Andijon viloyati soliq boshqarmasi
853 subscribers
4.2K photos
1.02K videos
67 files
3.59K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#Rasmiy_munosabat

Andijon viloyati Soliq boshqarmasi ijtimoiy tarmoqda murojaatchi nomidan e'lon qilingan xabar yuzasidan quyidagilarni ma'lum qiladi:

Xabarda keltirilishicha, ismi-shirifi haqida ma'lumot qoldirmagan murojaatchi sud orqali majburiy unduruvga qaratilgan soliq qarzdorligini bartaraf qilgani va unga bu haqida soliq idorasi tomonidan berilgan QR-kodli ma'lumotnoma MIB xodimi tomonidan tan olinmagani sababli, ta'qiq yechilmayotganidan norozi bo'lgan.

Soliq tizimi qonunchilik talablariga ko'ra, soliq to'lovchilariga qulaylik yaratish, ovoragarchiliklarga barham berish maqsadida xizmat ko'rsatishda va tashkilotlar bilan xat-hujjat almashishda elektronlashtirilgan tizimga o'tib bo'lgan. Shuningdek, MIB idoralari bilan bo'lgan faoliyat integratsiya qilingan. Qarzdorlik so'ndirilganda soliq bazasida ham, MIB bazasida ham avtomatik tarzda ko'rinadi. Elektron shaklda yuborilgan, agar istalsa, soliq idorasiga kelib olingan QR-kodli ma'lumotnoma qarzdorlik bartaraf etilganiga asos bo'ladi.

Murojaatchi esa, MIB xodimining talabiga ko'ra, qarzdorlik qolmagani haqidagi firmenniy blanka soliq idorasi tomonidan berilmaganidan noroziligini bildirgan.

Elektronlashgan davr talabi qonunchiligimiz doirasida belgilanganidan kelib chiqib, soliq organi murojaatchining yuqoridagi talabini qanoatlantirolmaydi.

Berilgan QR-kodli ma'lumotnoma qarzdorlik so'ndirilganligini tasdiqlovchi to'la hujjat sifatida qonuniy kuchga ega ekanligini ma'lum qilamiz.

Andijon viloyati Soliq boshqarmasi matbuot xizmati

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Rasmiy_munosabat

Andijon viloyati Soliq boshqarmasi murojaatchi nomidan ijtimoiy tarmoqda e’lon qilingan xabar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:

Murojaatda fuqaro O.Abdumannopova ipoteka krediti uchun yo‘naltirgan mablag‘ining 12 % daromad solig‘ini qaytarib berilishi Xo‘jaobod tumani Soliq inspeksiyasi tomonidan kechiktirilayotganligini bildirgan.

Murojaatchi o‘z shaxsiy ma’lumotlarini kiritishda ayrim xatoga yo‘l qo‘ygani sabab, daromad solig‘ini qaytarishda kechikish yuzaga kelgan.

Murojaatchining kamchiligi Xo‘jaobod tumani Soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan to‘liq bartaraf etilib, daromad solig‘ini qaytarib olishni tasdiqlovchi xulosa g‘aznachilik bo‘limiga yuborildi.

Andijon viloyati Soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Rasmiy_munosabat

Andijon viloyati Soliq boshqarmasi ijtimoiy tarmoqda murojaatchi nomidan e’lon qilingan xabar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:

Murojaatda keltirilishicha, soliq to‘lovchisi Asaka tumani Soliq inspeksiyasi tomonidan yuborilgan talabnomaga asosan, 2023-yilda mol-mulk solig‘ini to‘liq to‘lagan bo‘lsada, lekin 2023-yil oxiriga kelib, mol-mulk qurilmagan davrlar uchun ham soliq hisoblanib, qayta talabnoma kelganligidan noroziligini ma’lum qilgan.

Asaka tumani Soliq inspeksiyasining ma’lumotlar bazasi Kadastr agentligi tomonidan taqdim etilgan onlayn ma’lumotlar bilan qayta solishtirilganda noturar obyektning ro‘yxatga olish sanasi 2022-yil 13-aprel etib yuborilgan. Biroq, kadastr dasturi orqali olingan elektron ma’lumotda, obyektning ro‘yxatga olish sanasi 2020-yil 25-yanvar ekani qayd etilgan. Mazkur ma’lumotlar yer solig‘i va jismoniy shaxslar mol-mulkidan olinadigan soliq summasini qayta hisoblashga qonuniy asos bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, amaldagi soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga asosan, jismoniy shaxslar egaligidagi turar joylar va noturar obyektlar bo‘yicha mol-mulk solig‘i kadastr idoralari taqdim etgan hujjatlar asosida avtomatik tarzda inson omilisiz amalga oshiriladi.

Shuningdek, murojaatchi 2024-yil uchun mol-mulk solig‘iga 20 mln 200 ming so‘m va yer solig‘iga 939 ming 800 so‘m hisoblanganini qonuniy o‘rganib chiqishni so‘ragan.

Qayta o‘rganishlar shuni ko‘rsatdiki, Soliq kodeksining 429-moddasiga asosan Andijon viloyati Asaka tumani “Hamdo‘stlik” mahallasida joylashgan noturar obyektlarning 1 gektari uchun soliq stavkasi 31 mln 300 ming so‘m belgilanganidan kelib chiqib, 2024-yil uchun murojaatchining yer solig‘iga 939 ming 800 so‘m hisoblangan.

Shuningdek, Soliq kodeksining 412- hamda 420-moddalariga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarga asosan, 2024-yil 1-yanvardan boshlab mol-mulk solig‘ini hisoblab chiqarish maqsadida ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organlarda ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan binolar va inshootlarga nisbatan soliq bazasi quyidagi miqdorlarda 1 kv. metr uchun mutlaq miqdorda belgilangan eng kam qiymatdan past bo‘lishi mumkin emas:

🔹Toshkent shahrida - 3 mln so‘m;

🔹Nukus shahrida va viloyat markazlarida - 2 mln so‘m;

🔹Boshqa shaharlar va qishloq joylarda - 1,2 mln so‘m.

Yuqorida belgilangan me’yorlar asosida, murojaat muallifining (yoki oila a’zosining) egaligidagi noturar obyekt uchun 20 mln 200 ming so‘m miqdorida mol-mulk solig‘i hisoblangan. Demak, murojaatchi 2024-yil uchun to‘lashi kerak bo‘lgan yer va mol-mulk solig‘i sun’iy oshirilgan raqamlar emasligi, balki Soliq kodeksining tegishli moddalariga asoslanib to‘g‘ri hisoblanganligi ma’lum qilinadi.

Soliqni hisoblab chiqarish maqsadida ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organlarda ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan binolar va inshootlarga nisbatan soliq bazasi quyidagi miqdorlarda 1 kv metr uchun mutlaq miqdorda belgilangan eng kam qiymatdan past bo‘lishi mumkin emas.

Soliq kodeksining 420-moddasiga soliqqa tortish maqsadida jismoniy shaxslardan undiriladigan mol-mulk solig‘i bo‘yicha jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulkning soliqqa tortish bazasi yuridik shaxslardagi kabi 1 kv metr uchun mutlaq qiymatdan past bo‘lmaslik tartibi belgilandi.

Mazkur tartib yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlarini soliqqa tortishda, ularni jismoniy yoki yuridik shaxsga tegishli bo‘lishidan qat’iy nazar teng sharoitlar asosida soliqqa tortilishini ta’minlash maqsadida kiritilgan.

Andijon viloyati Soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Rasmiy_munosabat

Andijon viloyati Soliq boshqarmasi murojaatchi nomidan ijtimoiy tarmoqda e’lon qilingan xabar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:

Murojaatchi soliqdan ortiqcha to‘langan 23 mln so‘m mablag‘ni Shahrixon tumani soliq inspeksiyasidan qaytarib ololmayotganini bildirgan.

O‘rganishlar davomida aniqlandiki, murojaatchi ma’lumotlarni taqdim etishda ayrim xatoga yo‘l qo‘ygani sababli, ortiqcha to‘langan soliq summasi qaytarilishida kechikish yuzaga kelgan.

Mazkur kamchilik Shahrixon tumani Soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan to‘liq bartaraf etilib, ortiqcha to‘lovni qaytarib olishni tasdiqlovchi xulosa tuman g‘aznachilik bo‘limiga yuborildi.

Andijon viloyati Soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Rasmiy_munosabat
#Nazorat_tadbiri

Andijon viloyati Soliq boshqarmasi ijtimoiy tarmoqda tadbirkorlarning e’tirozlari yo‘llangan murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:

Murojaatda, qonun talablariga rioya qilgan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar Marhamat tumani markazidagi “Nur”, Abror savdo majmualari va oziq-ovqat, umumiy ovqatlanish shahobchalaridagi boshqa hamkasblarining davlat ro‘yxatidan o‘tmagani teng raqobat muhitiga salbiy ta'sir qilayotgani mazmunida shikoyat qoldirishgan.

Murojaat yo‘llanishidan avvalroq Marhamat tumani markazida noqonuniy ishlayotgan savdo va xizmat ko‘rsatish shahobchalari egalarining faoliyatini qonuniylashtirish yuzasidan tadbirlar boshlangan edi.

Marhamat tumani hokimligi, Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti tuman bo‘limi va Soliq inspeksiyasi, davlat xizmatlari markazi va qator mas’ul tashkilotlar hamkorligida tadbirkorlik guvohnomasi bo‘lmagan, mijozlarga QR-kodli va fiskal belgili kassa cheki berilmayotgan, tadbirkorlar va ularning yaqinlari nomida bo‘lgan shaxsiy bank plastik kartalari orqali (P2P) savdo tushumi amalga oshirilayotgan, ishchilar faoliyati qonuniylashtirilmagan holatlar ustidan profilaktik tadbirlar yanada kuchaytirishdi.

Marhamat tumani markazidagi “Nur”, Abror savdo majmualari va oziq-ovqat, umumiy ovaqatlanish shahobchalarida fevral oyi boshidan buyon yashirin iqtisodiyot sanalgan mazkur qonun buzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan 22 nafar shaxsning faoliyati qonunchilik talablari doirasida rasmiylashtirilib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu bilan tadbirkorlik guvohnomasi olgan subyektlar hisobiga davlat byudjetiga har oyda qo‘shimcha 7,5 million so‘m ijtimoiy soliq, 5 millon so‘mga yaqin daromad solig‘i tushumi ta’minlanadigan bo‘ldi.

Tadbirlar davomida baraka halollikda ekani, soliqlardan bo‘yin tovlamaslik tadbirkorning davlat oldidagi majburiyati, xalqi oldidagi burchi ekani targ‘ib etilmoqda. Xulosa qilganlar esa, insofli tadbirkorlar davlat himoyasidaligini tushunib yetmoqdalar.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Rasmiy_munosabat

Andijon viloyati Soliq boshqarmasi murojaatchi nomidan ijtimoiy tarmoqda e’lon qilingan xabar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:

Murojaatda keltirilishicha, xaridor Andijon shahrining 2-kichik dahasidagi “24 soat” nomli do‘konda savdo qilinganda QR-kodli kassa cheki berilmayotganidan norozi bo‘lgan.

Murojaatdan avval ham yuqoridagi savdo do‘konida QR-kodli kassa cheki berilmayotganligi yuzasidan “Soliq" mobil ilovasining “Soliq hamkor” bo‘limi orqali kelgan xabarlarga asosan, 2024-yilning o‘zida 2 marta chek bermaslik bo‘yicha sayyor soliq tekshiruvlari o‘tkazilib, tekshirish yakuni bilan tadbirkorga nisbatan Soliq kodeksining 221-moddasiga asosan, moliyaviy jarima qo‘llanilgan.

Tekshirish davomida soliq organi xodimlari tomonidan tadbirkorga xaridorlarga muntazam ravishda QR-kodli kassa cheki berishi shartligi yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borilgan.

❗️Shu o‘rinda onlayn nazorat-kassa texnikasi va hisob-kitob terminallarining qo‘llanilishi majburiyligi, ulardan foydalanmasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik, xuddi shuningdek, iste’molchilarga QR-kodli kassa cheki bermagan holda tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik, hisob-kitob terminallari orqali to‘lovlarni qabul qilishni rad etganlik 5 million so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishini, bordi-yu, ayni shu turdagi qonun buzilish holati ikkinchi bor takrorlansa, moliyaviy jarima 10 million so‘mni tashkil etishini eslatib o‘tamiz.

