Andijon viloyati soliq boshqarmasi
852 subscribers
4.37K photos
1.08K videos
75 files
3.81K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#Antikorrupsiya

🔘O‘zingizni va atrofdagilaringizni korrupsiyadan himoya qiling

✔️Korrupsiyaning turi va ko‘rinishi turlicha. Uni bir qarashda farqlab olish uchun ehtiyotkorlik, ogohlik va albatta, halollik hissi insonning eng yuksak fazilatlari bo‘lmog‘i lozim.

🔹Barcha sohalarda bo‘lgani kabi soliq tizimida ham korrupsion jinoyatlar va ularning oldini olishga qaratilgan tadbirlar doimiy tarzda o‘tkazib kelinmoqda. Buloqboshi hamda Xo'jaobod tumanlarida bo‘lib o‘tgan uchrashuv ham aynan mana shu mavzuga bag‘ishlandi.

🗓Ushbu tadbirda viloyat soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlaridan tashqari huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari ham ishtirok etishdi.

◾️Bu kabi uchrashuvlardan ko‘zlangan asosiy maqsad soha xodimlarini ogohlikka chorlash, ularni turli xavf-xatarlardan himoya qilishga qaratilgan. Zero, o‘zingiz va atrofdagilaringizni korrupsiyadan himoya qilishning asosiy chorasi bu – unga qarshi murosasiz kurashishdir.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|X|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Antikorrupsiya

🔻Asaka tumanida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tadbir bo‘lib o‘tdi

🔸Andijon viloyati soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari ishtirokida Asaka tumanida tadbir tashkil etildi.

✔️Soliq inspeksiyasida bo‘lib o‘tgan ushbu tadbirda xodimlarning mehnat faoliyatidagi xatti-harakatlari, ularning qonuniy faoliyat yuritishlarini ta’minlash, shu bilan birga turli yot g‘oya va oqimlardan saqlanish, korrupsion jinoyatlarga qarshi kurashishda murosasiz bo‘la olish lozimligi to‘g‘risida so‘z yuritildi.

▫️O‘z navbatida xodimlar ham ish jarayonlarida nimalarga amal qilish kerakligi borasida muhim tushunchalarga ega bo‘lishdi. Bu kabi tadbirlar soha xodimlarini ogohlikka chaqirishi barobarida mavjud muammolarni bartaraf etish imkonini ham beradi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|X|
#Antikorrupsiya

Har qanday xavfni oldini olishning eng yaxshi yo’li – ogohlik


Korrupsiya jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga to‘sqinlik qilib, yurtimiz konstitutsiyaviy asoslarining amalga oshirilishiga, aholi turmush darajasining yaxshilanishiga xavf soladi. Shuning uchun ham unga qarshi kurashish davr talabi bo’lib qolmoqda.

Bu borada Andijon viloyati soliq xizmati xodimlari o’rtasida muntazam tushuntirish ishlari, o’quv seminarlari va davra suhbatlari o’tkazib kelinmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri Andijon tumanida ham tashkil etildi. Andijon viloyati Soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi tomonidan Andijon tuman soliq inspeksiyasida korrupsiya illati, uning ayanchli oqibatlari to'g'risida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Ochiq muloqot shaklida o‘tgan mazkur tadbirda korrupsiyaviy holatlarni keltirib chiqaradigan omillar, uning salbiy oqibatlariga aniq misollar keltirilib, bu kabi holatlardan ogoh bo’lishga chaqirildi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|X|
#Antikorrupsiya

Ogohlantirish – bizdan, ogohlik esa sizdan!

Hech e’tibor berganmisiz, savdo rastalarida, dorixonalar peshtoqida, bozor hududi va odamlar bilan gavjum joylarda sizni ogohlikka, hushyorlikka va o‘z haq-huquqlaringiz va majburiyatlaringiz aks etgan bannerlar, flayerlar yopishtirib chiqilgan.

Bu, albatta, sizning manfaatlaringiz va tadbirkorlik subyektlari bilan o‘zaro munosabatlaringiz uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. “Xarid chekini so‘rab olishni unutmang!”, “Korrupsion holatlar vujudga kelganda quyidagi ishonch raqamlariga murojaat qiling”, “Haq-huquqingiz toptalganda yoki sizga plastik karta orqali savdo qilishni rad etishganda murojaat qilishingiz mumkin” bo‘lgan raqamlarning berib borilishi ham katta ma’noga ega.

Bu kabi tadbirlar Andijon viloyati soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik xodimlari tomonidan doimiy tarzda amalga oshirib kelinmoqda. Andijon shahri hududida bo‘lib o‘tgan navbatdagi tadbir davomida ham tadbirkorlik subyektlari vakillari hamda aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borildi. Korrupsion holatlarning oldini olishga qaratilgan flayerlar odamlar gavjum joylarga, do‘kon peshtoqlariga yopishtirib chiqildi.

❗️Eslatib o'tamiz! Korrupsion holatlarga guvoh bo‘linsa, darhol Soliq qo‘mitasing rasmiy [email protected] elektron pochtasiga, Telegramdagi @dsq_anticorrupciya_bot ga, 71-244-98-98 va 1198, shuningdek, viloyat soliq boshqarmasining 74-223-95-22 va 74-223-95-23 Ishonch telefonlari orqali murojaat qilish mumkin!

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|X|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Antikorrupsiya

Andijon viloyati soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo'limi tomonidan korrupsiyaga qarshi olib borilayotgan targ'ibot tadbirlari tizimli amalga oshirilmoqda.

Batafsil:👆"Andijon axboroti" informatsion dasturi orqali


Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|X|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Antikorrupsiya

💠“Manfaatlar to’qnashuvi” manfaatlaringizga soya solmasin!


Davlat organlari va tashkilotlarida xizmat olib borayotgan soha xodimlari mehnat faoliyatini qonuniy tashkil etish, ish jarayonida manfaatlar to’qnashuviga yo’l qo’ymaslik, mansab vakolatini suiiste’mol qilmaslik uchun bir qator me’yorlarga amal qilishlari kerak bo’ladi. Bu nafaqat shaffoflikni ta’minlashga, qolaversa, turli tushunmovchiliklarning oldini olishga ham yordam beradi.

📌Shu boisdan soha vakillariga bu borada doimiy ravishda tushuntirishlar va targ’ibot tadbirlari olib boriladi. Viloyat soliq boshqarmasida ham xodimlar uchun ana shunday davra suhbati tashkil etildi. Uchrashuvda Shaxsiy xavfsizlik bo’limi xodimlari ishtirok etib, yig’ilganlarni korrupsion jinoyatlarga yo’l qo’ymaslik, ehtimoliy manfaatlar to’qnashuvi ro’y berishining oldini olish, shu bilan birga, ichki mehnat tartib-intizomiga og’ishmay rioya etish borasida kerakli tushuntirish va tavsiyalar berib o’tishdi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|X|