Andijon viloyati soliq boshqarmasi
855 subscribers
4.2K photos
1.02K videos
67 files
3.59K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2023-yil 23-oktabr

- jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda 10 milliard soʻmdan oshadigan foyda soligʻi toʻlovchilari har oylik boʻnak toʻlovlarini toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 340-moddasi 2-qismi).

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#onlayn_seminar

Hurmatli soliq to'lovchilar❗️

Soliq qoʻmitasi mutaxassislari ishtirokidagi navbatdagi onlayn seminar-trening
🗓 24-oktabr kuni
“Elektron hisobvaraq-fakturalar, ularda MXIKlarni aks ettirish va QQS hisobotini shakllantirish” mavzusida boʻlib oʻtadi.

Jonli efir 👉 YouTube platformasida.

🕙 Boshlanish vaqti – 11:00
___________
#онлайн_семинар

Уважаемые налогоплательщики❗️

Очередной онлайн семинар-тренинг при участии специалистов Налогового комитета состоится
🗓 24 октября на тему
«Электронные счета-фактуры, отражение в них ИКПУ и формирование отчетности по НДС».

Прямой эфир - на платформе 👉 YouTube

🕙 Начало – 11:00

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Korrupsiya
#Izboskan_tumani

Korrupsiyaga qarshi kurashish targ'ibot tadbirlari davom etmoqda...

Andijon viloyati Soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo'limi xodimlari tomonidan Izboskan tumanida "Korrupsiya - xavfsizlikka taxdid" mavzusida targ'ibot ishlari amalga oshirildi.

Ushbu targ'ibotni oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad, soliq sohasida uchrashi mumkin boʻlgan korrupsion holatlarni oldini olish, korrupsiyaning jamiyatga va shaxslarga keltiradigan zarari toʻgʻrisida maʼlumotlar berishdan iborat.

❗️Eslatib o'tamiz! Korrupsion holatlarga guvoh bo‘linsa, darhol Soliq qo‘mitasing rasmiy [email protected] elektron pochtasiga, Telegramdagi @dsq_anticorrupciya_bot ga, 71-244-98-98 va 1198, shuningdek, viloyat soliq boshqarmasining 74-223-95-22 va 74-223-95-23 Ishonch telefonlari orqali murojaat qilish mumkin!

Murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi!

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yashil_makon

Andijon viloyati Soliq boshqarmasi xodimi Fayzullo Jalolov: "Ko'chat ekish bu - savob, ortidan tarix qoldirish. Aziz yurtdoshlar, "Yashil makon" umummilliy loyihasida faol bo'laylik!"

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Soliqchi_komakchi
#Seminar_trening

Soliq qo'mitasining Yirik soliq to'lovchilari bo'yicha hududlararo soliq inspeksiyasi xodimlari bilan Andijondagi yirik soliq to'lovchilar ishtirokida seminar-trening tashkil etildi.

Uchrashuvda soliq qonunchiligidagi yangiliklar, tadbirkorlarga qo'llaniladigan imtiyozlar va yengilliklar haqida atroflicha ma'lumotlar berildi. E'tiborli jihati, yirik soliq to'lovchilarning ko'plab muammolari joyning o'zida yechildi. Ijrosi vaqt talab etiladigan masalalar tez fursatlarda hamkor tashkilotlar ko'magida hal etiladigan bo'ldi.

Batafsil:👆 "Bu kun" informatsion dasturi orqali

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_NKT

Imtiyozli faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari onlayn-NKT orqali shakllantirilgan chek summalari uchun imtiyozlarni qanday qo‘llaydi?

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#Korrupsiya
#Xonobod_shahar
#Marhamat_tumani

Halollik – kasbimizning oltin qoidasiga aylanishi kerak!

Andijon viloyati Soliq boshqarmasining Shaxsiy xavfsizligi bo‘limi korrupsiyaga qarshi navbatdagi targ‘ibot tadbirini Xonobod shahar va Marhamat tumani Soliq inspeksiyalari xodimlari ishtirokida tashkil etdi.

Har bir soliqchi o‘z yelkasida butun soliq organining sha’ni, obro‘sini ko‘tarib yurishi, ayni shuning uchun ham xizmat vazifasida ta’magirlik, poraxo‘rlik kabi illatlardan yiroq bo‘lishiga diqqat, e’tibor qaratildi. “Xizmatga halol munosabatda bo‘lish, zimmasidagi mas’uliyatini majburiyat emas, vijdon ishi deb bajarishgina insonga saodat keltiradi”- dedi tadbir tashkilotchilari.

