Andijon viloyati soliq boshqarmasi
844 subscribers
4.21K photos
1.03K videos
71 files
3.6K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#Sektor_faoliyati
#Andijon_tumani

Mahallalarimiz kundan kun chiroy ochmoqda…

🔹O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-mart kungi “2022 – 2026-yillarda «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-172-sonli qarori ijrosi yuzasidan Andijon tuman 4-sektorida Do‘ngqishloq va Sadda tagi mahallalari Obod mahalla dasturiga kiritilgan.

🏗 Bugungi kunda ushbu mahallalarni me’moriy qiyofasini tubdan yangilash, hududlarni kompleks rivojlantirish, yo‘l-transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va ijtimoiy soha obyektlarini barpo etish hamda shu asosda aholining turmush madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan ishlari jadallik bilan amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, Andijon tumani Sadda tagi mahallasi "Obod qishloq davlat dasturi"ga kiritilgan bo‘lib, mazkur mahalla o‘zgacha chiroy ochmoqda. Mahalla ahli chin ma’noda shukronalik keltirmoqda.

🏡 Bundan tashqari mahallada turkiya texnologiyasi asosida yig‘ma uylar ham qurib bitkazilmoqda.

Rasmlarda mahallaning oldingi va hozirgi holatini ko‘rishingiz mumkin...

Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi Matbuot xizmati.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Sektor_faoliyati
#Andijon_tumani

AYOLLARGA KO‘MAK BERILDI

Bugungi farovon hayotimiz va ertangi kelajagimiz ayollarimizga bog‘liq. Ayollar uchun munosib sharoitlar yaratish ularni ish bilan ta’minlash, daromadlarini oshirish borasida ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda.

Andijon tumani 4-sektor hududidagi Sadda tagi MFYda yashovchi kam daromadli, yolg‘iz onalarga subsidiya asosida tikuv mashinalari berildi.

Jumladan, Nargiza Qurbonova, Kamola Toshmatova, Dildora To‘polonova, Mohigul G‘ofurova va hamda Odinaxon Rasulovalar istaklariga ko‘ra tikuv mashinalar yetkazildi. Ularni ishini rivojlantirish maqsadida tumanda faoliyat olib borayotgan tekstil korxonasi tomonidan tikuvchi master biriktirib berildi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mustaqillik_shukronasi
#Andijon_tumani

Andijon tumani 4-sektor hududidagi Sadda tagi MFYda eng ulug', eng aziz ayyom shukuhi fuqaro Shohida Otaboyeva e'tirofida...

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sahovat_va_komak
#Andijon_tumani

Keyingi manzilimiz Andijon viloyatida 2-toifaga kiruvchi Andijon tumani bo'ldi. Hududning 4-sektoridagi kam ta’minlangan oilalar holidan xabar olindi hamda ularning farzandlariga qishki kiyimlar sovg‘a qilindi.

Bu kabi ishlar viloyatimizning barcha tuman va shaharlarida davom etmoqda.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sarhisob
#Andijon_tumani

Andijon tumanida 2022-yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan

Batafsil: 👆"
Andijon axboroti" informatsion dasturi orqali

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Korrupsiya
#Andijon_tumani

Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo'limi xodimlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha targ'ibot ishlari davom etmoqda.

Bu galgi manzilimiz Andijon tumani Kuyganyor dehqon bozori bo'ldi. Ushbu targ'ibotni oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad, soliq sohasida uchrashi mumkin boʻlgan korrupsion holatlarni oldini olish, korrupsiyaning jamiyatga va shaxslarga keltiradigan zarari toʻgʻrisida maʼlumotlar berishdan iborat.

❗️Eslatib o'tamiz! Korrupsion holatlarga guvoh bo‘linsa, darhol Davlat soliq qo‘mitasing rasmiy [email protected] elektron pochtasiga, Telegramdagi @dsq_anticorrupciya_bot ga, 71-244-98-98 va 1198, shuningdek, viloyat davlat soliq boshqarmasining 74-223-95-22 va 74-223-95-23 Ishonch telefonlari orqali murojaat qilish mumkin!

Murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanadi!

🖊 Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Sektor_faoliyati
#Andijon_tumani

Ehtiyojmand oilalar e’tibordan chetda qolmaydi

Andijon tumani 4-sektor rahbari tomonidan tumanning eng chekka hududi Otchopar mahallasida yashovchi kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, nogironligi bo‘lgan oilalar holidan xabar olinib, oziq-ovqat va ko‘mir yoqilg‘isi yetkazib berildi.

Shuningdek, Zavroq mahallasida ham aholining suyultirilgan gaz balonlariga bo’lgan ehtiyoji bartaraf etildi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sektor_faoliyati
#Andijon_tumani

Andijon tumani 4-sektor rahbari boshchiligida qizil toifada turuvchi hududlardagi yoshlarni murojaatini o’rganish va ularga belgilangan tartibda yordamlar ko‘rsatish ishlari bo‘yicha ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo'qotgan, nogironligi bor 50 nafar yoshlarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Sayyor_qabul
#Andijon_tumani

Sayyor qabullarda aholi muammolari hal etilmoqda

Aholi bilan bevosita ochiq muloqotni ta’minlash, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni joyida bartaraf etish maqsadida Andijon tumanida viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i, viloyat 4-sektor rahbari boshchiligida sayyor qabul o‘tkazildi.

Tadbirda aholi tomonidan yechimini topmayotgan muammolar tinglanib, ularning ko'pchiligi joyida hal qilingan bo'lsa, muddat talab qilinganlari esa mas'ul xodimlarga ko'rsatmalar berildi va boshqarma boshlig'i tomonidan nazoratga olindi.

Jumladan, o’zini o’zi band qilish maqsadida subsidiya asosida 4 nafar ayollarga tikuv mashinasi, 2 nafar ayollarga esa elektr pechlar berildi.

Bu kabi sayyor qabullar reja-jadval asosida barcha tumanlarda o‘tkazilmoqda.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul
#Andijon_tumani

Andijon tumanida viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i, viloyat 4-sektor rahbari boshchiligida sayyor qabul o‘tkazildi.

👉Batafsil: "
Andijon axboroti" informatsion dasturi orqali.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|