Andijon viloyati soliq boshqarmasi
858 subscribers
4.37K photos
1.09K videos
75 files
3.82K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#21_oktabr

Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz yurtdoshlar!

Bugungi kunda yangilanishlar shiddati va ulug‘ maqsadlarga shaylanish jarayonlari aro ma’naviyatimizning, ma’rifatimizning qoni-joni bo‘lmish ona tilimizni e’zozlab “O‘zbek tili bayrami kuni” e’lon qilinishining o‘ziyoq katta bir bayramdir.

Shuni alohida qayd etmoqchimanki, tariximizda ona tilini davlat miqyosida bayram qilish va uni qonun bilan belgilash birinchi bor bizning davrimizda ro‘y berganligini e’zozlashimiz zarur.

Mamlakatimizda ona tilimizni yanada rivojlantirish va takomillashtirish yuzasidan Davlat dasturi mavjud bo‘lib, uning ijrosini ta’minlashdek ustuvor vazifalarni bajarish tom ma’noda kundalik hayotimizning dasturilamaliga aylangan.

Mazkur dastur doirasida biz ham sohamizdagi mehnatkashlar ongu shuuriga muqaddas tilimizga bo‘lgan mehr-muhabbatni, Vatanga sadoqatni, millatlararo bag‘rikenglik kabi yuksak tuyg‘ularni yanada mustahkamlashga zamin yaratmog‘imiz shart.

Ona tilimizga hurmat ruhini biz ham sohamiz mehnatkashlari qalbiga singdirsak, tilimizni sevguvchi, qadrlovchi, asraguvchi ahil jamoa bo‘lamiz.

Shu asoslarga tayanib, bizning sohamizda mehnat qilayotgan yoshlarning milliy o‘zligini, shu bilan birga, dunyoni chuqurroq anglaydigan, zamon bilan barobar qadam tashlaydigan insonlar bo‘lib yetishishi borasida tinmay mehnat qilishimiz zarur.

Qadriyatlarni yurtning vatanparvarlari qadrlaydi, Ona tili esa ulug‘ qadriyat. Uni vatanparvar xalq yuksaltiradi. Axir ona tili kelajagimiz, taqdirimiz. Kelajagimiz – yuzimiz kabi yorug‘dir.

Bugungi kunda soliq sohasida mehnat qilayotgan har bir xodim bilishi lozim bo‘lgan jihat shuki, Ona tili shunchaki so‘zlashuv vositasi emas, balki Vatanga muhabbat, milliy iftixor, ajdodlarga hurmat va shuning barobarida avlodlarimizga izzat ramzi hamdir. O‘z tilini asrab-avaylagan xalq o‘zligini ham asrab-avaylagan bo‘ladi.

Hurmatli yurtdoshlar, Sizlarni O’zbek tili bayrami bilan yana bir bor muborakbod etaman. Barchangizga sog‘lik-salomatlik, kuch-quvvat va birdamlik doimo hamroh bo‘lsin!

Hurmat bilan
R.A.Nasimov

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#21_oktabr

“O‘Z TILIMDA YANGRAYDI VATAN”

Jamiyatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga, aholining turmush tarzini yaxshilashga va iqtisodiy o’sish sur’atlarining barqarorligini ta’minlashda alohida ahamiyat kasb etuvchi soliq tizimi xodimlari millatimiz boyligi hisoblanmish ona tilimizga qaratilgan e’tiborni yanada kuchaytish va uni jahon miqyosidagi obro’yini yanada ko’tarish borasida ham o’zining salmoqli xissalarini qo’shib kelmoqda.

Bugun Andijon tumani davlat soliq inspeksiyasida O’zbek tili bayrami kuni munosabati bilan “O‘z tilimda yangraydi Vatan” shiori ostida tadbir tashkil qilindi. Tadbirda Andijon tumani 8-umumiy o’rta ta’lim maktabi o’quvchilari hamda ona tili fani o’qituvchilari ishtirok etishdi.

Shuningdek, Andijon tumani davlat soliq inspeksiyasi xodimlari o’rtasida diktant yozish tanlovi bo’lib o’tdi. G’olib bo’lgan 1-2-3- o’rin egalari faxriy yorliq hamda O'zbek tili imlo lug’ati kitoblari bilan rag’batlantirildi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|