Andijon viloyati soliq boshqarmasi
851 subscribers
4.2K photos
1.02K videos
67 files
3.59K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar
#Xonobod_shahar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-yanvardagi “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-104-sonli Qarori bo'yicha Xonobod shahrida seminar uchrashuv tashkil etildi.

👉Youtube orqali ko'rish

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Sektor_faoliyati
#Xonobod_shahar

Andijon viloyatining Xonobod shahri 4-sektor hududiga kiruvchi 3 ta mahallada bugun sektor rahbari hamda mas'ullari tomonidan ayollarni ish bilan ta’minlash, ularning dardu tashvishlarini tinglash va ijobiy hal etish orqali hayotdan rozi bo‘lishlarini ta’minlash, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishlari uchun qulay sharoit yaratib berish, shuningdek yoshlarni sportga keng jalb etish orqali ularni bo‘sh qoldirmaslik maqsadida Xonobod shahri markazida faoliyat olib boruvchi hunarmandchilik, to‘qimachilik hamda bir qator yo‘nalishlarda xizmat ko‘rsatuvchi savdo do‘konlaridan iborat ko‘cha tashkil etilib, uning faolyati to‘la yo‘lga qo‘yildi.

O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq qo‘mitasi vakillari hamda Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi hamda uning tuman, shahar bo‘limlari xodimlaridan iborat delegatsiya mazkur ko‘chaga tashrif buyurib, bu yerdagi savdo do‘konlarining faolyati bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek delegatsiya a’zolari Xonobod shahar 4-sektor hududiga kiruvchi 3 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida istiqomat qiluvchi aholi o‘rtasida o‘tkazilgan stol tennisi musobaqasining final bosqichini ham guvohi bo‘ldilar. Musobaqa so‘ngida g‘oliblarga tashkilotchilarning medal va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Shuningdek 4-sektor hududida amalga oshirilayotgan bu kabi ishlarda faollik ko‘rsatayotgan mahallarda faoliyat yuritayotgan mahalla raisi hamda xokim yordamchilariga viloyat soliq boshqarmasining tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Kun tartibidan o‘rin olgan yana bir muhim masala bu gender tengligini ta’minlash, jumladan korxona tashkilot va muasssalarda mehnat qilayotgan ayol xodimariga qulay mehnat muhiti yaratish, ularga barcha sharoit va imtiyozlarni qo‘llash va ularni qiynayotgan boshqa muammolarni tinglab, ijobiy yechim topish borasida viloyat soliq boshqarmasi tizimida faoliyat yuritayotgan ayol xodimalar va O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq qo‘mitasi kasaba uyushmasi rahbariyati ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Tizimda mehnat qilayotgan ayol hodimalarga tashakkurnoma hamda esdalik sovg’alari topshirildi.

Xonobodda tashkil etilgan tadbirlar so‘ngida bir piyola choy ustida kelgusida qilinish kerak bo‘lgan masalalar kelishib olindi.

👉Youtube orqali ko'rish

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Sektor_faoliyati
#Xonobod_shahar

Xonobod shahrida istiqlol obyektlari

Istiqlol shodiyonalari munosabati bilan butun mamlakatimizda bo’lgani kabi Andijon viloyatining 4-sektoriga kiruvchi hududlarida ham mustaqillik obyektlari birin-ketin ish faoliyatini boshlamoqda.

Jumladan Xonobod shahar 4-sektor hududida aholi vakillari o’zlari tomonidan yaraltilgan hunarmandlik, to'qimachilik va boshqa turdagi mahsulotlari bilan savdo qilishlari uchun 24 soat savdo faoliyati bilan shug'ullanuvchi do’konlardan iborat ko’cha tantanali ravishda foydanishga topshirildi.

Shuningdek shaharning Navbahor MFY hududida tadbirkor tomonidan umumiy ovqatlanish shahobchasi qurilib foydalanishga topshirildi. Endi bu yerda shahar aholisi va mehmonlar uchun sifatli oshxona xizmati ko’rsatish imkoni yaratildi.

Quvonarli jihati shu kunga qadar shaharning Navoiy MFY hududida aholi farzandlari uchun bironta maktabgacha ta’lim tashkiloti mavjud emas edi. 4-sektor mutasaddilarining ko’magi bilan hududda istqomat qiluvchi tadbirkor o’z mablaglari hisobidan 75 o’ringa mo’ljallangan bolalar bog’chasini qurib foydalanishga topshirdi. Eng e'tiborli jihati mazkur dargohda 15 nafar aholi vakillari doimiy ish bilan ta’minlandilar.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Sayyor_qabul
#Xonobod_shahar

Aholi murojaatlari ijobiy hal etilmoqda

Xonobod shahrida tashkil etilgan sayyor qabulda viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i, viloyat 4-sektor rahbari, shahar hokimi, shuningdek, viloyat gaz hamda elektr energiyasi, ichimlik suvi ta’minoti boshqarmalari mutassaddilari, markaziy bank va tijorat banklari, shuningdek, avtoyo‘l hamda sog‘liqni saqlash boshqarmasi vakillari ishtirok etdilar.

Aholini qiynayotgan muammolariga ijobiy yechim topish, fuqarolarninng turmush darajasini yuksaltirish maqsadida tashkil etilgan sayyor qabul jarayonida fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan muammolar bo‘yicha mutasaddilarga murojaat qildilar.

Sayyor qabul davomida aholi vakillari tomonidan sog‘lig‘ini tiklash, kommunal xizmat ko‘rsatishdagi kamchiliklar va shunga o‘xshash yuzlab murojaatlarning aksariyatiga shu joyning o‘zida yechim topildi. Sog‘ligidan shikoyati bor aholi vakillariga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatilishi bo‘yicha amaliy ishlar boshlab yuborildi. Shuningdek, moddiy yordamga muxtoj bo‘lgan aholi vakillariga bir martalik oziq-ovqat ko‘rinishidagi moddiy yordamlar berildi.

Viloyat 4-sektor rahbari shu joyning o‘zida Xonobod shahar 4-sektor hududida faoliyat olib borayotgan hokim yordamchilari hamda yoshlar yetakchilari bilan ham muloqot qilib, mahallalardagi muammolarni hal etishda viloyat bilan bog‘liq holda yechimini kutayotgan masalalar bo‘yicha ham viloyat tashkilotlari vakillari ishtirokida ijobiy hal etish bo‘yicha amaliy ishlar olib borildi.

Xonobod shahri viloyat 4-sektor tasarrufida bo‘lib, shu kunning o‘zida aholi vakillari ishtirokida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi ham tashkil etildi. Ishsiz fuqarolar shu joyning o‘zida o‘zlariga to‘g‘ri keladigan ish joylari bilan ta’minlandilar.

Shuningdek, A.Navoiy MFY hududidagi ta’mirtalab yo‘llarga sheben yotqizish ishlari ham olib borildi.

Bir so‘z bilan aytganda, 4-sektor hududlarida aholini rozi qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul
#Xonobod_shahar

Aholi murojaatlari ijobiy hal etilmoqda

Xonobod shahrida tashkil etilgan sayyor qabulda viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i, viloyat 4-sektor rahbari, shahar hokimi, shuningdek, viloyat gaz hamda elektr energiyasi, ichimlik suvi ta’minoti boshqarmalari mutassaddilari, markaziy bank va tijorat banklari, shuningdek, avtoyo‘l hamda sog‘liqni saqlash boshqarmasi vakillari ishtirok etdilar.

Batafsil: 👆"Andijon axboroti" informatsion dasturida

👉Youtube orqali ko'rish

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Sektor_faoliyati
#Xonobod_shahar

4-sektor faoliyatidan…

Xonobod shahar 4-sektor tomonidan Navoiy mahallasidagi elektr eskirgan sim kabellari yangi elektr sim kabellariga almashtirildi.

Shuningdek, Kampirrovot mahallasidagi 15 ta xonadonga 12.5 tonna ko‘mir mahsuloti yetkazib berildi va nosoz holatga kelib qolgan TP ta’mirlash ishlari olib borildi. Kam ta’minlangan oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Korrupsiya
#Xonobod_shahar

🔰Soliq sohasida uchrayotgan qonun buzilish holatlarining kelib chiqish sabablari va Soliq qo'mitasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati” buyrug'ining mazmun-mohiyatini tushuntirish bo'yicha targ'ibot tadbiri Xonobod shahrida davom ettirildi.

Andijon viloyati soliq bosharmasining Shaxsiy xavfsizlik bo'limi xodimlari korrupsiya oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan holatlar va ularning zarari to'g'risida Xonobod shahar soliq inspeksiyasi Shaxsiy tarkib xodimlariga batafsil ma'lumotlar berdi. Suhbat davomida soha xodimlariga halol va shaffof tarzda faoliyat yuritish kerakligi ta'kidlandi.

Shundan so’ng, joylarga chiqqan holda tadbirkorlik subyektlari bilan suhbatlashib, soliq xodimlari tomonidan uchrashi mumkin boʻlgan korrupsion holatlarni oldini olish, korrupsiyaning jamiyatga va shaxslarga keltiradigan zarari toʻgʻrisida maʼlumotlar hamda soliq qo’mitasining telegramdagi @dsq_anticorrupciya_bot bo’yicha tushunchalar berishdi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Korrupsiya
#Xonobod_shahar

Soliq sohasida uchrayotgan qonun buzilish holatlarining kelib chiqish sabablari va Soliq qo'mitasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati” buyrug'ining mazmun-mohiyatini tushuntirish bo'yicha targ'ibot tadbiri Xonobod shahrida davom ettirildi.

Batafsil:👆"Andijon axboroti" informatsion dasturi orqali

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Korrupsiya
#Xonobod_shahar
#Marhamat_tumani

Halollik – kasbimizning oltin qoidasiga aylanishi kerak!

Andijon viloyati Soliq boshqarmasining Shaxsiy xavfsizligi bo‘limi korrupsiyaga qarshi navbatdagi targ‘ibot tadbirini Xonobod shahar va Marhamat tumani Soliq inspeksiyalari xodimlari ishtirokida tashkil etdi.

Har bir soliqchi o‘z yelkasida butun soliq organining sha’ni, obro‘sini ko‘tarib yurishi, ayni shuning uchun ham xizmat vazifasida ta’magirlik, poraxo‘rlik kabi illatlardan yiroq bo‘lishiga diqqat, e’tibor qaratildi. “Xizmatga halol munosabatda bo‘lish, zimmasidagi mas’uliyatini majburiyat emas, vijdon ishi deb bajarishgina insonga saodat keltiradi”- dedi tadbir tashkilotchilari.

Korrupsiyaga qo‘l urish xodimning nafaqat jamiyat oldida qadr-qimmatini tushurish, balki o‘z oilasi, qarindosh-urug‘larining yuzini yerga qaratishi, inson taqdirini parokanda qilishi haqida hayotiy misollar keltirilgani targ‘ibot ta’sirchanligini oshirdi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tadbirkorlar_bilan_uchrashuv
#Xonobod_shahar

Andijon viloyati prokurori va Soliq boshqarmasi boshlig'ining tadbirkorlar bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi

Batafsil:👆 "Andijon axboroti" informatsion dasturi orqali

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|