Andijon viloyati soliq boshqarmasi
852 subscribers
4.2K photos
1.02K videos
68 files
3.59K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#Sektor_faoliyati
#Xojaobod_tumani

YOSHLAR BILAN UCHRASHUV

Xo‘jaobod tumani 4-sektor rahbari Alisher Musayev Xidirsha mahallasida joylashgan 15-umumta’lim maktabida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda sektor rahbari o‘quvchilarning kelgusidagi rejalari haqida suhbatlashdi hamda bitiruvchilarga shahodatnomalar topshirdi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Sayyor_qabul
#Xojaobod_tumani

Sayyor qabulda hech bir murojaat e'tiborsiz qolmadi

Xo‘jaobod tumanida viloyat 4-sektor rahbari tomonidan sayyor qabul tashkil etildi. Murojaatlari bilan kelgan barcha aholi vakillari bilan yuzma-yuz suxbatlashdi.

Yurtdoshlarimiz tomonidan bank kreditlari, sog‘lig‘ini tiklash, moddiy yordam ko‘rsatish va shu kabi masalalar yuzasidan qilingan murojaatlarga joyning o‘zida viloyat va tuman tashkilotlari mutassaddi rahbarlari ishtirokida ijobiy yechim topildi.

Moddiy yordamga muxtoj aholi vakillariga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatildi. Shuningdek, sektor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan xatlovlarda tikuvchilik faolyati bilan shug‘ullanish istagini bildirgan fuqarolarga zamonaviy tikuv mashinalari topshirildi.

Abatta, sektorlar tomonidan aholi muammolarini o‘rganish va bartaraf etish kabi ishlarining mana shunday tizimli va uzluksiz tashkil etilishi, fuqarolarimizning bugungi islohotlardan rozi bo‘lishiga asos bo‘ladi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul
#Xojaobod_tumani

Sayyor qabulda hech bir murojaat e'tiborsiz qolmadi

Xo‘jaobod tumanida viloyat 4-sektor rahbari tomonidan sayyor qabul tashkil etildi. Murojaatlari bilan kelgan barcha aholi vakillari bilan yuzma-yuz suhbatlashdi.

Batafsil:👆 "Andijon axboroti" informatsion dasturi orqali

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul
#Xojaobod_tumani

SAYYOR QABULLARDA XALQNING MUAMMOLARI HAL ETILMOQDA

Batafsil:👆 "Zamon" informatsion dasturi orqali

👉YouTube orqali ko'rish

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Sektor_faoliyati
#Xojaobod_tumani

Yangi hayotliklarga obi-hayot keldi

Viloyat hokimining topshirig‘iga asosan, Xo‘jaobod tumani DSI boshlig‘i, 4-sektor rahbari xaftalik ish rejasiga asosan, sektor hududidagi Yangi hayot MFY aholisi murojaatiga asosan ichimlik suv tarmog‘i tortilgan bo‘lib, hozirda aholiga 1 ta tik quduq o‘rnatish bo‘yicha murojaat qilingan edi.

Aholi murojaatiga asosan joyiga borib tegishli tashkilotlar vakillarini jalb etgan holda joyida bartaraf etilmoqda.

Natijada, xalq noroziligiga sabab bo’ladigan holatlarning oldi olinishi ta’minlanmoqda.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Sektor_faoliyati
#Xojaobod_tumani

Ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinmoqda.

Xo‘jaobod tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari tomonidan hududdagi mahallalarda istiqomat qiluvchi ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinib, ularga ko‘mir va oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.

Shuningdek, sektor rahbari tashabbusi bilan "Mustaqillikning 30 yilligi" mahallasidagi ehtiyojmand, kam ta’minlangan, yakka yolg‘iz yashovchi fuqarolarga hamda qish-qirovli kunlarda ham yo’llardagi tozalikni ta’minlayotgan, muzlamalarni bartaraf etayotgan ishchi xodimlar hamda kommunal sohalarda mehnat qilayotgan insonlar uchun osh tarqatildi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Sektor_faoliyati
#Xojaobod_tumani

Sektor rahbarlari tomonidan aholi muammolari o’rganilmoqda

Tuman hokimi hamda tuman 4-sektor rahbari tumanning "Mustaqillikning 27 yilligi", "Mustaqillikning 30 yilligi" mahallasida bo‘lishib, fuqarolarning murojaat va muammolarini uyma-uy yurgan holda o‘rganishmoqda.

Ma’lumot uchun tumandagi mahallalarga biriktirilgan vakillar tomonidan har bir aholi xonadonidagi muammo va takliflar belgilangan tartibda o‘rganilmoqda, aniqlangan muammo va kamchiliklar tegishli tashkilot vakillariga belgilangan muddat ichida ijrosini ta’minlash bo‘yicha yuborilmoqda.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Sayyor_qabul
#Xojaobod_tumani

4-sektor mutasaddilarining navbatdagi sayyor qabuli Xo’jaobod tumanida bo'lib o'tdi.

Tumandagi 4-sektorga qarashli mahallalarda istiqomat qiluvchi aholi vakillarining murojaatlarini tinglash hamda ularga ko'mak berish maqsadida, Andijon viloyati soliq boshqarmasi mutasaddilarining sayyor qabuli bo'lib o'tdi.

Ushbu uchrashuv davomida 35 dan ortiq fuqarolar o'zlarini qiynayotgan masalalar yuzasidan yordam so'ragan bo'lsa, 25 dan ortiq murojaatlar joyida bartaraf etildi. Qolgan murojaatlarning ham ijrosi nazorat ostiga olindi.

Albatta, bu kabi tadbirlarning tumanlar kesimida o'tkazilishi aholining muammolariga tezkor va oson yechim topishga yordam berishi shubhasiz.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Korrupsiya
#Xojaobod_tumani

"Korrupsiya – xavfsizlikka taxdid" mavzusida targ'ibot tadbirlari davom etmoqda...

Batafsil:👆 "Andijon axboroti" informatsion dasturi orqali

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Korrupsiya
#Xojaobod_tumani

Korrupsiyani faqat birgalikda to'xtatamiz

Bugun mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish hukumat siyosatining ustuvor vazifalaridan biriga aylangan. Barcha sohalarda bo‘lgani kabi soliq tizimi xizmatchilarining o‘z vazifalariga mas'uliyat bilan vijdonan yondoshishi, oson va mo'may daromad topish ilinjida qing'ir yo‘llarga kirib qolmasliklarini oldini olish borasida respublikaning barcha ommaviy axborot vositalarida targ'ibot-tashviqot materiallari uzluksiz berib borilmoqda. Joylarda korrupsiyani oldini olish, uning manbalariga qarshi kurashishga bag'ishlangan yig‘ilish, uchrashuv va muloqotlar tashkil etilmoqda.

Xo'jaobod tumani soliq inspeksiyasida ham soha xodimlari ishtirokida yigilish tashkil etildi. Tadbirda so‘z olgan viloyat soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo'limi xodimi tomonidan masalaning ana shu jihatlarini alohida e'tirof etdi.

Soliq organi xodimining xalol bo‘lishi, o‘z kasbiga vijdonan va mas'uliyatli yondoshishi, qing'ir yo‘llar bilan daromad topishga urinmasligi, bu uning tizimda uzoq yillar mehnat qilib muvaffaqqiyatlarni qo‘lga kiritishiga, jamoadoshlari va albatta xalqimiz orasida hurmat va izzat topishiga omil bo‘lishi tilga olindi.

Aksincha, nafsining kuyiga uchib noqonuniy yo‘llar bilan daromad topishga intilish, korrupsiyaga qo‘l urushi qanday ayanchli oqibatlariga olib kelishi mumkinligi hayotiy misollar bilan tushintirib o‘tildi.

Albatta, soliq xodimi xalqning orasidan chiqqan, xalqi uchun vijdonan xizmat qilishga bel bog'lagan insonlar sirasiga kiradi. Shunday ekan, ko‘plab vijdonli insonlar samarali va xalol mehnat qilayotgan ushbu kasbga munosib bo‘lish, yelkasidagi o‘ta mas'uliyatli va ayni damda sharafli vazifani sidqidildan ado etishi har bir soliq xodimidan talab etiladigan eng asosiy mezondir.

Zero, xalollik bor joyda baraka va ishning unumi bo‘ladi.

Andijon viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|