Andijon viloyati Soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Rasmiy_munosabat

Andijon viloyati Soliq boshqarmasi murojaatchi nomidan ijtimoiy tarmoqda e’lon qilingan xabar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:

Murojaatda fuqaro O.Abdumannopova avval ham shu mazmunda murojaat yoʻllagan. Bu safar ham ipoteka krediti uchun yo‘naltirgan mablag‘ining 12 % daromad solig‘ini qaytarib berilishi Xo‘jaobod tumani Soliq inspeksiyasi tomonidan kechiktirilayotganligini bildirgan.

Murojaatchi tomonidan 2023-yil dekabr oyida yo’llagan murojaati ijobiy hal etilib, joriy yil 22-yanvar kuni bank plastik kartasiga pul mablag’i qaytarilgan.

O.Abdumannopova ikkinchi marotaba yo’llagan murojaatida o‘z shaxsiy ma’lumotlarini kiritishda ayrim xatoga yo‘l qo‘ygani sabab, daromad solig‘ini qaytarishda kechikish yuzaga kelgan.

Murojaatchining kamchiligi Soliq inspeksiyasi tomonidan to‘liq bartaraf etilib, daromad solig‘ini qaytarib olishni tasdiqlovchi xulosa g‘aznachilik bo‘limiga yuborildi.

Andijon viloyati Soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Rasmiy_munosabat

Andijon viloyati Soliq boshqarmasi ijtimoiy tarmoqda murojaatchi nomidan e'lon qilingan xabar yuzasidan quyidagilarni ma'lum qiladi:

Xabarda keltirilishicha, fuqaro Shahrixon tumani soliq inspeksiyasi xodimlari ustidan anonim tarzda murojaat yo’llagan. Qolaversa, murojaatchi kimligi haqida hech qanday ma’lumot qoldirmagani uchun ham murojaatini atroflicha o‘rganib chiqishning imkoni bo‘lmadi.

Shu o‘rinda murojaat yo‘llovchi yurtdoshlarimizdan o’zlari haqida to‘liq va aniq ma’lumot yozib qoldirishlarini so‘raymiz.

Eslatib o'tamiz, soliq boshqarmasiga ijtimoiy tarmoq orqali tezkor murojaat yo‘llashingiz mumkin. Murojaatingiz rahbariyat tomonidan nazoratga olinib, qisqa fursatlarda javob berilishi ta'minlanadi.

Andijon viloyati Soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabar yuzasidan Andijon viloyati soliq boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi:

“2024-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi Prezident farmoniga asosan, 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar ketma-ket 4 kun dam olishi belgilangan. Xususan, Andijon viloyati soliq boshqarmasi xodimlari ham joriy yil 21-24-mart kunlari Navro‘z bayramini oila va yaqinlari davrasida o‘tkazgan.

Shuningdek, boshqarma boshlig’ining tegishli buyrug’iga asosan, joriy yil 23-24-mart dam olish kunlari qonunchilikda belgilangan tartibda boshqarmaning ayrim xodimlarigina ishga jalb qilindi. Dam olish kunlari ishga jalb qilingan xodimlarga mehnat qonunchiligi va jamoa shartnomasiga asosan ikki hissa ish haqi belgilanganligini ma’lum qilamiz.

Andijon viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabar yuzasidan rasmiy munosabat

Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahridagi dorixonalardan birida xarid cheki berilmaslik holati haqida xabarlar tarqaldi.

Ushbu holat Andijon viloyati soliq boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi. Joriy yil 14-fevral kuni Andijon viloyati soliq boshqarmasining mas’ul xodimlari tomonidan murojaat yo‘llagan fuqaro bilan telefon orqali bog‘lanib, vaziyat bo‘yicha suhbat bayoni rasmiylashtirilgan.

Bo‘lib o‘tgan suhbatda murojaatchi chek bermaslik bo‘yicha "Soliq hamkor" tizimi orqali yo‘llagan murojaatini o‘z ixtiyoriga ko‘ra ko‘rmasdan qoldirilishini so‘raganini tasdiqlagan.

Eslatib o‘tamiz, soliq organi xodimi tomonidan noqonuniy xatti-harakatlar sodir etilishiga oid ma’lumotlarga ega bo‘lsangiz Soliq qo‘mitasining @dsq_anticorrupciya_bot telegram boti orqali xabar berishingiz mumkin.

Andijon viloyati Soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|