Andijon viloyati soliq boshqarmasi
852 subscribers
4.2K photos
1.02K videos
68 files
3.59K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#tabrik
#21oktabr
#onatilimfaxrim

Bayramingiz muborak boʻlsin aziz yurtdoshlar!

Hurmatli vatandoshlar, Sizlarni, bugungi qutlugʻ ayyom – Oʻzbek tili bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.

Bugun mamlakatimizning har bir goʻshasida keng nishonlanayotgan ushbu bayram allaqachon milliy anʼanaga aylanib, xalqimiz maʼnaviy hayotidan mustahkam oʻrin egalladi.

Necha asrlar osha ajdodlarimizdan bizga bezavol oʻtib kelayotgan ona tilimizning ravnaqi va istiqboli haqida qaygʻurish har birimizning muqaddas burchimizdir. Bu oʻzlikni anglash, millat maʼnaviy kamolotini yuksaltirish uchun kurash demakdir.

Zero, davlat tilining obroʻ-eʼtibori – xalqimiz va jamiyatimizning obroʻ-eʼtiboridir.

Prezidentimiz boshchiligida yangi Oʻzbekistonni, yangi Renessans poydevorini barpo etishdek ezgu maqsadlarimizga erishishda ham, albatta, ona tilimizning hayotbaxsh qudratiga tayanamiz.

Shu bilan birga, mamlakatimizda oʻzbek tilini zamon talablari asosida rivojlantirish, uning davlat tili sifatidagi oʻrni va nufuzini yanada mustahkamlash borasida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Natijada nafaqat mamlakatimizda, balki butun dunyo miqyosida ona tilimizning mavqei mustahkamlanib boryapti. Oʻzbek tili xalqaro minbarlarda baralla yangramoqda.

Hurmatli yurtdoshlar, Sizlarni Oʻzbek tili bayrami bilan yana bir bor samimiy tabriklayman.
Barchangizga sogʻlik-omonlik, baxtu saodat, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilayman.

Oʻzbek tili toabad yashasin, tillarimizda mangu yangrasin!

Sherzod Kudbiyev,
Davlat soliq qoʻmitasi Raisi

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#onatilimfaxrim

Aziz yurtdoshlar, Sizlarni bugungi qutlug‘ ayyom – O‘zbek tili bayrami kuni bilan davlat soliq xizmati organlari jamoasi nomidan muborakbod etaman!

O‘zbek tili
xalqimizning azaliy qadriyatlarini birlashtirib, milliy o‘zligimizni namoyon etuvchi ulkan maʼnaviy boyligimizdir.

Milliy o‘zligimiz, g‘urur-iftixorimiz timsoli bo‘lgan ona tilimizni asrab-avaylash, ajdodlarimizdan bizgacha yetib kelgan maʼnaviy boyligimizni kelajak avlodga asl holida yetkazish muqaddas burchimizdir.

O‘tmishimiz va kelajagimizni bog‘lab turuvchi,
shonli va sharafli yo‘llarni bosib kelayotgan o‘zbek tili bugun davlat tili maqomida yanada ulug‘vorligini namoyon etmoqda.

Darhaqiqat, keyingi yillarda tilimiz qadri va nufuzini oshirish borasidagi amaliy ishlar yangi bosqichga ko‘tarildi.

O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomi va obro‘-eʼtiborini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar natijasida nafaqat mamlakatimizda, balki butun dunyo miqyosida ona tilimizning mavqei mustahkamlanib boryapti.

O‘zbek tili
xalqaro minbarlarda baralla yangrab, tinchlik, do‘stlik va hamkorlik vositasi bo‘lib xizmat qilaversin.

O‘zbek tili bayrami kuni bilan barcha yurtdoshlarimizni yana bir bor chin qalbimdan tabriklayman.

Sherzod Kudbiyev,
Soliq qo‘mitasi Raisi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#onatilimfaxrim

21-oktabr - O'zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun!

O‘zbek tili bizni birlashtiradi, oʻtmishimiz bilan bogʻlaydi va kelajagimizga yoʻl ochadi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads