Andijon viloyati soliq boshqarmasi
854 subscribers
4.19K photos
1.02K videos
67 files
3.58K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#soliq_tekshiruvi

Kameral soliq tekshiruvi: xatolikni bartaraf etgan 6 mingta subyektda soliq auditi oʻtkazilishining oldi olindi


Bugungi kunda kameral soliq tekshiruvlari soliq toʻlovchining ishtirokisiz, uning hududga bormasdan hamda hujjatlarni talab qilmagan holda oʻtkazilmoqda.

2023-yil sentabr-dekabr oylarida oʻtkazilgan kameral soliq tekshiruvlarida qariyb 6 mingta subyektlar tomonidan 2,1 trln soʻmlik qayta hisobotlar taqdim qilindi va oʻz navbatida ularning faoliyatida soliq auditi oʻtkazilishi hamda moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilishining oldi olindi.

Biroq, ayrim soliq toʻlovchilar berilgan yengilliklarga qaramasdan kameral soliq tekshiruvi jarayonida soliq organlarining tafovutlar toʻgʻrisidagi talabnomasiga javob bermasdan kelmoqda. Bu ularga nisbatan soliq auditi tayinlash zaruratini keltirib chiqarmoqda.

Soliq toʻlovchilar faoliyatida oʻtkazilgan kameral soliq tekshiruvlari natijasi yuzasidan quyidagi hollarda soliq organlari soliq auditi tayinlashga haqli:

👉aniqlangan xato va tafovutlar yuzasidan soliq toʻlovchi tomonidan aniqlashtirilgan soliq hisoboti taqdim etilmaganda;
👉aniqlangan tafovutlar boʻyicha asosnomalar taqdim etilmaganda;
👉taqdim etilgan asosnomalar yetarli emas deb topilganda.


2023-yil mobaynida 53,4 mingta subyektda oʻtkazilgan kameral soliq tekshiruvlaridan 3,6 mingtasida (6,7%) soliq to‘lovchilar tomonidan aniqlangan xato va tafovutlar yuzasidan aniqlashtirilgan soliq hisoboti yoki yetarli asosnomalar taqdim etilmadi.

Ushbu subyektlar faoliyatida quyidagi holatlar aniqlangan:


👉soliq solish bazasini kamaytirib koʻrsatish, shu jumladan xarajatlarni sunʼiy oshirish hisobiga soliqlarni kam hisoblash;
👉huquqni suiisteʼmol qilish, qalbaki yoki koʻzboʻyamachilik uchun bitimlar tuzish (operatsiyalar amalga oshirish) orqali soliq toʻlamaslik;
👉xarid qilinayotgan va realizatsiya qilinayotgan tovarlar (xizmatlar) nomenklaturasiga muvofiq emasligi hisobiga soliqlarning hisoblanmasdan qolganligi;
👉hisobga olinadigan soliq summasini notoʻgʻri oshirib koʻrsatish va toʻlanadigan soliq summasini kamaytirish sxemalarini qoʻllash.


Hurmatli soliq to‘lovchilar, kameral soliq tekshiruvlari natijasida aniqlangan tafovutlar yuzasidan aniqlashtirilgan soliq hisobotlarini yoki asosnomalarni belgilangan muddatda taqdim etish tashkilotingiz faoliyatida soliq auditi tayinlanishini hamda moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilishining oldini oladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yer_soligi

Yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi hisobotini toʻldirish bo‘yicha videoqo‘llanma

👉Youtube orqali ko‘rish

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#Sektor_faoliyati

Shahrixonning "Oq oltin" mahallasi obod bo'ladi

Andijon viloyati 4-sektoriga biriktirilgan "Oq oltin" mahallasining qishda loyi, yozda changi chiqadigan ichki yo'llari tarixga aylanadigan bo'ldi. "Qizil" toifa hududiga kiritilgan mahalla "Obod xonadon, obod ko'cha, obod mahalla" davlat dasturiga kiritilgandi.

Kuni kecha viloyat 4-sektori mutasaddilari, viloyat va Shahrixon tumani hokimliklari vakillari, nuroniylar, mahalla faollari "Oq oltin"ni obod qilish tadbirlarini ochib berishdi.

Hozirgacha sektor mutasaddilari tomonidan mahallaning ta'mirtalab ichki yo'llari, ichimlik suvi tarmoqlari, rekonstruksiyaga muhtoj ijtimoiy soha obyektlari xatlov asosida aniqlandi.

Yaqin kunlarda belgilangan rejaga ko'ra, oqoltinliklarning turmush tarziga yangi nafas olib kiradigan davlat dasturining ijrosiga qaratilgan obodonchilik, bunyodkorlik ishlariga start beriladi.

Andijon viloyati Soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Ishbilarmonlarga soliq qoʻllanilishida  yengillik va imtiyozlar tanishtirildi

Batafsil:👆 "Ovoza" informatsion dasturi orqali

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Mikrofirmalar va kichik korxonalarga JShODS va ijtimoiy soliq bo'yicha imtiyozlar beriladi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2024-yilda yangi ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish dasturi to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
👉 PQ-7-son 9.01.2024 y.

2024-yil 1-yanvardan 2025-yil 1-yanvarga qadar mikrofirma va kichik korxonalar tomonidan yaratilgan har bir yangi ish o‘rni uchun oylik ish haqi bo‘yicha to‘langan JShODSning 50 foizi respublika budjetidan ish beruvchiga (har bir ishchi uchun BHMning 2 barobaridan (680 000 so‘m) oshmagan miqdorda) qaytarib beriladi.

Bundan tashqari, ushbu ish beruvchilarga ijtimoiy soliq stavkasi 50 foizga kamaytirilgan holda qo‘llanadi.

Soliq imtiyozlarini qo'llashning majburiy shartlari:
▪️“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan fuqarolarni ishga qabul qilish;
▪️ushbu fuqarolarga har oy uchun MHTEKMning eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan (1 050 000 so'm) ish haqi hisoblash.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2024-yil 22-yanvar

dekabr oyi uchun:


- QQS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq qodeksi 273-modda 1- va 2-qismlar);

- yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 454-modda 3- va 4-qismlar);

- agar dekabr oyida dividendlar va foizlar hisoblangan boʻlsa, dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi boʻyicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 345-modda 5-qism);

- norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari boʻyicha soliq hisobotini soliq agenti tomonidan taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 355-modda 1-qism).


2023-yil IV chorak uchun:

- elektron shaklda xizmatlar koʻrsatishda chet el yuridik shaxslari tomonidan QQS hisobotlarini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 281-modda 3- va 4-qismlar).


yanvar oyi uchun:

- AOS toʻlovchilar hisoblanmaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida joriy toʻlovlarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 417-modda 6-qism);

- AOS toʻlovchi boʻlmagan soliq toʻlovchilar tomonidan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yer soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 432-modda 1-qism);

- suv resurslaridan foydalanganlik uchun boʻnak toʻlovlar soliq davrida soliq summasi BHMning 200 baravaridan koʻproqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (AOS toʻlovchilar bundan mustasno) yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 448-modda 3-qism).


2024-yil uchun:

- boʻnak toʻlovlar miqdorini hisoblab chiqarish uchun hisoblangan joriy soliq davri uchun mol-mulk soliq summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 417-modda 5-qism);

- qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar boʻyicha 1-yanvar holatiga hisoblab chiqarilgan yer soligʻi hisobotini yer uchastkasi joylashgan yerdagi soliq organiga taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 431-modda 1-qism);

- soliq obyektlarining joylashgan yeri boʻyicha soliq organlariga soliq solish obyekti hisoblanmaydigan, yuridik shaxsda mavjud boʻlgan yer uchastkalari toʻgʻrisida Soliq qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan shakldagi maʼlumotnomani taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 431-modda 5-qism);

- Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatini doimiy muassasalar orqali amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisoboti suvdan foydalanish yoki suvni isteʼmol qilish joyidagi soliq organlariga yetkazishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 447-modda 3-qism);

- suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha boʻnak toʻlovlar miqdorini hisoblab chiqarish uchun soliq toʻlovchilari suvdan foydalanish yoki suvni isteʼmol qilish joyidagi soliq organlariga moʻljallanayotgan soliq bazasidan (foydalaniladigan suv hajmidan) va belgilangan soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda hisoblangan joriy soliq davri uchun soliq summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 448-modda 2-qism).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#mol_mulk_soligi

22-yanvar – mol-mulk soligʻi maʼlumotnomasini taqdim etishning
oxirgi kuni

Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma joriy yilning 22-yanvarigacha soliq organiga taqdim etilishi lozim.
👉Maʼlumotnomani to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma

Agar koʻchmas mulk obyektida mustaqil baholash amalga oshirilgan boʻlsa baholash natijalari ushbu manzil orqali soliq organiga yuboriladi.
👉Baholash natijalarini yuborish boʻyicha qoʻllanma

Koʻchmas mulk obyektining tarkibida minimal qiymat tatbiq etilmaydigan hamda qurilishi tugallanmagan obyektlar mavjud boʻlganda my3.soliq.uz portalidagi “Alohida soliq stavkasi qoʻllaniladigan koʻchmas mulk obyektlari” interaktiv xizmati orqali mulk maydoni va qiymatini aks ettirgan holda murojaat yoʻllash lozim.
👉Murojaat yuborish boʻyicha qoʻllanma
__________
#налог_на_имущество

22 января –
последний день представления справки по налогу на имущество

Справку по налогу на имущество юридических лиц необходимо представить в налоговый орган не позднее 22 января текущего года.
👉Инструкция по заполнению справки

Если проводилась независимая оценка объекта недвижимого имущества, результаты оценки необходимо направить в налоговый орган по этому адресу.
👉Инструкция по отправке результатов оценки

Если в составе объекта недвижимости имеются объекты, на которые не распространяется минимальная стоимость, а также объекты незавершенного строительства, необходимо отправить обращение с отражением площади и стоимости имущества через интерактивную услугу “Объекты недвижимости, к которым применяется отдельная ставка" на портале my3.soliq.uz.
👉Инструкция по отправке обращения

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Soliq to'lovchilarga qonunchilikdagi o'zgarishlar bo'yicha seminar o'tkazildi

Batafsil:👆 "Andijon axboroti" informatsion dasturi orqali

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#yer_soligi

22-yanvar – yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i hisobotini taqdim etishning
oxirgi kuni

Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yer uchastkalariga yer solig‘ini hisoblash boʻyicha hisobot shakllari my.soliq.uz portaliga joylashtirilgan:
▫️ AOS to‘lovchi bo‘lmagan korxonalar uchun hisobot shakli – 10510_21;
▫️ AOS to‘lovchi korxonalar uchun hisobot shakli – 10510_20.

🔹Soliq toʻlash muddati:

📌2024-yil yanvar oyi uchun - 22-yanvar.
▪️AOS toʻlovchilar uchun har chorak 3-oyining 20-kunidan kechiktirmay;
▪️Boshqa soliq toʻlovchilar uchun har oyning 10-kuniga qadar.

Mazkur soliq hisobotlari Kadastr organlarida ro‘yxatga olingan har bir yer uchastkasi bo‘yicha alohida, avtomatik tarzda hisoblab chiqariladi.

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha bazaviy soliq stavkalari 12 foizga indeksatsiya qilindi.

Ma’lumot uchun, qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar uchun belgilangan soliq stavkalariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va viloyatlar hamda tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashlari tomonidan kamaytiruvchi yoki oshiruvchi koeffitsiyentlar qo‘llaniladi.
👉 Soliq kodeksi 429-modda

📖 Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i soliq hisobot shaklini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma

Hisobotni to'ldirishda videoqo‘llanmadan ham foydalanishingiz mumkin.
___________
#новое_в_законодательстве #земельный_налог

22 января - последний день представления юрлицами расчета по земельному налогу за 2024 год

Формы отчетности для исчисления земельного налога по землям несельскохозяйственного назначения размещены на портале my.soliq.uz:
▫️форма отчетности для организаций, не являющихся плательщиками налога с оборота – 10510_21;
▫️ форма отчетности для плательщиков налога с оборота – 10510_20.

🔹Сроки уплаты налога:

📌За январь 2024 года - 22 января;
▪️плательщиками налога с оборота не позднее 20 числа третьего месяца каждого квартала;
▪️другими налогоплательщиками не позднее 10 числа каждого месяца.

Эта налоговая отчетность автоматически рассчитывается отдельно по каждому земельному участку, зарегистрированному в органах кадастра.

В этом году базовые налоговые ставки за земли несельскохозяйственного назначения проиндексированы на 12%.

К сведению. Жокаргы Кенес Республики Каракалпакстан и Кенгаши народных депутатов областей, а также районов и городов применяют понижающие и повышающие коэффициенты к установленным налоговым ставкам за земли несельскохозяйственного назначения.
👉ст.429 НК

📖 Инструкция по заполнению формы отчетности по земельному налогу с юридических лиц

При заполнении отчетности также можно воспользоваться видеоинструкцией.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videoselektor_yigilishi

Prezident raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida soliq sohasi bo‘yicha o‘rtaga tashlangan asosiy
vazifalar:

👉40 mingta budjet tashkiloti bilan ishlash vazifasi tumandan Soliq qoʻmitasida yangi tashkil qilinadigan Budjet tashkilotlari inspeksiyasiga oʻtkaziladi;

👉Soliq qarzdorligi bilan ishlash boʻyicha qoʻmita qoshida Soliq qarzini undirish inspeksiyasi tashkil etiladi. Unga Majburiy ijro byurosida mavjud vakolatlar beriladi;

👉Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha inspeksiya tarkibida 80 ta eng yirik korxona va 35 ta tijorat banki bilan ishlaydigan yangi tuzilma tashkil qilinadi.

Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari mazkur o‘zgarishlar yuzasidan "Tahlilnoma" dasturiga intervyu berdi.

🎞Youtube orqali ko‘rish

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#mol_mulk_soligi

- Ko‘chmas mulkni baholash natijalarini soliq organlariga yubordik, ammo ular rad etildi. Bunga nima sabab?

Mol-mulk solig'ini hisoblash uchun soliq solinadigan baza 1 kv.m uchun minimal qiymatdan past bo'lishi mumkin emas.

Agar ko'chmas mulk obyektining 1 kv. metr qiymati eng kam qiymatdan past bo‘lsa, soliq to‘lovchi ko‘chmas mulkni mustaqil baholatishga haqli.
👉Soliq kodeksining 412-moddasi

Bunda, mustaqil baholash soliq solinadigan bazani aniqlash uchun o'tkazilishi kerak. Agar baholash soliq to'lovchi tomonidan boshqa maqsadlarda amalga oshirilgan bo'lsa, uning natijalari soliq organlari tomonidan qabul qilinmaydi.
__________
#налог_на_имущество

- Мы отправили в налоговые органы результаты оценки недвижимого имущества, но их отклонили. Почему?

В целях исчисления налога на имущество налоговая база не может быть ниже минимальной стоимости за 1 кв. м. Если стоимость 1 кв. м объекта недвижимого имущества ниже минимальной стоимости, налогоплательщик вправе произвести независимую оценку.
👉ст.412 НК

Таким образом, независимая оценка должны быть проведена в целях определения налоговой базы. Если оценка проведена налогоплательщиком в других целях, ее результаты налоговыми органами не принимаются.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads