Andijon viloyati soliq boshqarmasi
854 subscribers
4.19K photos
1.02K videos
67 files
3.58K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar

Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Biznes-ombudsmanning Andijon viloyati sho‘basi rahbariyati hamkorligida tadbirkorlik subyektlarining huquqiy himoyasini yanada kuchaytirish, ularda o‘tkaziladigan tekshiruvlarning tartibi va bu borada qonunchilikdagi o‘zgarishlar yuzasidan seminar tashkil etildi.

Batafsil:👆 "Andijon axboroti" informatsion dasturi orqali

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Korrupsiya
#Seminar

Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasida "Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va tadbirkorlik sohasida korrupsiyaning oldini olish" mavzusida seminar tashkil etildi.

Uchrashuv davomida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Andijon viloyati boshqarmasi xodimi I.G'oziboyev so'zga chiqib, mavzu yuzasidan xodimlarga har tomonlama aniq maʼlumotlar berdi. Shuningdek, korrupsion holatlarda ishtirok etgan shaxslarga nisbatan qonunchilikda belgilangan jazo choralari haqida ham tushunchalar berildi.

Mazkur seminarni oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad, soliq sohasida uchrashi mumkin boʻlgan korrupsion holatlarni oldini olish, korrupsiyaning jamiyatga va shaxslarga keltiradigan zarari toʻgʻrisida maʼlumotlar berishdan iborat.

❗️Eslatib o'tamiz! Korrupsion holatlarga guvoh bo‘linsa, darhol Davlat soliq qo‘mitasing rasmiy [email protected] elektron pochtasiga, Telegramdagi @dsq_anticorrupciya_bot ga, 71-244-98-98 va 1198, shuningdek, viloyat davlat soliq boshqarmasining 74-223-95-22 va 74-223-95-23 Ishonch telefonlari orqali murojaat qilish mumkin!

Murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanadi!

🖊 Andijon viloyati davlat soliq
boshqarmasi matbuot xizmati

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Seminar

Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi tomonidan tuman va shaharlarda soliq qonunchiligiga oid qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar bilan berilgan soliq imtiyozlarini soliq to‘lovchilarga yetkazish maqsadida seminarlar o‘tkaziladi

2022-yil 28-noyabr

🕰soat 10:00 da
🏢Andijon viloyati davlat soliq bosharmasi majlislar zalida

🕰soat 15:00 da
🏢Andijon tumani hokimligi majlislar zalida

2022-yil 29-noyabr

🕰soat 10:00 da
Buloqboshi tumani hokimligi majlislar zalida

🕰soat 15:00 da
🏢Marhamat tumani hokimligi majlislar zalida

Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Seminar
#Imtiyoz

Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasida “Soliq imtiyozlari va subsidiyalarni amaliyotda to‘g‘ri qo‘llash” mavzusida QQS, AOS to‘lovchilari, YTTlar hamda boshqa turdagi soliq to‘lovchi tadbirkorlar uchun maxsus seminar tashkil etildi.

Unda viloyatda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subyektlarining bosh hisobchilari hamda mutasaddi vakillari ishtirok etdilar.

Seminar davomda mutaxassislar bugungi kunda tadbirkorlar uchun qo‘llanilayotgan soliq imtiyozlarining samaradorligi, undan kutilayotgan natijalar hamda soliq imtiyozlarini qanday hollarda qo‘llash tartibi bo‘yicha yig‘ilganlarga atroflicha ma’lumotlar berib o‘tdilar.

O‘z navbatida seminar ishtirokchilari ham mavzu bo‘yicha o‘zlarini qiziqtigan savollarga mutasaddilardan to‘laqonli javoblar oldilar.

Bu kabi seminarlar viloyatimizning barcha tumanlarida o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Seminar

Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi tomonidan tuman va shaharlarda soliq qonunchiligiga oid qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar bilan berilgan soliq imtiyozlarini soliq to‘lovchilarga yetkazish maqsadida seminarlar o‘tkaziladi

2022-yil 1-dekabr

🕰soat 10:00 da
🏢Oltinko'l tumani hokimligi majlislar zalida

🕰soat 15:00 da
🏢Baliqchi tumani Qishloq xo'jaligi boshqarmasi majlislar zalida

Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Soliqchi_komakchi
#Seminar_trening

Soliq qo'mitasining Yirik soliq to'lovchilari bo'yicha hududlararo soliq inspeksiyasi xodimlari bilan Andijondagi yirik soliq to'lovchilar ishtirokida seminar-trening tashkil etildi.

Uchrashuvda soliq qonunchiligidagi yangiliklar, tadbirkorlarga qo'llaniladigan imtiyozlar va yengilliklar haqida atroflicha ma'lumotlar berildi. E'tiborli jihati, yirik soliq to'lovchilarning ko'plab muammolari joyning o'zida yechildi. Ijrosi vaqt talab etiladigan masalalar tez fursatlarda hamkor tashkilotlar ko'magida hal etiladigan bo'ldi.

Batafsil:👆 "Bu kun" informatsion dasturi orqali

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar
#QQS

Prezidentimizning tegishli farmoni bilan import tovarlarini bojxona hududida qayta ishlash rejimiga joylashtirish tartibotlari keskin soddalashtirildi

Andijon viloyati Soliq hamda Bojxona boshqarmalari hamkorlari tashkillashtirilgan seminarda ekport bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar ana shu imkoniyat va yengilliklar bilan yaqindan tanishtirildi.

Batafsil: 👆"Andijon axboroti" informatsion dasturi orqali

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Seminar
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Hurmatli soliq toʻlovchilar❗️

🗓 Soliq xizmati organlari tomonidan respublikamizning barcha hududlarida Soliq va byudjet siyosatining 2024-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlariga bag‘ishlangan seminarlar o‘tkaziladi.

Mazkur seminarlarda Soliq qo‘mitasi hamda hududiy soliq boshqarmalari rahbarlari va mas’ul xodimlari ishtirok etadi.

📍Tashkil etiladigan seminarlarning aniq vaqti va manzili:

🔹Andijon viloyati
🔹Buxoro viloyati
🔹Jizzax viloyati
🔹Navoiy viloyati
🔹
Namangan viloyati
🔹
Sirdaryo viloyati
🔹
Samarqand viloyati
🔹
Surxondaryo viloyati
🔹
Qashqadaryo viloyati
🔹
Farg‘ona viloyati
🔹
Xorazm viloyati
🔹
Toshkent viloyati
🔹
Toshkent shahri
🔹
Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Barcha tadbirkorlik subyektlari vakillari va soliq to‘lovchilarni ushbu seminarga taklif qilamiz!

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#Seminar
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Tadbirkorlar soliq qonunchiligiga oid yangiliklar bilan tanishtirildi.


Tashkilotchilar soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirishlar tadbirkorlar manfaatlaridan kelib chiqilgan islohot ekaniga e’tibor qaratdilar. Masalan, qonunchilikning yangi shakllariga ko‘ra, kameral soliq tekshiruvlarida inspektorlarning ayrim vakolatlari qisqartirilayotgani ishbilarmonlarning yanada erkin faoliyat yuritishini ta’minlaydi.

Joriy yil 1-yanvardan boshlab alkogol va tamaki mahsulotlari importi uchun stavka 5 foizga pasaytirilgani bilan tanishtirildi. Avvallari daromadi 5 millard so‘mgacha bo‘lgan tadbirkorlar har oyda bo‘nak to‘lovini amalga oshirishi kerak bo‘lgan. Endilikda foyda solig‘i bo‘yicha ushbu to‘lov majburiyati tadbirkorlik subyektlarining daromadi 10 milliard so‘mdan oshgan taqdirdagina talab etilishi hamda boshqa qator yangiliklar haqida atroflicha ma’lumotlar keltirildi.

Shuningdek, tadbirkorlarning mol-mulki, suv solig‘i uchun o‘rnatilgan tartiblarga oid qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar qaytarildi. Sohada muammoga duch kelayotgan ishbilarmonlarning muammosi tinglanib, aksariyati joyida hal etilgan bo‘lsa, qolganlari qat’iy nazoratga olindi.

Darvoq'e, joriy yil 1-apreldan ayrim mahsulotlarga qo‘llangan QQS imtiyozi bekor qilinmoqda. Buning o‘rniga “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan aholiga xarid cheki uchun 12 foizli keshbek sifatida qaytarib berilayotgan mahsulotlar ro‘yhati kengaytirilayotgani soliq istohotida ijtimoiy adolatni ta’minlashni nazarda tutmoqda.

Soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlardan jismoniy shaxslar uchun manfaatli imtiyozlar ham o‘rin olgan. Misol uchun, avval ota-onalar maoshidan farzandining kontrakti uchun yo‘naltiriladigan mablag‘ga nisbatan qo‘llaniladigan imtiyoz talabaning yosh chegarisiga bog‘liq bo‘lgan. Tadbirkorlar bevosita ish beruvchi sanalgani uchun ham endilikda, mazkur imtiyoz berilishida yosh chegarasi olib tashlanganidan xabardor qilindi. 250 nafardan ortiq tadbirkor ishtirok etgan uchrashuv konstruktiv, ochiq ruhda, savol-javoblarga boy tarzda kechdi.

Andijon viloyati Soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Ishbilarmonlarga soliq qoʻllanilishida  yengillik va imtiyozlar tanishtirildi

Batafsil:👆 "Ovoza" informatsion dasturi orqali

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Soliq to'lovchilarga qonunchilikdagi o'zgarishlar bo'yicha seminar o'tkazildi

Batafsil:👆 "Andijon axboroti" informatsion dasturi orqali

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Seminar

Andijonda ham onlayn-taksi agregatorlarini soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilish davom etmoqda


Soliq qo‘mitasi tashabbusi bilan hududiy soliq boshqarmalarida ZOOM platformasi orqali yo‘nalishsiz taksi xizmatlarini ko‘rsatuvchi korxonalar hamda onlayn-taksi agregatorlari uchun amaliy seminar tashkil etildi.

Unda viloyatimizda ushbu yo‘nalishdagi 10 dan ortiq korxonalar vakillari hamda sohaga agregatorlik xizmatlarini ko‘rsatuvchilar ishtirok etdilar.

Seminarda avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyatini faqatgina agregatorlar xizmatidan foydalangan holda amalga oshirish, yuridik shaxslarga tegishli yo‘nalishsiz taksilarda o‘zini-o‘zi band qilgan holda amalga oshirishga lisenziya varaqasi shartliligi, mijozlarni izlash bo‘yicha maxsus dasturlarni soliq qo‘mitasining elektron axborot bazasi hamda tegishli yagona interaktiv axborot tizimiga integratsiyalash hamda yo‘lovchilarga taksi xizmatlari uchun chek berish lozimligi xususida so‘z bordi.

Ta’kidlanganidek, bugungi kunda Andijon viloyatida yo‘nalishsiz taksida yo‘lovchi tashuvchilarga mijozlarni izlash bo‘yicha interaktiv xizmatlarni ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar 7 tani tashkil etadi. Biroq ularning aksariyati soliq organlari axborot tizimlariga integratsiya qilinmagan. Seminarda ishtirokchilarga axborot xavfsizligi talablari, amalga oshiriladigan integratsiya jarayonlarining tekinligi va yo‘lovchilarga elektron fiskal chek taqdim etish tartibi tushuntirildi. Jumladan, agregatorlarga “Yangi texnologiyalar” ilmiy-axborot markaziga integratsiyalash yuzasidan murojaat yo‘llash bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berildi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#raqamlashtirish #seminar_trening

Soliq qo‘mitasi xodimlari IBM Cognos Analytics platformasidan foydalanish kurslarini yakunladi

Jahon banki bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Soliq maʼmuriyatchiligini isloh qilish” loyihasi doirasida soliq tizimining 40 nafarga yaqin xodimi IBM Cognos Analytics platformasida maʼlumotlarni to‘plash, tahlil qilish, grafik va diagrammalar orqali vizualizatsiya qilish hamda tezkor hisobotlar shakllantirish bo‘yicha o‘quv kurslarini yakunladi.

Loyiha doirasida xalqaro ekspertlar guruhi soliq sohasida faoliyat yurituvchi xodimlarni IBM Cognos Analytics tizimidan samarali foydalanish va Business Intelligence (BI) tahlilchilari sifatida tayyorlashga yo‘naltirilgan o‘qitish ishlarini olib bordi.

Soliq tizimi xodimlarining olgan bilimlari kelgusida maʼlumotlarni yig‘ish va modellashtirish orqali murakkab jarayonlarni soddalashtirish, katta hajmdagi maʼlumotlarni tezkor tahlil qilish asosida iqtisodiyotda xufiyona aylanmalar darajasini qisqartirish, shuningdek, soliq to‘lovchilarga yangi, zamonaviy va qulay xizmatlarni ishlab chiqishga xizmat qiladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads