Andijon viloyati soliq boshqarmasi
851 subscribers
4.2K photos
1.02K videos
67 files
3.59K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#mutaxassis_sharhi

Tovarlarni vositachilik shartnomasi asosida realizatsiya qilish operatsiyalari soliq hisoboti onlayn-NKM tizimida qanday yuritiladi?

Onlayn-NKM tizimida tovarlar realizatsiyasi to‘g‘risidagi ma'lumotlar soliq hisobotida avtomatik ravishda aks ettiriladi.

Avvalroq vositachilik shartnomasi asosida tovarlar relizatsiya qilishni onlayn kassa cheklarida aks ettirish imkoniyati paydo bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.

Ushbu yangi imkoniyat haqida DSQ Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari departamenti direktori Hayotjon Nasrulloyev aniq va lo‘nda tushuntirish berdi:

Vositachilik shrtnomasini imzolagan tomonlarni soliqqa tortishning 4 ta yo‘li mavjud:

1️⃣ Vositachi va komitent - aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchilar;
2️⃣ Komitent va vositachi - QQS to‘lovchilar”;
3️⃣ Komitent - aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchi, vositachi - QQS to‘lovchi;
4️⃣ Komitent - QQS to‘lovchi, vositachi - aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchi.

Vositachilik shartnomasi asosida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish operatsiyalari onlayn-NKM tizimida aks ettirilgan soliq hisobotini shakllantirishda komitentning holati inobatga olinadi.

Agar komitent QQS to‘lovchisi bo‘lsa, onlayn-NMK cheklarida ko'rsatilgan summa uning qo‘shilgan qiymat solig‘i hisobotida avtomatik ravishda aks etadi.

Agar komitent aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchisi bo‘lsa, onlayn-NMK cheklarida ko‘rsatilgan summa uning aylanmadan olinadigan soliq hisobotida avtomatik ravishda aks etadi.


Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#mutaxassis_sharhi

Maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilari foyda solig‘ini to‘lashdan ozod etildi.

👉YouTube orqali ko'rish
__________
#комментарий_специалиста

Участников специальных экономических зон освободили от уплаты налога на прибыль.

👉Cмотреть в YouTube

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mutaxassis_sharhi

Tadbirkorlarga soliq qarzini bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati berildi, shuningdek ularning soliq qarziga penya hisoblash vaqtincha to‘xtatildi.

👆Batafsil mutaxassis sharhida.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#mutaxassis_sharhi #deklarasiya

O‘zbekiston telekanalining “Munozara maydoni” ko‘rsatuvida Soliq qo‘mitasi mutaxassislari Jismoniy shaxslarning kontrakt, nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda
ipoteka kreditlariga yoʻnaltirilgan daromadlaridan 12% miqdorida daromad soligʻini masofadan qaytarib olish bo‘yicha tushuntirishlar bermoqda.

Jonli efirda tomosha qilish
https://www.uztv.tv/channels/uzbekiston
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#QQS #mutaxassis_sharhi

Tovarlar import qilinganda to‘langan QQS summasini hisobga olish

Soliq organlari axborot tizimlari Bojxona organlari maʼlumotlari bilan integratsiya qilingan bo‘lib, tovarlar import qilinganda to‘langan QQS summasi avtomatik ravishda hisobga olinadi.

Soliq to‘lovchi haqiqatda olib kirilgan (import) tovar (xizmat)lar uchun budjetga to‘langan QQS summasini hisobga olish huquqiga ega.
👉 Soliq kodeksi 266-modda

Bunda, tovarlar importi uchun kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘langan QQS summasi to‘lov amalga oshirilgan davr bo‘yicha avtomatik ravishda hisob (zachet)ga olinadi.

Import qilingan tovarlar uchun QQSni kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash keyingi yilda amalga oshirilsa, soliq summasi my3.soliq.uz portali orqali hisobga olinadi.

QQS hisobotini to‘ldirish va unda avtomatik shakllanadigan ko‘rsatkichlar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar mutaxassis sharhida...

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads