председатель Ассоциации китайских предпринимателей в Узбекистане, а также около 60 представителей китайских компаний.

В ходе диалога предприниматели задают интересующие их вопросы в сфере налогообложения и получают консультации специалистов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Soliqchi_komakchi

Bugun mamlakatimizda tadbirkorlik subyektlariga keng imkoniyat yaratish, ularni qo'llab-quvvatlash borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Buni faoliyatini kun sayin kengaytirib borayotgan tadbirkorlar faoliyatidan ham bilish mumkin.

🔸Siz lavhada ko'rib turgan yosh tadbirkor ham dastlab 2 kishi bilan ish boshlagan bo'lsa, bugunga kelib ularning soni anchaga ortgan. Endilikda "Mahalla yettiligi" ko'magi va tavsiyalari asosida faoliyatini kengaytirish va ishchilar sonini oshirib bormoqda.

✔️Qolaversa, yoshlar uchun ajratilgan imtiyozli kreditdan foydalangan holda ishlab chiqarishga mo'ljallangan asbob-uskunalarni ham yangilab olishga erishib kelmoqda.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|X|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Barqarorlik_reytingi
#Soliqchi_komakchi

📊O‘zaro muloqot ikki tomonlama muammolarga yechim bo‘ladi

Tadbirkorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning ichki va tashqi bozorda sog‘lom raqobat olib borishi uchun bir qator chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Xususan, “Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi” ana shunday muhim ko‘rsatkichlardan biridir.

✔️Yuqori reyting ko‘rsatkichlarini qayd etish uchun, albatta, bir qator belgilangan talablarga javob berish kerak. Ana shu masalada soliq xizmat organlari xodimlari hamda tadbirkorlar o‘rtasida bevosita aloqa ko‘pgina muammolarga yechim bo‘la oladi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|X|