Andijon viloyati soliq boshqarmasi
844 subscribers
4.21K photos
1.02K videos
71 files
3.6K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#korrupsiyaga_qarshi_kurashish

Davlat soliq xizmati organlarida joriy yil 15-martdan 15-aprelgacha “Davlat soliq xizmati organlarini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish” oyligi o‘tkaziladi.

Mazkur oylik davomida markaziy apparat, Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi, hududiy davlat soliq xizmati organlari, Kadastr agentligi, qo‘mita tasarrufidagi korxona va muassasa mas’ul xodimlari o‘rtasidan korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan amaliy-targ‘ibot tadbirlari o‘tkazish rejalashtirilgan.

Jumladan, “ISO 37001:2016 korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi” xalqaro standart talablaridan kelib chiqqan holda hamda xodimlar ish faoliyatida korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan soliq to‘lovchilar fikrini o‘rganish maqsadida, ijtimoiy tarmoq orqali anonim so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.

❗️Davlat soliq qo‘mitasi markaziy apparati korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha “ISO37001:2016” xalqaro sertifikatiga ega

👉Batafsil

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Korrupsiyaga_qarshi_kurashish

Korrupsiyaga qarshi kurashishga barcha birdek masʼul

💸 Korrupsiya – jamiyat va davlat taraqqiyotiga toʻsiq boʻladigan va ijtimoiy munosabatlarni izdan chiqarish xususiyatiga ega boʻlgan holat. Unga har kim va har qachon duch kelishi mumkin. Korrupsiyaning turlari, koʻrinishlari bir-biridan farq qiladi. U poraxoʻrlik, manfaatlar toʻqnashuvi tarzida namoyon boʻladi, shu bilan birga, eng kichik sohadan tortib, eng yirik faoliyat turida ham uchrab turadi.

⚖️ Shu boisdan korrupsion holatlarga qarshi kurashish, ularning oldini olish choralarini targʻib qilish, soha oldida turgan asosiy vazifalardan biridir. Shu maqsadda korrupsiyaga qarshi targʻibot tadbirlari belgilangan tartibda tizimli ravishda amalga oshirib kelinmoqda.

Navbatdagi targʻibot tadbiri boshqarma Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda Boʻston tumani soliq inspeksiyasida o‘tkazildi, Inspeksiya xodimlari oʻtkazilgan davra suhbatida faol ishtirok etib, oʻzlari uchun tegishli xulosaga ega boʻldilar.

🧰 Targʻibot tadbirlari tizimli ravishda davom ettirilmoqda.

Telegram
|Facebook|Instagram|YouTube|