Korrupsiyaga qo‘l urish xodimning nafaqat jamiyat oldida qadr-qimmatini tushurish, balki o‘z oilasi, qarindosh-urug‘larining yuzini yerga qaratishi, inson taqdirini parokanda qilishi haqida hayotiy misollar keltirilgani targ‘ibot ta’sirchanligini oshirdi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_NKT

Onlayn-NKT tanlash tadbirkorlarning o‘z ixtiyorida

Naqd pul tushumiga ega bo‘lgan barcha tadbirkorlik subyektlari onlayn-NKM yoki virtual kassalardan foydalanishi shart.

To‘lov terminali orqali qabul qilingan to‘lovlar uchun xaridorlarga to‘lov terminali cheki bilan birga onlayn-NKM yoki virtual kassa cheki ham berilishi shart.

👉PF-5813, 06.09.2019-yil

Tadbirkorlik subyektlari onlayn-NKM yoki virtual kassalarning narxi, qulayligi, funksionalligi va boshqa jihatlaridan kelib chiqqan holda erkin tanlash huquqiga ega.
👉VM-943-son qarori 1-ilovasi 8-bandi 23.11.2019-yil

2023-yil 1-oktabr holatiga, onlayn-NKTdan foydalanuvchi tadbirkorlik subyektlari soni 186 450 tani tashkil etdi. Onlayn-NKT orqali 630 mln dona chek rasmiylashtirilib, ular bo'yicha aylanma 164,4 trln so'mdan ziyodni tashkil etdi.

Eslatib o‘tamiz❗️Soliq qo'mitasining rasmiy saytida onlayn-NKM, virtual kassa va TXKMlarning doimiy yangilanib boriladigan reestrlari bilan tanishishingiz mumkin.

Onlayn-NKM davlat reestri 👉https://soliq.uz/page/davlat-reestri

Virtual kassa davlat reestri 👉 https://soliq.uz/page/virtual-kassa-reestri

Texnik xizmat ko‘rsatish markazlari davlat reestri 👉 https://soliq.uz/page/txkm-reestri

Muhim❗️Onlayn-NKTdan foydalanmaslik jarima solishga sabab bo‘ladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#sorovnoma #korrupsiya

Soliq qoʻmitasi korrupsiya holatlari boʻyicha soʻrovnoma oʻtkazmoqda

Soliq organlari xodimlari o‘rtasida o‘z mansab vakolatini suiiste’mol qilish holatlari qanchalik tez-tez uchrab turishi va bunga nima sabab bo‘layotganini bilish biz uchun muhim.

Bu korrupsiyani bartaraf etish uchun yana qanday choralar ko'rishimiz kerakligini aniqlashga yordam beradi.

👉 So'rovnomada anonim ishtirok etishingiz mumkin - https://soliq.uz/anti-corruption/rating?lang=uz
____________
#опрос #коррупция

Налоговый комитет проводит опрос о проявлениях коррупции

Нам важно знать, как часто среди сотрудников налоговых органов встречаются случаи злоупотребления своим служебным положением и что служит этому причиной.

Это поможет определить, какие дальнейшие шаги нам нужно предпринять для искоренения коррупции.

👉Принять участие в опросе можно анонимно - https://soliq.uz/anti-corruption/rating?lang=ru

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#YTT

👉 Yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lish uchun qanday ro‘yxatdan o‘tiladi?
👉 Ro‘yxatdan o‘tishda qancha davlat boji to‘lanadi?
👉 Necha nafargacha xodimlarni ishga olishi mumkin
?

🎞 Youtubeda ko‘rish

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#e_ijara

👨‍🎓Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yishda talabalardan elektron raqamli imzo talab etilmaydi

Ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini 2 xil usulda hisobga qo‘yish mumkin
.

1️⃣ ijara.soliq.uz sayti orqali. Bunda ijaraga beruvchi saytdan "Talabalar ijarasi" bo‘limini tanlab "Ijaraga oluvchi talaba to‘g‘risida ma'lumot" oynasiga ijaraga oluvchi talabaning JShShIRni kiritganda uning ma’lumotlari (F.I.O, ta’lim olayotgan o‘quv yurti, fakulteti, ta’lim shakli va bosqichi, shuningdek doimiy ro‘yxatga olingan manzili) avtomatik shakllanadi.

Keyingi jarayonda "Qo‘shish" tugmasi orqali talaba bilan birga turgan boshqa talabalar dasturga kiritiladi.

So‘ngra “Telefon raqami” qatoriga ijaraga oluvchi talabaning telefon raqami kiritilib, “Tasdiqlash kodini yuborish” tugmasi bosiladi. Talabaning telefoniga SMS orqali kelgan 5 xonali raqam “Tasdiqlash kodi” qatoriga yozilib “Tasdiqlash” tugmasi bosiladi.

2️⃣ “Soliq” mobil ilovasi orqali. Ilovaning "Ijaraga berish" undan so‘ng “Talabalar uchun ijara shartnoma” bo‘limi orqali talabalar bilan tuzilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomalari hisobga qo‘yiladi.

Ilovaga ijaraga beruvchi jismoniy shaxs tomonidan talabaning shaxsiy identifikatsiya raqami kiritilganda uning maʼlumotlari avtomatik shakllanadi. Talabalar Face ID yoki telefon raqamiga SMS orqali keladigan 5 xonali raqamni kiritish orqali ijara shartnomasini tasdiqlashi mumkin.

Talabalar bilan tuzilgan ijara shartnomalari hisobga qo‘yilganda ushbu ma'lumotlar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bazasida shakllanadi. Bu esa oylik ijara to‘lovining bir qismini qoplab berishda oliy o‘quv yurtlariga qulaylik yaratadi.

☝️Eslatib o‘tamiz, soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olgan daromadlari soliqdan ozod etilgan. (Soliq kodeksi, 378-modda)

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#EHF

Paxta xom ashyosi uchun elektron hisobvaraq-faktura rasmiylashtirish muddati 1-noyabrgacha uzaytirildi

31-oktabr - sentabr oyida realizatsiya qilingan paxta xom ashyosi uchun EHF rasmiylashtirishning oxirgi kuni.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Savol_javob

✍️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi “Maktabgacha ta’lim tizimini yanada rag‘batlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, davlat-xususiy sherikchiligi shartlarida tashkil etilgan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘z faoliyatini amalga oshira boshlagandan keyin o‘n yil mobaynida barcha turdagi soliqlar (jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i, dividendlardan to‘lov manbaida olinadigan soliq va ijtimoiy soliq bundan mustasno) to‘lashdan ozod qilingan.

Qarorda belgilanganki:

🔹yuqoridagi soliq imtiyozlari maktabgacha ta’lim sohasida ko‘rsatilayotgan xizmatlaridan oladigan sof tushum ulushi umumiy realizatsiya hajmida hisobot (soliq) davri yakunlariga ko‘ra kamida 80 foizni tashkil etadigan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga nisbatan qo‘llaniladi;

🔹imtiyozlarning amal qilish muddati tugaydigan sana imtiyozlar amal qilishi muddati nihoyasiga yetadigan oyning oxirgi kuni hisoblanadi.

Bundan tashqari, davlat-xususiy sherikchiligi asosida tashkil etilgan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun ijtimoiy soliq stavkasi davlat-xususiy sherikchiligi to‘g‘risidagi bitim imzolangan oydan boshlab o‘n yil muddatga mehnatga haq to‘lash tarzida daromadlarning 5 foizi miqdorida belgilanadi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#onlayn_seminar

Hurmatli soliq to'lovchilar❗️

Soliq qoʻmitasi mutaxassislari ishtirokidagi navbatdagi onlayn seminar-trening

🗓 31-oktabr kuni

“Onlayn-NKT, fiskal belgili elektron cheklarni shakllantirish, iste'molchilarga xarid summasidan 1% keshbek qaytarish va "Soliq hamkor" tizimi” mavzusida boʻlib oʻtadi.

Jonli efir 👉 YouTube platformasida.

🕙 Boshlanish vaqti – 11:00
___________
#онлайн_семинар

Уважаемые налогоплательщики❗️

Очередной онлайн семинар-тренинг при участии специалистов Налогового комитета состоится

🗓 31 октября

на тему «Онлайн-ККТ, формирование электронных фискальных чеков, возврат потребителям 1% кешбэка и система «Налоговый партнер».

Прямой эфир - на платформе 👉 YouTube

🕙 Начало – 11:00

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#onlayn_seminar

Hurmatli soliq to‘lovchilar❗️

“Onlayn-NKT, fiskal belgili elektron cheklarni shakllantirish, iste'molchilarga xarid summasidan 1% keshbek qaytarish va "Soliq hamkor" tizimi”
mavzusidagi onlayn seminar-trening boshlandi.

🌐Seminarga havola 👉 https://youtube.com/live/fd5fam0RWRs?feature=share
__________
#онлайн_семинар

Уважаемые налогоплательщики❗️

Начался онлайн семинар-тренинг на тему «Онлайн-ККТ, формирование электронных фискальных чеков, возврат потребителям 1% кешбэка и система «Налоговый партнер».

🌐
Ссылка на семинар 👉https://youtube.com/live/fd5fam0RWRs?feature=share

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#keshbek

Qaysi cheklarga va nima uchun keshbek berish rad etilganini yoki tasdiqlanmayotganini “Soliq” mobil ilovasida oson bilib olishingiz mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM