Andijon viloyati soliq boshqarmasi
851 subscribers
4.2K photos
1.02K videos
67 files
3.59K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#Korrupsiya
#Qorgontepa_tumani

Korrupsiyaga qarshi murosasiz bo‘lishga chaqirildi

Qo‘rg‘ontepa tumani Soliq inspeksiyasi xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirida Andijon viloyati Soliq boshqarmasining Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi mutasaddilari ta’magirlik illatining inson taqdirini parokanda qilishi haqida atroflicha so‘z yuritdilar.

Korrupsiyadan tiyilolmaslik nafaqat xodimning o‘z sha’nini tushirishi, balki, butun jamoani obro‘sizlantirishi haqida hayotiy misollar keltirilgani targ‘ibot ta’sirchanligini oshirdi.

Xar bir soliqchi, xizmatga halol munosabatda bo‘lishga, vazifasini manfaatdorliksiz, sidqidildan ado etishga chaqirildi. Soliq to‘lovchilari bilan o‘rnatiladigan munosabatlarda “Halollik vaksinasi” bilan quvvatlanish muhimligiga e’tibor qaratildi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#korrupsiya

Korrupsiyadan holi sohaning obro‘si yuksaladi

Andijon viloyati Soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari “Korrupsiyaga qarshi kurashish” oyligi doirasida ushbu illatning oldini olish maqsadida Baliqchi va Ulug‘nor tumanlari inspeksiyalari xodimlari ishtirokida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tashkilotchilar sohaning xalq orasidagi obro‘si xodimlarning mansab vakolatini suiste’mol qilmaslikka bog‘liq ekaniga e’tibor qaratdilar. Mehnatga halol munosabatda bo‘lishda xar bir soliqchining mas’uliyati, javobgarligi oshirildi. Aholi va tadbirkorlarning ishonchini qozonish mazkur illatga qarshi mustahkam jamoaviy immunitetni shakllantirishga bog‘liqligi xususida atroflicha so‘z bordi.

Korrupsiya inson va uning oilasi taqdirini parokanda qilishiga oid hayotiy misollar keltirilgani muloqot ta’sirchanligini oshirdi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Korrupsiya

Korrupsiyaga qarshi kurash tadbirlari - jamoatchilik e’tiborida

“9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” oldidan o‘tkazilayotgan aksilkorrupsiya oyligi doirasida Andijon viloyati Soliq boshqarmasida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.

Andijon viloyati Soliq boshqarmasi shaxsiy xavfsizlik bo‘limi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda tadbirkor va fuqarolarga o'rtasida korrupsiyani oldini olish borasidagi olib borilayotgan ishlar misollar orqali tushuntirildi.

Soliq to‘lovchilar, OAV vakillari va jamoatchilik uchun ochiq bo‘lgan tadbirda soliq tizimini "Korrupsiyadan holi soha"ga aylantirish borasida batafsil ma’lumotlar berildi hamda ularga soliq qo'mitasining ishonch telefoni va telegramdagi antikorrupsiya bot manzili ishlab turgani bilan tanishtirildi.

Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan yana boshqa savollarga ham atroflicha javob olishdi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Korrupsiya

Korrupsiyaga qarshi kurash tadbirlari - jamoatchilik e’tiborida

“9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” oldidan o‘tkazilayotgan aksilkorrupsiya oyligi doirasida Andijon viloyati Soliq boshqarmasida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.

Batafsil:👆 "Andijon axboroti" informatsion dasturi orqali

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Korrupsiya

Korrupsiyaga qarshi murosasiz bo‘lishga chaqirildi

Andijon viloyati Soliq boshqarmasining Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi tomonidan soha xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda korrupsiyaga qarshi murosasiz bo‘lishga chaqirildi.

Har bir xodim o‘z yelkasida butun soliq organining sha’ni, obro‘sini ko‘tarib yurishi, ayni shuning uchun ham xizmat vazifasida ta’magirlik, poraxo‘rlik kabi illatlardan yiroq bo‘lishiga diqqat, e’tibor qaratildi. “Xizmatga halol munosabatda bo‘lish, zimmasidagi mas’uliyatini majburiyat emas, vijdon ishi deb bajarishgina insonga saodat keltiradi”- dedi tadbir tashkilotchilari.

Korrupsiyaga qo‘l urish xodimning nafaqat jamiyat oldida qadr-qimmatini tushurishi, balki o‘z oilasi, qarindosh-urug‘larining yuzini yerga qaratishi, inson taqdirini parokanda qilishi haqida hayotiy misollar keltirilgani targ‘ibot ta’sirchanligini oshirdi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Korrupsiya

Korrupsiya – jamiyat taraqqiyotiga g‘ov

Qo‘rg‘ontepa tumani Soliq inspeksiyasi xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirida Andijon viloyati Soliq boshqarmasining Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi, Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti va ichki ishlar bo‘limi vakillari ta’magirlik illatining inson taqdirini parokanda qilishi haqida atroflicha so‘z yuritdilar.

Korrupsiyadan tiyilolmaslik nafaqat xodimning o‘z sha’nini tushirishi, balki, butun jamoani obro‘sizlantirishi haqida hayotiy misollar keltirilgani targ‘ibot ta’sirchanligini oshirdi.

Har bir soliqchi, xizmatga halol munosabatda bo‘lishga, vazifasini manfaatdorliksiz, sidqidildan ado etishga chaqirildi. Soliq to‘lovchilari bilan o‘rnatiladigan munosabatlarda “Halollik vaksinasi” bilan quvvatlanish muhimligiga e’tibor qaratildi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Korrupsiya

Buloqboshi tumani soliq inspeksiyasi xodimlari o‘rtasida profilaktik tadbir o‘tkazildi

Soliq organlarini korrupsiyasiz tizimga aylantirish maqsadida boshqarmaning Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi mas’ullari tomonidan joylarda tizim xodimlari o‘rtasida profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.

📌Boshqarmaning Shaxsiy xavfsizlik mas’ul xodimi korrupsiya va uning mohiyati, oqibatlari, shuningdek, soliq tizimida uchrashi mumkin bo‘lgan korrupsion jinoyatlar haqida batafsil axborot berildi.

❇️Muloqot davomida poraxo‘rlik, ta’magirlik va mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan xodimlar ogohlantirildi. Shuningdek, xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida xodimlarning huquq va majburiyatlari tushuntirib o‘tildi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Korrupsiya

Biz korrupsiyani birgalikda yengamiz

Ta’kidlash lozimki, korrupsiya keltiradigan zarar barcha davlatlar uchun teng sanalib, mazkur illat davlatning turli sohalariga, xususan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy jabhalarida amalga oshirilayotgan islohotlarga hamda mamlakatning xalqaro maydondagi imidji va investitsiyaviy jozibadorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Xususan, viloyati soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo'limi mas'ul xodimlari tomonidan ushbu illatning oldini olish maqsadida Izboskan tumani soliq inspeksiyasi barcha xodimlariga bu boradagi huquqiy savodxonligini oshirish bo'yicha tushuntirish-profilaktik ishlari olib borildi.

Bundan ko'zlangan maqsad, kelgusida bunday holatlar yuz bermasligi hamda sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarning oldini olish, shuningdek, doimiy daromad manbalarini yaratish, xaqimizning tinch-totuv, erkin va farovon yashashlariga xizmat qilishga qaratilgan.

Andijon viloyati Soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Korrupsiya

Korrupsiyaga qarshi kurashish targ'ibot tadbirlari davom etmoqda...

Andijon viloyati soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo'limi xodimlari tomonidan Andijon shahrida "Biz korrupsiyani birgalikda to'xtatamiz" hamda "Korrupsiya - xavfsizlikka taxdid" mavzusida targ'ibot ishlari amalga oshirildi.

Ushbu targ'ibotni oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad, soliq sohasida uchrashi mumkin boʻlgan korrupsion holatlarni oldini olish, korrupsiyaning jamiyatga va shaxslarga keltiradigan zarari toʻgʻrisida maʼlumotlar berishdan iborat.

❗️Eslatib o'tamiz! Korrupsion holatlarga guvoh bo‘linsa, darhol Soliq qo‘mitasing rasmiy [email protected] elektron pochtasiga, Telegramdagi @dsq_anticorrupciya_bot ga, 71-244-98-98 va 1198, shuningdek, viloyat soliq boshqarmasining 74-223-95-22 va 74-223-95-23 Ishonch telefonlari orqali murojaat qilish mumkin!

Murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanadi!

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Korrupsiya

Korrupsiya – rivojlanishimizga to’siq

Bugun, viloyat soliq boshqarmasining Shaxsiy xavfsizlik bo'limi hamda Andijon shahar departamenti bilan hamkorligida Andijon shahar soliq inspeksiyasi shaxsiy tarkibi ishtirokida Korrupsiya – rivojlanishimizga to‘siq” mavzusida uchrashuv tashkillashtirildi.

❗️Shuni ta'kidlash joizki, soliq xizmati organlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, korrupsiyaviy xatarlarni oldini olish va sohada zamonaviy korrupsiyaga qarshi tizimlarni joriy etish eng dolzarb masalalardan bo'lib, bu borada joylarda yuqoridagi kabi amaliy ishlar olib borilmoqda. Zero, barcha tashkilotlarda ochiqlik asosida ish yuritish oliy maqsadlarimizdan biridir!

Andijon viloyati Soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Korrupsiya

Korrupsiyaga qarshi kurash tadbirlari - jamoatchilik e’tiborida

Batafsil:👆 "Andijon axboroti" informatsion dasturi orqali

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Korrupsiya

Korrupsiya - taraqqiyot kushandasi

Korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlarini amalga oshirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Yurtimizda ham bu jinoyatning oldini olish, unga qarshi kurashish, davlat va jamiyat hayoti hamda faoliyatining barcha sohalarida korrupsiyaviy omillarga barham berish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Asaka tumani soliq inspeksiyasi xodimlariga huquqni muhofaza qiluvchi organ mas'ullari taklif etilgan holda viloyati soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik boʻlimi xodimlari tomonidan jamoaviy profilaktik tadbir oʻtkazildi. Tadbirda mutasaddilar tomonidan bildirilgan fikrlar aniq va hayotiy misollar bilan tushuntirildi.

Tuman soliq inspeksiyasi boshligʻi ham ishtirok etgan tadbirda korrupsiyaviy holatlarni keltirib chiqaradigan omillar, uning salbiy oqibatlari, Vatanga sadoqat hamda halol va pok mehnat bilan javob qaytarish lozimligini taʼkidladi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Korrupsiya

Asakalik tadbirkorlar bilan korrupsiyaga qarshi kurashish targ'ibot tadbirlari bo'lib o'tdi

Andijon viloyati Soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo'limi xodimlari tomonidan Asaka tumanida "Korrupsiya - xavfsizlikka taxdid" mavzusida targ'ibot ishlari amalga oshirildi.

Ushbu targ'ibotni oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad, soliq sohasida uchrashi mumkin boʻlgan korrupsion holatlarni oldini olish, korrupsiyaning jamiyatga va shaxslarga keltiradigan zarari toʻgʻrisida maʼlumotlar berishdan iborat.

❗️Eslatib o'tamiz! Korrupsion holatlarga guvoh bo‘linsa, darhol Soliq qo‘mitasing rasmiy [email protected] elektron pochtasiga, Telegramdagi @dsq_anticorrupciya_bot ga, 71-244-98-98 va 1198, shuningdek, viloyat soliq boshqarmasining 74-223-95-22 va 74-223-95-23 Ishonch telefonlari orqali murojaat qilish mumkin!

Murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi!

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Korrupsiya

Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi

Korrupsiya – jamiyatni zulmat sari yetaklovchi illatdir. Unga barham berilmas ekan jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta'siri saqlanib qolaveradi.

Viloyat soliq boshqarmasining Shaxsiy xavfsizlik bo'limi xodimlari Xonobod shahar soliq inspeksiyasi mas'ullari bilan birgalikda faoliyat yuritib kelayotgan tadbirkorlar bilan uchrashib, targ'ibot ishlari olib borildi hamda huquqbuzarlik holatlari yuzaga kelgan taqdirda tashkil etilgan aloqa kanallari to'g'risida tushunchalar berildi.

Bu kabi profilaktik targ'ibot tadbirlari muntazam ravishda olib borilmoqda.

Andijon viloyati Soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|