Andijon viloyati soliq boshqarmasi
855 subscribers
4.19K photos
1.02K videos
66 files
3.58K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.iss.one/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#fiskal_institut

Fiskal institutga “Soliqlar va soliqqa tortish” yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul davom etmoqda

🎓Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal institut davlat soliq xizmati organlarida kamida ikki yillik ish stajiga ega bo‘lgan Farg‘ona, Toshkent va Buxoro soliq kollejlarining bitiruvchilarini “Soliq va soliqqa tortish” bakalavriat taʼlim yo‘nalishining imtiyozli 2-kurs sirtqi taʼlim shakliga o‘qishga qabul qiladi.

Batafsil maʼlumot:
📞 71 274 03 00
Sayt:
fiin.uz

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#fiskal_institut

Gretsiyalik mutaxassis Fiskal institutda mas'ul lavozimda faoliyat olib bormoqda

🖊Prezidentimizning 2020-yil 4-noyabrdagi PQ-4879-son qarori bilan Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal institutning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori lavozimiga yuqori malakali xorijiy mutaxassis tayinlanishi belgilangan edi.

Ushbu lavozimga Amerikaning nufuzli oliy o‘quv yurtlarida tahsil olgan professor – Vassilis Polimenis tayinlangan.

👉Batafsil
👉Vassilis Polimenis intervyusi

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#fiskal_institut

Rahbar xodimlar uchun o‘quv kursi

📚Joriy yilning 7–11-noyabr kunlari Fiskal institutda hududiy DSB boshliqlari birinchi oʼrinbosarlari uchun o‘quv kursi tashkil etildi. 5 kunlik kurs davomida tinglovchilar ish faoliyatida samaradorlikka erishish va dasturiy mahsulotlardan foydalanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldi.

📝Oʼquv kursida hududiy davlat soliq boshqarmasi boshliqlarining 14 nafar birinchi oʼrinbosarlari ishtirok etdi. Oʼquv mashgʼulotlari Davlat soliq qoʼmitasi mutaxassislari hamda Fiskal institut professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#fiskal_institut

Talabalar uchun soliq tizimi rivoji va soliq qonunchiligi bo‘yicha mahorat darsi tashkil etildi

Fiskal institut mamlakatimiz soliq sohasidagi tayanch bo‘g‘in hisoblanadi. Shu boisdan, institut talabalarga sohaga oid bilim va soliq ma'murchiligidagi yangiliklarni mutaxassislar ishtirokidagi mahorat darslari orqali muntazam ravishda yetkazib borish yo‘lga qo‘yilgan.

Jiroy yilning 26-noyabr kuni ana shunday darslarning navbatdagisi bo‘lib o‘tdi. Unda Davlat soliq qoʻmitasi markaziy apparati tuzilma rahbarlari “Soliq tizimini rivojlantirishda amalga oshirilgan ishlar va kelajakdagi istiqbollar” va “Soliq qonunchiligi tushunchasi, turlari va soliqqa oid normativ-huquqiy hujjatlarning vaqt boʻyicha amal qilishi” mavzularida ma’ruza qildi.

Bunda talabalar toʻgʻridan-toʻgʻri DSQ mutaxassislaridan kerakli koʻnikmalarni egallab, bilimlarini yanada oshirib kelmoqda.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#fiskal_institut

Fiskal institut jamoasi yarim finalda!

📚
Rossiyaning Moskva shahrida "Xalqaro soliqqa tortish InTax 2022-2023" tanlovi bo‘lib o‘tmoqda. Unda MDH davlatlaridan jami 73 ta jamoa ishtirok etmoqda.

E'tiborlisi, Soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal institut jamoasi tanlovning chorak finalida Rossiya-Armyan universiteti jamoasi bilan bahs olib borib g‘alabani qo‘lga kiritdi hamda yarim finalga yo‘l oldi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#fiskal_institut

Soliq xizmati organlari va Fiskal institut xodimlari tajriba oshirmoqda

Soliq xizmati organlari va
Fiskal institut pedagog xodimlari Rossiya Federal Soliq xizmatining Shimoli-g‘arbiy malaka oshirish instituti (FNS LAB - Neva)da tajriba oshirmoqda.

👉 Batafsil

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads